Mavzu: Mollyuskalarning tadqiqot usullari
bo`lib, turli xil makromolekulalarni identifikatsiya va nishonlash yordamida optik
Download 1.66 Mb.
|
Abdullayeva Dilshoda genlarni tahlil qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mantiqiy jihatdan asoslangan genetikaning rivojlanish davrlarini rus genetigi N.P.Dubinin asoslab bergan. Genetika rivojlanish tarixidagi uchta farqlanadigan
- Klassik genetika epoxasi. Bu davrdagi asosiy bo`lib o`tadigan voqealar, kashfiyotlar quyidagilar: - G.Mendel tajribalari va uning matematik tahlili; mantiqiy modelning
- - U.Betson: individlarning rivojlanishida genlarning o`zaro ta‘siri hodisasi. - T. Morgan: Irsiyatning xromosoma nazariyasini yaratilishi gen
bo`lib, turli xil makromolekulalarni identifikatsiya va nishonlash yordamida optik
va sedimentatsion uslublar qo`llanilmoqda. Oxirgi o`n yillikda ma‘lumotlar nazariyasi asosida bioinformatika va kompyuter genomikasi sohalari rivojlandi. Zamonaviy genetika uslublari turli xil biologik tadqiqotlarda ishlatish mumkin. S.G.Inge-Vechtomov (1989-yil) to`g`ri fikr ‖Genetika zamonaviy biologiya asosidir. Xuddi shuningdek kelajakda biolog bo`lmasdan turib genetik bo`lish mumkin emas va genetikani bilmasdan zamonaviy biolog ham bo`lish mumkin emas‖ degan fikrni bildirgan. Mantiqiy jihatdan asoslangan genetikaning rivojlanish davrlarini rus genetigi N.P.Dubinin asoslab bergan. Genetika rivojlanish tarixidagi uchta farqlanadigan davrlar ajratiladi: - Klassik genetika epoxasi (1900-1930); - Neoklassitsium epoxasi (1930-1953); - Molekulyar genetika epoxasi 1953-yildan boshlanadi Klassik genetika epoxasi. Bu davrdagi asosiy bo`lib o`tadigan voqealar, kashfiyotlar quyidagilar: - G.Mendel tajribalari va uning matematik tahlili; mantiqiy modelning yaratilishi va genning disskretligining topilishi irsiy omilning abstrakt modelini isbotlaydi. - V.Iogansenn: organizmlar genotipi va fenotipi to`g`risidagi ta‘limoti. - U.Betson: individlarning rivojlanishida genlarning o`zaro ta‘siri hodisasi. - T. Morgan: Irsiyatning xromosoma nazariyasini yaratilishi gen xromosomalar material strukturasi sifatida xromosomalarni xaritalash uslubi. - N.I.Vavilov: yangi genotiplarni yaratish va seleksiya uchun yer yuzidagi genetik resurslarning mobilizatsiyasi ta‘limotini isbotlashdi. Neoklassitsizm epoxasi - ikkinchi davr. - Nadson Filippov Myoller tomonidan mutatsion jarayonlar radiatsiya ta‘sirining kashf etilishi. - Chetverikov tomonidan populyatsiyalar evolyutsiyasi va tuzilmasida mutatsiyalarning chatishtirish va tanlash jarayonidagi ahamiyatining ochib berilishi. -Dubinin, Romashov, 1931-1932Genetik avtomatlashtirilgan jarayonlar nazariyasi -Genlar dreyfi hodisasi (Rayt, 1931) -tanlanishning genetik nazariyasi (Fisher, Xoldeyn, 1931-1935) -Genlar parchalanishi (Drobimov) va uning chiziqli modeli (Dubinin Serobrovskiy va boshqalar 1929-1934) -Genlar ta‘sirining biokimyoviy asoslari –―bitta gen bitta ferment‖ aforizmi (Bidl, Tatum, 1945) -Tut ipak qurtida sitogenetik uslublaridan foydalanilgan holda jinslarni boshqarish (Astaurov, 1937) -Pnevmokokklarda transformatsiyalashuvchi DNK faolligining kashf etilishi transformatsiya fenomenining ochib berilishi- bakteriyalarda irsiy belgilarning DNK oqsilli ko`chirilish (Eyveri va boshqalar, 1944). -T2 bakteriyalarda o`tkazilgan tajribalar DNK ning irsiyatda tutgan ahamiyatining tasdiqlanishi (Xresh Cheyz, 1952). Oxirgi ikkita kashfiyot genetikada tarixiy ahamiyatga ega bo`lib markazda turgan qiziqishlarni boshqa tomonga burdi. Irsiyatda material oqsil emas, inson xromosomalarida hamma yuqori tashkil etgan organizmlar bo`lgan bakteriyalarida shuningdek ko`pgina virus va faglarda mavjud bo`lgan DNK molekulalari tan olina boshlandi. Klassik genetikasining yutuqlari qisqacha xotimasi. Ushbu ko`rib chiqilayotgan davrda genlarning o`zaro ta‘siri va belgilar to`g`risidagi tushuncha quyidagi sxemaga borib taqaladi. Buning asosida genlar belgilar shakllanishini nazorat qiladi. Bunday tushunchalar asoslanishining alternativ belgilarning gibridologik tahlili natijalari sabab bo`lib morfologik belgilar- shakl, hajm, shuningdek tananing rangi patogenlarga nisbatdan ta‘sirchanligi tahmin qilinadi. Bu belgi Mendel qonuni bo`yicha irsiylanadi. Ular qaytmas bo`lib ontogenezda chidamli bo`ladi. Tashqi muhit ta‘siri esa fenotipda modifikatsion o`zgarishlarni keltirib chiqaradi. Genetikaning eng muhim tushunchalarini bir qator klassik genetika mualliflari tomonidan Lobashev 1967; Dubinin 1976; Alihanyan, Akifev, Chernin 1985, Ratner 1983 gen nazariyasi holatini va ularning asosiy xususiyatlarini ishlab chiqishgan: 1. Diskretlik va uning namoyon bo`lishi – boshqa genlarga mutatsiyalarga bog`liq bo`lmagan holda namoyon bo`lishi krossingoverda bo`linmasligi va aralashmasligi genomda avtonomligi va ajralganligi. 2. O`z-o`zidan ikki barobar ko`payish xususiyatlari. 3. Boshqa genlarga bog`liq bo`lmagan holatda mutatsiyalanish, o`zini holatini butunligicha o`zgartira olish. 4. Boshqa genlarga nisbatan aniq lokalizatsiyasi. 5. Belgi rivojlaninshini nazorat qilish xususiyati, ushbu genlar mavjudligida ko`rsatilgan. Ushbu nazariya chegarasida xuddi boshqa nazariya kabi bir qancha dalillar mavjud bo`lib, unga to`g`ri kelmas edi. Xuddi shu dalillar keyingi kashfiyotlarga sabab bo`ldi. Molekulyar genetika epoxasi va uning davri. J.Uotson va F.Krik tomonidan DNK molekulasi tahlili va uning gen nazariyasi asosida tahlil qilish genetikada revolyutsion holatni olib kirdi. Molekulyar genetika sohasida qilingan asosiy kashfiyotlar: - 1953-yil J. Uotson va F.Krik rentgenogramma asosida DNK ning qo`sh spiral modelini yaratishdi. Rentgenogrammalar F.Franklin va M. Uilkins tomonidan olindi. Ushbu kashfiyot 1962-yil M.Uilkins bilan birgalikda Nobel mukofotlariga sazovor bo`lgan. - 1956-yil A. Kornberg DNK – polimerdagi fermentlarni kashf qiladi. Uning yordamida DNK da biologik faol molekulasini sintezlaydi. 1959-yilda S.Ochao bilan birgalikda Nobel mukofotiga sazovor bo`lgan. - 1958-yil M.Mezelson va F.Stal DNK replikatsiyasining yarim konservativ mexanizmini isbotlashgan. - A.Levan va D.Tiyo inson xromosomalarining strukturasi va soni to`g`risida aniq ma‘lumotlar olishadi. - 1959-yil RNK polimeraza fermenti ochib beriladi. Nuklein kislotalar polimerizatsiyasi qatnashadi. (Veys, Gurvich, Stivens - 1961-yil F.Jakob va I.J.Mono operon modelini ishlab chiqishadi. A.Lvov bilan birgalikda 1965-yil Nobel mukofotiga sazovor bo`lgan. - 1965-1967 R.Xolli alanin t-RNK sini birlamchi strukturasini ochib bergan. A.A.Bayev achitqilarda valin t-RNK si birlamchi strukturasini aniqlagan. - 1966-yil A.Makkyusik ―Insonlarda Mendel bo‗yicha irsiyatlanish‖ nomli katologini nashr etdi. Unda insonda uchraydigan 1500 xil irsiy kasalliklarni keltirgan. - 1966-yil M.Nirenberg G.Korana va S.Ochao bilan birgalikda genetik kodni ochib berish bo`yicha keng masshtabli ish olib boradi. Nazariyada mavjud bo‗lgan 64 ta trinukleotidlarni sintezlaydi va tajribada sinab ko`radi, kodli lug`atni kompektlaydi. 1968-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo`ladi, R.Xolli va G.Korana bilan birgalikda. - 1967-yilda M.Geller DNK fragmentlarini tikishda ishlatiladigan fermentlar DNK-ligaza fermentini kashf qiladi.. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling