10-Mavzu: Tebranish podshipniklari Reja
Download 257.14 Kb. Pdf ko'rish
|
10..-mavzu
Vkladish uchun ishlatiladigan material Vkladish podshipnikning eng muhim elementidir.Vkladishning tuzilishi, materiali, uning qanchalik aniq tayyorlanganligi, joylashuvi, moy uchun mo’ljallangan ariqchalarning shakli-bularning hammasi podshipnik ishini belgilaydi.SHuning uchun vkladishlar kuyidagi talablarga javob berishi kerak: 1.vkladish sirtining shakli tsapfaning uzunlik va talab etilgan qamrov bo’yicha bir tekis joylashuvini ta’minlash; 2.vkladish bilan tsapfa orasidagi zazor suyuqlikda ishqalanish rejimini ta’minlaydigan bo’lishi; 3.vkladish materialning yeyilishiga chidamliligi yetarli darajada bo’lishi; 4.vkladishning tuzilishi u bilan tsapfaning o’qdosh bo’lishini ta’minlashi lozim. Sirpanish podshipniklar o’rniga hozirgi kunda dumalash podshipniklari keng qo’llanilmoqda. Dumalash podshipniklariga alohida vazifa yuklanganligi sababli, ularning 1000 dan ortiq standartlashtirilgan o’lchamlarga ega bo’lgan turlari mavjud. Ularning ichki diametrlari 0,6 mm dan 630 mm gacha boradi. Dumalash podshipniklarining turlari, o’lchamlari va boshqalari bo’yicha ma’lumotlar mashina detallari fanida o’rgatiladi. Dumalash podshipniklariga yuzalarining shakli, o’zaro joylashishi, o’rnatiladigan o’lchamlarining aniqligi va xalqalarining aniq aylanishini ifodalovchi beshta aniqlik klassi belgilangan. Aniqlik klassi ortib borish tartibi quyidagicha belgilangan: 0;6;5;4;2. Ma’lum birikma uchun tegishli podshipnikning aniqlik klassi mashina va mexanizmlarning aylanish aniqligiga va ishlash sharoitiga qo’yilgan talablar asosida tanlanadi. 0-klass aniqlikdagi podshipniklardan avtotraktor va boshqa qishloq xg’jalik mashinasozligida foydalaniladi. 6;5;4;2- aniqlik klasslaridagi podshipniklardan yuqori aniqlik talab etiladigan asboblar tayyorlashda va stanoksozlikda foydalaniladi. 0- klass podshipnigining dopusk qiymati 5 va 6 kvalitetlarda (IT5 va IT6), yuzalarining notekisligi esa a R =i,25…2,5 mkm bo’ladi. Podshipnik tashqi xalqasining dopusk maydoni asosiy val singari – detal jismiga, ichki xalqaning dopusk maydoni asosiy otvertsiya kabi emas, balki, u ko’proq asosiy chetlanishi «K» bo’lgani kabi – Detal tashqarisiga belgilanadi. Bundan kelib chiqadiki, ichki xalqa diametri(d)ga dopusk maydoni nominal o’lchamiga nisbatan manfiy qismda joylashgan. Tekis tsilindrik birikmalarda asosiy otvertsiyaning dopusk maydoni musbat qismda joylashgan. SHu bois, oraliq posadka uchun tayyorlangan vallarda natyagli posadka hosil bo’ladi. Podshipniklarning buzulmasdan uzoq muddat ishlay olish ko’rsatkichi ularni birikmada qancha aylanishlar soniga bardosh berishi orqali baholanadi. Podshipnik bardosh bera oladigan aylanishlar soni, uning konstruktsiyasiga, turiga, biriktirish sharoitiga va yuklanish turiga bog’liq bo’ladi. Podshipnik xalqalarining bir-biriga nisbatan qo’zg’aluvchanligini ta’minlash maqsadida xalqalarining ichki yuzalari bilan uning sirpanish elementi (sharik yoki rolik kabilar)orasiga ichki oraliq belgilanadi. Bu g’ralik radial va o’q bo’yicha bo’ladi. Radial oralik podshipnikning aylanish o’qiga nisbatan perpendikulyar tekislikda, o’q bo’yicha g’ralik esa aylanish o’qi bo’yicha aniqlanadi. Ichki g’ralik o’z navbatida boshlang’ich, g’rnatishdagi va ishchi g’raliklarga ajratiladi. Ishlab chiqarish korxonasida podshipnik boshlang’ich g’ralik bilan ishlab chiqariladi. Ichki va tashqi xalqalarning detallar bilan biriktirilishida deformatsiyalanishi natijasida podshipnikning g’rnatishdagi ichki g’raliki ko’pincha boshlang’ich g’ralik kichikroq bo’ladi. Podshipnikning ichki ishchi g’raliki birikuvchi yuzalardagi g’adir-budirliklarning ezilishi xisobiga g’rnatishdagi g’ralik bir oz kattaroq bo’ladi. Podshipnikning uzoq muddat ishlashi asosan ichki ishchi g’ralik qiymatiga bog’liq bo’ladi. O’q bo’yicha g’ralik podshipnik elementlarini foydalanish davrida o’q bg’ylab qisilib qolishidan saqlaydi. Download 257.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling