10-mavzu: Tarmoq xizmatlari Reja


Elektron pochta va undan foydalanish


Download 0.49 Mb.
bet5/5
Sana03.05.2020
Hajmi0.49 Mb.
#103067
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-mavzu


Elektron pochta va undan foydalanish

- Elektron pochta – bu internetning noyob imkoniyatlaridan biri bo`lib, u quyidagi xususiyatlarga ega :

- ma’lumotni yetkazish va almashish vositasi;

- muloqatning samarali vositasi;

- tez va samarali ravishda axborot almashishga imkon beruvchi texnik vositadir.

Elektron xatlarni yetkazish juda tez suratda amalga oshiriladi.

e-mail imkoniyatlari:

- har qanday turdagi ma’lumot (matn, audio, video, grafika) almashish; (ilova qilingan fayllar shaklida)

- O`qitish imkoniyati; (masofali o`qitish jarayonida elektron pochtadan foydalanish)

- Har xil turdagi ma’lumot bilan tanishish; (yuboriladigan turli yangiliklarga obuna bo`lish)

- Reklama. (reklama bloklarini yuborish)

Pochta xizmatlari ikki xil bo`ladi:

· pullik

· bepul


Pullik elektron pochta xizmatlari bepul elektron pochta xizmatlaridan har xil turdagi xizmat xususiyatlari bilan farq qiladi (pochta uchun alohida ajratilgan joy, ishonchliligi va boshqalar). Lekin aslida bepul pochta xizmati ko`p foydalanuvchiga mos keladi.

Bepul pochta xizmatlarini taklif qiluvchi mashhur serverlar:

· www.rambler.ru

· www.mail.ru

· www.yahoo.com

· www.hotmail.com

· www.yandex.ru

Bizning misolimizda biz ramblerdagi elektron pochta (www.rambler.ru) bilan ishlashni ko`rib chiqamiz:

1. Internet explorer dasturini ishga tushuring;

2. Dasturning adreslar satrida quyidagini yozish kerak:



www.rambler.ru

3. Enter tugmasini bosing. Shu bilan Rambler qidiruv serverini ochamiz



FAKS – MODEM VA FAKSIMAL ALOQA

    MODEM (MOdulyator-DEModulyator) — aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul qilingan signallarni to'g'ri (modulyator) va teskari (demodulyator) o'zgartirish qurilmasidir.




Modem telefon tarmog`I orqali boshqa kompyuterlar bilan ma`lum almashish imkonini beruvchi maxsus qurilmadir.

Faks-modem shunday qurilmaki, oddiy modemning barcha imkoniyatlariga ega bo`lib, qo`shimcha rasmli telefaks ma`lumotlarni kompyuterlarari almashish imkoniyatini yaratadi. Ayni vaqtda ishlatilayotgan ko`pchilik modemlar fak-modemlar bo`lib, ularning ayrimlari, ovoz almashish imkoniyatlariga ham ega. Modemlar ichki (electron platali) va tashqi (alohida turdagi qurilma) bo`lishi mumkin. Modemlar bir-biridan ma`lumot uzatish tezligi bilan farqlanadi. Ular odatda sekundiga 2400 dan 33600 bitgacha ma`lumotni uzatish imkoniyatiga ega.

    Еng avvalo modem quyidagi vazifalarni bajarish uchun mo'ljallangan:

    • uzatishda: keng polosali impulslarni (raqamli kodni) tor polosaliga (analog signallarga) o'zgartirish;

    • qabul qilishda: qabul qilingan signalni holaqitlardan filtrlash va detektorlash uchun, ya'ni tor polosali analogli signalni raqamli kodga teskari o'zgartirish.

    Ma'lumotlarni uzatishda bajariladigan o'zgartirish odatda ularning modulyatsiyasi bilan bog'langan.


Modulyatsiya — bu signalning biror parametrini aloqa kanalida (modulyatsiya qilinadigan signalni) uzatilayotgan ma'lumotlarning joriy qiymatlariga mos ravishda (modulyatsiya qiladigan signalni) o'zgartirishdir.

    Demodulyatsiya — bu modulyatsiya qilingan signalni (balki aloqa kanalidan o'tish paytida halaqitlar bilan buzilgan signalni) modulyatsiya qiladigan signalga teskari o'zgartirishdir.

Zamonaviy modemlarda ko'pincha modulyatsiyaning uchta turi ishlatiladi:

    •chastotali - FSK (Frequence Shift Keying);

• fazali — PSK (Rpake Shift Keying);

• kvadraturali amplitudali — QAM (Quadrature Amplitude Modulation).

    Chastotali modulyatsiyada modulyatsiya qilinadigan signalning (uzatilayotgan ma'lumotlarning) joriy qiymatlariga mos ravishda fizik signalning (odatda sinusoidali) chastotasi o'zgaradi, bunda uning amplitudasi o'zgarmaydi. Еng sodda holda ma'lumotlar bitining 1 va 0 qiymatlariga, ma'lumotlarni uzatishning birinchi bayonnomalari V.21 da qabul qilingani kabi, chastotaning ikkita qiymati mos keladi, masalan, 980 Gc va 1180 Gc. CHastotali modulyatsiya holaqitlarga juda turg'undir, uzatishda signalning faqat amplitudasi buziladi.

Fazali modulyatsiyada modulyatsiya qilinadigan kattalik bo'lib signal fazasi hisoblanadi, bunda uning chastotasi va amplitudasi o'zgarmaydi; faza-modulyatsiya qilingan signalning halaqitlarga chidamliligi ham yuqoridir.

    Signalning sof amplitudali modulyatsiyasida uning halaqitlardan himoyalanganligi juda pastdir, shuning uchun halaqitlarga chidamliroq, lekin yanada murakkabroq kvadraturali amplitudali modulyatsiya qo'llaniladi, bunda uzatilayotgan ma'lumotlar taktida bir vaqtning o'zida signalning ham fazasi, ham amplitudasi o'zgaradi. 



Savolar


  1. Kompyuter tarmoqlari haqida qanday tushunchalarga egasiz?

  2. Tarmoq serverlari haqida nimalarni bilasiz?

  3. Tarmoq topologiyalari haqida gapirib bering!

  4. Tarmoq xizmatlari turlari qanday va siz ulardan foydalanasizmi?

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling