10-mavzu yo‘l haqi va bagajlarni tashish
Yo‘l haqini yo‘lkira kartochkalari bilan to‘lash
Download 64.49 Kb.
|
10-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Yurish shartlari, qo‘l yuki va bagajni tashish Transportda yurish shartlari
Yo‘l haqini yo‘lkira kartochkalari bilan to‘lash
Yo‘l kira kartochkalarini oldindan sotish maxsus tashkil etilgan sotish shahobchalarida, shuningdek savdo tashkilotlari va bevosita tashuvchi orqali amalga oshiriladi. Yo‘lkira kartochkasi bagajni bepul tashish huquqini bermaydi. Yo‘lkira kartochkalari seriyalari, transport turlari bo‘yicha bo‘linadi va yo’lovchilarning barcha toifalari uchun, imtiyozli kartochkalar esa - pensionerlar, nogironlar, talabalar va o‘quvchilar uchun haqiqiy xisoblanadi. Shahar transportida foydalaniladigan barcha seriya va turdagi yo‘l kartochkalari taksilar, Shahar, Shahar atrofidagi va Shaharalararo (viloyatlararo va xalkaro) yo‘nalishlar uchun haqiqiy hisoblanmaydi. 5. Yurish shartlari, qo‘l yuki va bagajni tashish Transportda yurish shartlari Yo’lovchilarni transportga chiqarish va undan tushirish faqat to‘xtab o‘tish manzillarida amalga oshirilishi mumkin. Yo‘nalishda «talabga ko‘ra» to‘xtash joylari mavjud bo‘lganda yo’lovchi avtotransport vositasini to‘xtatish zarurligi to‘g‘risida ma’lum qilishi kerak. Yo‘nalishli yoki yo‘nalishsiz taksilar yo’lovchilarini va tushirish yo’lovchilar talabiga ko‘ra, yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Yo‘l kartochkasi yohud avtobusda yurish huquqini i boshqa hujjati bo‘lgan yo’lovchi uni avtobusga chiqish vaqtida ko‘rsatishi shart. Shahardagi avtobus yo‘nalishlarida yo’lovchi etti yoshgacha bolalarni o‘zi bilan birga bepul olib yurish huquqiga ega. Maktabgacha yoshdagi bolali yo’lovchilar, homilador ayollar, nogironlar va keksa fuqarolar uchun avtobus salonida, uning yo’lovchi sig‘imiga qarab, 6 ta oldingi joylar ajratiladi. Ushbu joylarni egallagan boshqa yo’lovchilar ularni mazkur shaxslar uchun bo‘shatishlari kerak. Haydovchi avtobusni to‘xtash joyidan faqat eshiklarni yopgan holda, yo’lovchilar to‘liq tushirib va chikarib bo‘lingandan so‘ng yurgizishi, bekatlarni aniq va to‘g‘ri e’lon qilishi, qatnov yo‘nalishi o‘zgargan taqdirda esa bu to‘g‘rida har qaysi bekatda e’lon qilishi shart. Avtobus salonini avtobusning muayyan turi uchun belgilangan umumiy sig‘imidan ortiqcha to‘ldirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Download 64.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling