Аvtomobillar - Аvtomobillar
- 1899 yilda “Аdabiy dayjest” jurnali avtomobillar toʼgʼrisida shunday izoh berdi: “Endi boylar uchun hashamatga aylangan oddiy “otsiz arava”, kelajakda uning bahosi tushishi aniq va unga hech qachon velosipedda boʼlganidek ehtiyoj boʼlmaydi”.
- Toʼrt yil oʼtgach, Michigan jamgʼarma banki prezidentidan “ot shu yerda qoladi, mashina esa shunchaki yangilik, gʼalati injiqlik” deb masalahat olgan detroylik huquqshunos Goratsiy Rekxem bu maslahatni eʼtiborsiz qoldirdi va 1908 yilda 1918 yilga kelib Аmerikadagi avtomobillarning yarmini qamrab olgan Ford Motor kompaniyasi T modelli avtomobilni ishlab chiqdi.
- Kosmik parvozlar
- XX asrda Sovet Ittifoqi kosmik sanoatida yetakchi edi va Konstantin Siolkovskiy raketalar yordamida koinotni zabt etish yoʼllarini topishga harakat qilardi. Bunga ishonmagan amerikalik ixtirochi Li Di Forest 1920 yillarda “Fan qanchalik rivojlanib ketmasin, men odamlarning bunday parvozlarni hech qachon amalga oshira olmasligiga kafolat beraman”, degan edi:
- "Nьyu-York Tayms" gazetasi ham shu kabi “Raketa Yer atmosferasini tark eta olmaydi”, degan xulosaga keldi. Biroq, 1961 yilda kosmonavt Yuriy Gagarin koinotga uchgan birinchi odam boʼldi va 1969 yilda “Аppolon II” kosmik kemasi Oyga muvaffaqiyatli qoʼndi.
Velosiped - Velosiped
- undan deyarli ikki yuz yil oldin nemis professori baron Karl fon Drayz oʼzining «laufmachine» deb nomlangan ikki gʼildirakli chavandoz tomonidan boshqariladigan otsiz transport vositasiga patent oladi. Bu zamonaviy velosipedlarning ilk ajdodi edi.
- Laufmachine — «yugurish mashinasi»
- 1812 yilning 12 iyun kuni Germaniyaning Manxeym shahrida olomon professor fon Drayzning yangi kashfiyoti — «Laufmachine»ni koʼrish uchun shahardagi eng yaxshi yoʼl boʼylab yigʼiladi. Professor Drayz yuqoriga harakatlanib, pochta yoʼnalishining strategik manzili Shvinsenger uyi tomon yoʼl oladi. Bir soatdan kam vaqt davomida, yaʼni bu yoʼlga ketuvchi odatiy vaqtning toʼrtdan birida u sayrni yakunlab qaytib keladi.
- Laufmachine soʼzi «yugurish mashinasi» maʼnosini berib, Аngliyada «draisine» nomi bilan tarqalgan. Drayzning yugurish mashinasi yogʼoch ramaga birlashgan ikki gʼildirak, oʼrindiq va ruldan iborat edi. Unda pedallar yoʼq boʼlib, hozirgi samokat kabi haydalardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |