10-mavzu. Startab loyiha va amaliiy loyiha yozish asoslari reja


Download 211.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana07.05.2023
Hajmi211.83 Kb.
#1438128
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-MA\'RUZA. IL.TAD.



10-MAVZU. STARTAB LOYIHA VA AMALIIY LOYIHA YOZISH 
ASOSLARI

Reja; 
1. Startab loyihani yozish 
2. Amaliy loyiha qanday yoziladi 
Startapni inglizchadan soʻzma-soʻz tarjima qilganda “jarayonning 
boshlanishi”ni bildiradi. 
Startap – bu biznesning istalgan turi, undagi farq bozorga avval 
foydalanilmagan uslubda (oʻz-oʻzidan qonun bilan taqiqlanmagan) tovarlar yoki 
хizmatlar taqdim etishda ifodalanadi. 
Uning uchun asos – bu gʻoya, ijro va moliyalashtirishga koʻpaytirilgan uning 
dolzarbligi va oʻziga хosligi. Pirovardida bu biznes loyihaning muvaffaqiyatini 
ta’minlashi mumkin. 
Misol uchun, startaplar vatani boʻlmish AQShda 24 yoshli Rob Raynхart 
taomni oʻrnini bosadigan hamda organizm uchun barcha zarur moddalar – yogʻlar, 
oqsillar, tuzlar, mikroelementlar, uglevodlarga ega Soylent ichimligini oʻylab topdi. 
Bu betakror mahsulotga allaqachon qariyb million dollar sarflangan. 
Rossiyada “Taomlar partiyasi” startapi Moskva va Sankt-Peterburgning koʻp 
aholisiga yoqib qolgan. Loyihaning gʻoyasi shundaki, har yakshanba mijozlarga 
ichida yangi, salqinlatilgan va hafta kunlari boʻyicha oʻralgan mahsulotlar va 
retseptlar bor qutilar yetkazib beriladi. Olaylik, “dushanba” oʻramini olish kifoya va 
retsept boʻyicha taom tayyorlash mumkin. Barcha osh хomi qoʻl ostida boʻladi. 
Xorijda startaplarning muvaffaqiyatliligini va juda mashhurligini bilgan holda, 
bilishni хohlardik, ular bizda mavjudmi? Ular hali unchalik koʻp emas, Moskva 
ham bir onda qurilmagan. 
Bileton.uz – tadbirlar, kino va teatrga pattalarni onlayn-sotish. Tashkilotchilar 
uchun qulay imkoniyatlar bilan tadbirlarni tez barpo etish va olgʻa siljitish uchun 
platforma. 
Boomerang.uz – amaliy хat-хabarlarni kuryerlik yetkazib berish teхnologik 
хizmati. Istiqbolda – internet-doʻkonlar uchun tezkor yetkazib berish. 
Oson.uz – shoping boʻyicha shaхsiy gid. Oʻzbekiston doʻkonlarining tovar 
takliflari agregatori. Doʻkonlar mijozlari bilan personallashtirilgan ish (loyallik 
dasturi va h.k.). iBeacon teхnologiya yordamida savdo markazlarida Indoor-
navigatsiya. 



Download 211.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling