10-mavzu. Web sahifa yaratish imkoniyatlari
Download 46.88 Kb.
|
10-mavzu. Web sahifa yaratish imkoniyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keng davradagi foydalanuvchilarga mo‘ljal olish
- Foydalanuvchilarni quvvatlash
- Vaqt o‘tishi bilan tekshirilgan usullarni qo‘llash
- Jamoa ishi
10-mavzu. Web sahifa yaratish imkoniyatlariWeb–saytlarni loyihalashda asos qilib olingan eng muhim pritsiplarni aniqlab olamiz. Foydalanuvchilar uchun aniqlashWeb–sayt loyihalarining yaxshi ishlashi uchun foydalanuvchilar ko‘nglini topishdagi absolyut xohish eng muhim shart hisoblanadi. Barcha saytlar ular uchun tayyorlanadi. Bunda yaratishdagi rejalashtiriladigan har qanday texnologiya foydalanuvchi ishini osonlashtirishni hisobga olgan holda qabul qilinishi kerak. Keng davradagi foydalanuvchilarga mo‘ljal olishHar bir biznesning maqsadi pul topishdir. Har bir Web–saytning maqsadi esa, maqsadli auditoriya uchun ishlash. Web–sayt maksimal miqdordagi foydalanuvchilar mushkulini oson qilishi kerak. Foydalanuvchilarni quvvatlashWeb–saytning normal ishlashi uchun foydalanuvchilar bilan teskari bog‘lanish zarur. Ularga Web–saytda etarlicha komfort bo‘lishi kerak. Buning uchun har xil informatsion quvvatlab turish vositalarini tatdbiq etish talab etiladi, masalan, nisbatan murakkab jarayon ishlari bo‘yicha spravochnik materiallarini saytda chop etish; tez-tez beriladigan savollarga javoblarni chop etish va b.q. Vaqt o‘tishi bilan tekshirilgan usullarni qo‘llashEng avval bu texnologiyaga xos internet tadqiqotchilari eng ko‘p tarqalgan texnologiyaga mo‘ljal olishlari zarur. Internetdagi har bir yangilik foydalanuvchilarga mos keladigan qat’iy testdan o‘tishi kerak bo‘ladi. Aks holda texnologiyadan foydalanishda saytda qatnashuvchilar soni kamayib ketishi mumkin. Ilgari Web–saytni ishlab chiqarish va uni kuzatish bilan bitta odam shug‘ullanishi mumkin, deb qaralar edi. Bunday odam Web–master deb atalar edi. U bir nechta vazifalarni bajarish kerak edi, masalan, sistema administratori, ma’lumot baza administratori, programmist, dizayner, HTML–koder (varaqlovchi), jurnalist, marketolog, Web–loyiha menejeri va b.q. Lekin, Web–saytni to‘g‘ri rejalashtirishda yuqoridagi vazifalarni baravariga bajara oladigan odam topilmasligi aniq. Bu holatdan chiqib ketishning bitta yo‘li bor; bu ham bo‘lsa, Web–saytni tatdbiq qilish bilan birga Web–sayt ish asbobi (instrument) bo‘ladigan yangi biznes–jarayonlarini yaratishdir. Masalan, yangiliklarni kim tayyorlaydi va chop etadi? SMI vakillari va jamoatchilik bilan Web–sayt orqali kim muomala qiladi; Web–sayt orqali xizmat va mahsulotlarga buyurtmalarni ko‘rib chiqish vazifasini; imkoniyati bor haridorlarga maslaxat berishni; varaqalarini tartibli va xatosiz chop etib nazorat qilishni; Web–sayt uchun kompleks reklama kompaniyasini amalga oshirish va shu kabilarni kim bo‘yniga oladi? Natijada Web–sayt ko‘pchilik biznes–jarayonlarda qulay va kerakli asbobga aylanadi. Download 46.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling