10-mavzu: Ujro ishi yuritishdagi xarajatlar. Reja: Ijro yig‘imi tushunchasi va uni undirish tartibi
Xarajatlarning undiruvchi tomonidan bo‘nak bilan tahninlanishi
Download 20.55 Kb.
|
10-mavzu Ujro ishi yuritishdagi xarajatlar.
3. Xarajatlarning undiruvchi tomonidan bo‘nak bilan tahninlanishi
Qonun ijro harakatlari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida undimvchiga sud ijrochilarining depozit hisobvarag'iga tegishli xarajatlarni yoxud ularning bir qismini amalga oshirish uchun yetarli miqdorda bo‘nak badalini o‘tkazish huquqini bergan. Undimvchi tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirish uchun kelgusida qilinadigan xarajatlarni qoplash uchun bo‘nak badali o‘tkazilishi ijro hujjatining ijro etilishini tezlashtiradi. Ammo shuni e’tiborga olish kerakki, qonunning mazmuniga ko‘ra ijro harakatlarini bo‘nak badali o‘tkazish bilan ta'miniash undiruvchining majburiyati emas, balki huquqidir. «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 42-moddasi 2-qismiga muvofiq qarzdor yoki uning molmulkini qidirish sud ijrochisi uchun majburiy emas, bu harakatni amalga oshirish undiruvchining erkiga bog‘liqdir. Shuning uchun ham Qonunning 42-moddasini 2 qismida ko‘rsatilgan hollarda undimvchi qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish bo'yicha tegishli xarajatlarni to‘liq bo‘nak bilan ta’minlashga haqli. Ko‘rsatilgan ijro harakatlari undimvchi tomonidan bo‘nak bilan ta’minlangach, sud ijrochisi qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish to‘g‘risida tegishli qaror chiqaradi. Ijro harakatlari tamomlangach, bo‘nak badali qarzdorning hisobidan undiruvchiga to‘liq qaytariladi. Faqat quyidagi holatda bo‘nak badali undiruvchiga qaytarilmaydi: 1) agar qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki yoki daromadlari bo‘lmasa va uning mol-mulki yoki daromadlarini qidirish yuzasidan sud ijrochisi tomonidan qonunda yo‘l qo‘yiladigan doirada ko‘rilgan barcha choralar natijasiz bo‘lsa; 2) agar undimvchi ijro hujjati ijro etilayotganda qarzdorning sotilmagan mol-mulkini o‘ziga olishdan voz kechsa yoxud qarzdorlik hisobidan ushbu mol-mulkni o‘ziga olish to ‘g‘risidagi sud ijrochisining taklifl bo‘yicha o‘z qarorini belgilangan muddatda taqdim etmagan bo‘lsa; 3) agar undimvchi o‘z harakatlari (harakatsizligi) bilan ijro hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilayotgan boisa, shu jumladan, ijro hujjatida ko‘rsatilgan, qarzdordan olib qo‘yilgan muayyan ashyolarni olishdan voz kechsa. Bu hollarda bo‘nak badalining ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlaridan ortiqcha qismi unaimvchiga qaytariladi. Download 20.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling