10-mavzu. Sport psixologiyasida xotin qizlar sportining rivojlanish tarixi reja
Sportchi ayollarda hissiy - irodaviy sifatlarni rivojlantirish
Download 31.85 Kb.
|
10-Mavzu
Sportchi ayollarda hissiy - irodaviy sifatlarni rivojlantirish
Sportchi qizlarda jismoniy tarbiya muammolarini ijobiy hal etishda irodani shakllantirishning ahamiyati juda kattadir. Bu masalani kuchli taassurot qoldirarli darajada hal etish uchun irodaviy - psixologik qonuniyatlarning rivojlanish jihatlarini hisobga olish zarur. Iroda xotin - qizlarning qiyinchiliklarni yengish jarayonida shakllanib boradi. Bu irodaviy sifatlar qizlarning quyidagi faoliyat turlarida: mashg’ulot rejasi mazmunini o’zlashtirishlarida, turli xil jismoniy mashqlarni bajarishlarida, tashqi va ichki qiyinchiliklarni yengishlarida hamda ushbu jarayonda namoyon bo‘ladigan turli subyektiv munosabatlarda vujudga keladi: Sport yuklamalari bilan bog’liq bo‘lgan qiyinchilik: (gimnastika, yengil atletika, basketbol, suzish va h. k.)lar. Sport mashg’ulotlarini tashkil qilishda sport zali va maydonchalarning yetishmasligi bilan bog’liq bo‘lgan qiyinchiliklar. Sport musobaqalirini o‘tkazishda sport anjomlarining yetishmasligi bilan bog’liq bo‘lgan qiyinchiliklar. Yosh va individual xususiyatlarga bog’liqligi hamda qizlar bilan sport mashg’ulotlarini tashkil qilishda umumiy sharoitlarga subyektiv munosabati. Xotin - qizlarning gimnastika, yengil atletika va harakatli o‘yin mashqlarini bajarishda individual va yosh xususiyatlari bilan bog’liq subyektiv munosabatlar. Qizlarda jismoniy mashq harakatlarni bajarishda irodaviy sifatlarni vujudga keltirish va yo’naltirishda individual va yosh xususiyatlari bilan bog’liq bo‘lgan subyektiv munosabatlar. Aralash uslublardan foydalanib, irodaviy sifatlarni tarbiyalashda ichki qiyinchiliklarni yengib o‘tishni hisobga olish lozim. Jismoniy madaniyat darsi va sport mashg’uloti jarayonida paydo bo‘ladigan tashqi va ichki ruhiy qiyinchiliklarni bartaraf etish sport mashg’uloti materiallari xarakteriga, rejadagi me’yor talablariga hamda ayollarning individual xususiyatlariga qarab belgilanadi. Ko‘p hollarda sportchi qizlarda jismoniy kuch sifatlarining past rivojlanganligi, u yoki bu mashqlarni bajarishda o‘ziga ishonchning yo‘qligi, jarohat olishdan qo’rqish holati, uyalish, umuman, sport mashg’ulotiga salbiy munosabatda bo‘lish kabilar ularda umumiy qiziqishning pasayib ketishiga olib keladi. Irodaviy kuch uslubini tashqi va ichki turlarga ajratish mumkin: 1) tashqi irodavii kuch qizlarning sezgi organlariga ta’sir etib turgan tashqi hodisaga va qo’zg’atuvch omillarga bog’liq bo‘ladi; 2) ichki irodaviy kuch sport mashg’uloti jarayonida va musobaqalarda ayollarning o‘zida mavjud bo‘lgan yo‘nalishlar asosida paydo bo‘ladi. Qizlarda irodaviy chidamlilikni tarbiyalashda ularga quyidagi usullardan foydalanishni tavsiya qilamiz: a) uyga berilgan mashqlarni to‘g’ri bajarishni talab qilish; b) qizlarni o‘z kuchiga ishonch ruhida tarbiyalash; v) to‘g’ri bajarilgan mashqlarni baholash; g) majburlash, musobaqalashish, maqtash; d) mashg’ulotlarda o‘z - o‘zini rag’batlantirish malakalarini hosil qilish; e) qiyin mashqlarni mustaqil bajarishga o‘rgatish; f) o‘ziga - o‘zi ta’sir etish, o‘z - o‘zini xursand qilish, o‘ziga - o‘zi buyruq berish v. b. Maktablarda jismoniy madaniyat darsi va sport to‘garaklarining asosiy maqsadi, qizlarni birinchi sinfdan boshlab sog’lom o‘sishiga ko‘maklashish yoki sog’lomlashtirishdir. Jismoniy tarbiya va sport har bir o‘quvchi qizlarning shaxsiy ishi bo‘lmasdan, balki jamiyat talabi ekanligini barcha jismoniy madaniyat o‘qituvchilari va murabbiylar ongli ravishda his etmog’i zarur. Bizning sog’lomligimiz faqat o‘zimiz uchungina emas, balki boshqa kishilar, qolaversa, Vatan taraqqiyoti uchun ham eng muhim omildir. Akademik N. M. Amosov so‘zi bilan aytadigan bo‘lsak, sog’lom kishini kasalligi yo‘qligiga qarab emas, balki turli xil tez harakatlarni bajarish hajmiga qarab hamda kundalik harakatlarining turiga, sifatiga, soniga qarab uning sog’ligini baholash zarur. Har xil harakatlarni bajarishning chegaralanganligi sog’liqning mukammal emaslig belgisidir. Ba’zi bir hollarda darsni yaxshi o‘zlashtirmagan o‘quvchilar sinfdagi davomatni pasaytirib yuborishga sabab bo‘ladi. Bunday o‘quvchilar ko‘pchilik holatlarda o‘zlarini jamoa uchun keraksizdek his qiladilar, ba’zan ularning qiziqishlari maktabdan va sinfdan tashqari ishlar bilan bog’liq bo‘ladi. Sportchi qizlarning ruhiy faollik darajasi ko‘pincha jismoniy madaniyat darslari va musobaqalarning yuqori darajada sifatli o‘tkazilishiga bog’liq bo‘ladi. Shuningdek, hozirgi kunda jismoniy madaniyat darsi jarayonida musobaqalashish uslubi keng qo‘llanilib kelinadi. “Kim tez chopadi?”, “Kim uzoqqa sakraydi?”, “Kim ko‘proq arqonda yuqoriga ko‘tariladi?”, “Kim to‘pni aniqroq nishonga uradi?” kabilar shular jumlasidandir. O‘quvchi - qizlar bunday tashkil etilgan musobaqa jarayonida o‘zlarini ko‘rsatish maqsadida bor kuchini safarbar qiladi. Shuningdek, musobaqalashish uslubi sport turlari uchun «lider»larni aniqlashga, qizlarning bo‘lajak sport musobaqalarini o‘zlari mustaqil tashkil etishlariga yordam beradi. Tajribali jismoniy madaniyat o‘qituvchisi va murabbiyi jismoniy ta’lim va sport jarayonini juda yaxshi idrok qilishi va maktabdagi mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida his qililishi va uni o‘z vaqtida bartaraf etib borishi lozim. Bulardan tashqari, jismoniy madaniyat o‘qituvchisi va murabbiyining harakat xotirasi keng hajmda qabul qilish imkoniyatiga ham ega bo‘lishi, bajariladigan har xil harakatlarning obrazlarini xotirasida saqlay bilishi, dars davomida o‘quvchilarning nima bilan mashg’ulligini kuzatib turib, ularni tez, qisqa vaqt davomida to‘g’ri yo‘lga solishi hamda aniq bir qarorga kelishi talab etiladi. Jismoniy madaniyat o‘qituvchisi va murabbiyining subyektiv qiyinchiliklarini ikki guruhga ajratib o‘rganish mumkin. Birinchi guruhda ularning individual xususiyatlari bilan bog’liq bo‘lgan qiyinchiliklar: asab tizimi tiplari va tuzilishi, temperamenti, xarakteri kabilar kiradi. Masalan, xolerik temperamentga ega bo‘lgan o‘qituvchi va murabbiyning asab tizimi kuchli muvozanatsizligi, qo‘zg’aluvchanligi, ta’sirchanligi, o‘zini tuta bilmasligi bilan ajralib turadi. Flegmatik temperamentdagi o‘qituvchi va murabbiylar esa o‘zlarining sustkashligi bois, o‘quvchi - qizlarning xatolarini kechikib payqaydilar. Jismoniy madaniyat o’qituvchisi va murabbiyning subyektiv qiyinchiliklaridan yana biri ularning o‘z maqsadiga erishishlarida paydo bo‘ladigan quyidagi to‘siqlardir: o‘zini tuta bilmasligi, sport ishlarini aniq rejalashtira olmasligi, layoqatsizligi, ishyoqmasligi, aqliy xususiyatlarining cheklanganligi, ichkilikbozlikka berilishi kabilar. Jismoniy madaniyat o‘qituvchisi va murabbiyning faoliyatini tashkil etishida paydo bo‘ladigan qiyinchiliklardan yana biri uning o‘z ishini to‘g’ri rejalashtira bilmasligida. Mashq jarayonini hamda sinf va maktabdan tashqari faoliyatini talab darajasida aniq rejalashtirib olgan o‘qituvchi va murabbiy qizlar jamoasi bilan to‘g’ri muloqot olib boradi, ularni har tomonlama jismoniy va ruhiy rivojlantira oladi, sportchi - qizlarning axloqiy va irodaviy sifatlarini shakllantirishda muvaffaqiyatlarga erishadi. Yuqorida ta’kidlangan ishlarning to‘g’ri bajarilmasligi jismoniy madaniyat darsi va sport mashg’ulotining sifatsiz o‘tilishiga sabab bo‘ladi. Muvaffaqiyatga erishish istaklari yosh iqtidorli ayollar, sportchilar hamda o‘z oldilariga odatdagi yirik turnirlardan g’olib sifatida qaytish maqsadini qo‘yadigan mohir kurashchilarga xosdir. Ayrim irodaviy xususiyatlarning namoyon bo’lishi kurashchi qizlarning kurash uslubiga bog’liqdir. Hujum uslubida kurash olib boruvchi qizlarda ko‘proq tashabbuskorlik va qat’iyatkorlik rivojlangan bo‘lsa, kontrobaka uslubida kurashuvchi qizlarda esa dadillik va o‘z - o‘zini boshqaruv yuqori darajada shakillangan bo‘ladi. Mashq jarayonida murabbiy qizlarga tashabbuskorlik xislatlarini tarbiyalashga e’tibor berishlari lozim. Lekin ayrim murabbiylar tashabbuskorlikning ahamiyatini inobatga olmay, kurashchilarga o‘z fikrini o‘tkazishga harakat qiladilar. Bunday murabbiylar kurashchini musobaqada asosiy rol o‘ynashini eslaridan chiqarib qo‘yadilar. Musobaqada qatnashuvchi kurashchi agar faqatgina murabbiy ko‘rsatmalariga rioya qilsa, sarosimaga tushib qolishi mumkin. Bu narsani biz ko‘proq notanish raqib bilan to‘qnashganda mushohada qilamiz. Tashabbuskorlikni tarbiyalab mashq qilayotgan ayollarga o‘z oldilarida turgan vazifalarni bajarishlarida mustaqil harakat qilishlariga imkoniyat yaratish lozim. Tashabbuskorlikni tarbiyalashda ayollar tomonidan turli mashqlarni bajarish va turli raqiblar bilan kurashga tushish katta ahamiyatga ega. Bunday raqiblar kurashchi oldida turli xildagi kurash sharoitlarini vujudga keltiradi va uni vujudga keltirgan vaziyatga tanqidiy baho berishi, mustaqil tashabbuskorlik bilan muvaffaqiyatni qo‘lga kiritishning taktik vositalarini qo‘llashga sharoit yaratib beradi. Tashabbuskor kurashchi qiyin vaziyatlarda sarosimaga tushmaydi va doimo to‘g’ri yo‘lni tanlab oladi. Sportchi xotin - qizlarning topqirligi va zehnining o‘tkirligi mashqlar, uslublar, taktik harakatlarni bajarish paytida xato va to‘siqlarga zarur tuzatishlar kiritadi, o‘z xulqi va xatti - harakatlarini to‘satdan o‘zgargan faoliyat sharoitga munosib holda zarur o‘zgarishlar kiritishi (ob - havo, kuchlar nisbati, o‘zining shaxsiy ahvoli va boshqalar). Ayollarning sport musobaqasi jarayonida sherik va raqiblarining harakatlari aqliga muvofiq yoki muvofiq emasligini begonalarning yordamisiz baholash va bunga bog’liq holda mustaqil harakatlarni tanlash va xavf - xatar sharoitda, vaziyat sekinlashtirishga yordam berilganda mashqni bajarish, uslublarni amalga oshirish, taktik harakatlarni joriy qilish va boshqalarni o‘z vaqtida kechiktirmasdan qabul qilish zarur. Ayollarning musobaqadagi muvaffaqiyatsizlik, xato va to‘siqlarning ta’siridan paydo bo‘lgan, ko‘ngilsiz tasavvur va fikrlarni muvaffaqiyatli bartaraf qilish, sust tuyg’ularni, azob chekish, o‘zini yo‘qotish, qo‘rquv holatiga berilmasdan raqibning yuqori natijalari, musobaqani uyushtirish va hakamlikdagi kamu - ko‘stlari tufayli paydo bo‘lgan ortiqcha hayajonlanishni bartaraf qilish, shuningdek, charchashni his etish, og’riq sezgisi va boshqa noxush ichki holatlar paydo bo‘lganda maqsadga muvofiq harakat qilish, harakat texnikasini saqlash qobiliyatini o‘stirish lozim. Download 31.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling