10 nazariy dars rejasi


Download 63.09 Kb.
bet8/11
Sana05.01.2022
Hajmi63.09 Kb.
#230008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-kurs 10-mavzu

Chexoslovakiya


1946-yil 26-mayda K. Gotvald hukumat boshlig‘i lavozimini egalladi.

  1. yil 6-iyunda E. Benesh iste’foga chiqqach, K. Gotvald mamlakat Prezidenti etib saylandi. 50-yillarda sanoat 93 foizga o'sdi, yirik korxonalar qurildi, xalqning turmush darajasi oshdi.

  1. yil martda, K. Gotvald vafotidan keyin, A. Zapoteskiy Prezident bo‘ldi,

  1. yilda uning o'rniga A. Novotniy (1904—1975) keldi. Lekin 1961 — 1963-yillarda mamlakatda og‘ir inqiroz ro‘y berdi va u 1966-yilgacha davom etdi. Sanoat va qishloq xo‘jaligi o‘sishi, mehnat unumdorligi pasaydi. Xalqning noroziligi kuchaydi. A. Novotniyning uzoq yillik hukmronligi davrida qotib qolgan totalitar jamiyatni o‘zgartirishga da’vatkorlar ko‘paydi. Natijada 1968- yilning yanvar oyida Chexoslovakiyada A. Dubchek boshchiligida jamiyatni islohot yoii bilan tubdan yangilash tarafdorlari boigan kuchlar hokimiyat tepasiga kelishdi. A. Novotniy lavozimidan ketdi.

A. Dubchek iqtisodiyotga bozor munosabatlarini joriy etish, jamiyatni demokratlashtirish rejasini e’lon qildi. SSSR oliy siyosiy rahbariyati, shuningdek, CHKPning KPSSga sodiq qismi bu rejani «aksilinqilobiy reja» deb hisobladilar. Ayni paytda A. Dubchek va uning tarafdorlarini o‘z rejasi- dan voz kechishga chaqirdilar. Biroq A. Dubchek boshchiligidagi CHKP­ning islohotchi rahbariyati o‘z fikrlarida qat’iy turdilar.

1968-yil 21-avgust kuni Varshava Shartnomasiga a’zo 5 davlat (SSSR, Polsha, GDR, Vengriya va Bolgariya) armiyasi Chexoslovakiya hududiga kiritildi. Shu tariqa totalitar sotsializmni yo‘q qilish yo‘lidagi harakat bostirildi. A. Dubchek va boshqalar hibsga olindi. Tarixga bu voqealar «Praga bahori» nomi bilan kirdi. Bu voqealar Sharqiy Yevropa davlatlarida sovet nusxasidagi sotsializm aholi xohish-istagiga qarshi kuch bilan o‘rnatilganligini yana bir bor isbotladi.

1968-yil boshida ishlab chiqilgan dasturdan faqat bittasi — mamlakatni Chexiya va Slovakiyadan iborat Federatsiyaga aylantirish amalga oshdi. 1969- yil aprelida A. Dubchek lavozimidan bo‘shatilib, uning o‘rniga Gustav Gusak saylandi.

Mamlakatda totalitar rejim o‘rnatilib, siyosiy rahbarlarning bir qismi muhojirlikka ketdi, ko‘pchiligi hibsga olindi va yanchib tashlandi. Gustav Gusakning harakatlariga (ishlab chiqarishni intensivlashtirish, texnologiyani yangilash, narxlarning nazorat qilinishi, boshqaruv tizimini takomillash- tirishga) qaramasdan iqtisodiyotning rivojlanish sur’atlari pasayib ketdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 3 foizigina jahon standartlari darajasida edi. Natijada aholini zarur mahsulotlar bilan ta’minlashda uzilishlar ro‘y berdi. Norozilik to‘lqinlari kuchaydi. «Xartiya-77» muxolifat guruhi paydo boldi.

1987-yilda liberal islohotchilar harakat boshladi. 1989-yil 17-noyabrda radikal islohotni talab qilgan yoshlarning ommaviy chiqishlari boshlandi. Namoyishlar politsiya yordamida bostirildi. Sovet qo‘shinlari betaraflik pozitsiyasida turdi. 18-noyabrda «Fuqarolik forumi» (FF) tuzildi. 1989-yil 24-noyabrda CHKP rahbariyati iste’fo berdi. (1987-yil dekabrda CHKP Bosh sekretari lavozimini M. Yakesh egallagan edi.) 10-dekabrda 77 yoshli Gustav Gusak Prezidentlik lavozimidan ketdi. «Fuqarolik forumi» yo‘lboshchisi Vatslav Gavel mamlakat Prezidenti, A. Dubchek esa Federal majlis raisi qilib saylandi. Shunday qilib «baxmal inqilob» amalga oshdi. 1990-yil iyunda saylovlar bo‘lib, FF 50 foizga yaqin ovoz oldi. V. Klaus boshliq koalitsion hukumat tuzildi.

Endi mamlakat ikkiga bo‘linish muammosiga duch keldi. 1993-yil 1- yanvaridan dunyo xaritasida ikkita mustaqil davlat — Chexiya Respublikasi, Slovakiya Respublikasi paydo bo‘ldi. 1993-yil bahorida Mixail Kovach Slovakiya Prezidenti qilib saylandi. Vladimir Michya — Bosh vazir lavozimini egalladi. Hozir Ivan Gashparovich Prezident lavozimida ishlamoqda.

1994-yilga kelib Slovakiyada ishlab chiqarish darajasi yuqori sur’atlarda o‘sdi. 2004-yilda u Yevropa Ittifoqi va NATO a’zoligiga qabul qilindi.

Chexiya davlati Prezident Vatslav Klaus boshchiligida yuqori sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot tayyorlash bo‘yicha Sharqiy Yevropa davlatlari ichida birinchi o‘rinda turadi. Chexiya 1999-yil NATO ga va 2004-yilda Yevropa Ittifoqiga qabul qilingan.




Download 63.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling