10-mavzu: yig‘ma temir-beton korxonalarining turlari va ularning quvvati
Download 171.47 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
1 10-mavzu: YIG‘MA TEMIR-BETON KORXONALARINING TURLARI VA ULARNING QUVVATI Reja: 1. Temir-beton buyumlarini ishlab chiqarish 2. Yig‘ma temir-beton buyumlari korxonasida mahsulot va ishlab chiqarishning xususiyatlari 3. Texnologik liniyani tanlash Temir-beton buyumlari ishlab chiqarish. Kapital qurilish hajmining oshishi mamlakatda temir-beton buyumlari ishlab chiqarishning ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Shu munosabat bilan qurilish materiallari sanoati oldida temir-beton buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasini mukammallashtirish vazifasi turibdi. Yig‘ma temir-beton buyumlari sanoati hozirda sanoat, fuqaro va uy-joy qurilishi uchun tom qoplamalarining hammasini, 30 % bino va inshoat devorlari, bino poydevorlarining 30 % i va sanoat binolari karkaslarining 60 % ini tayyorlab chiqarmoqda. Yig‘ma binolar qurilishining ko‘payishi sababli uy, fuqaro va sanoat qurilishida temir- beton buyumlari sarfi sezilarli darajada oshdi. Mamlakatda sanoat binolari, inshoot va uy-joy qurilishida hajmiy-rejalashtirish yyechimini umumiylashtirish tizimi ishlab chiqilgan. Ishlab chiqarilayotgan temir-beton buyumlarning 80 % i umumiylashtirilgan. Yig‘ma temir-beton konstruksiyalar rivojlanishining asosiy yo‘nalishi buyum va konstraksiyalarga ishlatiladigan material hamda metall, energiya sarfini kamaytirish, zavodda tayyorlik darajasini oshirish bo‘lib qolmoqda. Yig‘ma temir-beton buyumlari korxonasida mahsulot va ishlab chiqarishning xususiyatlari. Turli buyum va konstruksiyalami tayyorlash usulidan aynan birini tanlash o‘sha usulning turi, texnologik o‘ziga xosligi va ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq. Shu bilan biiga aynan bir buyumni ishlab chiqarishdagi texnik iqtisodiy ko'rsatkichlami hisobga olish ham ahamiyatlidir. Temir-beton buyumlarining yuzdan ortiq turiari mavjud. Ishlab chiqarishda tejamkorlikka erishish uchun ulaming turini imkon qadar kamaytirish lozim. Temir-beton buyumlari quyidagi xususiyatlariga ko‘ra bo‘linadi: – qaysi yo‘nalishda ishlatilishiga ko‘ra – sanoat, uy, fuqaro qurilishi uchun; – bino yoki inshootdagi ishlatilish o‘miga ko‘ra – poydevor, tom qoplamasi, devor va boshqa hokazolar uchun; – geometrik shakliga ko‘ra – ustunsimon, plitali, blokli, panjarali va h.k.; – ko’ndalang kesimining shakli va xususiyatiga ko‘ra – uzluksiz, g‘ovak, qovurg’ali, qat- qat va h.k.; – armatura qo‘yilishining xususiyatiga ko‘ra – betonli (armaturasiz), temir-betonli (oddiy yoki tortilgan armaturali); – betonning turiga ko‘ra – og‘ir, yyengil, yacheykali beton. Bir xil turdagi buyumlar, agar konstruksiyasi va o'lchami har xil bo‘lsa, bir turli buyumning o‘lchamiga ko‘ra yoki bir turdagi buyumga armatura turlicha joylangan, detallari har xil yoki texnologik tirqishlari turlicha bo‘lsa, markasiga ko‘ra farqlanadi. Tayyorlash texnologiyasidan unisi yoki bunisini tanlash buyumning shakli, uning o‘lchami, og'irligi, betonning turi va armatura qo‘yilish usuliga ко‘ra tanlanadi. Korxonaga rentabel ishlash imkonini beradigan eng maqbul ishlab chiqarish quvvatini tanlash qo‘yilayotgan mablag‘ning hajmi, mahsulot tannarxi va transport xarajatlariga ko‘ra 2 belgilanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati ikki marta oshirilganda umumiy mablag‘ sarfi 15 – 20 %, yig‘ma temir-beton buyumlarining tannarxi esa 5 – 8 % kamayadi. Ma’lum bir qurilish turi (uy qurilishi, sanoat) uchun lozim bo‘ladigan barcha mahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan temir-beton buyumlari zavodida bir nechta texnologik liniyalar mavjud bo‘lib, ularning har birida ma’lum bir buyum tayyorlanadi va bunday usul ishlab chiqarishni tejamli ishlaydigan qilib tashkil etish imkonini beradi. Temir-beton buyumlari sanoatida tayyorlanayotgan buyumning nomi va ko‘rinishiga ko‘ra korxonalar quyidagicha bo’linadi: ixtisoslashgan korxona – uy qurilishi korxonalari; yirik panelli uy qurilish korxonalari va sehlari; hajmiy-blokli uy qurilish zavodlari; zavod qurish kombinatlari; qishloq xo‘jaligi qurilishi korxonalari; quvur, shpal, elektr ustunlari va boshqa mahsulot turlarini chiqaruvchi tor ixtisosli zavodlar; temir-beton buyumlari chiqaruvchi universal zavodlar; sanoat korxonalari kombinatlari; temir-beton buyumlari poligonlari. Ixtisoslashgan korxonalar (kombinat va zavodlar) bino va inshootlar montaji uchun lozim bo‘ladigan umumiy buyum va konstmksiyalami ishlab chiqaradi. Bunday korxonalaming ba’zi texnologik liniyalari ma’lum bir detalni ishlab chiqarishgagina ixtisoslashgan bo'ladi. Uy qurilishi korxonalari turli ko‘rinishdagi uylar uchun lozim bo‘ladigan buyum turlari va qurilmalarni tayyorlaydi. Bular sirasiga ichki, tashqi devor panellari, tosh qoplamalari, sanitar- texnik kabinalar, zinapoyalar, qo‘shimcha elementlar kiradi. Shuningdek, korxona ulaming montajini ham bajaradi. Uy qurilishi korxonasining mahsuloti – tayyor uy bo'ladi. Mamlakatimizda yirik panelli uy qurilishining katta tajribasi to‘plangan va yiliga 100 – 140 ming m 2 uy qurilishiga mo‘ljallangan kombinatlarning umumiy loyihalari ishlab chiqilgan. Bunday korxonalarda turli tipdagi 9 – 16 qavatli uylar tayyorlanadi. Hajmiy-blokli uy qurilish zavodlari uy va jamoat binolari qurilishi uchun tayyor temir- beton elementlarini yetkazib beradi. Zavod qurish kombinatlarida sanoat inshootlari uchun umumiylash- tirilgan buyum turlari tayyorlab chiqariladi. Bular sirasiga fermalar, kran osti balkalari, ustun, devor va tom panellarini kiritish mumkin. Bunday korxonalaming ishlab chiqarish quvvati yiliga 200 ming m 3 temir-beton buyumlarini tashkil etadi. Qishloq qurilish kombinatluri chorvachilik majmualari, ishlab chiqarish binolari, don omborlari, silos saqlash joylari, madaniy va uy-joy binolari qurilishi uchun konstruksiyalar yetkazib beradi. Tor ixtisosli zavodlar konstruksiyasi va tayyorlash texnologiyasi bir xil bo‘lgan standart buyumlarni chegaralangan miqdorda ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘ladi. Bunday korxonalar sirasiga shpal tayyorlash, elektr ustunlari, metro va shaxta tirkagichlari, temir-beton quvurlari tayyorlash zavodlari kiradi. Universal zavod va poligonlar turli nomdagi har xil buyumlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Bunday zavodlarda ixtisoslashgan zavodlarga qaraganda maxsus jihozlar kamroq bo‘ladi. Turli mahsulot ishlab chiqarish uchun uskunalarni qaytadan tayyorlash bunday korxonalaming samaradorligini kamaytiradi. Texnologik liniyani tanlash. Liniyalaming turi va soni buyumning nomi va korxonaning ishlab chiqarish quwatiga ко Ta tanlanadi. Texnologik liniya va uskunalarni tanlash buyum konstruksiyasi va texnologik ko‘rsatkichlarining qoliplash va qotish vaqtidagi muvofiqligiga ко Ta tanlanadi. Ko‘p temir-beton buyumlari uchun quyidagi o‘lchamlar olinadi: betonning turi va markasi, buyumning shakli, kesmasining o'ziga xosligi, geometrik olchami va undan og‘ish chegarasi, 3 armaturaning turi, armaturaning joylashish tig'izligi, buyumning og‘irligi va yuzasining tekislik darajasi. Shu korsatkichlar bo‘yicha texnologik liniyaning yillik ishlab chiqarish quwatiga ko‘ra buyumlar tayyorlanadi. Bir guruhga birlashtirish jarayoni bir-biriga yaqin buyumlarning asosiy texnologiyasini tanlashdan boshlanadi va bunday buyumlarga ehtiyoj doimiy bo‘lishi nazarda tutiladi. Guruhlar soni texnologik liniyalaming soniga teng bo'lishi kerak. Shundan so‘ng asosiy buyumlar guruhiga ular xususiyatiga ko‘ra yaqin bo'lgan buyumlar tanlanadi va bunda ularning ishlab chiqarish hajmi, asosiy buyumlar bilan noteng ishlash koeffitsientiga ko‘paytirilganda, eng yuqori bo‘lishi kerak (10.1-jadvalda korsatilgan). Noteng koeffitsientlar 10.1-jadval Download 171.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling