10-mavzu. Sport psixologiyasida xotin qizlar sportining rivojlanish tarixi reja


Xotin - qizlarni sportga qiziqtirishni shakllantirish


Download 31.85 Kb.
bet3/4
Sana25.01.2023
Hajmi31.85 Kb.
#1118336
1   2   3   4
Bog'liq
10-Mavzu

3.Xotin - qizlarni sportga qiziqtirishni shakllantirish.
Yurtboshimiz «O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat» deganlarida kelgusida faqat sog’lom va barkamol avlod mamlakatni boshqarishni hamda gullab -yashnatishni nazarda tutgan. Shuning uchun «Ta’lim to‘g’risida»gi qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va ta’lim to‘g’risidagi islohotlarga katta e’tibor qaratilgan. Bugun mamlakatimizda qurilgan litsey va kollejlarni ko‘rib har qanday xorijlik mehmon ham havas qiladi. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bunday o’quv dargohlari farzandlarimiz kamoli uchun xizmat qilayapti. O‘zlariga ko‘rsatilayotgan g’amxo‘rlikka javoban yigit - qizlarimiz O‘zbekistonni dunyoga tanitishga harakat qilishmoqda, desak mubolag’a bo‘lmaydi. Ayniqsa, yoshlarimizning fan olimpiadalarida va sportda erishayotgan yutuqlari bilan yaqqol isbotlashmoqdalar. Bu tabiiy. Biz rivojlangan mamlakatlar qatoriga chiqishga intilayapmiz. Sport orzuga to‘lgan yoshlarni hayot qiyinchiliklariga dadil yengib o‘tishga, oriyatli va g’ururli bo‘lib o‘sishlariga ko‘mak beradi.
Ta’kidlash lozimki, umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb - hunar kollejlari, turli xil o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 6 million yoshlarning yarmidan ko‘pini xotin - qizlar tashkil etadi. Ularning 75 - 80% mahalliy millat vakillaridir. Bu juda quvonarli dalil va voqeylikdir. Lekin ularning ichida jismonan zaif, kasalmand, tug’ma nogironlar ham oz emas. Jismoniy madaniyat darslarida muntazam shug’ullanuvchilarning 50 - 60% dastur talablarini o‘z vaqtida o‘zlashtira olmaydilar yoki keyinchalik ham to‘la bajara olishmaydi.
Jismonan zaif xotin - qizlar yoki harakatsizlik sababli ortiqcha vazndan shikoyat qilishi xotin - qizlarimizni dori - darmonlarsiz jismoniy mashqlar yoki har xil harakatli o‘yinlar orqali sog’lom bo‘lish mumkinligini ularga yetkazishimiz lozim bo‘ladi.
Sport turlari bilan shug’ullanishlari xotin - qizlarning jismonan sog’lom, ruhan tetik bo‘lib, sog’lom farzandni dunyoga keltirishi, ularni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligini barcha oilalarga, ayniqsa, yosh turmush qurayotgan oilalarga turli tadbirlar orqali ayollarni sportga qiziqtirishni o‘stirishimiz zarur.
Hozirgi kunlarda xotin - qizlarning sportga qiziqishi, turli sport turlari bilan shug’ullanishi yil sayin ortib bormoqda, avvalambor, qizlarni shaxs sifatida shakillanishini takomillashtirib o‘zining «Men»ligini anglashda asosiy turtki rolini o‘ynaydi. Sport bilan muntazam shug’ullanib boruvchi xotin - qizlarni yangi - yangi qirralari ochilib borishi hamda shu bilan bir qatorda ijtimoiy muhitda o‘z -o’rnini tez topishi va o‘z o‘rnini aniqlab olishi sport psixologiyasi fanida ta’kidlab kelingan va isbotlab berilgan.
Xotin - qizlarning sport turlariga qiziqishini yaxshi yo‘lga qo‘yish hamda sport bilan shug’ullanish motivatsiyasini diagnostika qilish asosida korreksion ishlarni tashkil etish va ilmiy asosga ega bo‘lgan ilmiy yo‘l - yo‘riqlarni o‘zida aks ettirgan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar hamda maqolalar yaratish o‘zbek psixologlari oldida turgan dolzarb vazifalardan biri desak xato bo‘lmaydi.
So‘nggi yillarda o‘zbek kurashi jahon maydonlarini egallab unga bo‘lgan qiziqish kun sayin ortib bormoqda. Oxirgi ma’lumotlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 98 ga yaqin mamlakatlarda o‘zbek kurashi federatsiyalari tashkil etilib, unda turli yoshdagi millat o‘g’il - qizlar shug’ullanib, mamlakat hamda jahon birinchiligi musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda. Ayniqsa, xotin - qizlar o‘rtasida o‘tkaziladigan musobaqalar dunyo hamjamiyati e’tiboridan alohida joy olishga sabab mamlakatning kelgusidagi sportning rivoji shu xotin - qizlar qo‘lida ekanligini murabbiylar anglab yetishlari lozim bo‘ladi.
Xotin - qizlar psixologiyasining tahlil etilishi, tarixdan kelib chiqib yondashadigan bo’lsak, turli musobaqalarda ishtirok etayotgan qizlarning psixologik xususiyatlarini namoyon bo‘lish qonuniyatlarini quyidagilarda ko’rishingiz mumkin:

  1. Musobaqada qatnashayotgan xotin - qizlar sportchilar o‘zlarining motivatsion holatini boshqara olsa, bu ularning g’alabaga intilishini yo‘naltirish uchun xizmat qilishi mumkin.

  2. Ayol sportchining musobaqa jarayoniga qatnashishining o’zi xavfli holat bo’lib, bu holatda o‘z emotsiyasini ko‘pchilik to‘satdan namoyon qiladilar.

  3. Ayol sportchilarni emotsional holatini musobaqadan oldin psixodiagnostika qilish, musobaqa jarayonida muvaffaqiyatli olib borish va yakunlashga imkoniyat tug’diradi.

Xotin - qizlarning jismoniy mashg’ulot va sportning odam organizmiga ta’sirini chuqur anglab yetmasligi, o‘zi sevgan birorta sport turi bilan mustaqil mashq qilishni o‘rganmaganligi natijasida talabalik davrida ham jismoniy madaniyat normalarini topshirish jarayonida yaxshi yutuqlarga erisha olmaydi. Buning sabablari quyidagilar: ota - onalarning o‘z qizlariga bilim olish va mustaqil ravishda jismoniy mashg’ulot va sport bilan shug’ullanishi uchun sharoit yoki rejim yaratib bermasligi. Ba’zi o‘qituvchi - murabbiylarning o‘quv dasturi va mashq uslublarini egallashda, mantiqan tushunishda qobiliyatsizligi, qizlarda jismoniy harakat va sportga oid ko‘nikma va malakalarning qiyinchilik bilan hosil bo’lishi, qizlarni yoshiga, qobiliyatiga, kuchiga nisbatan qo‘yilayotgan talablarning mos kelmasligi, qizlarga jismoniy mashg’ulotlarning majburan o‘rgatilishi va h. k. Bu sabablar qizlarning haddan ortiq charchashiga va asabiy holatning paydo bo‘lishiga olib keladi, ularning jismoniy madaniyat va sportga bo‘lgan qiziqishlarini pasaytirib yuboradi.
Maktabda qizlarning sport bilan shug’ullanishiga layoqatsizligi, tashqi sharoitlarning ta’siri natijasi ham bo‘lishi mumkin. Masalan, qiz bola agar sport bilan shug’ullanib, faqat bir fandan o‘zlashtirishda orqada qolsa, bunday qizning boshqa fanlarni yaxshi o‘zlashtirishga salbiy ta’sir etmaydi. Lekin o‘quvchi qizning shu o‘zlashtirmagan faniga bo‘lgan qiziqishi pasayib ketadi. Bunday vaziyatda jismoniy madaniyat o‘qituvchisi va murabbiyning pedagogik mahorat qobiliyati asosiy vazifani bajaradi. Uning pedagogik mahorati bunday holatga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltirilishi lozim.
Ayni bir xildagi qiziqish, havaslarining kuchi turli xotin - qizlarda turli darajada bo‘ladi. Kuchli qiziqish ko‘pincha, kuchli hissiyotlar bilan bog’liq bo‘lib, ayollarda ehtiros tarzida namoyon bo‘ladi. Masalan, o‘zbek qizlari sportga yuqori darajada ehtirosli qiziqishi hamda zo‘r havas, chidam, sabr - toqat va sabotlik singari irodaviy sifatlarning mukammaligi bois jahon chempionlari bo‘lib kelmoqda.
Qizlarda jismoniy madaniyat va sportga qiziqishini o‘stirish uchun quyidagilarga e’tibor berish zarur:

  1. Murabbiy sport mashg’uloti jarayonida xotin - qizlar oldiga sport bilan bog’liq bo‘lgan muammoli masalalarni qo‘yishi va bu muammolarni yechishda har bir sportchi qizning o‘zini mustaqil izlanishga odatlantirishi lozim. Natijada qizlar sport sohasida yuqori ko‘rsatkichlarga erishishda, katta ehtiroslik bilan yangi taktik musobaqalashish uslublarini izlaydi va qiyinchiliklardan qo‘rmaydigan bo‘ladi.

  2. Murabbiy xotin - qizlarning sport faoliyatini qiziqarli tashkil etsa, mashg’ulotda qizlarni zeriktirib yoki charchatib qo‘ymasa, qizlar o‘zlari o‘rganayotgan har bir sport turining inson hayoti uchun muhim ekanligini tushunib oladi.

  3. Bajarilayotgan sport mashg’ulotlarining yuklamasi haddan ortiq yengi yoki qiyin bo‘lsa, sportchi qizlardagi sportga bo‘lgan qiziqishini pasaytirib yuboradi. Buning uchun murabbiy xotin - qizlarning yoshi, kuchi, qobiliyatiga qarab materiallar, mashqlar tanlashi, qizlarning jismoniy sifatlarini ko‘proq kuzatib borishi, baholashi, tekshirishi, qizlarni bajariladigan mashqlarga qiziqtira bilishi lozim.

  4. Murabbiy xotin - qizlarning sport sohasida yetuk sportchi bo‘lishi to‘g’risida qancha ko‘p qayg’ursa, g’amxo‘rlik qilsa, o‘quv va sport jarayonlariga nisbatan kuchli hissiyot uyg’otsa qizlarda sportga bo‘lgan qiziqishlari shunchalik kuchli bo‘ladi.

Hozirgi davrda ba’zi bir murabbiylar sport mashg’ulotini mustahkamlash niyatida eski oldingi ko‘rsatilgan mashqlarni takrorlayveradi, qizlarni zekriktiradigan uslublardan foydalanishga harakat qiladi. Lekin bu holat qizlarni zeriktirib qo‘yadi va ularni sport mashg’ulotidan bezdiradi. Maxsus darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarning yetishmasligi sport mashg’ulotini ijobiy o‘tishiga to‘sqinlik qiluvchi omildir. Ammo o‘z ustida ko‘p ishlaydigan, mustaqil ijod qiladigan murabbiylar bu muammoni bartaraf etishga harakat qiladi va pedagogik mahoratlariga tayanib sportda o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarini mas’uliyat bilan uddalaydi. Fikrimizni quyidagi holatlar bilan isbotlaymiz:
Birinchi variant. Murabbiy qizlarga birorta jismoniy mashqni, masalan, ikki oyoqda o‘tirib turish yoki qo‘lda tortilish mashqlarini bajarishni uyga vazifa tariqasida beradi. Murabbiy ertasiga qizlardan mashqlarni ko‘rsatishni talab qiladi. Berilgan mashqlarni qizlar bir necha marotaba takrorlagandan so‘ng, qizlarda siqilish va zerikish holatlari paydo bo‘ladi, natijada mashg’ulot tartibsiz o‘tadi.
Ikkinchi variant. Murabbiy qizlarga o‘zlari sevgan harakatli o‘yin yoki jismoniy mashq turlaridan birini tanlab mashq qilib kelishni tavsiya etadi. Murabbiyning bunday o‘tkazilgan mashg’uloti birinchi variantga qaraganda, qiziqarli o‘tadi. Qizlarning o‘zi mustaqil o‘rgangan har bir mashqi boshqa qizlarda qiziqish uyg’otadi hamda qizlar har bir harakatni diqqat bilan kuzatib boradi. Natijada qizlar har xil harakatli o‘yin va mashq turlarini bilib oladi. Qizlarning o‘zlari tanlagan jismoniy harakati mashqni bajarish uslublari qizlar shaxsini va ichki dunyosini ochib beradi. Agar murabbiy sport mashg’ulotida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy va sportchi qizlarning hayoti va faoliyatini o‘rgatib, ular haqida qiziqarli ma’lumotlar berib borsa, mashg’ulot jarayoni yana ham qiziqarli bo‘ladi.



Download 31.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling