10-sinf 1-variant
Download 47.62 Kb.
|
10-sinf 1-variant
10-sinf 1-variant 1.Amir Temur tomonidan bunyod etilgan go‘zal chorbog‘larni eslang. Quyidagi berilgan qaysi bog‘ uning nomi bilan bog‘liq emas? A) Bog‘i Bihisht B) Bog‘i Jahonnamo C) Bog‘i Dilkusho D) Bog‘i Jahonoro 2.Ko‘p jihatdan kapitalistik mamlakatlarining xalqaro maydondagi pozitsiyasini … belgilab berdi. A) diplomatik kelishuvlar B) xalqaro tashkilotlar nizomlari C) harbiy kuchga tayanish D) o‘zaro betaraflik bitimlari 3.Rossiyadagi Muvaqqat hukumatga 1917-yil iyul-oktabr oylarida boshchilik qilgan shaxsni belgilang? A) Georgiy Lvov B) Aleksandr Kerenskiy C) Lenin D) Stalin 4.Qarluqlar davlati g‘arbdan qaysi hudud bilan chegaralangan edi? A) yag‘molar vohasi B) o‘g‘uz yurti C) Elsuvi daryosi vodiysi D) Sharqiy Turkiston 5. Shahar tashqarisida hukmdorlarning dam oladigan joyi qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) Hirot B)Sayram C) Bog‘i Shamol D) Konigil 6.Qadimgi Misrda qay tariqa astronomiya fani vujudga keldi? A) Olimlar kun botishi muddatini yulduzlarga qarab aniqlashgandan so‘ng. B) Olimlar kun chiqish muddatini yulduzlarga qarab aniqlashgandan so‘ng. C) Ziroatchilar yerga ekin ekish, hosilni yig‘ishtirib olish muddatini yulduzlarga qarab aniqlashgandan so‘ng. D) Olimlar kun botish muddatini oyga qarab aniqlashganidan so‘ng. 7. Tarixda ilk bor harakatlanuvchi tasvirni elektron-nurli trubka yordamida masofaga uzatish nechanchi yilda amalga oshirildi? A) 1927-yilda B) 1929-yilda C) 1928-yilda D) 1930-yilda 8. O‘rta asrlarda O‘rta Osiyoning qaysi hududida qayiqsozlik taraqqiy qilgan edi? A) Eloqda B) Farg‘onada C) Shoshda D) Xorazmda 9. Rossiya tomonidan O‘rta Osiyo hududlarining bosib olinish ketma-ketligi to‘g‘ri keltirilgan javobni aniqlang? A) Avliyoota, Turkiston, Chimkent, Toshkent B) Oqmachit, Turkiston, Toshkent, Xo‘jand C) Chimkent, Oqmachit, Jizzax, Toshkent D) Turkiston, Chimkent, Pishpak. Toshkent 10. XIX asr oxirlarida Xitoyning Germaniya ta’sir doirasiga kirgan hududini aniqlang. A) Yanszi daryosi havzasi B) Yunan viloyati C) Shandun viloyati D) Futsziyan viloyati 11. Ma’lumki Xamurappi vafotidan keyin ham Bobil 150 yil davomida poytaxt bo‘lib qoladi. Qanday jarayon Bobilning zavolga yuzlanishiga sabab bo‘ldi? A) Navuxodonosor II ning taxt uchun kurashi B) kassitlar bosqini C) xett podsholigining paydo bo‘lishi D) ahamoniylar bosqini 12. Mutaxassislar qaysi filmni birinchi ovozli kino deb tan olishgan? A) “Jaz kuychisi” B) “Merlin Marlo” C) “Qora shahzoda” D) “Xonadon” 13. Quyidagilardan milodiy II asrda yashagan qadimgi yunon tarixchisini aniqlang? A) Ktesiy B) Arrian C) Strabon D) Kvint Kursiy Ruf 14. O‘rta asrlarda dastlab barcha hujjat va kitoblar kimlar tomonidan bitilgan? A) ruhoniylar B) kohinlar C) xattotlar D) dindorlar 15. Mir Arab madrasasi nechinchi yilda qurilgan? A)1530-1536-yillar B)1535-1537-yillar C) 1533-1536-yillar D) 1540-1541-yillar 16. Makedoniyalik Aleksandr yurishlari davrida mahalliy zodagonlar – Xorien va Oksiartning qal’alari qayerda joylashgan edi? A) Hindikush tog‘larida B) Amudaryo bo‘ylarida C) Zarafshon bo‘ylarida D) Hisor tog‘larida 17. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida shakllangan moliya oligarxiyasi foydani ko‘paytirish uchun qanday usuldan foydalangan? A) dehqonlarni ayovsiz ishlatgan; B) soliqlar miqdorini oshirgan; C) chetga kapital chiqargan; D) ishlab chiqarishda yangi texnologiyalardan foydalangan; 18. XIX asr 80-yillarida Fransiya tomonidan qaysi davlat bosib olinishi tufayli Fransiya-Xitoy munosabatlari yomonlashdi? A) Laos B) Kampuchiya C) Vyetnam D) Gonkong 19. Mamlakatda “yopiq siyosat” olib borgan afg‘on amirini aniqlang. A) Do‘stmuhammadxon B) Sheralixon C) Abdurahmon D) Ayubxon 20. Mil.avv. VI-IV asrlarda Xorazm quyidagi qaysi davlat tarkibiga kirgan? A) Parfiya B) Yunon-Baqtriya C) So‘g‘diyona D) Ahamoniylar 21. Quyidagi qaysi o‘rta asr davlatida poytaxtni viloyatlar bilan bog‘laydigan 15 ming kilometrlik tosh yo‘llar barpo etilib, pochta tizimi shakllantirilgan edi? A) Dehli sultonligi B) Inklar davlati C) Mayya davlati D) Min imperiyasi 22. Angliyada 1864-1874-yillarda Liberallar partiyasidan Bosh vazirlikka saylangan Gladston davrida qanday islohot o‘tkazilgan? A) sud B) armiya C) agrar D) maktab 23. Zahiriddin Muhammad Bobur taxtda o‘tirganida yosh bo‘lganligi bois davlatni boshqarishda ishonchli beklardan kim yordam beradi? A) Abu Said B) Qorachabek C) Hojiqozi D) Murodbek 24. Afina shahar aholisining ko‘pchiligini qaysi tabaqa vakillari tashkil etgan? A) fuqarolar, qullar va meteklar B) dehqon va hunarmandlar C) zodagonlar va demos D) hunarmandlar va savdogarlar 25. 1038-yilda Ibrohim Bo‘ritegin G‘aznaviylardan qayerlarni tortib oldi? A) Xuttalon, Vaxsh, Chag‘oniyonni B) Taroz, Ifujob, Axsikatni C) Hirot, Isfara, G‘aznani D) Farob, Jurjon, Sabzavorni 26.Misrni qo‘shib olgan Yangi Bobil hukmdorini aniqlang? A) Salmanasar I B) Nabopalasar I C) Navuxodonosor II D) Xamurappi 27. Eng qadimgi yo‘llardan bo‘lgan “La’l yo‘li” qayerdan boshlangan? A) Hisor tog‘laridan B) Hindiston hududlaridan C) Xitoy hududlaridan D) Pomir tog‘laridan 28. XIX asr oxirlarida Buxoro amirligi lashkarlari shoshilinch yig‘iluvchi, yomon ta’lim ko‘rgan va qoloq harbiy qurollar bilan ta’minlangan …iborat edi. A) chorvadorlardan B) dehqonlardan C) hunarmandlardan D) hammollardan 29. Qachonga kelib “Sho‘roi Islomiya” ning Samarqand, Qo‘qon, Namangan, Andijon, Marg‘ilon, Skobelev (Farg‘ona), Marv, Turkiston, Oqmachit (Qizilo‘rda), O‘sh va boshqa shaharlarda shu’balari tuzildi? A) 1917-yil mart B) 1917-yil fevral C) 1917-yil iyun D) 1917-yil aprel 30. Hindistonda qaysi hukmdor davrida “jizya” solig‘i bekor qilingan edi? A) Mirzo Bobur B) Humoyun C) Akbarshoh D) Shoh Jahon 31. “Tarixi jadidai Toshkent” asarining muallifi kim? J:_________________________________________________________________ 32. Buyuk Karl davrida yirik bo‘lmagan hududlarni qaysi amaldor boshqargan? J:_________________________________________________________________ 33. Hukumatning juda muhim voqea munosabati bilan xalqqa qilgan yozma murojaati nima deyiladi? J:_________________________________________________________________ 34. Qadimgi Misr davlati janubdan qaysi davlat bilan chegaradosh bo‘lgan? J:_________________________________________________________________ 35. Ilk atom reaktorini kim yaratgan? J:_________________________________________________________________ 36. “Sho‘roi Ulamo” tashkiloti Toshkent sho‘basiga kim rahbarlik qilgan? J:_________________________________________________________________ 37. Mavjud tuzumni tanqid ostiga olib, radikal o‘zgarishlar va islohotlar o‘tkazishni talab etuvchi siyosiy oqim qaysi? J:_____________________________________________________________ 38. Bolgariyada Asparux hukmronlik qilgan yillarni yozing. J:_________________________________________________________________ 39. Mir Arab madrasasini qurish uchun sarflangan xarajatlarni kim bergan? J:_________________________________________________________________ 40. Qaysi daryo Dashti Qipchoqni sharqiy va g‘arbiy qismlarga ajratib turgan? J:_________________________________________________________________ Download 47.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling