10-mavzu. Web sahifa yaratish imkoniyatlari
Download 46.88 Kb.
|
10-mavzu. Web sahifa yaratish imkoniyatlari
Ketma-ket–har bir sahifa oldingi va keyingi sahifalar uchun giperbog‘lanishga ega. Asosan, sahifalar ketma-ket ko‘rib chiqish talab etiladigan ko‘p sahifali chop etishlarda ishlatiladi.
Ierarxik–barcha ketma-ket keladigan sahifalar faqat bosh sahifa (roditelskiy) bilan giperbog‘lanadi, lekin bir − biri bilan kesishmaydi. Murakkab menyularni ko‘rishda elektron kataloglar ishlatiladi. Aralash–oldingi uch xil navigatsiyaning har xil variantlarida uchraydi. Navigatsiyaning barcha xillaridan foydalangan holda Web–sayt bo‘yicha navigatsiya uchun qo‘shilishning maksimal darajasi 4-5 daraja bo‘lgani ma’qul. Demak, ideal holatda tashrif buyuruvchi saytning har bir sahifasini sichqonchani 3-4 ta chiqillatish mobaynida ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Sayt bo‘limlari strukturasini qurishda yaxshi anglash uchun uning tiniqligiga e’tibor berish kerak. Web–sayt navigatsion modelining birinchi varianti qurilgach, quyida keltirilgan test bo‘yicha tekshirib chiqing. Web–sayt yaratish uchun qanday axborotlar mavjud va foydalanuvchilar uchun qanaqasi kerak? Web–sayt tashrif buyuruvchilari bilan teskari bog‘lanish qanday uyushtiriladi? Web–sayt davomatini oshirish uchun qanday imkoniyatlar mavjud? Web–saytning alohida bo‘limlari qanday tez-tez va qanaqa vositalar bilan yangilanib turadi? Web–sayt foydalanuvchilarning maqsadli (tematik) guruhlari uchun qulay bo‘ladimi? Birinchi marta kiruvchilar uchun Web–sayt bo‘ladimi? Yigirmanchi marta kiruvchilar uchunchi? Tayyorgarlik darajasi har xil bo‘lganlar uchunchi? Turli xil mamlakat, mintaqalardan kelgan kishilar uchun Web–sayt qulaymi? Birinchi to‘rtta savollarga berilgan javoblar Web–saytning oldingi yaratilgan informatsion strukturasini korreksiyalash (tuzatish)ga yordam berish mumkin. Keyingi to‘rtta savollar esa navigatsion strukturalarni tekshirishda yordam beradi. Download 46.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling