10-mavzu: Shayboniylar davri va o’zbek xonliklari tangalari Reja


Download 300.71 Kb.
bet3/5
Sana07.01.2023
Hajmi300.71 Kb.
#1083249
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ma\'ruza-10

Qо‘qon xonligi tangalari. XIX asr о‘rtalariga oid Qо‘qon xonligi tangalari Oybek nomidagi О‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi, Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeyi, Moskva xalqlari tarixi muzeyi jamg‘armalaridan о‘rin olgan8. Qо‘qon xonligida zarb qilingan tangalarning boshqa sharq tangalaridan farqi shundaki ulardan aniq ma’lumotlar, о‘sha davr xonlarining davlatni boshqargan vaqtlari, zarb qilingan sanasi va unvonlari xaqida bilish mumkin. Oxirgi yuz yil ichida Qо‘qon xonligida 13 ta xon davlat boshqaruviga kelgan bо‘lsa, ulardan 9 tasi о‘ldirilgan. Zarb qilingan tangalar 13 ta xonning nomi, unvoni boshqargan vaqtini о‘zida yaqqol tarixiy hujjat sifatida mujjassam etgan. 1770-1800 yillarda hukmronlik qilgan Norbо‘taxon faqatgina mis fuluslar zarb ettirgan. Undan keyin taxtni egallagan Olimxon mis fuluslar bilan birga kumush suvi yuritilgan mis dirhamlarini ham zarb qildirgan. Muhammad Umarxon davriga kelib mis tanga past probali (qiymatli) kumush dirham va mirilar zarb etildi. Muhammad Umarxon hukmronligining sо‘ngi yillariga kelib pul islohotini amalga oshirdi. Islohot natijalarida xonlik zarb xonalarida yuqori probali kumush va tillo tangalar zarb qilindi. О‘sha davrdagi tillo kumush mis tangalarini bir-biriga nisbatan qiymati quyidagicha edi.
1) Bir tilla tanga 21 tangaga teng
2) Bir tanga 4 dirham yoki miriyga;
3) Bir tanga 45-60 pulga teng
XIX asr о‘rtalariga kelib xonlik zarb qildirgan bir tillo tanga ruslarning kumush 3 sо‘m 80 tiyiniga teng edi.2



XON

zarb etilgan hudud nomi

yil (sana)

metall nomi

vazn

diametri mm

Norbо‘ta

kо‘rsatilmagan

1195

mis (fulus)

2,35

13







1210




3,30-4,21

15-18







1215




4,10-4,55

16-19

Muhammad Alim




1216




3,44-4,10

15-16







1217




3,36-3,95

13-14




Qо‘qon

1219




3,33-5,21

16-17

Muhammad Umar




1224




4,25

18-20







1225




3,20-3,23

22x25







kо‘rsatilmagan

kumush

4,44

16-18







1237




3,05

16







1237

oltin

4,55

22







kо‘rsatilmagan

mis

3,56-3,75

24

Muhammad Ali

Farg‘ona

1247

oltin

buruqsiz

23




Qо‘qon

1252




4,35-4,51

23




Qо‘qon

1239

kumush

3,13

16







kо‘rsatilmagan

mis

2,57

18

Sheralixon




1258-1259

oltin













1259

kumush

3,10

20







1259

mis

2,50-3,40

15-18

Xudoyorxon 1 boshqaruvi




1260

oltin

4,47

20




Qо‘qon

1272

oltin

4,43-4,54

22




Farg‘ona

kо‘rsatilmagan

mis

3,55-4,37

13-17







1275

oltin

4,43-4,55

22

Mallaxon




1276-1275




4,49-4,53

22







1275

kumush

2,76-2,98

18







1275

mis

4,64

17

Mallaxon

Qо‘qon

1277

mis

3,47-3,76

13x17

Shoxmurod

Qо‘qon

1278

oltin

4,45

23







1278

kumush

2,86

16

Xudoyorxon 2 boshqaruvi




1279

oltin

4,48-4,54

23







1279

kumush

2,75-2,90

16,17

Sulton Said




1280

oltin

4,40-4,53

23







1280

mis (fulus)

3,00-4,00

15-16

Xudoyqullixon




1282

kumush

2,85-2,87

13

Xudoyorxon 3 boshqaruvi




1282

oltin

4,44-4,53

23

Xudoyorxon 3 boshqaruv

Qо‘qon

1284-1286

kumush

2,72-2,82

15-16

Nasr ad Din




1292

oltin

4,50

22

Pо‘latxon




1292

kumush

2,71-2,88

16-17



Qо‘qon xonlari tangalarida quyidagi sо‘zlar uchraydi.
1 اﻤﺎﻡ (Imom) 11 ﺤﮐﻡ (Hukm)
2 ﺍﻤﯿﺮ (Amir) 12 ﺤﺿﺭﺖ (Hazrat)
3 ﺍﻤﯿﺮﯼ (Amiri) 13ﺨﻮﻗﻨﺪ ﺨﻮﺍﻗﻨﺪ (Xuqand)
4 ﺑﻦ (Bin) 14 ﺪﺭﮪﻢ (Dirham)
5ﺑﻬﺎدﺮ (Bahodir) 15 ﺿﺭﺏ (Zarb)
6 ﺑﮎ (Bek) 16 ﻘﺭﻤﺎﻦ (Farmon)
7 ﺒﻰ (Biy) 17 ﻏﺎزى(о‘ozi)
8 ﺑﺎﻘﻰ (Boqi) 18 ﺴﺎﻁﺎﻦ (Sulton)
9 ﺠﺪﯿﺪ (Jadid) 19 ﻋﺎﻟﻰ (Oliy)
10 ﺨﺎﻥ (Xon) 20 ﺼﺎﺤب (Sohib)


2. Mang’it sulolasiga mansub amirlar tomonidan zarb qilingan tangalar. Rus tangalarining O‘rta Osiyoga kirib kelishi.
Buxoro amirligi tangalari. 1711-1747 yillarda Buxoro xonligi Joniylar sulolasi vakili Abulfayzxon davrida о‘z mavqeini yо‘qotgan edi. Xonlikka tegishli bо‘lgan hududlarning sekinlik bilan kichik mustaqil hududlarga bо‘linishi boshlangan edi. Muntazam о‘zaro janglar davom etdi. Ushbu janglarning natijasida kuchsizlangan xon hududlari yetti yil muddatda Zarafshon vodiylari qozoq kо‘chmanchilari tomonidan hech qanday qarshiliksiz istilo etilib boshqarildi.
1740 yilda Eron shohi Nodirshoh Buxorodagi parokandalikdan foydalanib Buxoroga yurish boshlab uni bosib oladi yakson etiladi. 1747 yilda Nodirshohning siyosiy dushmanlari tomonidan о‘ldirilishi munosabati bilan Buxoro о‘z mustaqilligini e’lon qildi. Ushbu vaqt oralig‘ida Qо‘qon va Xiva xonligi tashkil topib, о‘z mavqeiga ega bо‘ldi. Buxoroda hokimiyat tepasida yangi mang‘itlar sulolasi asoschisi Muhammad Rahim (1753 -1758) Muhammad Hakimbiy о‘g‘li keldi. XVIII asrning yarmidan Markaziy Osiyo hududida sezilarli darajada xalq hо‘jaligi о‘sa boshladi. Tarqoq hududlar biriktirildi va о‘zaro janglar tо‘xtatildi. Rossiyadagi jadal о‘sish О‘rta osiyo xonliklari iqtisodiyotiga va xalqaro bozorlarga ta’sirini kо‘rsatdi. Yevropa va Rossiyadagi iqtisodiy о‘sish natijasida paxta va boshqa xom ashyolarga talab oshib bordi. Bu oraliqda savdo aylanmasi uchun ishlatilayotgan turli pullar Buxoro xonligiga jiddiy zarar berdi. Bu muammolarni tugatish maqsadida mang‘itlar sulolasidan bо‘lgan amir Shohmurod davrida uni bartaraf qilish choralari ishlab chiqilib, iqtisodiy islohotlar о‘tkazildi.
Doniyolbiy hukmdorlik davrida yosh Shohmurod (1784-85 yillarda) davlat boshqaruvini tо‘la egallab, 1785 yilda pul islohotini о‘tkazib (ilgarigi pul tangalarga о‘xshash bо‘lmagan) tanga zarb ettirdi. Bu islohot oldingi urf odatlardan juda yiroq tarzda tashkil etilib: pullar qiymati 3 xil kо‘rinishni saqlanib qoldi. Unga kо‘ra:

  1. tillo tanga yoki Ashrafiy deb nomlandi.

  2. kumush tanga va mis (fulus)lar zarb etildi.

Ichki muomalada bо‘lgan pullar “pul”, “mis pul”, “qora pul” deb nomlanardi. Tangalar sanalari avvalgi tangalar kabi arab sonlari bilan zarb etildi.
Tillo tangalardagi “amir” yozuvi faqat mang‘itlardan bо‘lgan Shohmurod davrida marhum otasi Doniyolbiy hurmatiga “Amir Doniyolbiy” deb zarb etilib, muomalaga kiritildi. Buxoro xalqi uchun amirlarga nomini zikr etish avvalida Said qо‘shimchasini qо‘shib aytish keng tarqaldi. Said sо‘zini qо‘shib aytishdan maqsad Buxoro amirlari tarixiy avlodlar payg‘ambarlar avlodiga yaqinligi sabab jamiyatda insoniyatning oliy nasab hisoblanib hurmat va e’tirofga loyiq ekanligini ta’kidlab, xalqning amirga barcha yozma murojatlari shu tarzda amalga oshirilgan.
Muhammad Rahimning bevasiga uylangan Shohmurod Abulfayz Chingiz avlodidan ekanligi uchun о‘z avlodiga amirlik unvonini olib beradi. Shohmurod о‘zini “Said” deb atashlariga qarshilik bildirib, nomini masjid hutbasida о‘qishiga qarshilik bildirgan. U zarb etgan tangalariga avlodi Doniyolbiylar unvoni ma’sum g‘ozi yozuvi yozdirilgan. Amir Shohmurodning о‘g‘li Amir Haydar (1800-1826) tangalarda о‘zining nomini ham qо‘shib zarb etgan. Ushbu zarb etilgan tangalarda о‘zini nafaqat amir yoki Said, balki “podsho”, “sulton” deb ham atadi.
Amir Shohmurod о‘z islohotlarining tо‘rtinchi yilida tillo va kumush tangalarini Abulg‘ozixon nomi bilan zarb etdi.
Shohmurodning о‘g‘li amir Haydar “ma’sum g‘ozi” nomi bilan tanga zarb ettirdi. Bu tangalar shakli о‘lchami jihatdan tillo tangalarga teng edi. Amir Haydarning 1800 yilda taxtga о‘tirishi biroz tahlikali bо‘ldi. Chunki bu davrda Marv turkmanlari bosh kо‘targan edi. Keyingi yili Kerki turkmanlari ham g‘alayon kо‘tardi. Qо‘zg‘olonchilar amir askarlariga qarshi jiddiy kurash olib bordilar. Miyonqal’a isyonchilarini bostirish uchun Amir Haydar juda kо‘p kuch sarf qildi. U taxtga yangi “sulton” unvoni bilan о‘tirdi. Amir Haydar 2 xil tillo tanga zarb ettirib, birini “niyoz”, birini esa “Amir ma’sumi g‘ozi” nomi bilan atadi. Shuning uchun tarixda Amir Haydar davrida zarb etilgan tangalar “Haydariy” yoki “Ma’sumiy” deb atalgan. Amir Haydar zarb etgan “Haydariy” tillo tangalariga о‘zining nomi yoniga Abulg‘ozi Joniy nomini ham qо‘shdi. Tanga yangi hukmdorning toj kiyish marosimigacha chiqarilishi lozim edi. Amir Nasrullo о‘zining 35 yillik hukmronligi davrida tillo tangalarini Amir Shohmurod hurmati uchun uning nomi bilan zarb etgan.
Ammo Amir Nasrullodan keyingi amirlar avvalgi xonlarning xotirasiga bag‘ishlab tanga zarb ettirmagan. Keyinroq taxtga kelgan Muzaffarxonning zarb etgan tangalari о‘zidan keyingi amirlar Abdul Ahad va Said Olimxon tangalarining shakli bilan bir xil edi. Amirlikning ichki savdosi kumush tangalarda amalga oshirilib, ushbu tangalarning vaqti-vaqti bilan qiymati о‘zgarib turar edi. 1890 yildan boshlab Buxoro tangalarining taqdirini Chor Rossiyasi hal qiladigan bо‘ldi. 1890 yil 30 noyabrda Aleksandr III ning qaroriga binoan Turkistondagi muomalada bо‘lgan kumush tangalarni ma’lum muddatda yig‘ib olib muomaladan olish choralari ishlab chiqildi. 1892 yil 1 may oyigacha 1 tanga 20 tiyin qiymatida, 1893 yil 1 maygacha 15 tiyin qiymatida, 1894 yil 1 maygacha 1 tanga 12 tiyin qiymatida va 1895 yil 1 maygacha 10 tiyin qiymatida qabul qilindi. 1893 yil 1 sentabrda Turkistonda Buxoro tangasi muomaladan tо‘liq olindi. Shu muddatgacha Buxoro tangasi Turkistonda erkin muomalada edi. Keyinchalik esa Kaspiybо‘yi va Xiva hududlarida о‘z kuchini saqlab qoldi. Buxoro g‘aznasida va odddiy xalq qо‘lida kumush tangalar kо‘paygani sababli uning qiymati pasayib bordi. Buxoroda moliyaviy inqiroz yuzaga keldi va rus qog‘oz puli muomalaga chiqarilgach zarbxonalar yopildi.
1919-20 yillarda esa Buxoroda qog‘oz pul zarbchilari о‘zgardi.



Amir Haydar Buxoro hijriy 1222 vazni 3,1 gr dirham


Amir abdul al ahad Buxoro, hijriy 1319 yil dirham vazni 3,13 gr.

Amir abdul Al ahad Buxoro hijriy 1319 yil vazn 3,16 gr Dirham

Olim ibn Said Mir amin. Buxoro. hijriy 1337 y Fulus.

Olim ibn Mir amin tangalari



Download 300.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling