SHUHRAT (1918-1993) Asl ismi G‘ulom Aminjon o‘g‘li Alimov bo‘lgan shoir Shuhrat 1918-yilning 19-aprelida Toshkent shahrining mahallasida tug‘ilgan. - Asl ismi G‘ulom Aminjon o‘g‘li Alimov bo‘lgan shoir Shuhrat 1918-yilning 19-aprelida Toshkent shahrining mahallasida tug‘ilgan.
Adabiyot o`qituvchisining ta’siri - Adabiyot o‘qituvchisi Yunus Latifning ta’sirida badiiy adabiyotga mehr qo‘ydi, she’rlar yoza boshladi. U 1932-1933-yillarda transport texnikumida, 1934-1936-yillarda O‘rta Osiyo transport injenerlari institutida tahsil ko‘radi. 1936-1940-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi Toshkent davlat pedagogika universiteti)da ta’lim oladi.
- Shuhratning birinchi she’ri 1935-yilda 17 yoshida e’lon qilindi.
- U 1930-yillarning ikkinchi yarmidan e’tiboran bitgan she’rlariga «Shuhrat» taxallusini qo‘llay boshladi.
- O‘sha yillarda Shuhratning «Orzu va qasos» dostoni, «Mehrol» nomli ertak-dostoni chop etildi va o‘quvchilarning e’tiborini tortdi.
Urush va ijod - 1941-yilda Ikkinchi jahon urushi boshlangach, shoir Shuhrat urushga safarbar qilindi va u yerda 1943-yilda og‘ir yarador bo‘lgunga qadar janglarda qatnashdi.
- Frontdan qaytgach, urush mavzusida «Shinelli yillar daftari» she’rlar turkumini yozdi, «Farzand», «So‘lmas chechaklar» kabi dostonlar yaratdi.
BALLADALARI - «Ona va farzand» asarida sho‘ro yerlarida borgan urush voqeasi aks etgan;
- «Jamila»da arab qizining fransuz bosqinchilariga qarshi kurashi aks etgan;
- «Raymonda»da Vyetnamda borayotgan urushga qarshi turgan fransuz qizi jasorati madh etiladi.
- «Uch qiz afsonasi», «Guldursun», «Qora va oq aravacha haqida ertak» kabi balladalari ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |