10-mavzu: Shayboniylar davri va o’zbek xonliklari tangalari Reja


Download 300.71 Kb.
bet2/5
Sana07.01.2023
Hajmi300.71 Kb.
#1083249
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma\'ruza-10

Abdullaxon II ning pul islohoti. Abdullaxon II davridagi pul isloxoti bir necha bosqichda o‘tkazilgan. Uning islohoti kumushning qimmatlashishi davriga to‘g‘ri kelib, kumush tanganing qadrini ko‘tarishga qaratilgan edi. Tanganing kursi 1,5 barobar ko‘tarildi. Eski tanga 27 ta mis tangaga teng bo‘lsa, yangi tanga 30 ta mis tangaga tenglashdi. Abdulloxon II Buxoroni otasi Iskandarxonga topshirib, o‘zi Balx (1573), Hisor (1574), Samarqand (1578) va Toshkentni (1582) egallagan paytda ham kumush tanga muhim ahamiyatga ega emas edi. Iskandarxon (1560-1583) nomidan zarb etilgan tangalar Buxoro, Samarqand, Balx, Toshkent, Andijon, Axsi va Yassida chiqarildi. 1583 yilda Abdullaxon II otasi vafot etgandan so‘ng, pul islohotining ikkinchi bosqichini o‘tkazdi. Xon tanga zarb etish markazini mamlakatning poytaxti Buxoroga ko‘chirdi. Har yili Abdullaxon II nomi bilan ko‘plab tangalar zarb qilina boshlandi.
Buxoro tangasi o‘zining bezagi, yozuvi va sifati bilan ajralib turadi. Abdullaxon II shaharning kundalik ehtiyoji uchun mis tanga ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Kumushning chetga chiqib ketishini to‘xtatdi. XV asrda bo‘lganidek, XVII asrda ham kumush va mis tangalarni tamg‘alash uslubi davom etgan.
Xiva va Qo‘qon xonliklaridagi zarb qilingan tangalar. Xiva xonligida davlat mustaqilligining birlamchi shartlaridan bо‘lmish – о‘z tangasi doim bо‘lgan va u asosan qimmatbaho metal oltin, kumush, misdan zarb qilingan. Xonlar о‘z nomini tangalarga zarb qilganlar. Faqat rus istilosidan sо‘ng xonlikning taqdiri xavf ostida qoldi. Xiva xoni Muhammad Rahimxon I davrida shaharda maxsus zarbxona qurilgach, tangalarni ibtidoiy usulda zarb qilishga chek qo‘yildi. Zarbxonada oltin, kumush, mis tangalar, abbos shohi va shohi pullar tayyorlangan. Bunga ko‘ra – oltin tangalar ikki xilda: “puxta” tillo (10 so‘mlik) va “tillo” (5 sо‘mlik) bо‘lib, bir tomonida xonning ismi, martabasi, ikkinchi tomonida esa zarb qilingan joyi yozilgan. Mis tangalarning aversida “Xorazm” degan yozuv bitilgan.
Rossiyaning bosqinigacha muomalada bо‘lgan xonlik tillo tangalari “puxta” – 3 sо‘m 60 tiyin yoki 18 tanga, tillo 1 sо‘m 80 tiyin yoki 9 tanga hisobida ayirboshlangan. Bir tanga - 20 tiyin, pul - 5 tiyin, shohi esa 32 tangaga teng bо‘lgan. Asosiy pul hisob birligi oltin va kumush tanga hisoblanardi. Bir tanga 32 pulga tengdir. Xiva tillo tangasining og‘irligi Nebolsinning kо‘rsatishicha, bir misqolga (4, 26 gramm) teng bо‘lgan. Uning bahosi kumush bilan solishtirilganda 3 sо‘m 43 tiyindan 4 sо‘m 30 tiyingacha tengdir.
tillo” – oltin pul bо‘lib, ikki xil shaklda va og‘irlik miqdorida bо‘lar edi. О‘sha davr pul miqdorida 1 sо‘m 80 tiyinga teng, ikkinchisi 3 sо‘m 60 tiyin deb belgilangan edi.
tanga” - kumushdan ishlanib, bir tanga о‘sha davr pul birligida 30 pul birligi yoki yoki 20 tiyin deb belgilandi.
pul” - misdan ishlanadi. U pul va tiyinga bо‘linar edi. Kumushdan ishlangan tanga oq tanga” deb, misdan ishlangan pul “qora tanga”deb yuritilar edi. “Qora tanga” о‘zining qiymati jihatidan oq tanganing 60 % ga teng edi. Shuningdek xonlikda “shoyi”, “Abbos shoyi”, “yarim shoyi” deb nomlangan pul birliklari ham ishlatilgan. Ularning qiymati 10 tiyindan 40 tiyingacha о‘zgarib turgan.
Oltin va kumush tangalarning metali sof bо‘lib, hech bir qо‘shimcha va soxtagarchiliksiz zarb qilingan. 1882 yili Xiva va Buxoro tangalarini Peterburgda tekshirishdan о‘tkazib kо‘rganlarida ularning miqdori quyidagicha ekanligi aniqlangan.

Tangalar

о‘rtacha og‘irligi

og‘irligi
farqi

kumushning
probasi

о‘rtacha
qiymati

Xiva

61,44 doli

16,00 doli

959,5

14,56 tiy

Buxoro

70,98 doli

5,65 doli

993

17,28 tiy

Kо‘rinib turibdiki, Xiva tangalari Buxoro tangalaridan ozroq farq qilsa-da, aslida Markaziy Osiyo pul birligida bu farq sezilmas va ular bilan teng muomalada qо‘llanilavergan.


Xiva oltin va kumush bahosi о‘zgarishi bilan pullarning muomalada о‘zgarib turishini quyidagi ma’lumotlardan kо‘rish mumkin:




Pul birligi

1842 yil

1873 yil

XX asr boshlari

1

Tillo

3 sо‘m 5 tiyin

3 sо‘m 60 t

3 sо‘m 60 t

2

Abosiy

1 sо‘m

--

--

3

Oq tanga

75 tiyin

20 tiyin

14—20 t

4

Qora tanga

50 tiyin

--

--

5

Shohi

25 tiyin

--

--

6

Yarim shohi

12,5 tiyin

--

--

7

Pul (qora pul)

2 tiyin

--

--

О‘tgan asr oxirlarida kumush asosan Nijniy Novgoroddan har bir qadog‘i (qadoq – 409,5 gramm) 24-26 sо‘mdan xarid qilingan. Har bir qadoq kumushdan 163- 165 tanga zarb qilingan, xazinachi 7-8 sо‘mcha sof foyda ola bilgan.


Zarbxonada har bir qadoq oltindan 168 dona tanga yasalib, bu esa о‘z navbatida xon xazinasiga har qadoqda 3 sо‘m 75 tiyindan 6 sо‘m 10 tiyingacha foyda keltirardi. Kumush pullar yiliga 116 pud (1 pud 16 kilogramm) 20 funt miqdorida zarb qilinib, ikki о‘rtada qoladigan sof foyda 14-15 ming sо‘mga borardi.
Chor Rossiyasi Xiva bozoriga о‘z pullarini kredit berish yо‘li bilan ham olib kira boshladilar. 1881 yilning о‘zida birgina Vesnnix degan savdogarning firmasi 200 ming sо‘mlik kredit bileti sotib olgani ma’lum. Bu esa bozor muomalasiga asta – sekin rus pullari ham kirib kela boshlaganini kо‘rsatadi. Chor hukumati bu bilan cheklanib qolmadi. Pul birligini birlashtirishni taklif qildi. Biroq manfaatdor tomon xon bunga rozi bо‘lmadi. Natijada Chor hukumati buni boshqacha yо‘l bilan tо‘xtatish choralarini kо‘ra boshladi. Xon tо‘lash kerak bо‘lgan tovon pulini kumush bilan hisoblashishga majbur bо‘ldi. Natijada kumush tangalar muomalasi pasayib ketdi.
1890 yilda esa Rossiya Moliya vazirligi davlat bankiga kо‘rsatma berib, Markaziy Osiyo tangalarini qabul qilishning yangicha baho kо‘rsatgichini e’lon qildi. Unga kо‘ra tangalarga beriladigan miqdor yil sayin tushib borardi, oqibatda besh yildan sо‘ng uning yarim miqdoricha qiymatini olish mumkin2. Lekin, bu kо‘rsatma ham kutilgan natijani bermadi. 1893 yil Chor hukumati Xiva xoniga maktub yо‘llab kumush tangalar zarb qilishni butunlay tо‘xtatishni talab qildi. Moliya vazirligi xonlikka kumush tangalar yuborishni tо‘xtatdi. 1894 yilda xon zarbxonasi kumush tanga ishlab chiqarishni tо‘xtatdi.
1898 yil aprel oyida Peterburgda moliya vazirligi, davlat banki harbiy vazirlik va tashqi ishlar vazirligi ishtirokida kengash bо‘lib, unda quyidagi qarorga kelishadi:
a) Xiva tangasini Petro-Aleksandrovsk (Tо‘rtkо‘l shahri) banki orqali qabul qilish va har bir tangani 14 tiyindan baholash;
b) Xonga tavsiya qilinsinkim, “rus pul birligi xonlikda tanga bilan bir muomalada bо‘lib, xon soliqlari tо‘lashda qabul qilinib, uni 14 tiyin hisobidan yig‘ib olinsin”.3
Xiva tangalarini kamaytirish va tez muomaladan chiqarib tashlash uchun ularni turli о‘lpon va soliqlar sifatida yig‘ib olib, Peterburgga olib ketishar va u yerda qayta zarb qilib, rus tangasi holiga keltirib muomalaga kiritishardi. Chor Rossiyasining 1900 yil 16 aprel farmoni bilan xonlikda pul zarb qilish butunlay ta’qiqlandi. Faqat mis pullarni chiqarishga ruxsat berdi, xolos.
1901 yilda pul zarb qilish uchun 300 pud mis sarflangan bо‘lsa, 1902 yilda bu raqam 1200 pudga yetgan. О‘sha paytda muomalada 6400 ming sо‘m pul bо‘lgan. 1913 yilda kelib, xonlikda pul zarb qilishning tо‘xtatilgani о‘z ta’sirini о‘tkazdi, muomaladagi rus pullari xonlik pullaridan oshib ketdi.
Xiva bosib olingandan keyin Yekaterina II podsholigi davridan buyon pul sifatida muomalaga kiritilgan qog‘oz, kumush pullar xonlik hududida qо‘llanilgan. Pul muomalasida qiyinchilik vujudga kelishi natijasida sarroflar faoliyati tezlashadi. 1893 yil Rossiya moliya vazirligining tashabbusi bilan rus savdogarlarining iltimosi muhokama qilindi va Xiva xoni tanga pullarini faqat rus podshosining ruxsati bilan zarb qilish majburiyatini yukladi. Natijada XX asrning birinchi о‘n yilligida rus qog‘oz pullari ishlatilayotgan tanga pullarga nisbatan ikki barobar kо‘payib ketdi. Muhammad Rahimxon II umrining oxirlarida Xiva xonligida muomala uchun ishlatilayotgan pul miqdorining yetishmayotganligi, shuningdek musulmon Sharq olamida podsholar nomidan pul chiqarib turilmasa unga xalq itoat etmasligini tushuntirsada, tanga chiqarishga ruxsat berilmadi, endilikda faqat Rus podshosi pullari muomalada ishlatiladigan bо‘ldi.
Xiva xonligida mavjud pul muomalasi masalasi M.M. Matkarimov, A. Abdurasulov, G.A. Xudyakov, V.A. Bochin, H.Z. Ziyoyev, N. Polvonovlar tadqiqotlaridan keng о‘rin olgan4. Ma’lumki, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Xiva xonligida muomalada ishlatiladigan pullar 3 xil atalgan: «Tilla», «tanga» va «pul». Tadqiqotchi M. Matkarimovning ma’lumotlariga qaraganda, Xiva xonligida bundan tashqari «shoyi», «abbas shoyi», «yarim shoyi»** deb nomlangan pul birliklari ham mavjud bо‘lib, ularning qiymati 10 tiyindan 40 tiyingacha о‘zgarib turgan5. Tadqiqot jarayonida Xiva xonligida zarb qilingan tanga va pullarda odam rasmi tushirilmagani, arab imlosida sanasi va qaysi xon tomonidan zarb qilingani kо‘zga tashlanadi.
Sо‘nggi Xiva xoni – Sayid Abdullaxon davrida pullar atlas matoga bosib chiqarilib, manot deb yuritila boshlangan, uni xivaliklar «turma qog‘oz» («turma qog‘oz» ning chiqishi Junaydxon faoliyati bilan bog‘liq) deb ham yuritganlar6.
Shuni aytish joizki, XX asr boshida Xiva xonligi iqtisodi og‘ir ahvolda bо‘lganligidan pullar yaxshi daftar qog‘ozlariga ham bosib chiqarilavergan. Fikrimizcha, Xiva xonligidagi iqtisodiy qiyinchiliklar­ning muhim sabablari – Rossiya istilosidan keyin Xiva xonligida pul birliklarining qadrsizlanganligi, pul muomalasining majburan о‘zgartirilganligi, oltin va kumush pullarning markazga yig‘ilishi, asossiz pul islohotlari о‘tkazilgani bо‘lgan. Shu bilan birga, N. Polvonov о‘zining maqolasida Xiva xoniga pul zarb qilishning taqiqlanishi va mamlakat hududida turli pul birliklarining muomalada bо‘lganligi ham xonlikning iqtisodiy ahvoliga salbiy ta’sir kо‘rsatganini ta’kidlagan7.
1914 yildan boshlab rus savdogarlari Xivada zarb qilingan tangalarni olmay qо‘yadi. Mavjud pullar xalq qо‘lida muomalada ishlatilib kelindi.
Asfandiyorxon davrida rus podshosi va amaldorlari Xiva xonligida bir qancha islohotlar о‘tkazdi. Unga kо‘ra Xivada muomalada bо‘lgan yuritilayotgan barcha tanga va pullarni yig‘ib olindi.
1918-20 yillarda xonlikda ikki xonlik davri bо‘ldi. Bu davrda Sayid Abdullaxon qо‘g‘irchoq xon edi. Aslida hokimiyatni Junaidxon boshqarar edi. U о‘z hokimligini xalqqa ma’lum qilish uchun pul ham bostirib chiqardi. Uning puli atlasga ishlangan bо‘lib, “turma qog‘oz” nomi bilan yuritilgan. Keyinchalik Junaidxon nomi bilan qog‘oz pullar ham chiqarilgan.
1920 yil 2 fevralda hokimiyat sovetlar tomonidan egallaganidan keyin Xiva pul birligi kursi belgilandi. Xivaning qog‘oz pul birligi kursi rus podsholari davridan ishlatilib kelinayotgan 1 sо‘m “krenka” puli tо‘rt sо‘mlik Xorazm uchun sovet puliga va 1 sо‘m “Turkiston boni” puli Xorazmning 5 sо‘mlik umum sovet puliga teng deb belgilanadi. 1920 yilning boshida Xivada yangi pul birligi bosib chiqarish boshlandi. Uning old tomonida qishloq hо‘jaligi ishchi va dehqonlarning ittifoqini bildiruvchi о‘roq, jо‘xori poyasi belgisi gerb tarzida tasvirlangan edi.
1921 yil 1 yanvarda RSFRSning 1919 yilda bosib chiqarilgan pul birligi ishlatila boshlandi. Bu о‘z qiymatiga kо‘ra shu davrda yurib turgan Rossiya “krenka” puliga teng bо‘lib “Turkbon” qiymatiga nisbatan о‘n barobar qimmat edi.
Xorazmda 1920 yil maydan 1921 yil may oyigacha 489 million sо‘m Xorazm puli bosib chiqarilgan. Rossiyadan 225 millon sо‘m pul olingan. Junaidxon davrida bosib chiqarilgan 3 million sо‘m pul ham muomalada bо‘lib jami Xorazmda 717 million sо‘mdan ortiqroq pul mavjud edi. Shunday holatda pul muomalasi tartibga solindi. Xorazm puli qiymati tusha boshladi. Yuz milliard Xorazm sо‘mi bosib chiqarildi. Bir milliard yuz million sо‘m RSFSR puli ham ishlatila boshlandi, lekin qadrsizlanishini oldini ola olmadi.
Hozirgi kunda Xiva xonligida zarb qilingan oltin, kumush, mis pullar va ularning qoliplari kо‘pgina mamlakatlar muzeylarida saqlanmoqda. Masalan: Xonliklar Rossiya tomonidan zabt etilgach, ularning qimmatbaho buyumlari, birinchi navbatda oltin, kumush pullarini talandi. Bunga Rossiya geografiya jamiyati vakili sharqshunos olim P.I.Lerx va A.P.Kun ilmiy jihatdan vakil qilindi. Peterburgdagi Ermitaj muzeyida tashkil qilingan numizmatika va boshqa fondlar Xiva, Qо‘qon va Buxoro amirligidan kelgan oltin, kumush, mis, pullar hisobiga boyitildi. 1883 yili Ermitajga jо‘natilgan buyumlar ichida 1168 ta qadimiy oltin kumush tangalar bor edi. Bundan tashqari о‘ljalar ichida tanga zarb qiladigan qoliplar va oltin va kumushdan ishlangan 25 ta xon muhri, 200 dan ortiq qadimiy tangalar mavjud edi. Bularning hammasi Xiva xonligi davrida zarb qilingan pullarning noyob namunalaridir. Rossiya Xiva xonligini bosib olishi bilanoq о‘lkaning pul tizimini Rossiya pul tizimiga о‘tkazishni taklif etgan, lekin amalga oshmagan. Xonlikda kо‘pincha kumushdan bо‘lgan tanga pullar qulayligi uchun kо‘p ishlatilgan. XIX asrning oxirlarigacha har yili bir million sо‘mlik kumush tanga pullar xivalik mahalliy ustalar tomonidan qо‘l mehnati bilan zarb qilingan.

Download 300.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling