10-mavzu. Texnik diagnostika usullarining harakteristikasi
-rasm. Texnik diagnostika tizimlarining sinflanishi
Download 14.14 Kb.
|
10-Маъруза АСДИ
1-rasm. Texnik diagnostika tizimlarining sinflanishi
2. Avtomatlashtirish sistemalarning diagnostikasi. TJA ni ishonchliligini qo‘llash va ta‘minlashda asosiy talablardan biri bu texnik diagnostikadir. Texnik diagnostika deganda, AJ ish rejimlarida (yoki holatlarida) usullar ishlab chiqarish va inkor qilishni qidirish qurilmalari, tizimlarda defektlarni toppish va bartaraf etish va ularni lokalizatsiyalash tushuniladi. Diagnostika tizimini yaratish uchun sizga quyidagilar kerak: • tashxis turi va usulini aniqlash; • kuzatiladigan parametrlarni sozlash; • tizimning holatini aniqlash uchun algoritmni tanlash yoki ishlab chiqish (tasniflash algoritmi); • diagnostika tizimining texnik amalga oshirilishini amalga oshirish. Diagnostikalashda tizimning ayni hozirgi paytidagi texnik holatini o‘rganish kerak. Bu shuni anglatadiki, nosozlikni tekshirish-ishlash qobiliyatini va tizimning funksionallashganini (tizimning qiymatlar parametrlari kerak bo‘lgan chegaradami, ya‘ni tizim inkor qilmadi va berilgan funksiyada ishlayotganini aniqlash) yoki to‘g‘rilikni, ishlash qobiliyatini va tizimning to‘g‘ri funksionallashganini buzuvchi defektlarni aniqlash hisoblanadi. Unda TJA ning asosiy diagnostikalashni quyidagi holda tuzsa bo‘ladi: tizimning chiqish parametrlarini baholash va ularning berilgan qiymatdan og‘ish sababini chiqarish. Buning uchun tizimning ish rejimlari barcha chegaralarini va ekspluatatsiya shartlarini va chiqish parametrlari vaqtga bog‘liq o‘zgarishini (parametrik ishonchlilik) hisobga olish kerak. Diagnostikalash testli va funksionalli bo‘ladi. Testli diagnostikalash tizimning texnik holatini testli ta‘sir yordamida tekshirish imkoniyatini beradi. Test orqali tizimning parametrlari va uning elementlari va ularning berilgan qiymatdan og‘ish sabablari tekshiriladi. Funksional diagnostikalash tizimga ish ta‘siri orqali texnik holatini o‘rganish imkoniyatini beradi. Ishchi ta‘sir berilgan parametrda tizimning ishlashini nazorat qiladi va uning funksionallanish buzilishini chiqaradi. Testli va funksional diagnostika diagnostikalash algoritmida bajariladi. Diagnostikalash algoritmi – o‘tkazilishi ketma – ketligini o‘rnatuvchi qoida va nazorat nuqtalaridagi elementar tekshirishlar jamlanmasidir. Bundan tashqari shu tekshirishlar natijalarini analiz qilish, bular orqali aniqlash mumkin bo‘lgan soz, ishlayigan va nosoz holatidan to‘g‘ri funksionallashgan holatiga va nosoz holatidan defekt ajratishni imkonini beradi. Har xil elementar tekshirishlarni amalga oshirishda turli xarajatlar talab qilinishi mumkin. Bu tekshirishlar tizimning texnik holati haqida turli ma‘lumotlar berilishi mumkin. Tekshirishlar turli ketma – ketlikda bo‘lishi mumkin. Ya‘ni, bitta diagnostikalash masalasi uchun turli xil algoritm tuzish mumkin. Shunday qilib, diagnostikalashda bitta masala ularni amalga oshirishda xarajatlar kamaytirilishi qoladi (minimizatsiya masalasi bir qancha hollarda juda qiyin kechishi mumkin, masalan, hisoblashdagi qiyinchiliklar). Diagnostikalash effektivligi - diagnostikalash algoritmi sifati va diagnostikalash qurilmalari sifatiga qarab baholanadi. Diagnostikalash qurilmalari birinchi navbatda ikkiga bo‘linadi: dasturili va apparatli. Bundan tashqari, tashqi (tizimdan alohida joylashgan konstruksiya) va ichki (tizimning tashkil qiluvchisi); qo‘lda, avtomatizatsiyalashgan va avtomatik; maxsus va universal qismlarga ham bo‘linadi. TJA ni diagnostikalash usullari turli faktorlar orqali aniqlanadi: diagnostikalash obyektini tanlash (tugun, blok, element va boshq.), ishlatiladigan diagnostika parametrlarda (vaqtli, kuchli, elektrli, vibroakustikli va boshq.), diagnostikalash qurilmasiga bog‘liq holda aniqlanadi. Ossilogramma orqali nazorat usuli diagnostikalashda keng qo‘llaniladi. Bu usul texnik holati va alohida tugunlarning, bloklarning va butun tizimning ishlash qobiliyatini baholaydigan vaqt bo‘yicha o‘zgaradigan turli parametrlari ishlatiladigan funksiyalar grafigiga asoslangan. Usulning mohiyati quyidagicha. Diagnostik model tuziladi, turli parametrlarning diagnostik qiymati aniqlanadi, diagnostikalash uchun ishlatiladigan parametrlar ish sig‘imi baholanadi, taxminiy diagnostik paramtrlar aniqlanadi, eksperimental holda deffektlarga bo‘lgan sezgirligi va parametrlarning diagnostik qiymati aniqlanadi, otsilogrammali nazorat uchun asosiy diagnostik parametrlar tanlanadi, tashqi tuzilishi va tanlangan paramertlarning egri chiziqli xarakeristikalari aniqlanadi, amplituda qiymati va asosiy egri chiziqli parametrlar uchun mumkin bo‘lgan chegaralar aniqlanadi, otsilogrammali nazorat funksiyalari tuziladi va eksperimentlarda tekshiriladi, o‘rganilayotgan obyekt holati va egri chiziq xarakterlari alomatlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa chiqariladi, deffektlar yig‘iladi va shifri ochiladi, diagnostik karralar tuziladi va diagnostikalash uchun qo‘llanma yaratiladi. Download 14.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling