10-mavzu. Sotsial psixologiyaning tatbiqiy jabhasi
Download 230.27 Kb. Pdf ko'rish
|
10-MAVZU.SOTSIAL PSIXOLOGIYANING TATBIQIY JABHASI
10-MAVZU.SOTSIAL PSIXOLOGIYANING TATBIQIY JABHASI REJA 1. Muomala genezisi 2. Fiziognomika to‘g‘risida tushuncha 3. SHaxs va o‘zaro ta’sir muammosi Ma’lumki, ijtimoiy hayotimizning o‘zi muomaladan boshla-nadi, bu turmush haqiqati. Jonsiz tabiatning jamiki tarkibla-ri o‘zaro reaksiya yoki “muomala” ga kirishish orqali mo‘‘jizakor ko‘rinish kasb etadi. Inson-tabiat muomalasi ham o‘ziga xos xu-susiyatga ega, ammo bu borada haqiqiy mo‘‘jiza “inson – inson” muomalasida namoyon bo‘ladi, xolos. Na jonsiz tabiat, na jonli tabiat vakillari o‘zaro ta’-sirsiz yoki muomalasiz yashay oladi. Jumladan, gallaktikada va butun koinotda aksariyat o‘lik sayyoralar, yulduzlar va ko‘pgina nomsiz yo‘ldoshlarning hammasi o‘zaro ta’sirlashuv yoxud muoma-la qilishdan qariyb to‘xtagan desak adashmagan bo‘lamiz. Parmalik Salimben qo‘lyozmalarida XIII asrdagi Pruss imperatori Fridrix II haqida rivoyatlar saqlanib qolgan. U nihoyatda insoniyatning dastlabki tili qanaqaligiga, uning ma’no-mohiyati bilan juda qiziqqan. Fridrix II, agar bolalar-ga yangi til (bizning nutqimiz) o‘rgatilmasa, ular insoniyatning eng qadimgi tilida gapirib yuboradilar, deb hisoblagan. Qirol o‘zining mazkur farazining tasdig‘ini tekshirish maqsadida saroy atrofidagi qishloqlarda tug‘ilgan barcha go‘daklarni o‘z inshootgohiga joylashtirgan. Bu bolalarda barcha narsa muhayyo edi: to‘yimli sut va oziq-ovqatlar, kiyim-kechak, o‘sha davr uchun nihoyatda kamyob hisoblangan isitish sistemasi, xullas, yashash uchun ideal sharoitlar yaratilgan. Biroq ular faqat bir narsa-dan mahrum edilar: bu ham bo‘lsa muomaladan. Xizmatkorlarning bolalar bilan gaplashishi tamoman ta’qiqlangan. Go‘daklarga inson tovushini eshitishga imkon bermaslik uchun ularga saroy-ning eng tinch va odamlardan holi qanotidan makon berganlar. SHunday qilib, bolalar bir og‘iz so‘z ham, inson ovozini ham eshitishga, mehr ko‘rishga muvaffaq bo‘lmaganlar. Tajribada ishtirok etgan bolalarning hech qaysisi 4 yildan ortiq umr ko‘rmagan, ularning barchasi halok bo‘lgan. Aslida esa bolalarga faqat bir narsa, ya’ni muomala etishmagan edi. asrning 80-yillarida Fransiyada kattalarda ekspe-riment o‘tkazilgan. Sinov talabiga binoan ko‘ngilli erkak-sinaluvchi bir necha oy davomida er ostida yashashi lozim edi. Uning uchun hamma sharoitlar yaratilgan: ovqati va o‘qishga ki-tobi bor edi, lekin radio eshitish, televizor tomosha qilishdan mahrum edi. Erkak eksperimentatorlarga iltimos bilan muro-jaat etishi mumkin, ammo ular sinaluvchining istagini ro‘yobga chiqarsalar ham u bilan muloqotda bo‘lishlari taqiqlangan. Olimlar er ustidan erkakning biologik ko‘rsatkichlari: yurak urishi, qon tarkibi va hokazolarni tadqiq etib turishgan. Eks-periment 6 oyga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, biroq sinaluvchi 3 oygina chiday olgan, xolos. Agar sinaluvchi uni eksperimentdan ozod qilishlarini so‘ramagan taqdirda ham, bu qarorga olim-larning o‘zlari kelgan bo‘lardilar. Buning sababi sinaluvchi organizmining biologik ko‘rsatkichlari tushib ketayotgan va bu tariqa davom etadigan bo‘lsa, uning vafot etishi muqarrarligi aniqlangan. Deprivatsiyaga bardosh berishlik ko‘pchiligimizning qo‘limizdan kelmaydi. To‘liq deprivatsiya holatida o‘sgan bolalar esa rostdan ham olimlarda nihoyatda katta qiziqish uyg‘otadi. Katta yoshli odamlarda Robinzon Kruzo kabi o‘z hayoti uchun za-rur bo‘lgan vositalarni topib, umrini ma’lum vaqtga cho‘zish imkoniyati mavjud. Biroq kichkina bolalar o‘zining biologik ehtiyojlarini qondirish uchun begonalar yordamiga muhtojroq sanaladi. Deprivatsiyaga uchrab yovvoyilashgan bola haqidagi dast-labki ilmiy ma’lumotlar “aveyron yovvoyi bolasi”ga tegishli-dir. U 1799 yili 12 yoshlik vaqtida ovchilar tomonidan Fransiya-ning janubidan, Aveyron yaqinidan tutib olingan. Taxminlarga ko‘ra, u yoki yo‘qolib qolgan, yoki o‘rmonga qochib ketgan edi. YOv-voyi hayvonga xos hayot tarziga ega bo‘lgan: daraxtdan daraxtga sakrab yurgan, o‘rmon ne’matlarini iste’mol qilgan, umuman, gapirmagan hamda hayvonlar xulqiga ega bo‘lgan. Kar-soqovlar ustozi va vrachi Jan Itar bolani qayta tarbiyalashga kirishadi. Ko‘p intilishlarga qaramay, arzimagan natijaga erishildi: bola hayvoniy xulq va ko‘rinishni yo‘qotgan bo‘lsa-da, ammo juda kam so‘zlarga o‘rgandi va intellektual jihatdan primitivligicha qolib ketdi. Aveyron yovvoyi bolasi 40 yoshgacha umr ko‘rdi. O‘sha davrning buyuk fransuz psixiatri P.Pinel bolani idiot deb e’lon qildi, lekin bu tashxisga qarshi omillar talaygina: bola hayotini notanish, yovvoyi muhitlarda, o‘zgalarning yordamisiz saqlab qolish mumkin edi. Aniq dalillar bilan shu narsa isbotlanganki, bola uy hayvonlari tomonidan boqib olinishi mumkin ekan. 1908 yilda Bryu ma’lum tadqiqotlar haqida xabar beradi, uLeypsigbolalar klinikasida norastaning yig‘isiga etib kelib, uni emizayotgan echki to‘g‘risida dalillar keltiradi. Bundan esa, emizakli bola yoki emaklovchi go‘daklar yovvoyi tabiatda hayvonlar ko‘magida yashab ketishi mumkin, degan xulosaga undaydi. Ko‘pincha, enaga yoxud tarbiyachilar sifatida bo‘rilar, ayiqlar, qoplonlar, yov-voyi cho‘chqalar va boshqalar odatda urg‘ochi hayvonlar nazarda tutiladi. Bu borada eng yaxshi hujjatlashtirilgan ma’lumotlar hind missioneri A. Sinxga tegishlidir. Uning ma’lumotla-ri 1940 yilda Gezell, 1942 yili R.M. Zing va so‘nggi bor CH. Mak-Leyn tomonidan tahlil qilingan. Godamuri qishlog‘ini ziyorat qilgan Sinx bo‘rilar bilan birga yuruvchi va hammani dahshatda tutib turuvchi inson ruhi haqida xabar topadi. Bu hodisani yaxshiroq kuzatishga harakat qilgan Sinx 3 ta kat-ta bo‘ri va 2 ta bo‘rivachchalar to‘dasida yana 2 ta mavjudotni ko‘rishga muvaffaq bo‘ladi. Maxsus ekspeditsiya natijasida 2 ta katta bo‘ri qochib ketadi, ona bo‘ri bolalarini himoya qilib halok bo‘ladi. Uyadan esa 2 ta bo‘rivachcha va 2 ta odam bolasi topiladi. Kichik qizcha Amala taxminan 18 oylik, katta qizcha Kamala esa 8 yoshda edi. Gezellning taxmin qilishicha, qizlar bo‘rilar hayotiga juda yaxshi moslashgan va 6 oylik davridan beri ularning qaramog‘ida yashasalar kerak. Kamala qo‘li va kaftlaridan harakatlanish organi sifatida foydalangan, ushlash, chang solish uchun og‘zidan foydalangan. Tizzasi, tirsa-gi, oyoq hamda qo‘llarida katta-katta qadoqlar to‘la edi. Kamala to‘rt oyoqlab, shu qadar tez chopardiki, ochiq erda uni tutish amri mahol ekan. 1920 yilning noyabrida Sinx qizlarni qayta tar-biyalash ishlarini olib borish uchun Mindnapur etimxonasiga olib ketdi. Bu erda u bajarilgan barcha ishlar haqida kunda-ligiga qayd qilib boradi. Bolalarni faqat och qoldiribgina, yangi muhitda oziqlanishga majbur qilish mumkin edi. Ularni odamlar dahshatga solardi, Kamala oldiga yaqinlashgan bolani tishlab tashlagan. Kunduzi ular biror burchakda bir-birining pinjiga kirib uxlashardi, kechasi esa jonlanib, hamma erni izg‘ib chiqardilar va doimiy ravishda 3 marotaba bo‘rilar kabi uvillashardi. Ammo qizlar chiqaradigan tovush na odamnikiga, na bo‘rinikiga o‘xshardi, ular boshqa tovush chiqarishni bilmas edilar ham. Ayrim vaqtlar ozuqa berish paytida birorta bola ularning yaqinida bo‘lsa, irillashar hamda tish g‘irchillatib qo‘rqitishlari ehtimol edi. Amalani qayta tarbiyalash ishla-rida muvaffaqiyat kuzatilsa-da, biroq oradan bir yil o‘tgach vafot etgan. Kamala tarbiyasi esa qiyin va sekin kechgan. Ikki yil o‘tgach, u birinchi so‘zini ayta olgan, yana ikki yildan so‘ng lug‘atida 6 ta so‘z paydo bo‘lgan, faqat sakkiz yil o‘tib, qisqa-qisqa iborali gaplarni so‘zlay olgan. Etimxonada 3 yillik umrida begonalar yordami bilan tik yura olgan, olti yillik tarbiya jarayoni natijasida o‘zi mustaqil ikki oyoqlab harakatlanishga o‘rgangan. Bu vaqt mobaynida u bolalar jamoa-siga asta-sekin qo‘shila boshlagan va buning natijasida emo-sional jihatdan tajribasi ancha boyigan. Kamala 17 yoshida uremiya (buyrak funksiyalarining surunkali yoki katta kamchi-liklari evaziga organizmning o‘z-o‘zini zaharlashi)dan vafot etgan. Gezell qilgan hisoblarga ko‘ra, Kamalaning intellek-tual rivojlanishi 35 yoshida 10-12 yoshli aqliy rivojlanishda to‘xtar ekan, Amala esa bu natijaga 17 yoshida etgan bo‘lar edi. Kundalik hayotdagi muomala jarayonidan noverbal jihatlar olib tashlansa, u qisqa,ters bo‘lib qoladi. Biz bir-birimizga qo‘pol, bag‘ritosh va e’tiborsiz bo‘lib tuyulamiz. Lekin nover-bal jihatlar bir- birimizga etkazadigan ma’naviy zararlarni yumshatadi. Noverbal vositalarga quyidagilar: Vizual: kinestetika – qo‘l, oyoq, bosh, tana harakatlari; nazar solish va vizual kontakt; yuz ifodasi: pozalar, ayniqsa suhbatdagi matnga ko‘ra, ularning lokalizatsiyasi hamda o‘zgarishi kiradi. Teri reaksiyalari: qizarish, ter chiqish. Masofa yoki distansiyani aks ettiruvchi vositalar: suhbatdoshgacha bo‘lgan masofa, unga nisbatan joylashish burcha-gi, personal fazo (joy). Muomalaga qo‘shimcha vositalar, jumladan, tana tu-zilishining o‘ziga xos xususiyatlari (jinsiy, yosh) va ularni kuchliroq ifodalovchi vositalar (kiyim, kosmetika, ko‘zoynak, taqinchoqlar, tatuirovka, mo‘ylov, sigaret va hokazolar). Akustik: paralingvistik, ya’ni nutq bilan bog‘liq – in-tonatsiya, ovoz balandligi, tembri, toni, ritm, nutqiy pauzalar va ularning matnda joylashuvi. Ekstralingvistik, ya’ni nutq bilan bog‘liq bo‘lmagan – kulgu, yig‘i, yo‘tal, xo‘rsinib qo‘yish, tishning g‘irchillashi, bu-run tortish va boshqalar. Taktil-kinestetik: jismoniy ta’sirlar – ko‘r insonni boshlab borish, kontaktli raqs va hokazo, takesika – qo‘l siqish, elka qoqish. Olfaktor: atrof-muhitdagi yoqimli va yoqimsiz hidlar; insonning tabiiy va sun’iy ifori. Muomaladagi fazo hech kimga tegishli bo‘lmasa-da, lekin in-sonning o‘ziniki deb hisoblagan zonasi bor va u bu narsa bilan doimo birga bo‘ladi, go‘yo tanasining davomiga o‘xshaydi. SHakliga ko‘ra, bu fazo pufakka o‘xshaydi, qo‘limizni bo‘shroq ko‘tarib, o‘z tanamiz atrofida aylantirsak, u hosil bo‘ladi. Albatta, pufak-ning chegaralari ko‘rinmaydi, biroq agar kimdir bizning shax-siy fazomizga kirsa, biz biror narsani his qilamiz. Pufaklar-ning mavjudligini biz liftda yaxshi sezamiz. 3 ta odam liftda ko‘tariladigan bo‘lsa, hech kim bir-biriga halaqit bermaydi, tirsagi bilan turtmasa-da, negadir tabiiy ravishda hamma bir-biridan ma’lum masofada joylashadi. SHunga qaramay, begona insonlar uchun pozalardagi sun’iylik, noqulaylik kuzatila-di, kimdir qiziqarli ish bilan mashg‘ul: liftdagi “g‘aroyib”, uning ustiga “yangi” bo‘lgan tugmachalarni tomosha qiladi, mo‘ljal qilgan qavatiga etar-etmas cho‘ntagidagi kalitlarni o‘ynay bosh-laydi, chuqur o‘y-xayollarga beriladi. Hamma o‘z xulqi orqali 2 narsani ma’lum qiladi: a) har bir inson uchun minimal kontakt ma’qulroq, b) shundoq ham majburiy bo‘lgan muomala jadalli-gini oshirmaslik uchun atrofdagilarga noqulayliklar etkaz-maslik. Bitta yo‘lovchining liftni tark etishi, qolganlarning o‘zini engilroq his etishiga olib keladi: beo‘xshov pozalarni o‘zgartirib, qulayroq turib oladilar, engilroq nafas ola bosh-laydilar, bir-birlaridan uzoqlashadilar – ya’ni psixologik komfort oshadi. Qo‘llarini qo‘ltig‘iga qistirganlar ularni tu-shiradilar: bu poza diskomfortni namoyon etuvchi (barqaror) bel-gidir. U ko‘pincha, iloji boricha kamroq joy egallash va hech nar-saga da’vo qilmaslik kabi timsoliy mazmun kasb etadi. Transportda yurish garchi u to‘la bo‘lmasa-da, faqat shovqin yoki silkitish tufayli emas, balki begona insonlarning majbu-riy yaqinlikda bo‘lishi bilan bizni toliqtiradi. Restoran, ku-tubxona, teatr kabi jamoat joylari to‘g‘ri loyihalashtirilgan bo‘lsa, odamlarning hududiy va fazoviy talablarini inobatga oladi. SHuni alohida qayd etish lozimki, har xil insonlarning pufaklari har xil bo‘ladi. Ammo bitta odamning ham shaxsiy, ham fazoviy kengligi sharoit, salomatlik va aniq sheriklari-ga qarab o‘zgarib turadi. Xotirjam va o‘ziga ishongan inson o‘z chegaralarining daxlsizligi haqida qayg‘urmaydi va katta au-ditoriyada bo‘sh stul, stol, zont, portfel va boshqa panaliklar sanalmish rekvizitlardan foydalanmaydi. Ekspansiyaga moyil-ligi bor yoki o‘z chegarasini kengaytirmoqchi shaxslar yoxud shunga o‘xshash narsani namoyish qilmoqchi odamlar, buni oyog‘ini uza-tish, kinozal yoki samolyotda qo‘shni o‘rindiqqa qo‘lini qo‘yish, atrofdagi buyumlarga tasodifan tegishda namoyon qiladi. Kim muomala qilayotgan sherigining mavqei, ahamiyatini yuqori baholasa, uning uchun, asosan katta shaxsiy fazo ajratadi. Xoll va undan keyin ko‘pchilik mualliflar muomala uchun 4 turdagi masofalarni ajratib ko‘rsatadi, ularning har biri insonlardagi yaqinlik va oraliqni bildiradi. O‘ta yaqin masofa bevosita jismoniy kontaktdan 40-45 sm gacha – yaqin munosabat-larni ifoda etadi. Intim (o‘ta yaqin) masofada sherik haqidagi taassurotlar nafaqat vizual, balki taktil va kinestetik bo‘lishi muqarrar. YAqin munosabatdagi odamlar bir-biriga tegib ketmaydi, degan fikr tug‘ilishi mumkin, biroq shaharda aholi zich yashashi tufayli transportda bunday hodisalar sodir bo‘lib turadi. Bun-da kechirim, tushuntirish orqali jismoniy kontaktni izohlash imkoniyati mavjud. O‘zaro yaxshi tanish insonlar o‘rtasidagi jismoniy kontakt ko‘proq: bu erda qo‘l siqish, tirsagidan ushlab turish va har xil yarim hazil qiliqlar bo‘ladi. Mazkur teginish-larning turliligi va tusidan qat’i nazar, ularning umumiy va-zifasi muloqotni, ayniqsa, uning emotsional, personal hamda manfaatdor iliq jihatlarini kuchaytirishdir. Inson mantiqiy emas, balki iltimos darajasida ishonar-li bo‘lishi uchun (sharoitni tushuntirish maqsadida) o‘z nutqiga qo‘shimcha ravishda suhbatdoshiga teginishni kiritadi. U asosan, suhbatdoshi qo‘li yoki engiga intonatsion urg‘u qo‘yayotganda tega-di, bu orqali esa sherik muloqotdosh qalbida muhim so‘zlarni muhrlaydi. Siz ko‘p odamlar ichidan bittasiga tegib murojaat qilsangiz, u o‘zini boshqalar orasidan tanlab olingandek his qiladi. Dj. Edinger va M. Patterson o‘zlarining qator tajriba- larida bir qiz katta supermarketda keng omma orasida telefon – avtomat uchun tanga so‘ragan. U ba’zi bir odamlarga iltimosi-ni teginish bilan birga, boshqalarga esa tegmasdan murojaat et-gan. Salgina tegingan odamlarning 51%i, tegmaganlarning 29% kishi telefonga tanga taqdim etgan (bu erda yosh va jins xususi- yatlarida katta tafovut kuzatilmagan). Notanish insonga to‘g‘ri teginishning asosiy sharti, ularning neytralligidir, ya’ni shilqimlik xususiyatiga ega bo‘lmasligidir. Inson qoldirayotgan taassurotning kuchi engil va kam seziluvchi teginishlarda kuchliroq bo‘ladi. Aynan shun-ga doir tajriba amerikalik tadqiqotchilar tomonidan kutub- xonada o‘tkazilgan: kitob bilan hammani ta’minlovchi qiz “be-xosdan”, “beixtiyor” ayrim odamlarga teginishi va boshqalariga tegmasligi talab qilingan. Albatta, natijalarni qayta ish-lash vaqtida bu ikkala guruhning yoshi, jinsi, irqi, mavqei hamda qator mezonlar (qobiliyatlari, intellektual salohiyati, tashqi ko‘rinishi, xayrixohligi va boshqa xususiyat)lar bo‘yicha baholashlari darkor edi. “Tegilgan” odamlarga kutubxonachi qiz chiroyli va saxiy bo‘lib ko‘rinishi tabiiy hol, buni tushunish mumkin. Lekin nima sababdan qiz ularga juda ham aqlli hamda kasbiga yaroqli bo‘lib tuyulgan ekan? Bu tadqiqotdan olingan ikkinchi qiziqarli dalil shundan iboratki, “tasodi-fiy” teginishga bog‘liqliklarni asosan ayollar namoyish etgan. Uchinchi natijaga ko‘ra, qizning yaxshi aktyorlik mahorati o‘laroq tadqiqotdagi ko‘pchilik uning teginishlarini sezmaganlar, agar sezgan bo‘lsalar ham, tasodifiy deb qabul qilganlar. “Teginil-gan” va “teginilmagan” kishilarning ma’lumotlarini qayta ish-lashda baholashdagi xilma-xillik anglanilmagan tarzda kechgan, hayotda ham, asosan bu narsa shu zaylda kechadi. Agar sherik yoki muloqotdosh iltimos qilayotgan payt-da biroz bo‘rttirib yuborsa, ozgina qistov, siquv hissi paydo bo‘lsa, ya’ni qo‘lni manipulyasiya qilish, holatini o‘zgartirish maqsadida qo‘lni ushlash – teskari reaksiyani vujudga keltiri-shi ehtimol: Qanday shilqim odam ekan, nega menga yopishib oldi, qanday qilib undan tezroq qutilsam bo‘larkin? kabi fikrlar uyg‘onadi. Ko‘pchilikda teginishlar nihoyatda sergaklik, xushyorlik-ni paydo qildiradi – asosan bu narsa har qanday psixologik oraliqning, distansiyaning qisqarishi qiyinchilik tug‘diruvchi va bezovtalik bilan kechuvchi odamlarda kuzatiladi. Bular qiyin tanishadigan, “siz”dan “sen”ga o‘tishda undan ham ko‘p murakkab-liklarga duch keluvchi, nazar yoki tikilib qarashni ko‘tara ol-maydigan, kulguli bo‘lib ko‘rinishdan dahshatga tushuvchilarda uchraydi. Muomalada mahoratli kimsa intuitiv ravishda kimga tegish mumkin va kimga tegish shartligini, kimga tegish orqali psixologik tanglikni hosil qilib, o‘zidan uzoqlashtirib yubo-rish mumkinligini biladi. Ayniqsa, bu narsalarga suhbatdoshingiz sizdan yoshi kichikroq, sizga bog‘liq va yoqimsiz bo‘lsa- da, teginishingizdan qocha olmasligi (rad eta olmasligi)ni bilsangiz, ehtiyot bo‘ling! YAqin do‘stlarimiz yoki qarindoshlarimizning voyaga etayotgan farzandlarida xuddi shu voqea sodir bo‘lishi ko‘pchilikka ayon. Bir kunmas-bir kun boshidan silab qo‘ysangiz yoki yuzidan o‘pib qo‘ysangiz bolakay o‘zini chetga olib, jahli chiqqan holda sizga ti-kila boshlaydi. Ota-onalarga bolalarning bunday mehrsizligi yoki biroz qo‘polligi juda yaxshi ma’lum, chunki farzandlar ularga go‘yoki “bolalardek muomala” qilayotganlaridan norozi bo‘ladilar. Ba’zi holatlarda teginish mavqe vazifasini o‘tashi mum-kin. Kim salomlashganda birinchi bo‘lib elka qoqsa, bu orqali yaqqol yoki yashirin dominantlikni bildiradi (rollar o‘sha inson tomonidan taqsimlanadi). SHaxsiy (personal) masofa 120 sm ga etishi mumkin, bunda jismoniy kontaktning bo‘lishi shart emas. Bu suhbat, so‘zlashuv uchun optimal masofa. Personal masofadagi mini-mal ko‘rsatkich 75 sm bo‘lsa-da, lekin turmushda bu masofa turli uzunliklarga ega. Muomalada masofaning o‘zi ko‘p narsalarni hal qiladi. ko‘chada biror voqeani kuzatayotgan yoki afishalar-ni tomosha qilayotganimizda tasodifan oldimizda bo‘lib qolgan notanish insonga qandaydir e’tiroz bilan murojaat etishimiz bunga yaqqol misoldir. Biz murojaat qilgan inson bizdan bir muncha uzoqroq masofada joylashgan edi, u bilan gaplashish maqsadi butunlay vujudga kelmasmidi? Ko‘chada vaqtni (soatni) so‘rayotganimizda ham personal masofani saqlaymiz va bu bilan iltimosimiz, aynan o‘sha kishiga mo‘ljallanganligini bildi-ramiz. Sotsial masofa 120 dan 260 sm gacha oraliqda joylashgan bo‘ladi va mazkur distansiya har qanday rasmiy muomala uchun nihoyatda qulay hisoblanadi. YUqorida keltirilgan tasnifni qat’iy va ishonchli bo‘lmasligiga daliliy misollar ko‘p. Birinchidan, suhbatdoshlar muomala jarayonida muloqotdoshga nisbatan joyini o‘zgartirishi mumkin, ammo bu narsa kontaktning kuchayishi yoki susayishining belgisi emas. Ikkinchidan, kishi muomalaga qiziqqanligini yoki undan bezganligini masofa orqali emas, balki boshqa vo-sitalar yordamida ayon qilishi ehtimol. SHunga qaramay, ayrim qonuniyatlar mavjud hamda ular e’tiborga olinishi shart. Jum-ladan, o‘zimizga yoqadigan, fikri va mulohazasi biz uchun qadrli hamda yordamidan umidvor insonlarga yaqinroq bo‘lishga intila-miz. Muomalada masofadan tashqari, suhbatdoshlarning o‘zaro fazoviy joylashuvi ham katta ahamiyat kasb etadi. SHuni ta’kid-lash joizki, bir-biriga mebel tufayli qarama-qarshi o‘tirib qolgan odamlar ixtiyorsiz tarzda konfrontatsiyaga (qarama-qarshilikka) boradilar. Muomala jarayonida kishilarning bi-ror ko‘rish burchagi, gradus ostida bir-biriga yo‘nalganligi ney-tral, xolis hisoblanadi. Insonning o‘z xonasini yoki kabinetidagi buyumlarni jihozlashi odam ruhiyati haqida so‘zlab berishi mumkin: biz axir ayni paytdagi suhbatdoshlarimiz uchun sharoit yarata-miz. Andre Morua o‘zining “Suhbat qurish san’ati” asarida quyidagilarni qayd qiladi: “Mebel uslubi ham muomala xu- susiyatiga ta’sir qiladi. CHuqur ingliz kreslolari kamgaplik-ka moyillik tug‘diradi; suyanchig‘i qattiq stullar zukkolikka undaydi; butun tanasi bo‘shashiga imkon beruvchi divanlar dil izhorini engilroq aytishga sabab bo‘ladi. Odatda bunday divan-larda nigohlar to‘qnashmaydi, bu esa uyatchan insonlar uchun ayni muddaodir”. Har holda muomalada masofani belgilash tana harakatlariga qaraganda osonroq kechadi. Axir fazo hech kimniki emas va ayrim xatolar uchun odamlar bir-birini tez kechiradilar. Muomalada to‘g‘rilik, rostgo‘ylik nihoyatda qadrlanadi. Muomala uchun sharo-it yaratilar ekan, boshqa ishtirokchilar tomonidan bu sharoitlar qabul qilinishi ham lozim. Bir xil paytda suhbatdoshlarning yumshoq va qulay kresloda bo‘shashishining istamasligini kuza-tish mumkin: bunda kishilar qaddini rostlash, kresloning uchi-ga biror burchak ostida o‘tirishga harakat qiladilar. Boshqa insonlarda esa, albatta mebelning o‘rnini o‘zgartirish odati mavjud: bu narsa muloqotdoshgacha masofa bi-lan ham, jismoniy komfort bilan ham bog‘liq emasligi mum-kin, balki begona muhitda o‘zi uchun joy tayyorlashning timso-liy rasm-rusumi bo‘lishi ehtimol . SHu jumladan, mezbonning mehmonni o‘z qo‘llari bilan stulga o‘tqazishining asosiy xabari – “men siz uchun sharoitni o‘zim tashkil etaman”ligi psixologik jihatdan aniqlangan. SHaxsiy-fazoviy joy bizning ham, sayyoramiz jonivor-lari uchun ham muhim ko‘rsatkichimiz sanaladi. Hayvonlar joy-lashuvining zichligiga qarab, har bir jonivorning o‘z hududiy zonasi mavjud bo‘ladi. Afrika savannalarida katta bo‘lgan sher-ning shaxsiy hududi 31 milga etadi. Biroq, agar sher zoopark sharoitida voyaga etgan bo‘lsa, uning shaxsiy hududi bir necha metr-lar bilan chegaralanishi ehtimol. Faqat so‘nggi yillardagina hukumat va quruvchilar ko‘p qavatli yashash joylari insonni shax-siy hududidan mahrum qilayotgani tufayli insonlarga salbiy ta’siri haqida bosh qotira boshladilar. Buni Djems orolida (Merilend shtati yaqini) tarqalishi ko‘payib ketgan bug‘ular mi-solida ko‘rish mumkin. Lekin o‘sha vaqtda ozuqa va em-xashak etar-li, yirtqich hayvonlar yo‘q, hech qanday epidemiya aniqlanmagan bo‘lsa-da, bug‘ular juda katta miqdorda xalok bo‘la boshlagan. Xuddi shunga monand voqealar kalamush hamda quyonlar bilan so-dir bo‘lgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bug‘ular ularning tarqalishi oshishi hisobiga shaxsiy hududning kamayishi sa-babli stress vujudga keltirgan buyrakusti bezining nihoyatda faolligi tufayli o‘lim topgan ekan. Buyrakusti bezlari esa or-ganizmning o‘sishi, nasl qoldirishi, kasalliklarga qarshiligi uchun javobgar. SHu tariqa bug‘ularning qirilishi ochlik, infek-siya yoki boshqa yirtqichlarning tajovuzi tufayli emas, balki tarqalishning kengayishi oqibatida yuzaga kelgan. YUqoridagi dalillarni e’tiborga olgan holda aholi juda zich yashaydigan joylarda jinoyat ko‘p bo‘lishini tushunish mumkin. 2. Fiziognomika to‘g‘risida tushuncha Pantomimikadagi mima niqobidan foydalangan holdagi suratlar g‘alati taassurot qoldiradi, chunki yuzsiz inson juda yomon ko‘rinadi. Er yuzidagi eng qiziqarli yuzga nisbatan qiziqish va diqqat-e’tibor insoniyatning tarixiy yoshi bilan barobar. Asrlar mobaynida yuz qiyofasi (chizgilari) va ifoda-lari, uning xarakteri hamda taqdiri bilan bog‘liqligi o‘rganib kelingan . Dastlabki fiziognomik tizimlardan biri Qadimgi Xitoyda miloddan avvalgi III asrda paydo bo‘lgan va haligacha rivojlanishda davom etmoqda. Xitoyliklar yuzni 3 ta gorizon-tal zonalarga bo‘ladilar, har bir zona ma’lum yoshlarda alohida ahamiyatga ega. YUzning tepa zonasi: sochidan qoshigacha qism in-sonning intellektual imkoniyatlari va bolalikda yashash sha-roitini ifodalaydi. O‘rta qism: qoshdan to burun uchigacha zona ruhimizning moslashuvchanligi, epchilligi, shaxsimizning ku-chini, o‘z-o‘zimizni nazorat qilishni bildiradi va u 35 dan 50 yoshgacha davrda nihoyatda muhim hisoblanadi. YUzimizning eng pastki qismi bog‘liqliklar, hayotimizdagi muvaffaqiyatlarning ehtimolligini bildiradi hamda keksa odamlarda bu zona yaxshiroq o‘qiladi. Xitoyda fiziognomika borasida katta ishlar amalga oshirilgan, yuz qiyofasidagi organlarning joylashuviga qarab maxsus xaritalar yaratilgan, ularning soni 111 dan 130 tagacha. Ammo G.K. Lixtenberg Lafaterning mashhur fiziognomika-si to‘g‘risida quyidagilarni aytadi: “Menimcha, bu nazariya psi-xologiyada fizikada mavjud bir qiziq nazariyaga o‘xshaydi. Maz-kur nazariya shimoliy yog‘duni baliq tangachalarining yaltirashi bilan tushuntiradi”. Fiziognomik stereotiplar maishiy hayotda tashqi ko‘rinishga oid ko‘plab interpretatsiyalarning paydo bo‘lishiga sababdir: labi katta bo‘lsa, ta’sirchan, sezgir; peshonasi keng bo‘lsa yoki ko‘zoynak taqsa intellekti baland va hokazolar. Bu narsaga jiddiy yondashish qiyin -ku, biroq hammaga ma’lumki, yuzda insonning ichki dunyosi aks etadi. Kundalik kuzatuvlar va xulosalar chiqarganimizda biz asosan yuzdagi a’zolarning anato-mik muvofiqligiga emas, balki biror vaziyatda insonning ichki holati yoki munosabatining uning mimikasida namoyon bo‘lishini nomutanosib talqin qilamiz. Sinchkov kuzatuvchi uchun inson yuzidagi tushunarli va aniq ifodadan tashqari, odamning ixtiyo-riy yuz ifodasining o‘zgarish izlari, ayrim qismlardagi tezkor (soniyaviy) reaksiyalar, yuzdagi alohida qismlarda nomutano-sibliklar ham ahamiyat kasb etadi. Insonning mimik chizig‘ida bir lahzalik reaksiyalar emas, balki kundan kunga inson yuzida o‘z izini chuqurroq qoldiruvchi ustun reaksiyalar o‘z aksini to-padi. Takrorlanuvchi mimik reaksiyalar o‘z muhrini qoldiradi, vaqt o‘tishi bilan ular moddiylashadi. SHuning uchun “Ajinlar o‘tmishdagi tabassum izlari” degan aforizmning mavjudligi ta-moman asossiz emasdir. Tasavvur qilaylik, bir odam xulqida asosiy o‘rinni jahl chiqish, qahr, g‘azab namoyon qilishga nazorat, ulardan tiyinish egallaydi. Bu odamga quyidagi iboralar mos kelishi mumkin: “o‘zini qo‘lga olish”, “o‘ziga erk bermaslik”, “o‘zini tutib turish”, “tishini tishiga qo‘yish”, “o‘zini yig‘ib olish” va boshqalar. Ti-shini tishiga qo‘yish deganda, tana qo‘zg‘alishi, kuchsiz salbiy emotsiyalarning kishi ichki dunyosida qolishi tushuniladi. Maz-kur holatda tishlar ortida hali yorug‘ dunyo yuzini ko‘rmagan emo-siyalar, gaplar go‘yoki qulfga solinganga o‘xshaydi. Bu ko‘pincha “og‘ir dahan”ni vujudga keltiradi va “tumshug‘i osilgan”, ya’ni latent (yashirin) holatda kuzatish bilan qiyoslanadi. Agar biz yuqoridagi vaziyatga kontrast insonni tasavvur qilsak, u o‘z ta-jovuzini kesatiq gaplar orqali kuchaytirsa, tili achchiqqina bo‘lsa, biz uni jag‘i jag‘iga tegmaydigan (tishini tishiga qo‘yib), tilini tiya olmaydiganligini qayd qilamiz. Har birimiz o‘ylamay turib, beixtiyor o‘zimizning fizio-gnomik tizimimizdan foydalanamiz. Bizningcha, ayrim asosiy yoki bu belgilarni bir xil mazmunda ishlatish qaltisdir. Mi-mika nihoyatda murakkab bo‘lib, u tabassum – xush ko‘rish, qosh chimirish – ko‘ngli to‘lmaslik kabi ishonchli tavsiflar to‘plami emas. P.Ekman eksperimentlarda isbotlaganidek, turli irq va madaniyatga tegishli individlarning emotsiya ifodasi o‘xshash, lekin bu umumiy jihatga to‘g‘ri keladi. Real sharoitda bizning oldimizda yaqqol bitta emotsiya namoyon qilayotgan surat emas, bal-ki haqiqiy inson yuzi bilan bo‘lsa, “tarjima”ga oid qator muam-molar vujudga kelaveradi. Har birimiz boshqa insonlar mimikasi reaksiyalari-ning yaxshigina interpretatori (talqinchisi) sanalamiz va biz chiqargan xulosalar, ko‘p sonli sub’ektiv sabablarga bog‘liq odam o‘zini jarohatlovchi ma’lumotdan asrovchi psixologik himoya mexanizmi evaziga muloqotdosh yuzidagi ifodani uzoq vaqtgacha payqamasligi yoki sharoitning ustanovka va prognozla-riga mos tarzda tasdiqlovchi belgilarni topishi ehtimol. Bun-dan tashqari, o‘zi uchun xarakterli bo‘lgan emotsional reaksiya-larni ko‘rishi, o‘ziga umuman begona reaksiyalarni ko‘rmasligi mumkin. Hammamizning shaxsiy tajriba manbamiz, avvalo o‘z oilamiz hisoblanadi. Bolalik davrimizdanoq barchamiz xulq ekspressiv tarkiblari haqidagi tasavvurlar bilan boyitila-miz. Lekin bizni boyituvchi manba turfa xil bo‘lishi tabiiy hol. Bitta oilada bola vujudga kelayotgan xavfni onasining ifodasiz yuzidan payqab olsa, boshqasida u to‘liq belgilar maj-muasini qabul qiladi: labning taranglashuvi va shaklining o‘zgarishi, kichraygan ko‘zlar, tirishgan peshona gavdalanishi- dan bilib oladi. Boshqa xonadonda bir-birini va bolalarni maqtash istehzoli, kesatiq aralash pichinglarda ifodalansa, yana birida har qanday bahona bilan affektiv hayratlanish etakchilik qiladi, uchinchisida esa hech kim hech kimni umuman maqtamaydi, hech kim hech kimdan xursand bo‘lmaydi. Ba’zi oila-larda o‘zgarguvchi yuz ifodasi uzoq vaqtli munosabatlar oydin-lashuviga olib kelsa, boshqalarida o‘z emotsional holatiga oila a’zolarining diqqatini jalb etish uchun sal kam o‘z joniga qasd qilish zarur bo‘ladi. Hayratlanarliki, barcha odamlarning mayda, konkret eks-pressiv belgilariga oid tasavvurlari qarama-qarshi bo‘lsa-da, lekin eng mo‘‘tadil deb o‘z shartli belgisining tizimi tan oli-nadi. O‘zining amaliy fiziognomik tasavvurlari nisbiy xa-rakterga egaligini faqat yuksak kommunikativ mahorat sohibi anglaydi, xolos. Azaldan muloqotdosh bilan aloqa o‘rnatish va axborot-ning nozik ma’naviy tusini etkazishda nigohga katta e’tibor berib kelingan. Vizual kontakt kanaliga oid ko‘plab savollar tug‘iladi: muomala paytida insonning ko‘ziga qarash kerakmi? Mantiqiy jihatdan javob ijobiy bo‘ladi. XVIII asrda yashagan graf CHesterfild o‘g‘lini diplomatik kareraga tayyorlayotganda quyidagi yozuvlarni qoldiradi: “Odamlar bilan muloqotda bo‘lar ekansan – ularning ko‘ziga boq, agar ko‘zingni olib qochsang, ular sen o‘zingni biror narsada aybdor deb hisoblaysan, deb o‘ylay boshlaydilar. Bundan tashqari, sen odamlar ko‘ziga qaramay ay-tayotgan so‘zlaring ularda qanday taassurot qoldirayotganligini bilolmaysan...”. Psixologik tadqiqotlarning natijalari ham yuqorida aytilgan fikrni tasdiqlaydi: vizual kontaktdan qochuvchi odamlarning yuzi salbiy baholanadi. Insonning ko‘ziga tik boqish har qanday muloqotni muloqotdoshimiz uchun yoqimsiz bo‘lishiga olib kelishi mumkin, bu go‘yoki psixologik oraliqning qisqarishiga o‘xshaydi. Agar biz bilan bir xil jinsdagi odamga uzoq vaqt o‘qrayadigan bo‘lsak, o‘zaro musobaqalashishga chorlovni anglatishimiz ehtimol. Garchi suhbatdoshimiz qarama-qarshi jins vakili bo‘lsa, bu yaqin aloqa taklifidek ro‘yobga chiqadi. Muomalalik, sheriklik teng munosabatda kechmasa, qolaversa tanqid va boshqa salbiy ta’sir unsurlariga ega bo‘lsa, doimiy ravishda ko‘zga tik qarash yoqimsiz kechinmalarni kuchaytiradi, unda keskin psixologik himoyani vujudga keltiradi hamda ishga yordami kam tegadi, shundoq ham og‘ir sharoitni yanada chigallash-tiradi. Qarama-qarshi joylashuv va yaqin masofa nigohlar to‘qna-shuvining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Tadqiqotlarning ko‘rsa-tishicha, insonga begona odamning tik qarashi 3 sekunddan oshsa, diskomfortlik hissini yuzaga keltiradi. Albatta, bu vaqt o‘rtacha ko‘rsatkichdir: o‘ziga ishonmagan odam tanglik, taranglik va bezovtalanishni vaqtliroq his eta boshlaydi, agar buning ustiga noqulaylikni oshiruvchi boshqa vaziyatlar mavjud bo‘lsa (liftdagi kabi yopiq va tor fazo), gap lahzalar haqida ketishi ehtimol. Bizningcha, ko‘ziga tik qarash ko‘pincha tikilayotgan inson statusining yuqoriligiga bevosita bog‘liq. Bosim hissi va u bi-lan hamohang keluvchi bo‘ysunish yoki qarshilik ko‘rsatish muo-malaning dastlabki soniyalaridanoq unga noto‘g‘ri tus beradi: “yutayotgan” kishi nima sababdan muloqotdoshi bo‘sh kelmayotgan-ligini, yoxud aksincha ruhi tushib, muloqotni muloqotdosh mini-mallashtirayotganini va bora-bora o‘z qobig‘iga kirib olishini tushuna olmaydi yoki bilmaydi. Aynan muloqotdoshimizning qorachig‘iga nigohimiz ba’zan ixtiyoriy, ba’zan ixtiyorsiz tarzda tushishi uning xulqiga ta’-sir etuvchi kuchli vosita ekanligi ehtimol. Rostdan ham ichimizda bizga noma’lum bo‘lib qoluvchi baholashni o‘zida mujassam etgan tikilib qarashni bemalol ko‘tara oladigan insonlar ko‘pmi? Noma’lumlik bizni kuzatayot-gan kimsa, bizda nimani ko‘rib qolishi mumkin, u bizni qanday baholaydi degan har xil qo‘rquv, taxminlarni uyg‘otish bilan birga, ularning yanada kuchayishi uchun qulay zamin hozirlaydi. Bunday vaziyatlarda inson xulqida kuzatiluvchi beo‘xshov va be-ma’ni qiliqlar u boshidan kuchli bezovtalik hissini kechira-yotganidan hamda ularni kamaytirish uchun autokommunikativ harakatlardan foydalanayotganidan dalolat beradi: yuzini yoki sochini silash, ayollarda ziragini to‘g‘rilash , o‘z kiyimiga e’ti-bor bilan qarash va undagi ba’zi joylarni tartibga keltirish hammasi joyidaligiga ishonch hosil qilish xohishini aks etti-radi, shuningdek, bu voqelik ruhiy osoyishtalik va muvozanatni tiklashga xizmat qiladi. “YUzma-yuz” muloqotda, agar u ma’lum darajada taranglash-gan bo‘lsa, suhbatdoshga tikilib qarashni kanda qilmaslik esa uning bezovtaligini oshiradi, bu vaziyat suhbatni konstruk-tiv tuzishga monelik qiladi. Suhbatdosh unga yuzaki, yumshoq va to‘xtalishlar bilan qaraganda hamda har gal nigohini ko‘zga yo‘naltirmaganlarida o‘zini yaxshi his etadi. Bunda albatta, insonga o‘zi ham qarab olishga imkoniyat yaratishi darkor va u tashlayotgan har bir nigohida tutib olmaslik kerak, aks holda muloqotdoshni kuzatish va uni biror narsa ustida tutib olish xohishi mavjuddek taassurot qoldirishimiz mumkin. Notanish bola bilan muomalada bo‘lganda, ayniqsa, agar begonasirayotganda, aksariyat odamlar intuitiv tarzda bitta usuldan keng foydalanadi: avval bolachaga emas, balki uning o‘yinchog‘i, kitobi, rasmiga qarab, biror narsani gapiradilar. Vi-zual kontakt to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki ikkala suhbatdosh qarab chiqayotgan qandaydir buyum orqali o‘rnatiladi – bu vaqt mobay-nida bola yangi insonning ovozi, yuzi va nigohiga ko‘nikib bora-di va u odamning “qo‘rqinchli emasligi”ga ishonch hosil qiladi. Xuddi shu usulni o‘ziga ishonmagan, tang ahvoldagi katta yoshdagi insonga ham qo‘llash foydali. Mulohaza bildiradigan umumiy ob’ektni tanlab, so‘ng biz unga qaerga qarash kerakligini ayta-miz va bu bilan nigohini berkitishdan hamda noqulayliklarni his etishdan ozod qilamiz. Ko‘ziga qaramaslik vaqtini uzaytirib yuborish ham xavfli – muloqotdoshingizda unga nisbatan diqqat, qiziqish yo‘q degan taas-surot uyg‘otishingiz mumkin. Maishiy turmush tajribasida ko‘zga biror narsada ehtiyoji bor odam boqadi, hech narsa kerak bo‘lmagan odam esa tik boqsa ham, hech narsani payqamaydi, degan naql bor. Darhaqiqat, atayin vizual kontaktdan voz kechish sherikni manipulyasiya qilishning yaxshi usullaridan biridir. Qanshar yoki undan sal balandroqqa yo‘naltirilgan barqaror nigoh o‘zining qo‘pol dominantligi bilan ajralib turadi. Qosh o‘rtasiga yo‘naltirilgan harakatsiz qarash qarshimizdagi inson ikkinchi darajaligi yoki fonga qorishib ketganligini ko‘rsatadi: senda qaraydigan hech narsa yo‘q yoki umuman borligingni ilg‘ashim kat-ta gap. Lekin bu faqat boshlanishi suhbatdosh, bunday g‘alati va yoqimsiz mikrosharoit (qarayotgandek-ku, biroq qaramayapti ham hisob)ga tushib qolgach, unga ongsiz ravishda me’yorida ekanligi-ni o‘ziga uqtirishga urinadi, ya’ni qaerga yo‘naltirilgani noaniq nigohni tutishga harakat qiladi. Buning uchun bosh yordamida yoki gavdasi bilan sezilar-sezilmas moslashuv harakatlarini amal-ga oshiradi. Bu esa muloqotdosh xulqida hovliqmalik va yolvo-rishlikni oshiradi hamda sheriklar o‘rtasidagi tengsizlikni bo‘rttirib ko‘rsatadi. “Ko‘rmaydigan nigoh”ning boshqa turlari ham mavjud: ma-salan, u insonni teshib o‘tishi, sherikning yuzi oldida to‘xtab qolishi, ungacha etib bormasligi, asosan ko‘z suhbatdoshdan biroz chetroqqa joylashtirilgan tasavvurdagi obrazga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin. Har doim ham “ko‘rmas ko‘zlar” tajovuz yoki bosim quroli emas. SHunday hollar ham bo‘ladiki, nigoh – chet-lashtirish, ortiqcha diqqat va reaksiyalar talabiga qarshi himoya reaksiyasi tariqasida noiloj vujudga keladi. Ayniqsa, bu holat gavjum erlarda bilet tarqatadigan, sotadigan kishilarda (vokzal, teatr...) va pochta ekspeditorlarida uchrab turadi. Ular insonga qarab turib, uni ko‘rmasligi, yonginasida turib gapini eshitmasligi. Ko‘z orqali insonni “yutib yuborish”, “otib tashlash”, “mix-lab qo‘yish”, “iliqlik uyg‘otish”, “ko‘nglini sovutish” mumkin. Muomalada har bir narsa ahamiyatga ega. Vizual kontakt kanali orqali uzatilayotgan mazmunga ta’sir etuvchi vositalar: yorug‘lik, rakurs, hatto ko‘pchilik taqadigan ko‘zoynak ham. Ko‘zoynak orqali hamma narsani ko‘rish mumkin, ammo siz u tufayli to‘liq ko‘rinmaysiz. Nigohingizni payqash va tutish qiyin, chunki unga oynaning yarqirashi halaqit beradi, buning yordamida vaqtdan yutish osonroq kechadi. 3.SHaxs va o‘zaro ta’sir muammosi Muomalada “o‘z ovoziga ega bo‘lmaslik” – “yuziga ega bo‘lmaslik” bilan barobardir. Paralingvistik tavsifga ovoz jadalligi, ton va tembr yuqoriligi, temporitmika va nutq in-tonatsiyasi kabilar kiradi. Jadallik yoki balandlik ovozning eng oddiy xususiya-ti bo‘lib, ma’lum kommunikativ sharoitda muomala fazosini boshqarishning individual xususiyatiga bog‘liq ovozga egalik, ma’lum xona uchun esa tinglovchilar miqdori va muomalaning qator vaziyatlarida intuitiv ravishda balandligini to‘g‘ri tan-lashni ham nazarda tutadi. Keragidan ham baland gapirishga odatlanib qolgan insonlar ma’lum etiket me’yorini buzadilar, ular kuch (bu erda ovoz kuchi) bilan eshitishga majbur qiladilar. Bu fazoni “bosib olish” ekspansiyasining yaqqol ko‘rinishidir, ya’ni boshqa insonlar o‘rin egallagan akustik muhitni o‘zi bi-lan to‘ldirishdir. Agar bu chiqish yoki ma’ruza bo‘lsa, jarangdor va baland ovozli inson tinglovchilarni uning ovozi adekvat bo‘lishi uchun kerak masofaga uni itaradi. Auditoriya yoki “dia-log” bo‘yicha muloqotdoshlarga bunday munosabat personallikni yo‘qotadi, muloqotdoshlar qancha bo‘lishidan qat’i nazar ular bi-lan ommadek munosabat o‘rnatiladi. Bunday xulqning sabablari har xil bo‘lishi ehtimol: ta-shabbusni o‘ziga olish va o‘z fikrini o‘tkazish xohishi; ichki zo‘riqishlarning tashqariga yo‘l topishi; o‘zi izohlayotgan gap-lariga sho‘ng‘ib ketishi tufayli kommunikatsiyada mo‘ljalni yo‘qotish. Baland ovoz salbiy qo‘zg‘algan, nizoli, tarang munosa-batlar mavjud muomalaga xos bo‘lib, bunda hech kim bir-birini eshitmayotganligidan dalolat beradi. Paraverbal muomalada ma’lum idrokning stereotipla-ri mavjud. Baland ovoz o‘ziga ishonganlik bilan identi-fikatsiya qilinadi: masalan, maktabda baland ovozda javob berish o‘qituvchilar tomonidan ijobiy baholanadi va qo‘llab-quvvatlanadi. Eksperimental sharoitda nutqini baland ovoz-da etkazadigan insonlar “dominant”, “malakali”, “o‘ziga hammaning diqqatini jalb etishdan qo‘rqmaydigan” deb idrok qilinadi. Past va tushunarsiz nutqqa qaraganda, ba’zi jamoa to‘plangan vaziyatlarda (kutubxona, kassa, konsert va teatr zalla-ridan tashqari joylarda) baland ovozda gapirayotgan “jazolan-maydi”. Hech kim ma’ruza qilayotgan inson yoki domlaga pastroq ovozda gapirishni talab qilmaydi. Ammo nutqning tushunarli va qulay idrok qilish ovozning intensivligi bilan emas, balki to‘g‘ri tanlangan temp, o‘rinli pauzalar, muvofiq artikulyasiya va “ovoz ko‘tarinkiligi” bilan belgilanadi. Bundan tashqari, ovoz intensivligining keskin oshishi nutqning boshqa nozik parametrlariniyo‘qolishigasababbo‘ladi, binobarin, nutqning intonativ manzarasi oddiylashib, monotonlikka o‘sib o‘tishga olib keladi. Nutqning ritmik manzarasini, asosan pauzalar shakllan-tiradi, ular nafaqat talaffuzning aniqligiga, balki bildiri-layotgan fikrning aniqligiga ta’sir qiladi. Birorta ham odam suhbat davomida pauzasiz so‘zlashuvni amalga oshirolmaydi. U nafaqat o‘z nutqining ifodali bo‘lishiga va mazmunni chuqurroq etkazishga, balki muloqotdoshimiz reaksiyasini baholash va suhbatda tashabbusni berish uchun zarur. Ko‘pchiligimizda kimningdir gapini tugatdimi yoki davom etayotganligini bilmasdan bo‘lib qo‘ysak, o‘zimizga noqulaylik tug‘iladi. Muomalani muloqotdoshimiz uchun qulay temporit-mik yo‘sinda olib borishimiz kichik ko‘ngilsizliklardan asray-di. Suhbatdoshni “gapirtirib yuborish” mumkin bo‘lgan inson-lar ularni oson va o‘zi sezmagan holda muomalaga kirishishini ta’minlaydigan muloqotning eng yutuqli tomonlarini taklif etadi. Bunda pauzalar engil nigoh, deyarli sezilmaydigan tana harakatlari bilan boyitiladi. SHunday qilib, pauzalardan foydalanish suhbatdoshimizni manipulyasiya qilishning samarali vositasiga aylanishi mumkin: tashabbusning to‘satdan taqdim etilishi insonni zo‘riqtirish va hovliqtirishiga olib keladi. Pauzalar va u bilan birga ovozning tempi, balandligi-ning o‘zgarishi, muhim jihatlarini intonatsiya orqali ajratib ko‘rsatmaslik diqqatni biror narsadan chalg‘itish uchun vosita bo‘ladi: bitta notada va nutqida “katta harf”, “abzats”, “tinish belgilari”siz gapiradigan monoton notiq eng tiyrak auditoriya-ni ham “uxlatib qo‘yishi” mumkin. Agar ma’ruzachining ko‘zlagan boshqa maqsadi bo‘lmasa, uning manerasini besamara, xulqini xato deb baholash kerak. Biroq bunday vaziyatda boshqa voqelik ham hukm surishi ehtimol: akademik (ilmiy) yoki rasmiy ifoda-sizlik orqali istalmagan reaksiyani vujudga keltirish orqali fikrlar osonlik bilan “xazm bo‘lishi”ni ta’minlaydi. Dialog-da bezovtalanayotgan inson, gap topolmay jimjitlikda qolib ke-tishdan qo‘rqayotgan yoki suhbatdagi keskin o‘zgarishlarni vujudga keltirishi mumkin bo‘lgan odamlar pauzalardan qochadilar: sev-gi izhor qilmoqchi bo‘lgan yoki rashk qilayotgan ayol iloji bori-cha suhbatdagi pauzalarga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Insonlar jim turganlarida qaror qabul qilish uchun vaqtlari etarli; uzoq vaqt cho‘zilib ketgan pauza suhbat tusini keskin o‘zgartirib yuborishi ehtimol (A.Morua “Suhbat qurish san’ati”). Templar va nutqdagi tempning muvofiqligi ham kommu-nikativ ahamiyat kasb etadi. Nutq tezligi temperament bilan bog‘liqligidan tashqari, gapirayotgan shaxsning nozik funksio-nal holatlari haqida xabar beradi. Qo‘zg‘algan, jahli chiqqan in-son tezroq gapiradi, ba’zi so‘zlarni “yutib yuboradi”, uning into-natsion manerasi “chirsillash”ga o‘xshaydi. Tushkunlikka tushgan, charchagan va befarq odamlarning tempi o‘zgacha bo‘ladi, lanj va sustkash inson biror narsaga qiziqib qolsa, unda nutq tezlashi-shini kuzatish mumkin. Tempni to‘g‘ri interpretatsiya qilish ovoz tarangligini doimo e’tiborga olish demakdir. Oldimizdagi in-sonning sustkashligi og‘ir xo‘rsinish bilan bog‘liqmi yoki unda affektmi, shoshilmasligi “gapi chaynalayotganligi” bilanmi, tanlab-tanlab mos so‘zlarni gapirayaptimi va boshqalar... Muomaladagi muloqotdoshlarning nutq sur’atida tafo-vutlar mavjud bo‘lsa, eng katta muammolar yuzaga chiqadi. Bu o‘zgarishlar, albatta xarakterologik xususiyatlar yoki holatlarga emas, balki situativ- rolli hodisalarga bog‘liq. YUqori sur’atda gapirayotgan odam suhbatdoshiga shoshilayotganini bildirayotgan bo‘lishi hamda unga moslashib, nutq sur’atiga bo‘ysunishni tak-lif qilishi ehtimol. Agar suhbatdosh bu shartga ko‘nmay, savol-larga sekin va erinib javob qaytarsa, bu o‘ziga xos kurashni vu- judga keltiradi – suhbatning davomiyligini ikkala insondan ham kim belgilashi ustida munosabatlarga oydinlik kiritadi. Aksincha, suhbatdosh taklif etayotgan muloqot tempini qabul qilish, unga “muvofiq kelish”ga harakat qilish muloqotdoshimiz tushib qolgan vaziyat (vaqt ziqligi) va uning odatlarini hurmat qilish yaxshi natijalar beradi. Muloqotdagi kishiga “zo‘rlab” noqulay suhbat tempini berish o‘ziga xos nayrang yoki tuzoq bo‘lishi ehtimol, chunki shoshib javob qaytarishga uringan in-son gapidan adashib ketadi, fikrlarni yaqqol izohlay olmaydi, natijada noqulay, yoqimsiz holatga tushib qoladi. YAxshi dialogik kontakt o‘rnatishda ikkala ishtirokchi ham “bir-biriga qarab intiladi”, o‘zi sezmagan holda sherik hisobiga paraverbal xulqini o‘zgartirib boradi. Bu sezilmas va simvolik o‘zgarishlarning o‘zi korrektlik va sabrlilik muhitini yaratadi – muammoni o‘zaro qoniqtiruvchi echimini topishga imkoniyatlar ortadi. Temporitm va ovoz balandligini tahlil qilish uncha mu-rakkab emas: ularni bir amallab o‘lchash, shkalalarga muvofiq joylashtirish imkoniyati mavjud (tez-sekin, past-baland). Ovoz albatta, yuqoridagi xarakteristikalar bilan bio qatorda tu-shuntirish, tasvirlab berish murakkab xususiyatlarga ham ega. Ularni tasvirlash maqsadida odamlar asosan boshqa modal-liklardagi sezgilarga xos taassurotlardan foydalanadilar: ovozni “sovuq”, “yumshoq”, “nozik”, “engil”, “qo‘pol”... deyisha-di; musiqa asboblari hayvonlar (“hangradi”, “chiyillayapti”, “to‘ng‘illadi”, “qichqiryapti”, “ming‘illadi” ...)ga qiyoslanadi. Ovoz jarangdorligining o‘ziga xosligi boshqa insonning nafaqat faol holatini, balki hozirda tovushda aks etayotgan o‘tmishdan qolgan muammolarni tushunishga yordam beradi. Bo-lalikda vujudga kelgan aksariyat muammolar yuqori nafas yo‘llarining qisilishida, yuzaki nafas olish: yo‘tal yoki ast-ma kasalligi bilan birga uchraydi. Mazkur voqeliklar aksa-riyat hollarda ota-onasidan birortasiga baqirish xohishini so‘ndirish natijasi hisoblanadi. Jazolanishdan qo‘rqish esa baqirishga to‘sqinlik qiladi va ovoz o‘ziga xos tarzda pasayib boradi va zo‘rakillashib qoladi. Louenning aniqlashicha, bo‘g‘iq ovozning eshitilishi va kelib chiqishi bo‘yicha turlari ko‘p. Ulardan eng ko‘p tarqalgan “tug‘ilmagan” ovoz rostdan ham “past” va “zo‘raki”, shu bilan bir-ga, rangsiz (xira) va ichki tanglikka ega. Bunday ovoz agressiyani namoyon qilishning samarali usuli bo‘lishi tayin va darhaqiqat ayrim paytlarda g‘azabli ochiq qichqiriqqa qaraganda, ko‘proq qo‘rqitadi. Ota-onalar qo‘ygan taqiqning mohiyati “achchiqlanish mumkin emasligi”da emas, balki hech narsani va hech qachon im-pulsiv tarzda “ovoz orqali” amalga oshirib bo‘lmasligidir. Haqiqatda real nizoli vaziyatda bunday bo‘g‘iq ovoz agressiyani namoyon qilishning mujassamligidir: men qo‘zg‘alganman, ammo ko‘ryapsizmi o‘zimni tutib turibman. Men benuqsonman, ovozim-ni baland ko‘tarmayapman ham. Meni hech kim, hatto siz ham o‘z xulq-atvoringiz bilan ham baqirishga majbur qilolmaysiz. Bu inson o‘z ovozini “qaerga” yo‘naltirganligini yanada yaxshiroq tushunish uchun, ya’ni u o‘zida qaysi emotsional reaksiyalardan tiyingan va ularni ozod qilishga muhtojligi aniqlanadi. Agar bu kishi muammolari bilan amalda ishlamoqchi bo‘lsak, diqqatimizni boshqa kuchli sub’ektiv hissiyotlar – kulish, ovoz chiqarib yig‘lash kabilarni o‘ziga ruxsat beradimi va ularni qay yo‘sinda amalga oshirishiga e’tibor qaratishimiz lozim. Bo‘g‘iq ovozning boshqa turini e’tiborsiz tinglansa, u har qanday tang-likdan xoli bo‘lib tuyuladi – ovoz pastroq, biroz tushunarsiz ming‘illagan va sayoz (yuzaki)roq. Ovozdagi taranglik, asosan bu-rundan chiqayotgan tovushga qattiq urg‘u berishda seziladi. Bun-day ovoz sohiblari ularni ixtiyoriy vaqtda bo‘lib qo‘yishlari mumkinligini sezadilar va buning uchun sharoit ham yaratadi-lar. Lekin paradoksal ravishda mana shunday tushunarsiz ovoz egalari gapirishni juda yoqtiradilar hamda ularni osonlik bi-lan to‘xtatib bo‘lmaydi. Ularning ovozi go‘yoki quyidagilarni aytadi: men hech kimni eshitsin deb zo‘rlamayman, hattoki o‘zim hayronman nega meni tinglashyaptiykin? SHunday ekan, endi hech kim qarshi bo‘lmasa, men yana gapimda davom etsam... Mazkur ovozning shakllanishi asosida yana bolalikda qondirilmagan diqqatga nisbatan ehtiyoj yotadi. Bola o‘ziga faol ravishda tu-shunarli so‘zlar bilan kattalar diqqatini jalb eta olmagan. Sababi keskin “aralashma, seni ishing bo‘lmasin” zaylidagi rad etilishga uchrashi ehtimoldir. Ovoz bu erda kompromiss to-padi – u ham bor, ham yo‘qdek (burnim tagida ming‘illashimni, balki eshitib qolishar, lekin jahlligi chiqmaydi, men axir hech kimga halaqit bermayapman-ku). Andre Morua o‘z asarida malgash xalqining maqolini kel-tiradi, unga ko‘ra, etim qanchalik aqlli gaplarni aytmasin, uni hech kim eshitmaydi. CHunki unda ota-ona mehr-muhabbati singuv-chi o‘ziga ishonch hissi yo‘q. Mavzu yuzasidan adabiyotlar ro‘yxati: Godfrua J. CHto takoe psixologiya: V 2-x t. T.1. Per. s frans. M.,Mir, 1992. -496 s. Karimova V.M., Akramova F.A. Psixologiya. T.: 2000, 185 b. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot. T.: 1999, 94 b. E.G‘oziev.Sotsial psixologiya.Toshkent .2012y. Drujinina V. “Psixologiya “. Uchebnik. “Piter”, 2004. Bolotova A.K, Makarova I.V. Prikladnaya Psixologiya: Uchebnik dlya vuzov.- M.Aspekt Press, 2002 – 383 s. Nemov R.S. Prakticheskaya Psixologiya Poznanie sebya: Vliyanie nalyudey: Posobie dlya uch-sya-M:Gumanit. Izd.Sentr VLADOS, 2003. Download 230.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling