Iqtisodiy resurslar taklifi ularning xususiyatidan kelib chiqib shakllanadi. - Birinchidan, barcha iqtisodiy resurslarga xos bo‘lgan umumiy xususiyat, ularning ehtiyojlarga nisbatan cheklanganligi hisoblanadi. Shu sababli, iqtisodiy resurslar taklifini ularga talab o‘sishiga mos ravishda ko‘paytirib borish mumkin bo‘lmaydi.
- Ikkinchidan, har xil iqtisodiy resurslar bir xil bo‘lmagan harakatchanlikka, uning oqibatida taklifi turlicha egiluvchanlikga ega bo‘ladi. Agar iqtisodiy resurslar harakatchan bo‘lsa, nisbatan kuchsiz rag‘batlar ta'sirida bir sohadan boshqasiga osonlik bilan almashadi, bunday resursning taklifi ham egiluvchan, ya'ni unga narxning sezilarsiz oshishi natijasida faoliyatning mazkur sohasiga boshqa sohalardan yetarlicha miqdordagi resurslar jalb qilinadi.
- Uchinchidan, resurslarning harakatchanligi vaqt bo‘yicha ortib boradi. Vaqt o‘tishi bilan resurslarning umumiy miqdori ham nisbatan ortadi.
-
E'TIBORLARINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |