10-mavzu. Web sahifa yaratish imkoniyatlari
S. Web–saytning informatsion mavzularini aniqlang
Download 46.88 Kb.
|
10-mavzu. Web sahifa yaratish imkoniyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- D.Web–sayt dizayni konsepsiyasini aniqlang
- Web–sayt navigatsion modelini loyihalash
S. Web–saytning informatsion mavzularini aniqlangOldingi ikki punktda olingan axborotlardan foydalanib Web–sayt informatsion mavzular ro‘yxatini tuzing. Mavzularni ierarxiya bo‘yicha taqsimlang, masalan: kompaniya tog‘risida umumiy axborot; kompaniya yangiliklari; sotuv maydonchasi (elektron vitrina)–mahsulotlar axboroti–oldindan berilgan buyurtmalar shakli; Hamkorlar (partner) uchun axborot–potensial hamkorlar uchun axborot–hamkorlik to‘g‘risida taklif shakli–amaldagi hamkorlar uchun axborot; mutaxassislar uchun axborot–informatsion maqolalar–forum; kontaktli ma’lumotlar. D.Web–sayt dizayni konsepsiyasini aniqlangDizaynga bo‘lgan korporativ talablar va uning maqsadli moxiyatidan kelib chiqib, dizaynga quyilgan muhim talablarni aniqlang, masalan: sahifa yuqori qismidagidagi logotip; yorug‘ fan, korporativ ranglar ( ko‘k, sariq); hamkorlar bilan puxta ishlashga, mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishga e’tibor beradigan, mavjud an’analar bilan dinamik shaklda rivojlanadigan kompaniya obrazi. Biz, bozor sektorida qonunshunos kabi ish ko‘rarmiz. Har bir etuk mutaxassis faqat bizda ishlashni xoxlaydi. -kolontitul pastki qismidagi kopirayt. Web–sayt navigatsion modelini loyihalashWeb–sayt navigatsion modeli foydalanuvchilar maqsadli guruhi xoxishlarini inobatga olgan holda informatsion ierarxik struktura asosida quriladi va Web–saytning barcha zarur sahifalari ta’riflarini va navigatsiya elementlarni o‘z ichiga oladi. Birinchi navbatda, saytning bosh menyusi va servislar menyusini aniqlash zarur. Web– sayt bosh menyusiga bosh sahifa (main page, homepage)dagi giperbog‘lanish (ssыlka) va saytning asosiy informatsion bo‘limlari kiradi. YA’ni, Web–saytning informatsion to‘ldiruvchilariga tegishli bo‘limlar. Bunaqa bo‘limlar soni uchdan oltigacha bo‘lishi kerak, aks holda sayt bo‘yicha navigatsiyani amalga oshirish qiyinlashadi. Agar informatsion bo‘limlar soni ko‘p bo‘lsa, mavzu yoki foydalanuvchilar guruhlari bo‘yicha o‘xshash bo‘limlarni joylashtirish mumkin. Masalan, yangiliklar, press–relizlar va OAV vakillari uchun axborotlarni “Press–Sentr” bo‘limiga birlashtirish mumkin. Bosh menyuni tuzishda asosiy e’tiborni turli xil kategoriyadagi foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratishga qaratish kerak; har xil murakkablikdagi axborotlarga (boshlovchi va ekspertlar); birinchi marta tashrif buyuruvchilarga va doimiy tashrif buyuruvchilarga. Servislar menyusiga Web–saytning informatsion to‘ldiruvchilariga tegishli bo‘lmagan bo‘limlar kiradi. Lekin ular yordamchi servislar hisoblanadi. Masalan, sayt bo‘yicha sayt kartasi, umumiy savollar bo‘yicha kontaktli ma’lumotlar; umumiy savollar bo‘yicha teskari bog‘lanish formasi va b.k. Bunday servislar har bir tashrif buyuruvchi va har bir Web–sayt saxifasida doim saqlanishi kerak. Bosh menyu va servislar menyusi aniqlab bo‘lingach, Web–sayt bo‘limlarining ichki strukturasi va navigatsiyalarini analiz qilish zarur. Web–navigatsiyaning 4 xili mavjud. YAssi–barcha saxifalar umumiy giperbog‘lanishga ega. Bunda bir sahifadan boshqa ixtiyoriy sahifaga o‘tish mumkin. Sayt sahifalari yuqori darajali yoki yirik sayt bo‘limlari ko‘rniishida ishlatiladi. Download 46.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling