10-mavzu. XIV asr o’rtalarida Mavoraunnahrda siyosiy vaziyat.
Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi.
Reja:
XIV asr o’rtalarida Mavoraunnahrda siyosiy vaziyat.
Amir Qozog’on faoliyati. Amirlik boshqaruv tizimining qaror topishi.
Movoraunnahrda amirlar o’rtasida siyosiy ziddiyatlarning avjiga chiqishi.
Tug’luq Temurning Movoraunnahrga hujumlari. Amir
Temurning siyosiy
maydonga chiqishi.
Tayanch so’zlar: Siyosiy tarqoqlik, markazlashgan davlat, harbiy mahorat, “Loy jangi”,
mustaqil davlat, o’zaro ichki nizo, Yevropa xaloskori, harbiy ittifoq, , Amir Temur, Ilyosxo‘ja,
Sarbardorlar, harbiy yurishlar, Anqara jangi, suyurg‘ol, devonbegi, arkbegi, tarxon, «Kuch-
adolatdadir», «Temur tuzuklari», Temur davri ma’naviyati.
XIV asr o’rtalarida Mavoraunnahrda siyosiy vaziyat. XIV asrning 50-60
yillarida Mavorounnahrda feodal tarqoqlik g’oyatda
kuchayib,
parokandalik
avjiga chiqadi. Chig‘atoiy xonlardan
Qazonxon (vafoti 1346 yil) davriga kelib esa
ichki vaziyat keskinlashib yirik
amirlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri hukmdor xonadonga
nisbatan tazyiq o‘tkaza boradilar.
Buning natijasida amir Qazog‘on (Qazag‘an)
Qazonxonni o’ldirishga muvaffaq bo‘ladi.
Mavzu bayoni
Amir Qazog‘on o‘lkadagi voqelikni nazarda tutib (chig‘atoiylardan
bo‘lmish)
Donishmandchani hukmdor deb e’lon qiladi.
Ilk bor
soxta xonlarni e’lon qilish an’anasi
amir Qazog‘on davrida yuz bergan.
Ammo amalda butun hokimiyat uning qo‘lida bo‘lgan. Usha paytda o‘lka
siyosiy-
boshqaruv tizimida yuz bergan
sharoitni zamon tarixchisi Mu’iniddin