10. Mavzu:"Idrok xaritasi". Mavzuni "Idrok xaritasi" asosida yoritib berish


Ilmiy maqola mavzuga oid foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati bilan yakun topadi


Download 0.61 Mb.
bet8/9
Sana16.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1511816
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ilmiy maqola mavzuga oid foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati bilan yakun topadi.
(P/S yuqoridagi ma'lumot adabiy tilda yozilganligi uchun sizga ozgina qiyindek ko'rinishi mumkin aslini olganda unchalik qiyin emas maqolaning asosiy maqsadini tushunishingiz uchun adabiy fikrlarni keltirib o'tishni lozim topdim)
Ilmiy maqolaning:

  • hajmi kamida 3-5, koʻpi bilan 30 betgacha boʻlishi lozim. Qogʻoz formati – A4, kitob varagʻi hajmida, atrofida qoldiriladigan boʻsh joylarning hajmi hamma tomondan 2,5 sm, interval (satrlar oraligʻidagi masofa) 1,5 sm, shrift – Times New Roman, rangi qora, kattaligi 12 mm, havola (ssыlka)lar maqolaning oxirida, kvadrat qavslarda beriladi;

Ilmiy maqolaning tuzilishiga nisbatan qoʻyiladigan talablar;

  • Dastavval muallif(lar)ning ism-sharifi, tadqiqot (maqola yozgan) olib borilgan oliy taʼlim muassasasi yoki ilmiy tashkilotning nomi,

  • Maqolaning oʻzbek, rus va ingliz tillaridagi nomidan soʻng 4-5 satrlik annotatsiya yoziladi. Annotatsiyadan soʻng oʻzbek, rus va ingliz tillarida kalit so'zlar beriladi. Shundan keyin asosiy matn beriladi. Oxirida foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati keltiriladi. Matn ichida havola (ssыlka)lar kvadrat qavslar ichida beriladi (bu narsa iqtibos deyiladi yana tekshirilganda plagarism deb topilmasligi uchun) Havolalarning tartib raqami matn oxiridagi foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidagi tegishli manbaga taalluqli boʻladi.

Iqtiqbos-ni sodda qilib aytganda! Bu olgan ma'lumotingiz manbasini oshkoriy yoritish hisoblanadi!
Qanday iqtiqbos qilinadi?... Siz ma'lumot olgan manba #adabiyotlar_royxati dan joy oladi(1)! Yozayotgan matningizda shu ma'lumotni qo‘lladingiz(2), shu jumla oxirida [ ] mana shunday qavs ichida manbaani keltirib ketasiz(3)!
Xalqaro konferensiyalar va jurnallar odatda asosiy qismi IMRAD qolipida tayyorlangan maqolalarni qabul qiladi.Ya'ni:

  • I-ntroduction (Kirish)

  • M-ethodology (Uslubiyat)

  • R-esults (Natijalar)

  • A-nd

  • D-iscussion (Muhokama)

IMRAD formati juda oddiy...
Maqolaning
boʻlimlari tabiiy savollarga javob berish kerak:
1) Birinchi savol: tadqiqot qaysi muammoga bagʻishlangan? (Kirish boʻlimi)
2) Ikkinchi savol: muammo qanday oʻrganildi? (Metodlar boʻlimi)
3) Uchinchi savol: Asosiy (ilmiy) topilmalar yoki kashfiyotlar qanday?
(Natijalar boʻlimi).
4) Toʻrtinchi savol: Natijalar nimani anglatadi? (Munozara boʻlimi)
Maqolaning sarlavha va annotatsiya qismi uning eng muhim tarkibiy tuzilishi hisoblanadi!
Maqolaning sarlavhasi – bu maqola mazmunini mukammal darajada
tavsiflaydigan eng oz soʻzlar birikmasidir. Sarlavha – bu maqolaning oʻqilishi
haqida aytishimiz mumkin boʻlgan yagona qism. Shubhasiz, sarlavhani eng koʻp kitobxonlar oʻqiydilar. Ehtimol, minglab odamlar maqolaning sarlavhasini
koʻrishadi va faqatgina bir necha kishi maqolani toʻliq oʻqiydilar.
Sarlavhaning vazifasi – maqolani toʻliq oʻqishga qiziqishni hosil
etishdir. Maqolaga qiziqishi mavjud boʻlganlarning eʼtiborini jalb qilish
uchun sarlavha maqola mazmuniga imkon qadar aniq va toʻliq mos kelishi kerak.
Shuning uchun sarlavha uchun soʻzlarni juda ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak,
ayniqsa ularning mazmuniga, ahamiyatiga va mosligiga eʼtibor berish kerak.
Agar sarlavha maqola mazmunini toʻgʻri yetkazmasa, ushbu maqola mutaxassislar
tomonidan hech qachon oʻqilmasligi mumkin.
Maqola nomi juda uzun yoki juda qisqa boʻlmasligi kerak va 3-15 soʻzdan
iborat boʻlishi kerak (artikl, old-qoʻshimchalar, predloglardan tashqari).
Baʼzida maqolalar sarlavhalari keraksiz soʻzlar (waste words) mavjudligi
sababli juda uzun boʻladi, va u soʻzlar hech qanday maʼlumot bermaydigan
soʻzlardir. Koʻpincha, bunday soʻzlar sarlavhaning boshida keladi.
Yaxshi maqola sarlavhasining asosiy xususiyatlari:
1) Kamida 3 ta va 15 tadan koʻp boʻlmagan soʻzlardan iborat.
2) Maqolaning oʻziga mos.
3) Keraksiz (waste words) soʻzlarini oʻz ichiga olmaydi.
Maqolaning abstract yani annotatsiya qismi:
Maqolaning keyingi boʻlimi – maqolaning qisqacha mazmunini aks
ettiradi. Rus tilida bu koʻpincha “Referet”, “Annotatsiya” va ingliz tilida
“Abstract”, “Resume”, “Summary”, deb nomlanadi. Oʻqilishi darajasi boʻyicha
Annotatsiya maqola sarlavhasidan keyin ikkinchi oʻrinni egallaydi. Uning
vazifasi – potensial oʻquvchilarni maqolaning mazmuniga yoʻnaltirish va
qiziqtirish, maqolani toʻliq oʻqish uchun istagini uygʻotishdir.
Annotatsiyada maqolaning barcha boʻlimlar boʻlishi kerak, ammo juda
qisqartirilgan shaklda. Agar annotatsiya yaxshi yozilgan boʻlsa, unda maqolaning
mazmuni sizning ishingiz bilan qanday bogʻliqligini tez va aniq bilib
olishingiz mumkin. Bu esa maqolani toʻliq oʻqish zarurligi toʻgʻrisida qaror
qabul qilishga yordam beradi. Odatda annotatsiya hajmi 250 soʻzdan ortiq
boʻlmasligi kerak. Annotatsiya bitta abzas koʻrinishida yoziladi va quydagilarni
oʻz ichiga oladi:
1. Tadqiqot maqsadi
2. Tadqiqot metodlari
3. Natijalar
4. Asosiy xulosalar
Agar ruhsat etilgan soʻzlarning maksimal soni 250 tani tashkil etsa va siz
atigi 100 soʻzdan foydalansangiz, demak, annotatsiya maqolaning mazmunini toʻliq
aks etmagan bo'ladi,Bundan tashqari, annotatsiyaning mazmuni kelitirilgan 4 boʻlimni
yetarli darajada koʻrsatish kerak. Maqolada keltirilgan Tadqiqot maqsadini
tavsiflash uchun 200 ta soʻz, maqolaning qolgan barcha (3 ta) boʻlimlarining
mazmunini yetkazish uchun 50 ta soʻzni ishlatish mumkin emas. Maqola matnida
mavjud boʻlmagan maʼlumotlarni Annotatsiyada keltirilmaydi.

Biron bir maqola haqida internetdan izlaganingizda yuqoridagi rasmda ko'rib turganingizdek sizga ko‘rsatiladigan qismi:

  • sarlavha

  • va annotatsiya hisoblanadi! Shuning uchun ham bu ikki qism katta ahamiyatga ega...😊

Kalit soʻzlar (Keywords)
Kalit soʻzlar maqolani bazalarda qidirish uchun kerak. Mazmuni va
maʼnosi nuqtai nazaridan, kalit soʻzlar annotatsiya va maqolaning mazmuniga
yaqin boʻlishi lozim. Kalit soʻzlar
bosh kelishikdagi so'zlar orqali ifodalanadi. Kalit soʻzlar soni odatda 10 dona atrofida
boʻlishi tavsiya etiladi va odatda jurnal talablari tomonidan belgilanadi.
Kirish Asosiy qism:
tashqari, kirish boʻlimida tadqiqotning zarurligi va dolzarbligi uchun asoslar
keltirilishi kerak. Odatda, kirish boʻlimi toʻrt qismga boʻlinadi:
1) Ilmiy kontekstni yaratish (establishing a context)
2) Tadqiqot bilan bogʻliq adabiyotlarni oʻrganish ( reviewing the literature)
3) Adabiyotlarni oʻrganish natijasida aniqlangan muammolar, oʻrganilmagan
muammolar va oʻrganilmagan boʻshliqlar tavsifi (establishing a research gap)
4) Aniqlangan muammolar va boʻshliqlar asosida tadqiqot maqsadini va
vazifalarini aniqlash (stating a purpose)
Ilmiy kontekstni yaratish:
Ushbu boʻlimda maqolada keltirilgan
tadqiqotni katta muammoning qanday bir qismligini koʻrsatish kerak.
Mavzuingizga doir iloji boricha koʻproq maqolalarni oʻqing. Boshqa maqolalarda
mualliflar ilmiy kontekstni qanday tasvirlayotganiga katta eʼtibor bering.
Ushbu ilmiy kontekstning aniqligi yoki aniq koʻrsatilmaganligi, sizning
tadqiqotingizni dolzarbligini aniqlaydi. Agar siz muammoni aniq bayon qila
olmasangiz, unda oʻquvchida maqolani oʻqishga qiziqish oʻygʻonmasligi mumkin.
Agar muammoni tushunmagan oʻquvchilar maqolani oxirigacha oʻqishni harakat
qilsalar ham, siz aʼlo darajada hal qilgan muammo ularda hech qanday taassurot
qoldira olmaydi. Bu jihatdan ilmiy maqola yozishni oddiy jurnal yoki gazeta
uchun maqola yozish bilan taqqoslash mumkin. Jurnal oʻquvchilari maqolani
oxirigacha oʻqishlari uchun dastlab diqqatni jalb qilish kerak.
Tadqiqot bilan bogʻliq adabiyotlarni oʻrganish:
Ushbu boʻlim sohadagi
boshqa tadqiqotchilar tomonidan nima va qanday amalga oshirilganligi haqida
umumiy maʼlumotga bagʻishlangan. Sizning maqolangizda sizning
tadqiqotingizga bevosita tegishli boʻlgan barcha manbalarni taqdim etish lozim.
Sizning tadqiqot ishingizni tushunish uchun zarur boʻlgan va faqat maqolaning
maqsadi va vazifalarini, tadqiqotning gipotezasini, ishlatilgan tadqiqot
usullarni asoslashga xizmat qiladigan barcha nashrlarni (manbalarni) tasvirlab
bering. Maqolangiz xalqaro jurnallarning taqrizchilari tomonidan ijobiy
baholanishi uchun keltirilgan manbalarni tanlashda juda ehtiyotkor va sinchkov bo'ling.
3 va 4 -turini qisqa qilib aytganda:
Adabiyotlar taxlili degan maqola turida ma'lum bir mavzu haqida kitoblarni biron bir manbalarni, o‘qib o‘rgangan holda shu mavzuni yoritish hisoblanadi! Bu qanday bo‘ladi...
Mavzu haqida materiallarni o‘rgandingiz... Ma'lumotlarda farq bor demak bu yozilishi kerak bo‘lgan jihat...
O‘rgangan manbalaringizda bir ma'lumot takrorlangan, demak bu asosiy urg‘u olishi kerak bo‘lgan narsa
Malumotlarni o‘rganishda va qo‘llanilishida kamchiliklar bor deb o‘ylaysiz... Shuni batafsil yoritasiz
Qanday narsa qo‘shsa bo‘ladi, taklifingiz... Yoziladi(albatta ma'lumotlarga asoslangan holda)!
Xulosa qismi yuqorida nimalar yozishingizni aytib o'tdim.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling