Tasavvuf tariqati. 13-asr boshida Xorazmda Najmiddin Kubro asos
Download 124.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Kubroviylik - Vikipediya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soʻnggi tahrir 20 kunlar avval ВМНС tomonidan amalga oshirildi
Kubroviylik Kubroviylik — tasavvuf tariqati. 13-asr boshida Xorazmda Najmiddin Kubro asos solgan. Uning asarlarida tariqatning mohiyati, oʻziga xos talab va qoidalari bayon qilib berilgan. Kubroning tasavvufiy taʼlimotiga koʻra, inson oʻz mohiyati bilan kichik olamdir, u katta olam boʻlgan koinotdagi barcha narsalarni va sifatlarni oʻzida mujassamlashtiradi. Ammo ilohiy sifatlar yuqori samoviy doiralarda birin- ketin oʻziga xos maqomlarda joylashganligidan, haqiqat yoʻlini qidiruvchilar bunday kamoga erishish uchun maʼlum riyozatli yoʻllarni oʻtishlari zarur. Bu yoʻlda unga piri komil rahnamolik qilishi kerak. Kubro kamolotga erishish asoslarini quyidagi oʻnta talab ("Oʻnta usul") da ifodalab bergan: tavba — barcha amallarning boshi boʻlib, Alloh oldida tavba qilish, bundan keyingi hayotni ilohiy ezgulik va xayrga bagʻishlashga ahd qilish; zuhd — taqvo, parhez, haromdan hazar qilib, halollikka yuz tutish, Alloh man etgan ishlarni qilmaslik; tanakkul (tanak-kal) — barcha ishlarni qilishda Allohning mehribonligi va qudratiga tayanish; qanoat — hayot kechirishda oz narsa bilan qanoatlanish, moʻʼtadillik, tuban mayllardan ozod boʻlish; oʻzlat — tanholikda boʻlish, xilvatda ruhni poklash; tanajjuh (yuzlanish) — butun vujud bilan Allohga yuzlanib, undan madad soʻrash, u sari qalban intilish; sabr — solikning oʻz eʼtiqodi, niyatini sivashi. Haq yoʻlining azobu iztirobiga chidagan kishilargina maqsadga erishadi; muroqaba (tafakkurga gʻarq boʻlish) — qalb poklangani va tuban ehtiroslardan holiligini tuyib, xotirjam boʻlinganini eslab xayolga choʻmish, Haq taolo rahm-shafqatini koʻtib turish; zikr — Allohning ismini tildan qoʻymaslik, kalimayu duolarni muntazam takrorlab turish; rizo — Alloh qudratini chu-qur his qilgan holda, oʻzini butkul uning irodasiga topshirish va bundan hoʻzurlanish. Bu maqom solikni Haqqa, Haqning unga yaqinlashganligini bildiradi. Kubro ilohiy maʼrifatni sufiy faqat foniylik holatida, yaʼni butkul oʻzligini yoʻqotib idrok eta oladi, degan fikrga eʼtiroz bildiradi va Juvayd Bagʻdodiyning "sahv" (hushyorlik) yoʻlini toʻtib, tafakkuriy-aqliy bilimga eʼtiborni qaratadi. Bunday yoʻlni Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband ham maʼqullagan.
Kubro inson ruhiy kechinmalari, nozik holatlarini puxta bilgan. Shunga muvofiq "latoif" ("nozik taʼblilik") nazariyasini ishlab chiqqan. Bu nazariyaga koʻra, inson ruhi koʻzga koʻrinmas latif markazlardan iborat. Bu ong va tuygʻu, ruh va jism orasidagi bir narsa. Uni ilgʻab olish mushkul. Ammo inson hayotida bu markazlarning ahamiyati muhim. Sufiy ayni shu markazlarni ilgʻab olishi lozim. Ana shu "latoif" insonning ilohiy hislatidir. Sufiy riyozatlar, mashqlar davomida bu latoifni turli holatlarning oʻzgarishi, ranglar va shakllarning almashinishi tarzida tasavvur qiladi.
Kubro nazarida nuqta, dogʻ va doira murid ruhiy qolatlari oʻzgarishida muhim xizmat qiladi. Doira — falak doiralarining aylanishi, dogʻ — dunyo timsoli, nuqta — vaxdatdir. Doira doimiy aylanishda, u dogʻni ham oʻz ichiga oladi. Ammo boʻlar markaz tomon, yaʼni nuqta sari intiladi. Nuqta mohiyatini anglash orqali Alloh olamini idrok etsa boʻladi. K.da ranglar muhim rol oʻyvaydi, ular sufiyning ruhiy holatlarini, Alloh tomon qoʻygan qadamining bosqichlarini bildirib turadi. Zangori rang solikning tavba qilib tariqatga qadam qoʻyganida koʻrinadi. Sariq rangda solikning Alloh yodi bilan
yashashi tushuniladi. Qizil rang solikning ruhi vujudidan ajrala boshlaganini, maʼrifatga yaqinlashganini bildiradi. Oq rang yurakning poklanishiga ishora va haqiqatni anglashning boshlanishidir. Yashil rang vahiylikdan nishova. U sirlarning siriga, gʻaybga oshnolikni bildiradi va solikning asl mohiyatlarga yetishayetganligini ham anglatishi mumkin. Mazkur ranglar solikning Alloh tomon ruhiy safarini anglatsa, qora rang Alloxdan xalq sari safarini bildiradi, sirlar xazinasini egʻallashni va hayratga gʻarq boʻlishini ifodalaydi. Hayratdagi ruh shariatning magʻzi — hikmatini boshqatdan idrok etib, qorongʻi bir dogʻ rangiga oʻraladi. Nihoyat solik ruhi yana Alloh huzurida paydo boʻladi. U qora rangdan qutulib, rangsizlik holatiga kiradi. Zoti kull (barcha haqiqatga yetishish) darajasini egallagan solik yakranglik holatida maqsadiga erishadi. Najmiddin Kubrodagi ranglar va ularning maʼnolari baʼzi mutassaviflar taʼriflagan ranglarning sharhidan farq qiladi. Kubro yetti rang hislatini yetti tushunchaga moslab tushuntirgan. Uningcha, oq rang — islomni, sariq rang — imonni, zangori rang — ehsonni, yashil rang — itminon (ishonch)ni, koʻk rang — iqon (toʻliq ishonch)ni, qizil rang — irfonni, qora rang — hayajon (hayrat)ni anglatadi. Solik ruhi holatlarini, qaysi rang koʻz oldida namoyon boʻlayotganini piriga aytib turishi kerak. Pir shunga qarab, muridning qaysi bosqichda turganini bilib, unga yangi vazifalar yuklaydi. Keyingi sufiylar ham Kubro singari qora rangni hayrat belgisi hisoblab, uni ruhning fanoga gʻarq holati ramzi sifatida taʼkidlashgan. K.da tariqat aʼzolarining yagona tashqiliy tizimi boʻlmagan. Ularni taʼlimotning ruhi va maqsadi birlashtirgan. Kubroning shogirdi Sayfiddin Boharziy (1261 yilv.e.) Buxoro yaqinidagi Soktariy qishlogʻida
Vajmiddin Kubro nomi bilan atalgan xonaqoh tashqil qilgan. Bu yerda K. tariqati 18-asr oxirlarigacha keng tarqalgan edi. Uning aʼzolari Kubro gʻoyalarini Movarounnahr shaharlarigagina emas, balki Eron, Misr, Iroq va Afgʻonistonga ham yoydilar. Ayniqsa, K. Hindistonda chuqur ildiz otdi. Keyinchalik K.ning bir qancha mustaqil shoxobchalari vujudga keldi. Boʻlar — firdavsiya, nuriya, rukniya, hamadoniya, igʻtishoshiya, zahabiya, nurbaxshiya. K. tufayli irfoniy hikmat va insoniy poklik, ilohiy maʼrifat gʻoyalari butun Sharqqa tarqaldi, bu tariqat islomning shuhratiga shuhrat qoʻshdi. Komi lov N., Tasavvuf (2-kitob), T., 1999; Snesarev G. P., Xorezmiyskiye legendi kak istochnik po istorii religioznix kultov Sredney Azii, M., 1983; Tri-mingem Dj. S, Sufiyskiye ordeni v islame, M., 1989. Najmiddin Komilov. [1] 1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Adabiyot Manbalar
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000- 2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Soʻnggi tahrir 20 kunlar avval ВМНС tomonidan amalga oshirildi Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. " https://uz.wikipedia.org/w/index. php? title=Kubroviylik&oldid=2160569 " dan olindi Download 124.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling