(10-sinf)-11-bob-Bir atomli spirtlar
|
№
|
Savol
|
Javob
|
1
|
Spirtlar deb nimaga aytiladi.
|
Uglevodorodlarni tarkibidagi bitta yoki bir nechta vodorod atomlarini gidroksil (OH) guruhga almashinishidan hosil bo‘lgan organik birikmalar spirtlar deyiladi.
|
2
|
Spirtlarning yana bir nomi nima.
|
Alkogollar deb ham ataladi.
|
3
|
Bir atomli, ikki atomli, uch atomli spirtlar hosil bo‘lishini umumiy formulasini yozing.
|
1) Agar uglevodorodlar tarkibidagi bitta vodorod gidroksil guruh bilan almashsa bir atomli spirtlar (CnH2n+1OH)
2) Agar uglevodorodlar tarkibidagi ikkita vodorod atomi gidroksil guruh bilan almashsa ikki atomli spirtlar (CnH2n(OH)2)
3) Agar uglevodorodlar tarkibidagi uchta vodorod atomi gidroksil guruh bilan almashinsa uch atomli spirtlar (CnH2n–1(OH)3) hosil bo‘ladi.
|
4
|
Bir atomli, ikki atomli, uch atomli spirtlar gomologik qatorning birinchi a’zosini yozing.
|
1) Bir atomli spirt (CH3OH – metil spirti) metanol
2) Ikki atomli spirt (C2H4(OH)2 – etilen glikol) etandiol-1,2
3) Uch atomli spirt (C3H5(OH)3 – glitserin) propantriol-1,2,3
|
5
|
Spirtlarning gidroksil guruh (–OH) soniga qarab qanday sinflarga bo’linadi.
|
1) Bir atomli spirtlar tarkibida bitta gidroksil guruh (–OH) bo’ladi masalan: etanol (etilspirt) CH3–CH2–OH
2) Ikki atomli spirtlar tarkibida ikkita gidroksil guruh (–OH) bo’ladi masalan: etilen glikol (etandiol-1,2)
3) Uch atomli spirtlar tarkibida uchta gidroksil guruh (–OH) bo’ladi masalan: glitserin (propantriol-1,2,3)
|
6
|
Bir atomli spirtlar gidroksil guruxning joylashuviga qarab qanday turlarga bo‘linadi.
|
Birlamchi spirtlar, ikkilamchi spirtlar, uchlamchi spirtlar kabi turlarga bo’linadi.
|
7
|
1) Birlamchi spirt
2) Ikkilamchi spirt
3) Uchlamchi spirt
4) To’rtlamchi spirt
Yuqoridagilar xaqida ma’lumot bering.
|
1) Birlamchi spirt – spirt tarkibidagi gidroksil guruh birlamchi uglerod atomiga bog‘lansa
2) Ikkilamchi spirt – spirt tarkibidagi gidroksil guruh ikkilamchi uglerod atomiga bog‘lansa
3) Uchlamchi spirt – spirt tarkibidagi gidroksil guruh uchlamchi uglerod atomiga bog‘lansa
4) To’rtlamchi spirt – bunday spirt bo’lmaydi, chunki uglerod to’rt valentlik.
|
8
|
1) Birlamchi spirt
2) Ikkilamchi spirt
3) Uchlamchi spirt
4) To’rtlamchi spirt
Larga misollar keltiring.
|
1) Birlamchi spirt CH3–CH2–CH2–CH2–OH (butanol-1)
2) Ikkilamchi spirt (butanol-2)
3) Uchlamchi spirt (2-metilpropanol-2)
4) To’rtlamchi spirt (2,2-dimetilpropan) tarkibidagi to’rtlamchi uglerod o’zi to’rt valentlik unga gidroksil gurux bog’lansa besh valentlik bo’lib ketadi, shuning uchun to’rtlamchi spirt mavjud emas.
|
9
|
Quyidagi spirtlarni gidroksil guruxning joylashuviga qarab turlarga ajrating.
1) CH3–CH2–OH
2)
3)
|
1) CH3–CH2–OH etil spirt (etanol) birlamchi spirt
2) izopropil spirt (propanol-2) ikkilamchi spirt
3) uchlamchi butil spirt (2-metilpropanol-2) uchlamchi spirt
|
10
|
Spirtlar radikalining tuzilishiga ko‘ra tasnifi qanday.
|
1) To‘yingan spirtlar – alkanlarning tarkibidagi vodorod o‘rnini gidroksil guruh egallagan hosilalari. Masalan: CH3–CH2–CH2–OH (propanol-1)
2) To‘yinmagan spirtlar – tarkibida qo‘shbog‘ yoki uchbog‘ va gidroksil guruhi bo‘lgan spirtlar. Masalan: CH2=CH–OH (vinil spirt)
3) Aromatik spirtlar – radikalda gidroksil guruhiga bevosita bog‘liq bo‘lmagan aromatik halqani o‘z ichiga oladi.
Masalan: (benzil spirt)
|
11
|
To‘yingan spirt molekulasida uglerod va kislorod atomlari qanday gibridlangan.
|
1) To‘yingan spirtlarda barcha uglerodlar sp3 gibridlangan.
2) Barcha spirtlarda kislorod sp3 gibridlangan.
|
12
|
Etanol molekulasida gibrid orbitallarning fazoviy tuzulishini qanday bo’ladi.
|
Etanol (CH3–CH2–OH) tarkibidagi kislorod va uglerodlar sp3 gibridlangan.
|
13
|
Etanol molekulasining fazoviy tuzulishini aniqlang.
|
|
14
|
Quyidagi spirtlarni molyar massasini va nomini aniqlang.
1) CH3OH
2) C2H5OH
3) C3H7OH
4) C4H9OH
5) C5H11OH
6) C12H25OH
|
1) CH3OH = 32 g/mol metanol
2) C2H5OH = 46 g/mol etanol
3) C3H7OH = 60 g/mol propanol
4) C4H9OH = 74 g/mol butanol
5) C5H11OH = 88 g/mol pentanol
6) C12H25OH = 186 g/mol dodekanol
|
15
|
Quyidagi spirtlarni agregat holatini va hidini aniqlang.
1) CH3OH
2) C2H5OH
3) C3H7OH
4) C4H9OH
5) C5H11OH
6) C12H25OH
|
1) CH3OH = suyuq (o’ziga xos spirtli hid)
2) C2H5OH = suyuq (o’ziga xos spirtli hid)
3) C3H7OH = suyuq (o’ziga xos spirtli hid)
4) C4H9OH = suyuq (shirin o’tkir hid)
5) C5H11OH = suyuq (shirin o’tkir hid)
6) C12H25OH = dan boshlab qattiq (hidsiz)
|
16
|
Quyidagi spirtlarni suvda eruvchanligini aniqlang.
1) CH3OH
2) C2H5OH
3) C3H7OH
4) C4H9OH
5) C5H11OH
6) C12H25OH
|
1) CH3OH yaxshi eriydi
2) C2H5OH yaxshi eriydi
3) C3H7OH yaxshi eriydi
4) C4H9OH kam eriydi
5) C5H11OH kam eriydi
6) C12H25OH dan boshlab erimaydi
|
17
|
Spirtlar ratsional nomenklatura bo‘yicha qanday nomlanadi.
|
Spirtlar radikallarga gidroksil gurux bog’langan hosilalar deb qaraladi va radikal nomiga gidroksib gurux qo’shib nomlanadi.
CH3OH metil spirti
C2H5OH etil spirti
C3H7OH propil spirti
izopropil spirti
|
18
|
Sistematik nomenklatura bo‘yicha spirtlarni nomlash qoidalari danday.
|
1) Gidroksil (OH) guruh tutgan eng uzun uglerod zanjiri asosiy uglerod zanjiri sifatida tanlab olinadi.
2) Asosiy uglerod zanjirini raqamlash gidroksil guruh yaqin tomondan boshlanadi.
3) Spirtlar nomi tegishli to‘yingan uglevodorodlar nomiga «ol» qo‘shimchasini qo‘shib o‘qiladi.
4) Eng so‘ngida gidroksil guruh qaysi uglerod atomida turganligi raqam bilan ko‘rsatiladi:
|
19
|
Quydagi spirtlarni nomlang.
1)
2)
|
1)
2-metilbutanol-1
2)
2-metilbutanol-2
|
20
|
Quyidagi spirtni nomlang.
|
1) Gidroksil (OH) guruh tutgan eng uzun uglerod zanjiri asosiy uglerod zanjiri sifatida tanlab olinadi.
2) Asosiy uglerod zanjirini raqamlash gidroksil guruh yaqin tomondan boshlanadi.
3) Uzun zanjirga bog’langan radikallar joylashgan o’rni bilanl alifbo tartibida aytib chiqiladi.
4) Uzun zanjirga tegishli to‘yingan uglevodorod nomiga «ol» qo‘shimchasini qo‘shib gidroksil guruh qaysi uglerod atomida turganligi raqam bilan ko‘rsatiladi:
6-etil 4-metil 3-xlor nonanol-4
|
21
|
Spirtlarda qanday izomeriya turlari uchraydi.
|
1) Zanjir izomeriya (uglerod zanjiri tarmoqlanishi xisobiga)
2) Holat izomeriya (gidroksil gurux joyini o’zgarishi hisobiga)
3) Sinflararo izomeriya (bir atomli spirtlar oddiy efirlarga sinflararo izomer)
|
22
|
1) Zanjir izomeriyaga misol keltiring.
|
butanol-1 va 2-metil propanol-1 o’zaro zanjir izomer moddalar.
va
|
23
|
2) Holat izomeriyaga misol keltiring.
|
butanol-1 va butanol-2 o’zaro holat izomer moddalar.
va
|
24
|
3) Sinflararo izomeriyaga misol keltiring.
|
Bir atomli spirtlar oddiy efirlarga sinflararo izomer.
etanol va dimetilefir sinflararo izomerlar.
va
|
25
|
Spirtlar sinfiga oid bo’lgan quyidagi moddalarni nomlang.
A) CH3CH2CH2OH
B) CH3CH(OH)CH3
C) CH3CH2CH2CH2OH
D) CH3CH2CH(OH)CH3
E) CH3C(CH3)(OH)CH3
|
A) propanol-1
B) propanol-2
C) butanol-1
D) butanol-2
E) 2-metilpropanol-2
|
26
|
Berilgan formulalar orasidan pentanol-1 (CH3–CH2–CH2–CH2–CH2–OH) izomerlarini toping va izomeriya turini aniqlang. Barcha birikmalarni nomlang:
1)
2) CH3–CH2–O–CH3
3) CH3–CH2–CH2–O–CH2–CH3
4)
5)
|
1) 3-metilbutanol-2 (pentanol-1 ga zanjir izomer) ✔
2) CH3–CH2–O–CH3 metiletilefir (pentanol-1 ga izomer emas)
3) CH3–CH2–CH2–O–CH2–CH3 etilpropilefir (pentanol-1 ga sinflararo izomer) ✔
4) 2-metilbutanol-1 (pentanol-1 ga zanjir izomer) ✔
5) pentanol-3 (pentanol-1 ga holat izomer) ✔
|
27
|
Propanol-1 molekulalarida vodorod bog‘larining hosil bo‘lishini tasvirlang.
|
Propanol-1 (C3H7–OH) va boshqa bir atomli spirtlarda molekulalararo vodorod bog’lanish bo’ladi. Quyida ( ) lar vodorod bog’ deb qabul qilingan.
|
28
|
Ushbu modda insoniyatga qadim zamonlardan beri ma’lum bo‘lib, uning nomi arabcha “mast qiluvchi” degan ma’noni anglatadi. U xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng qo‘llaniladi. Dezinfektsiyalash xususiyatiga ega. Agar uning 3,45 g yonishidan 6,6 g CO2 va 4,05 g og‘irlikdagi suv hosil bo‘lganligi ma’lum bo‘lsa, bu qanday modda? Ushbu modda bug‘ining havoga nisbatan zichligi 1,59 ni tashkil qiladi.
|
1) usul: Arabcha “mast qiluvchi” degan ma’noni anglatuvchi modda etil spirt (C2H5OH) hisoblanadi, uni ichish mumkin emas.
2) usul: Agar uning 3,45 g miqdori yonishidan 6,6 g CO2 va 4,05 g og‘irlikdagi suv hosil bo‘lganligi ma’lum bo‘lsa.
Massani saqlanish qonuniga ko’ra (3,45 + kislord) = (6,6 + 4,05)
Yonishda sarflangan kislorod = 6,6 + 4,05 – 3,45 = 7,2 g kislorod sarflangan.
3,45 g 7,2 g 6,6 g 4,05 g
X + O2 → CO2 + H2O
M = 32 44 18
mol = 0,225 0,15 0,225
Moddalar mol miqdorlarini kichigi (0,15) ga bo’lib mol nisbat hosil qilamiz: (0,225; 0,15; 0,225) / 0,15 = 1,5:1:1,5
Hosil bo’lgan mol nisbatni moddalar oldiga koefitsent sifatida foydalanamiz.
X + 1,5O2 → 1CO2 + 1,5H2O
O’ng va chap tomondagi atomlarni tenglashtirish ortqali nomalum (X) modda tarkibini topamiz: CH3O0,5 bunday tarkibli modda yoq shuning uchun ikkiga ko’paytiramiz C2H6O bu formulaga etil spirt (C2H5OH) ga to’g’ri keladi.
3) usul: Ushbu modda bug‘ining havoga nisbatan zichligi Dhavo =1,59 ni tashkil qiladi. Havogan nisbatan zichlikni topish uchun modda molekular massasini havo molekular massasi 29 ga bo’lish kerak.
Dhavo =
1,59 =
Mr = 1,59•29 = 46
Molyar massasi 46 bo’lgan modda etil spirt (C2H5OH) ga to’g’ri keladi.
|