10-sinf adabiyot 1-qism Atoiy test
Download 76.78 Kb. Pdf ko'rish
|
Atoyi -test (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muallif: Hilola ABDAZIMOVA
10-sinf adabiyot 1-qism Atoiy test 1.Atoiy qachon qayerda tavallud topgan? a) XV asr Hirot c)XV asr Balx b) XIV asr Balx d)XVI asr Balx 2.Atoiy qaysi tillarda ijod qilgan? a)Turkiy va forsiy c)Arabiy va forsiy b) Turkiy va arabiy d) Turkiy,arabiy,forsiy 3.Atoiy qaysi shaharlarda yashagan? a) Samarqand,Qarshi,Balx c) Samarqand,Buxoro,Marv b) Samarqand,Buxoro ,Balx d) Buxoro,Xorazm,Balx 4.Atoiy kimning saroyida xizmat qilgan? a) Ahmad Yassaviy c) Xorzmiy b) Mirzo Ulug`bek d) Amir Temur 5.XVI asrda ko`chirilgan devonida g`azallar soni va ushbu devon hozirda qayerda saqlanadi? a) 240; Sankt-Peterburg c)260;Qohira b) 300; Moskva d) 260;Sankt- Peterburg 6.Atoiy qabri joylashgan qishloqda tug`ilgan ijodkorning urush yillari yozilgan to`plamlari qaysilar? a) “Kapitan Gastello”, “Ko`ngil deydiki”,”Kurash nechun”,”Jang va qo`shiq” b) “Shodligim”,”Tabassum” c) “Bolalik”,”Bola Alisher”,”Nur Qidirib” d) “Xarsang”,”Jahonnoma”,”Yov qochdi” 7.”Mavlono Atoiy Balxda bo`lure di.Ismoil ota farzandlaridandur,darveshvash va xushxulq,munbasit kishi erdi,. ”Ushbu jumla kimningning qaysi asaridan olingan? a) Abdurahmon Jomiy “Silsilat uz-zahab” b)Alisher Navoiy”Nasoyim ul-muhabbat” c) Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” d) Alisher Navoiy “Vaqfiya” 8.Atoiy g`azallarida qaysi ijodkorlarning ruboiy va g`azallaridagi kabi hayot zavqi,go`zalliklari may timsolida vasf etiladi? a) Umar Xayyom she`rlari va Hofiz Ruboiylari b) Bobur ruboiylari va Hofiz g`azallari c) Furqat g`azallari va Hofiz ruboiylari d) Umar Xayyom ruboiylari va Hofiz g`azallari 9.Atoyi o`z g`azallarida qanday tasvir vositalaridan unumli foydalangan? a) tajohil ul-orif,laff va nashr b) tajohil ul-orif, tanjnis,tashbeh c) ta`did,laff va nashr,talmeh d) istiora,talmeh,tajnis 10.Atoiy g`azallari ko`proq aruzning qaysi bahrida yozilgan? a) hazaj b) ramal c) mutaqorib d) a va b javoblar to`g`ri 11.Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”asarida Atoiy haqida qanday ma`lumotlarni ketlirib o`tadi? a) Hozirgi Qozog`istonning Turbat qishlog`ida Atoiyga atab qabr qurilganligi haqida b) Turk,fors,arab tillarini chuqur o`rganganligi haqida c) Ismoil ota Ahmad Yassaviyning inisi Ibrohim otaning o`g`li ekanligi haqida d) Mirzo ulug`bek saroyida xizmat qilganligi haqida 12.Atoyi devoni qo`lyozmasining oxirida qanday qayd keltirilganligi Atoiyning shayxlar avlodidan ekanligini bildiradi? a) Devoni Shayxzoda Atoiy b) Miskin Atoiy c) Sulton Shayxzoda Atoiy d) Atoiy Balxiy 13.Nima sababdan Atoiy g`azallari xalq qo`shiqlariga aylanib ketgan? a) Lirikasida xalq iboralari,maqol va matallar ko`pligi sabab b) Vazni yengil,misralari qisqa, so`zlari oddiy,uslubi sodda va ravonligi sabab c)Aruzning turli bahrlarda yozilganligi sabab d)She`riy san`atlardan ustalik bilan foydalanganligi sabab 14. Atoiy qaysi g`azalida kipriklarini supurgi , yuzini xokandoz qilishga tayyor ekanligini aytadi? a)”Ul sanamkim suv yoqasinda paritek o`lturur”g`azalida b) “Ey do`st”radifli g`azalida c) “Begim”radifli g`azalida d)”Jamoling vasfini qildim chamanda’g`azalida 15.”Ul sanamkim suv yoqasida paritek o`lturur”g`azalining vazni qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan? a) Hazaji musaddasi mahzuf b) Hazaji musammani axrabi makfufu mahzuf c) Mutaqoribi musammani mahzuf d) Ramali musammani mahzuf 16.”Ul sanamkim suv yoqasinda paritek o`lturur”g`azali necha bayt va taqte`si qanday? a) 5 bayt Foilotun/foilotun/mafoiylun; -V--/-V--/-V- b) 5 bayt Foilotun/foilotun/foilotun/foilun; -V--/-V--/- V--/-V- c) 7 bayt Maf`uvlu/mafoiylu/mafoiylu/mafoiyl; --V/V— V/V—V/V-~ d) 9 bayt Mafoilun/mafoilun/mafoil; V---/V---/V— 17.”Ul sanamkim suv yoqasinda paritek o`lturur, G`oyati nozikligidin suv bila yutsa bo`lur”.Ushbu baytda qanday she`riy san`atlar qo`llangan? a)Husni ta`lil,tajnis.tashbeh b) Husni ta`lil,mubolag`a,tardi aks c) Husni ta`li,tashbeh,mubolag`a d) Husni ta`li,talmeh,mubolag`a 18.Atoiyning qaysi g`azalida Yusuf va Ya`qub payg`ambarlar talmeh san`atini yuzaga keltirgan? a) “Suv yoqasinda paritek”g`azalida b) “Ey do`st ”radifli g`azalida c) “Hajringda ,begim ,oh degumdir”g`azalida d) “Jamoling vasfini qildim chamanda”g`azalida 19.Atoiy qaysi g`azalida ma`shuqa achchiq- tiziqlaridan,nozlaridan hayratga tushgan oshiq holatini idofa etadi? a) “Netti,ne bo`ldi?”radifli g`azalida b) “Jamoling vasfini qildim chamanda”g`azalida c) “Begim ”radifli g`azalida d)”Ul sanamkim suv yoqasinda” g`azalida 20.Atoyi she`riyatida qaysi san`atdan mohirona foydalangan? a) Tajnis c)Tashxis b) Tazod d) Mubolag`a 21.”Ey do`st”radifli g`azalining vazni va taqte`si qaysi javobda to`g`ri ko`rastilgan? a) Ramali musammani mahzuf; V---/V---/V— b) Hazaji musammani axrabi makfufu mahzuf; Foilotun/foilotun/mafoiylun c) Hazaji musammani axrabi makfufu mahzuf; Maf`uvlu/ mafoiylu/mafoiylu/mafoiyl d)Hazaji musaddasi mahzuf; V---/V---/V - - 22 Atoiyning qaysi g`azalining 6- baytida talmeh san`ati Jamshed va mulkati Jam orqali yuzaga keltirgan? a) “Ey do`st”radifli g`azalida b) “Jamoling vasfini qildim chamanda”g`azalida c) “Begim ”radifli g`azalida d)”Ul sanamkim suv yoqasinda” g`azalida 23.”Uzun sochingdin uzmasmen ko`ngulni, Ayog`ing qanda bo`lsa boshim anda”.Ushbu baytda keltirilgan she`riy san`atlarni toping? a)Tajnis va ishtiqoq c) Mubolag`a,tajnis va tazod b) Ta`did va tazod d) Tazod va ishtiqoq 24.Atoiyning qaysi g`azalida la`l so`zi istiora bo`lib kelgan? a) “Ey do`st”radifli g`azalida b) “Jamoling vasfini qildim chamanda”g`azalida c) “Begim ”radifli g`azalida d)”Ul sanamkim suv yoqasinda” g`azalida 25.Atoyi qaysi g`azalida malaksiymo qizning husnidan hayratga tushgani,yorning shu qadar barkamolligi tasvirlangan? a) “Ey do`st”radifli g`azalida b) “Jamoling vasfini qildim chamanda”g`azalida c) “Begim ”radifli g`azalida d)”Mengiz yo ravzayi rizvonmidir bu ? ” g`azalida 26.Atoiyning qaysi g`azalida tazod faol tasvir vositasi bo`lib kelgan? a) “Ey do`st”radifli g`azalida b) “Jamoling vasfini qildim chamanda”g`azalida c) “Begim ”radifli g`azalida d)”Ul sanamkim suv yoqasinda” g`azalida 27.Ma`shuqaning yuzi jannat bo`gini ,og`zi g`unchayi xandonni,qora ko`zlari qaroqchini,chiroyi Turkiston parisni yodga solishi Atoiyning qaysi g`azalida berilgan? a) “Ey do`st”radifli g`azalida b) “Jamoling vasfini qildim chamanda”g`azalida c) “Begim ”radifli g`azalida d)”Mengiz yo ravzayi rizvonmidir bu ? ” g`azalida 28.Moslashtiring: 1.Mengiz 2.Munbasit 3.Atrok 4.Jorub 5.Chohi zahan 6.Bayt ul-hazan a) g`am uyi b) yuz c) turkiy tilde so`zlashuvchilar d)ochiq chehrali e) iyak ostidagi chuqurcha f) supurgi a) 1-b;2-d;3-e;4-f;5-a;6-c b) 1-b;2-d;3-c;4-f;5-e;6-a c) 1-b;2-d;3-f;4-c;5-e;6-a d) 1-d;2-b;3-f;4-c;5-e;6-a 29.Allohni jannatga kirish uchun emas,balki o`n sakkiz ming olamning yaratuvchisi,butun borliqning moyasi bo`lgani uchun sevish lozimligi haqidagi fikrlar Atoiyning qaysi g`azalida ilgari suriladi? a) “Soching chun laylat ul-qadr-u yuzing chun subhi sodiqdur” g`azalida b) “Jamoling vasfini qildim chamanda”g`azalida c) “Begim ”radifli g`azalida d)”Ul sanamkim suv yoqasinda” g`azalida 30.Atoiyning qaysi g`azali parichehraning portretini chizishga bag`ishlangan? a) “Ey do`st”radifli g`azalida b) “Jamoling vasfini qildim chamanda”g`azalida c) “Begim ”radifli g`azalida d)”Mengiz yo ravzayi rizvonmidir bu ? ” g`azalida Muallif: Hilola ABDAZIMOVA Download 76.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling