10-mavzu. Web sahifa yaratish imkoniyatlari
Download 46.88 Kb.
|
10-mavzu. Web sahifa yaratish imkoniyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Web–sayt dizayni va navigatsiyasini tekshirish.
Tashrif buyuruvchilar funksiyasi: majburiy maydon (joy) hisoblanadigan “Ism”, “Kontaktli e-mail” va “Xabar”larni o‘z ichiga olgan xabarlar formalarini to‘ldirish va jo‘natish.
xabarlarni muvaffakiyatli jo‘natilgach, xabarlar muvaffaqiyatli jo‘natilganligi to‘g‘risidagi xabarni olish; xabar muvaffaqiyatsiz jo‘natilgach, muvaffaqiyatsiz jo‘natilgan xabar to‘g‘risidagi xabarni (formani takroriy to‘ldirish taklifnomasi bilan) olish; To‘ldirilgan maydon (joy)li formalar jo‘natishga harakat qilishda–to‘ldirish shart bo‘lgan maydonlar to‘ldirilmaganligi to‘g‘risidagi xabarni olish. Web–sayt administratori vazifa (funksiya) lari: 1. Teskari bog‘lanish formalarini yaratish, tahrir qilish. Web–interfeys orqali xabarlarni ko‘rib chiqish, ya’ni xabarlarni kelib tushish vaqtiga qarab filtrlash; e-mail ning xabarlarda ko‘rsatilgan kontaktli adresi bo‘yicha javobli xabarlarni jo‘natish va xabarlarni yo‘qotish. Administratorning e-mail adresiga xabarlarni jo‘natish, shu bilan birga, unga xabarlarni jo‘natish uchun e-mailni o‘zgartirish imkoniyati borligi. Web–sayt loyihasini amalga oshirishning navbatdagi bosqichi Web–sayt sahifalari shablonlarini tayyorlash va ular asosida harakatdagi modellarni yaratish hisoblanadi. Web–sayt bajarish sifatini tekshirish uchun quyidagi savollar to‘plamidan foydalanish mumkin: Web–sayt dizayni va navigatsiyasini tekshirish.Web–saytning nimaga bag‘ishlanganligi birinchi qarashdan tushinarlmi? Web–sayt dizayni uning mohiyatiga va korporativ talablarga mos keladimi? Sahifaning yuqori qismida joy iqtisod qilinyaptimi? Sahifada ortiqcha qo‘pol va foydasiz elementlar yo‘qmi? Ulardan voz kechilsa yoki kamaytirilsa yomon bo‘lmaydimi? Foydalanuvchi Web–saytning xohlagan sahifasini ko‘rib chiqqach, quyidagi savollarga javob bera oladimi? u qaysi sahifada joylashgan? endi qaysi tomonga siljishi mumkin? bu joyga qaytib kelish mumkinmi? orqaga qanday qaytiladi? (Web–saytning ichki sahifalari uchun); Web–sayt administratori bilan qanday bog‘lanish mumkin? Turli xil tayyorgarlik darajasidagi foydalanuvchilarga Web–saytning funksional qismi (formali to‘ldirish, Web–sayt administratori bilan o‘zaro muloqotda bo‘lish va b.q.) dagi foydalanish yo‘llari tushunarlimi? SHuni yodda tutish kerakki, WWW 1989 yil boshida paydo bo‘ldi. Tadqiqotchilar– SHveysariyadagi elementar zarrachalar Evropa laboratoriyasning olimlari. Bu taklifni amerikalik Teodor Nilson bergan. TCP/IP internetdagi protokollarning asosi hisoblanadi. Web «klient–server» arxitekturasidan foydalaniladi. Brauzerlar Web–sahifalarni ko‘rib chiqish uchun xizmat qiladi. Eng ommabop brauzerlar: Netscape Comminicator (Navigator) va Microsoft Acsetnt, Mosaic, Ammeter ham bor. Web–saytni ishlab chiqishdan oldin qator asosiy masalalarni echish talab qilinadi, masalan: auditoriya, raqobatchi, byudjet, biznes − protsess, Web–sayt tadqiqodchisi, joylash, quvvatlash va ko‘rib chiqish. Web–saytni loyihalashning asosiy prinsiplari orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: foydalanuvchilarga mo‘ljal olish: foydalanuvchilarni quvvatlab turish; vaqt bilan tekshirib chiqilgan uslublarni ishlatish, jamoa bo‘lib ishlash; ortiqchalikning yo‘qligi. Download 46.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling