12b-20 guruh talabasi Abdullayeva Dilshoda REJA: 1. Gen xaqida tushuncha Genomika usullari. 2. Genomika va molekulyar genetika predmeti.
19-asr boshlarida genetika fani "gen-xususiyat" darajasida G. Mendel
tomonidan taniqli fundamental qonunlarning kashf etilishi natijasida rasmiy tan
olindi. Genning mavjudligi aniqlangan, ammo uning moddiy tabiati noma‘lum
bo‗lib qoldi. Faqat 1950-yillarda DNKning ikki spirali va DNK bo‗lagi sifatida gen
kontseptsiyasi paydo bo‗ladi va tezda tasdiqlangandan so‗ng, molekulyar
genetikaning, individual genlarning o‗lchamlari, gendagi funktsional hududlar va
boshqalar jadal rivojlanishi boshlandi. Bunga parallel ravishda biokimyogarlar
genetiklar ishtirokida genetik kodni DNKdan oqsilga o‗tkazish bilan oqsil
sintezining matritsali mexanizmini ochib berdilar.
Genom – organizm hujayrasida to`plangan irsiy materialning yig`indisidir.
Genom organizmni qurish va saqlab turish uchun kerak bo`lgan biologik axborotni
saqlaydi. Barcha genomlar, shu jumladan inson genomi va boshqa qolgan barcha
hujayrali hayot formasiga ega bo`lgan genomlar DNK dan tuzilgan, lekin ba‘zi bir
viruslar genomi RNK dan iborat. Shu bilan birga, ―genom‖ terminining boshqacha
talqini ham mavjud. Bunda genom deganda ma‘lum turning genetik materiallari
xromosomalarni gaploid to‗plami yig`indisiga
tushuniladi. Eukariotlarning genomi hajmi haqida
gapirilganda, aynan genomning mana shu talqini
haqida tushuniladi. Odamda (Homo sapiens)
somatik hujayralar irsiy materiali yadroda
joylashgan 23 juft xromosomada (22 juft autosoma
Do'stlaringiz bilan baham: |