10-мавзу: Техник конструкциялаш ва моделлаштиришнинг моддий шароитлари


Download 1.43 Mb.
bet1/4
Sana15.02.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1201681
  1   2   3   4
Bog'liq
SLAYD Mavzu 1 IXTIROLAR

Ixtirolar va kashfiyotlar tarixi.

Ixtirolar va kashfiyotlar tarixi

  • Ixtirolar va kashfiyotlar tarixi
  • Biror bir sinalmagan yangilik oʼz yoʼlini topa olgunga qadar ancha vaqt kurashishiga toʼgʼri kelib, koʼplab mualliflarning muhim ixtirolari masxara va nafrat bilan kutib olingan hollar juda koʼp boʼlgan. Bugun badxoh kishilarning ushbu gʼoyalar barbod boʼlishi mahkumligiga amin boʼlgan fikriga zid muvaffaqiyat erishgan ixtirolar haqida gapirib oʼtamiz.
  • Oʼzgaruvchan tok
  • Garchi bu elektr taʼminotining yanada samarali va qulay usuli boʼlsa-da, Edison elektr quvvati tizimlari tarafdori edi va koʼpincha Nikola Teslaning oʼzgaruvchan tok modelini masxara qilgan edi. Shu jumladan, Edison “oʼzgaruvchan tok bilan chalgʼitish – vaqtni behuda sarflashdir, undan hech kim hech qachon foydalanmasligi aniq”, degan noaniq bashoratni qilgan.

Elektr lampochkasi

  • Elektr lampochkasi
  • XIX asrning eng sermahsul ixtirochilaridan biri Tomas Edison birgina Qoʼshma Shtatlarda 1093 ta patent olgan. Eʼtiborlisi, u birinchi tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli elektr lampochkasi orqali tarixga kirdi. Oldingi modellar juda qimmat va samarasiz boʼlgan edi.
  • Edisonning lampochkasi nafrat bilan kutib olindi: Stivens Texnologiya instituti olimi Genri Morton ixtiro “shak-shubhasiz muvaffaqiyatsizlikka uchrashishi”ni bashorat qildi. Аftidan qadim Britaniyani qorongʼu asrlarda qoldirishga qaror qilgan Buyuk Britaniya parlament qoʼmitasi bu lampochkaga nisbatan “bizning transatlantik doʼstlarimiz bir nazar tashlasa bas... lekin omilkor yoki ilmiy kishilarning eʼtiboriga loyiq emas”, degan xulosaga kelgan.

Telefon

  • Telefon
  • 1876 yilda shotlandiyalik Аleksandr Bell telefon uchun patent olgan birinchi ixtirochi boʼldi – bu tarixiy lahza uni “zamonaviy aloqalarning otasi”ga aylantirdi va u oʼz ixtirosini sotish harakatiga tushdi.
  • Bell Аmerikaning Western Union kompaniyasiga murojaat qilib, ularga oʼz patentiga boʼlgan huquqlarini 100 000 dollarga taklif qildi. Biroq kompaniya “qurilmadagi aniq kamchiliklarni roʼkach qilib, uni hatto oʼyinchoq deyishga arzimaydi”, deb taklifni rad etdi.
  • Tinib-tinchimagan Bell 1877 yilda Bell Telephone kompaniyasiga asos soldi va oʼn yildan kamroq vaqt ichida 150 mingdan ortiq Qoʼshma Shtatliklar telefon egasiga aylandi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling