10-mavzu. Web sahifa yaratish imkoniyatlari


Informatsion mavzularni aniqlash va tashkil etish


Download 46.88 Kb.
bet3/11
Sana06.04.2023
Hajmi46.88 Kb.
#1334389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-mavzu. Web sahifa yaratish imkoniyatlari

Informatsion mavzularni aniqlash va tashkil etish


Taklif qilinayotgan Web–sayt auditoriya tartibini va saytda tashkil qilinajak jarayonlarni analiz etib, uning informatsion modelini aniqlash mumkin. Buning uchun har bir foydalanuvchi guruh uchun mo‘ljallangan informatsion mavzularni aniqlash, keyin ularni kategoriyalar bo‘yicha taqsimlash kerak bo‘ladi. So‘ngra informatsion mavzular o‘rtasida vertikal va gorizontal aloqalar ko‘rsatib, Web–saytning informatsion ierarxiyasini tuzish zarur bo‘ladi. Olingan strukturani Web–saytda amalga oshirilajak jarayonlarga mos keladigan tarzda shunday tekshirish kerakki, undagi har bir konkret jarayon informatsion strukturaga mos tushsin.
Tavsiya qilinayotgan analiz sxemasini umuman istagan korporativ va informatsion Web– saytlar uchun qo‘llasa bo‘ladi. Bu Web–saytning umumiy–funksionalligi va mohiyatini aniqlashda dudmollik (ikki ma’nolik)dan voz kechishga va shu bilan tadqiqotchilar uchun boshlang‘ich ma’lumotlarni olishga imkon beradi,[20;167-180].
Web–saytni ishlab chiqish praktikumi quyida keltirilgan:

A. Web–saytning maqsadli auditoriyasini aniqlang


  1. Web–sayt foydalanuvchilari maqsadli guruh ro‘yxatini tuzing.

  2. Web–saytdagi maqsad bo‘yicha bir − biriga yaqin foydalanuvchilar guruhlarini guruhga ajrating, masalan:

    • mijozlar (doimiy mijozlar, potensial mijozlar);

    • hamkorlar (mavjud hamkorlar, potensial hamkorlar);

    • Mutaxassislar (noraqobat kompaniya mutaxassislari, boshlovchi mutaxassislar, ekspertlar);

    • OAV vakillari.
  1. Web–saytda sodir bo‘ladigan jarayonlarni aniqlang


Web–sayt orqali amalga oshirilajak jarayonlar ro‘yxatini tuzing, masalan:

    • mijoz tomonidan taklif qilinayotgan mahsulotlar to‘g‘risida axborot olish;

    • mahsulotlarni sotib olish uchun oldindan berilgan buyurtmalarni rasmiylashtirish;

    • korporativ yangiliklarni mijoz, hamkor, OAV vakillari tomonidan olinishi;

    • professional mavzular mutaxassislar tomonidan muhokama etilishi;

    • mijoz va hamkorlar bilan so‘rov o‘tkazish;

    • xamkorlik to‘g‘risidagi takliflarni potensial hamkor (hamkor) bilan rasmiylashtirish.

Download 46.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling