10-sinf adabiyot 1-qism Atoiy test


Download 76.78 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.06.2023
Hajmi76.78 Kb.
#1530533
Bog'liq
Atoyi -test (1)



10-sinf adabiyot 1-qism Atoiy test
1.Atoiy qachon qayerda tavallud topgan?
a) XV asr Hirot c)XV asr Balx
b) XIV asr Balx d)XVI asr Balx
2.Atoiy qaysi tillarda ijod qilgan?
a)Turkiy va forsiy c)Arabiy va forsiy
b) Turkiy va arabiy d) Turkiy,arabiy,forsiy
3.Atoiy qaysi shaharlarda yashagan?
a) Samarqand,Qarshi,Balx c) 
Samarqand,Buxoro,Marv
b) Samarqand,Buxoro ,Balx d) Buxoro,Xorazm,Balx
4.Atoiy kimning saroyida xizmat qilgan?
a) Ahmad Yassaviy c) Xorzmiy
b) Mirzo Ulug`bek d) Amir Temur
5.XVI asrda ko`chirilgan devonida g`azallar soni va 
ushbu devon hozirda qayerda saqlanadi?
a) 240; Sankt-Peterburg c)260;Qohira
b) 300; Moskva d) 260;Sankt-
Peterburg
6.Atoiy qabri joylashgan qishloqda tug`ilgan ijodkorning
urush yillari yozilgan to`plamlari qaysilar?
a) “Kapitan Gastello”, “Ko`ngil deydiki”,”Kurash 
nechun”,”Jang va qo`shiq”
b) “Shodligim”,”Tabassum”
c) “Bolalik”,”Bola Alisher”,”Nur Qidirib”
d) “Xarsang”,”Jahonnoma”,”Yov qochdi”
7.”Mavlono Atoiy Balxda bo`lure di.Ismoil ota 
farzandlaridandur,darveshvash va xushxulq,munbasit 
kishi erdi,. ”Ushbu jumla kimningning qaysi asaridan 
olingan?
a) Abdurahmon Jomiy “Silsilat uz-zahab”
b)Alisher Navoiy”Nasoyim ul-muhabbat”
c) Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” 
d) Alisher Navoiy “Vaqfiya”
8.Atoiy g`azallarida qaysi ijodkorlarning ruboiy va 
g`azallaridagi kabi hayot zavqi,go`zalliklari may 
timsolida vasf etiladi?
a) Umar Xayyom she`rlari va Hofiz Ruboiylari
b) Bobur ruboiylari va Hofiz g`azallari
c) Furqat g`azallari va Hofiz ruboiylari 
d) Umar Xayyom ruboiylari va Hofiz g`azallari
9.Atoyi o`z g`azallarida qanday tasvir vositalaridan 
unumli foydalangan?
a) tajohil ul-orif,laff va nashr
b) tajohil ul-orif, tanjnis,tashbeh
c) ta`did,laff va nashr,talmeh
d) istiora,talmeh,tajnis
10.Atoiy g`azallari ko`proq aruzning qaysi bahrida 
yozilgan?
a) hazaj b) ramal
c) mutaqorib d) a va b javoblar to`g`ri
11.Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”asarida Atoiy 
haqida qanday ma`lumotlarni ketlirib o`tadi?
a) Hozirgi Qozog`istonning Turbat qishlog`ida Atoiyga 
atab qabr qurilganligi haqida
b) Turk,fors,arab tillarini chuqur o`rganganligi haqida
c) Ismoil ota Ahmad Yassaviyning inisi Ibrohim otaning 
o`g`li ekanligi haqida
d) Mirzo ulug`bek saroyida xizmat qilganligi haqida
12.Atoyi devoni qo`lyozmasining oxirida qanday qayd 
keltirilganligi Atoiyning shayxlar avlodidan ekanligini 
bildiradi?
a) Devoni Shayxzoda Atoiy
b) Miskin Atoiy
c) Sulton Shayxzoda Atoiy
d) Atoiy Balxiy
13.Nima sababdan Atoiy g`azallari xalq qo`shiqlariga 
aylanib ketgan?
a) Lirikasida xalq iboralari,maqol va matallar ko`pligi 
sabab
b) Vazni yengil,misralari qisqa, so`zlari oddiy,uslubi 
sodda va ravonligi sabab
c)Aruzning turli bahrlarda yozilganligi sabab
d)She`riy san`atlardan ustalik bilan foydalanganligi sabab
14. Atoiy qaysi g`azalida kipriklarini supurgi , yuzini 
xokandoz qilishga tayyor ekanligini aytadi?
a)”Ul sanamkim suv yoqasinda paritek o`lturur”g`azalida
b) “Ey do`st”radifli g`azalida
c) “Begim”radifli g`azalida
d)”Jamoling vasfini qildim chamanda’g`azalida
15.”Ul sanamkim suv yoqasida paritek 
o`lturur”g`azalining vazni qaysi javobda to`g`ri 
ko`rsatilgan?
a) Hazaji musaddasi mahzuf
b) Hazaji musammani axrabi makfufu mahzuf
c) Mutaqoribi musammani mahzuf
d) Ramali musammani mahzuf
16.”Ul sanamkim suv yoqasinda paritek o`lturur”g`azali 
necha bayt va taqte`si qanday?
a) 5 bayt Foilotun/foilotun/mafoiylun; -V--/-V--/-V-
b) 5 bayt Foilotun/foilotun/foilotun/foilun; -V--/-V--/-
V--/-V-
c) 7 bayt Maf`uvlu/mafoiylu/mafoiylu/mafoiyl; --V/V—
V/V—V/V-~
d) 9 bayt Mafoilun/mafoilun/mafoil; V---/V---/V—
17.”Ul sanamkim suv yoqasinda paritek o`lturur,
G`oyati nozikligidin suv bila yutsa bo`lur”.Ushbu baytda 
qanday she`riy san`atlar qo`llangan?
a)Husni ta`lil,tajnis.tashbeh
b) Husni ta`lil,mubolag`a,tardi aks
c) Husni ta`li,tashbeh,mubolag`a
d) Husni ta`li,talmeh,mubolag`a
18.Atoiyning qaysi g`azalida Yusuf va Ya`qub 
payg`ambarlar talmeh san`atini yuzaga keltirgan?
a) “Suv yoqasinda paritek”g`azalida
b) “Ey do`st ”radifli g`azalida
c) “Hajringda ,begim ,oh degumdir”g`azalida


d) “Jamoling vasfini qildim chamanda”g`azalida
19.Atoiy qaysi g`azalida ma`shuqa achchiq-
tiziqlaridan,nozlaridan hayratga tushgan oshiq holatini
idofa etadi?
a) “Netti,ne bo`ldi?”radifli g`azalida
b) “Jamoling vasfini qildim chamanda”g`azalida
c) “Begim ”radifli g`azalida
d)”Ul sanamkim suv yoqasinda” g`azalida 
20.Atoyi she`riyatida qaysi san`atdan mohirona 
foydalangan?
a) Tajnis c)Tashxis
b) Tazod d) Mubolag`a
21.”Ey do`st”radifli g`azalining vazni va taqte`si qaysi 
javobda to`g`ri ko`rastilgan?
a) Ramali musammani mahzuf; V---/V---/V—
b) Hazaji musammani axrabi makfufu mahzuf; 
Foilotun/foilotun/mafoiylun
c) Hazaji musammani axrabi makfufu mahzuf; Maf`uvlu/
mafoiylu/mafoiylu/mafoiyl
d)Hazaji musaddasi mahzuf; V---/V---/V - -
22 Atoiyning qaysi g`azalining 6- baytida talmeh san`ati 
Jamshed va mulkati Jam orqali yuzaga keltirgan?
a) “Ey do`st”radifli g`azalida
b) “Jamoling vasfini qildim chamanda”g`azalida
c) “Begim ”radifli g`azalida
d)”Ul sanamkim suv yoqasinda” g`azalida 
23.”Uzun sochingdin uzmasmen ko`ngulni,
Ayog`ing qanda bo`lsa boshim anda”.Ushbu baytda 
keltirilgan she`riy san`atlarni toping?
a)Tajnis va ishtiqoq c) Mubolag`a,tajnis va tazod
b) Ta`did va tazod d) Tazod va ishtiqoq
24.Atoiyning qaysi g`azalida la`l so`zi istiora bo`lib 
kelgan?
a) “Ey do`st”radifli g`azalida
b) “Jamoling vasfini qildim chamanda”g`azalida
c) “Begim ”radifli g`azalida
d)”Ul sanamkim suv yoqasinda” g`azalida 
25.Atoyi qaysi g`azalida malaksiymo qizning husnidan 
hayratga tushgani,yorning shu qadar barkamolligi 
tasvirlangan?
a) “Ey do`st”radifli g`azalida
b) “Jamoling vasfini qildim chamanda”g`azalida
c) “Begim ”radifli g`azalida
d)”Mengiz yo ravzayi rizvonmidir bu ? ” g`azalida 
26.Atoiyning qaysi g`azalida tazod faol tasvir vositasi 
bo`lib kelgan?
a) “Ey do`st”radifli g`azalida
b) “Jamoling vasfini qildim chamanda”g`azalida
c) “Begim ”radifli g`azalida
d)”Ul sanamkim suv yoqasinda” g`azalida 
27.Ma`shuqaning yuzi jannat bo`gini ,og`zi g`unchayi 
xandonni,qora ko`zlari qaroqchini,chiroyi Turkiston 
parisni yodga solishi Atoiyning qaysi g`azalida berilgan?
a) “Ey do`st”radifli g`azalida
b) “Jamoling vasfini qildim chamanda”g`azalida
c) “Begim ”radifli g`azalida
d)”Mengiz yo ravzayi rizvonmidir bu ? ” g`azalida 
28.Moslashtiring:
1.Mengiz 2.Munbasit 3.Atrok 4.Jorub 5.Chohi 
zahan 6.Bayt ul-hazan
a) g`am uyi b) yuz c) turkiy tilde so`zlashuvchilar
d)ochiq chehrali e) iyak ostidagi chuqurcha
f) supurgi 
a) 1-b;2-d;3-e;4-f;5-a;6-c
b) 1-b;2-d;3-c;4-f;5-e;6-a
c) 1-b;2-d;3-f;4-c;5-e;6-a
d) 1-d;2-b;3-f;4-c;5-e;6-a
29.Allohni jannatga kirish uchun emas,balki o`n sakkiz 
ming olamning yaratuvchisi,butun borliqning moyasi 
bo`lgani uchun sevish lozimligi haqidagi fikrlar 
Atoiyning qaysi g`azalida ilgari suriladi?
a) “Soching chun laylat ul-qadr-u yuzing chun subhi 
sodiqdur” g`azalida
b) “Jamoling vasfini qildim chamanda”g`azalida
c) “Begim ”radifli g`azalida
d)”Ul sanamkim suv yoqasinda” g`azalida 
30.Atoiyning qaysi g`azali parichehraning portretini 
chizishga bag`ishlangan?
a) “Ey do`st”radifli g`azalida
b) “Jamoling vasfini qildim chamanda”g`azalida
c) “Begim ”radifli g`azalida
d)”Mengiz yo ravzayi rizvonmidir bu ? ” g`azalida 
Muallif: Hilola ABDAZIMOVA

Download 76.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling