Yangi ixtiro Buyuk Britaniyada tez ommalashadi, bu yerda uni «jozibali ot» deya nomlashadi. Bir qancha britaniyalik kareta ishlab chiqaruvchilar oʼzlarining laufmachineʼlarini ishlab chiqarishni boshlaydi. Ulardan eng mashhuri ancha takomillashgan modelni eʼlon qilgan Denis Jonson edi. «Velosiped» soʼzi frantsuz ixtirochisi Jozef Nisefor tomonidan amaliyotga kiritilgan boʼlib, u buni balandligi sozlanuvchi egar bilan jihozlangan velosipedga nisbatan qoʼllagandi. - Yangi ixtiro Buyuk Britaniyada tez ommalashadi, bu yerda uni «jozibali ot» deya nomlashadi. Bir qancha britaniyalik kareta ishlab chiqaruvchilar oʼzlarining laufmachineʼlarini ishlab chiqarishni boshlaydi. Ulardan eng mashhuri ancha takomillashgan modelni eʼlon qilgan Denis Jonson edi. «Velosiped» soʼzi frantsuz ixtirochisi Jozef Nisefor tomonidan amaliyotga kiritilgan boʼlib, u buni balandligi sozlanuvchi egar bilan jihozlangan velosipedga nisbatan qoʼllagandi.
- 1839-1840 yillarda shotlandiyalik temirchi Krikpatrik Makmillan velosipedni pedal va egar qoʼshib takomillashtiradi. Makmillan oʼrindiqni orqa va old gʼildiraklar orasiga joylashtiradi, pedallar maxsus temir tayoqchalar orqali orqa gʼildirakni harakatlantiradi. Old gʼildirak rul bilan boshqariladigan boʼladi. Shunday qilib Makmillan hozirgi velosipedlarning birinchi prototipini yaratadi, biroq Makmillan ixtirosi eʼtibordan chetda qoladi va deyarli ommalashmaydi.
- Velosipedning ommalashishi
- 1862 yilda yosh bolalar aravachasi ishlab chiqaruvchisi 19 yoshli frantsuz Per Lalmanda ham Makmillanikiga oʼxshash gʼoya paydo boʼladi. Lalman Makmillan velosipedi haqida hech nima bilmas edi, uning ixtirosida Makmillannikidan farqli ravishda pedallarni itarish emas, aylantirish kerak edi. Qolaversa, Lalman velosipedida pedallar old gʼildirakda joylashgandi. Keyingi yil Lalman Parijga keladi va oʼzining birinchi modelini yaratadi.
- Lalmanning velosipedi Lion sanoatchilar uyushmasi aʼzosi Olivьe tomonidan yuqori baholanadi. 1864 yili, kareta muhandisi Pьer Misho bilan hamkorlikda velosipedni ommaviy ishlab chiqarish boshlanadi. Misho velosiped ramasini metalldan yasashga qaror qiladi. Baʼzi manbalarga koʼra «velosiped» atamasini ham aynan Misho oʼylab topgan.
- Misho va Oliv`e bilan qisqa hamkorlikdan soʼng Lalman Аmerikaga joʼnab ketadi. 1866 yil u oʼz ixtirosini patentladi
Do'stlaringiz bilan baham: |