10-sinf din tarixidan test 25 ta


Download 46.76 Kb.
Sana17.04.2020
Hajmi46.76 Kb.
#99909
Bog'liq
2 5206384095222826917


10-sinf din tarixidan test 25 ta

1. Dinning ……………. vazifasi shundaki, diniy urf-odat, an’ana, marosim va bayramlarni birgalikda o‘tkazishga, qarindoshlik, birodarlik, dindoshlik aloqalarini mustahkamlashga chaqiradi?Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’ying.

a) birlashtirish b) tasalli beruvchilik c) kommunikativlik d) din fenomenologiyasi

2.Salibchilar qachon Quddusga kirishlari bilanoq xunrezlikni boshlab yuborishdi. Ular musulmon va yahudiylar qatori mahalliy xristianlarni ham qirib tashlashdi, jami 70 mingga yaqin kishi vahshiylarcha qatl qilindi?

a) 1099-yilda b) 1102-yilda c) 1096-yilda d) to’g’ri javob yo’q

3……………………… dinning paydo bo‘lishi bevosita Xudo bilan bog‘liq degan ta’limot. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’ying.

a) materialistik yondashuv b) realistik c) to’g’ri javob yo’q d) Teologik

4. XIX asrning ikkinchi yarmida Charlz Darvin tomonidan «Turlarning kelib chiqishi» nomli asarning qachon chop etilishi ham materialistik qarashlarning rivojlanishiga turtki bo‘ldi.

a) 1869-yilda b) 1859-yilda c) 1896-yilda d) 1855-yilda

5. Kimning fkriga ko‘ra, dinning kelib chiqishi tabiat hodisalarining insonga bergan dahshatiga borib taqaladi va u «naturalizm» deyiladi?

a) Charlz Darvin b) Xerbert Spenser c) Maks Myuller d) Ibn Sino

6. Farg‘ona vodiysining So‘x qishlog‘idan topilgan va miloddan avvalgi II mingyillikka oid tashqi ko‘-rinishidan o‘qilonga o‘xshash tosh tumor O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyida saqlanmoqda?

a) II ming yillik o’rtasida b) IV ming yillikka c) I ming yillikka d) II ming yillikka

7. Nechanchi yilgacha Markaziy Osiyoda yahudiylarning ivrit tilidagi maktablari, davriy va maxsus nashrlari mavjud bo‘lgan?

a) 1940-yilgacha b) 1939-yilgacha c) 1941-yilgacha d) 1932-yilgacha

8. XIX asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo yahudiylari Buxoro amirligi hududlarida yashagan-liklari tufayli «Buxoro yahudiylari» nomi bilan tanilgan bo‘lsalarda, ularning asosiy qismi qayerda yashagan?

a) O’ratepa b) Jizzax c) Samarqandda d) Buxoro

9. Nechanchi asrlarda Markaziy Osiyoda karaimlar deb atala digan yahudiy sektasi paydo bo‘ladi.

a) X–XI asrlarda b) IX–X asrlarda c) X–XII asrlarda d) VIII–IX asrlarda

10. Tavrot Musoga tegishli bo‘lgan besh kitobni o‘z ichiga oladi va 5-kitob nomi qanday?

a) Ikkinchi qonun b) Sonlar c) Chiqish d) Borliq yoki Ibtido

11. Tavrot Musoga tegishli bo‘lgan besh kitobni o‘z ichiga oladi va 5-kitob nomi qanday?

a) Ikkinchi qonun b) Sonlar c) Chiqish d) Levit

12. Uyda olib boriladigan ibodat vaqtida bosh kiyim kiyilib, yelkaga esa chakmon (tales) tashlanadi. Duolarning eng muhimi sanalgan nechtasi tik turgan holda aytiladi?

a) 16 tasi b) 10 tasi c) 14 tasi d) 19 tasi

13. Nechta zina orqali Tur tog‘iga chiqilgan edi?

a) 2800 ta b) 3300 ta c) 3100 ta d) 3000 ta

14. ……………….«yangilanish», «yoritish») yahudiy larning Suriya qiroli Antiokas ustidan qozongan g‘alabalari sha-rafga bag‘ishlangan bayram hisoblanadi? Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’ying.

a) Shavuot b) Hanukka c) Purim d) Pesax (Pasxa)

15. ……………...(chodirlar bayrami) yahudiylar Misr dagi qullikdan ozod bo‘lganlaridan so‘ng, cho‘lda chodirlarda kun kechirganlarini xotirlab o‘tkaziladigan marosim? Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’ying

a) Rosh Ashona b) Yom Kipur c) Purim d) Sukkot

16. XVIII asrning birinchi choragida yuzaga kelgan Yaxudiylik dinidagi oqim qaysi?

a) hasidiylik b) Issiyim, ya’ni Essaniylar c) Saduqiylik d) Farziylar

17. Bugungi kunda, islohotchi yahudiylar soni Isroilda taxminan 5–6 ming kishi bo‘lsa, AQSHda yashov-chi yahudiylarning necha foizini tashkil qiladi?

a) 45 foizini b) 35 foizini c) 40 foizini d) 30 foizini

18. Islohotchi yahudiylikka javob sifatida yuzaga kelgan oqim qaysi? _________________________________

19. Qaysi atama Sulaymon payg‘ambar podshohlik qilgan davrda ruhoniy bo‘lgan Sadoka (Sadok) nomidan kelib

chiqqan.?______________________________________________________________________

20. Buddaviylik milodning XIII asrdan XVI asrgacha……………., XVII asrdan XVIII asrgacha Buryatiya va Tuva, XIX–XX asrlarda Amerika va Yevropa qit’alariga kirib borgan. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’ying_______________________________________________

21. 1933-yil arxeolog Mixail Yevgenyevich Masson tomonidan xom g‘ishtdan qurilgan bino qoldiqlari, uning

ichida esa haykal, tosh karnizlar, me’moriy buyumlar, ehson keltiruvchilarning shakllari tushirilgan haykallarning hoshiyali tosh plitalarni topgan?________________________________________________________

22. Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanida joylashgan. Buddaviylikka oid mazkur yodgorlik 1962-yili aniqlangan yodgorlik qaysi?_____________________________________________________________________

23. «Lamaizm» tibetliklarning asosiy dini hisoblanadi. Tibetda qanchadan ortiq buddaviylik ibodatxonalari mavjud?___________________________________________________________________________

24. Xristianlik dini qachon 2 ga bo’lingan edi?_____________________________________________

25. Bu qarashlari uchun u 1415-yilda Konstans sobori qaroriga binoan gulxanda kuydirildi.Gap qaysi olim xaqida ketmoqda?_________________________________________________________

11- sinf din tarixidan test 25 ta

1. 1926-yilda respublikamizda 90 ta millat va elat yashagan bo‘lsa, 1959-yilda ularning soni nechtaga yetadi?

a) 113 ta b)115 ta c) 123 ta d) 125 ta

2. ________________ 13-yanvarda Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etildi?

a) 1990 yil b) 1994 yil c) 1991 yil d) 1992 yil

3. «Qiyosiy mifologiya», «Dinlarning asosi va shakllanishiga oid ma’ruzalar» nomli asarlar kimning qalamiga mansub?

a) Abu Nasr Forobiy b) Martin Lyuter King c) Maks Myuller d) Abu Rayhon Beruniy

4. 1999-yilda Toshkent islom universitetining tashkil etildi.

a) 1996-yilda b) 1999-yilda c) 2000 yilda d) 1998-yilda

5. Abu Zayd al-Balxiyning dinga doir qanday asari mavjud?

a) «Dinlar shariatlari kitobi» b) «Majusiylik va ko‘pxudolilik kitobi»

c) «Ko‘rsatkich» d) Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar

6. __________________________-din – jamiyat munosabatlari, bu munosabatlar ortidan kelib chiquvchi natijalarni o‘rganuvchi dinshunoslik sohasi.

a) Din psixologiyasi b) Din falsafasi c) Din sotsiologiyasi d) Din fenomenologiyasi

7. Sobiq mustabid tuzum davrida yurtimizda 80 ga yaqin masjid faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2017 yil-

ga kelib ularning soni qanchani tashkil etdi?

a) 1 ming 62 tani b) 2 ming 42 tani c) 2 ming 62 tani d) 3 ming 55 tani

8. Haj va Umra safariga borganlar 2000-yilda 3841/1378 tani tashkil etgan ular soni 2018-yilga kelib nechtaga yetdi?

a)13841/2378 b) 3841/2537 c) 5241/1368 d) 3841/1378

9. «Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi» O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi nechanchi moddasida berilgan?

a) 51-modda b) 41modda c) 61-modda d) 75-modda

10. Nechanchi yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida «Bir samo ostida» shiori ostida xalqaro musulmon-xristian konferensiyasi o‘tkazildi?

a) 1995-yili b) 1999-yili c) 1996-yili d) 1993-yili

11. To‘g‘ri va haq yo‘ldan yurgan kishining yurishi arslon yurishidan ko‘ra ham mahobatliroq (haybatliroq)dir ushbu fikr kimga tegishli?

a) Moturidiy b) Mahmud az-Zamahshariy c) Moxandas Karamchand Gandi d) Xalq hikmati

12. «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida [Avestoning] qancha ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi?

a) 9ming b) 14 ming c) 10 ming d) 12 ming

13. Qaysi yillar orasida Bibliya matni lotin tiliga tarjima qilinadi

a) 370-400-yillar b) 490-505-yillar c) 390-405-yillar d) 395-415-yillar

14. Bugungi kunda, jahon miqyosida zardushtiylar Hindistonda ___ ming, Eron Islom respublikasida ___ ming, shuningdek, Yevropa, Osiyo mamlakatlari hamda Amerikada bir necha ming kishini tashkil etadi.

a) 110 ming/40 ming b) 100 ming/50 ming c) 130 ming/35 ming d) 90 ming/40 ming

15. Nechanchi yilda Mandalay shahri (Birma)da bo‘lib o‘tgan Butunjahon buddaviylar yig‘ilishidan so‘ng Tripitaka matni har biri 2 metrli 729 ta marmar plitalarga yozib chiqilgan.

a) 1871-yili b) 1869-yili c) 1873-yili d) 1870-yili

16. 1900-yilda marmarga o‘yib tushirilgan Tripitaka matni ilk bor kitob holida nashr etildi. Uning hajmi necha jildni tashkil etgan?

a) 36 jildni b) 40 jildni c) 38 jildni d) 48 jildni

17. Nechanchi yilda Marokash poytaxti Rabot shahrida musulmon mamlakatlarining tashqi ishlar vazirlari ishtirokida sessiya bo‘lib o‘tdi?

a) 1969-yilda b) 1869-yili c) 1973-yili d) 1970-yili

18. Bibliyaning o‘zbek tiliga ilk tarjimasi 1991-yilda nashr etilgan. Qachon Respublikamizda O‘zbe-kiston Bibliya kitob jamiyati tuzilgan? ___________________________________________________

19. 2008-yil 13-14-martda Dakar (Senegal) shahrida bo‘lib o‘tgan nechanchi sammitda Nizomning yangi tahriri qabul qilingan? _______________________________________________________________

20. 2016-yil qaysi shaharda Islom hamkorlik tashkiloti ishtirokida «Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l» mavzusida xalqaro anjuman qayerda bo’lib o’tadi?_______________________

21. IHT tarkibida jami 57 davlat mavjud. O‘zbekiston tashkilotga qachon qabul qilingan? ______________________________________________________

22. 2020-yilda vatanimizning yana bir durdonasi – qaysi shahriga ham ayni nom berilishi ISESCO tomo-

nidan e’lon qilindi? ______________________________________

23. 2017-yil Misrning Shimoliy Sinay yarim orolidagi So‘fy masjidida amalga oshirilgan dahshatli teraktda necha kishi yaralandi, qanchadan ortiq odam halok bo‘ldi, shundan necha nafari bolalar.

24. Nechanchi yildan IHTga BMT huzurida kuzatuvchi tashkilot maqomi berilgan?_________________

25. 1995-yilda BMT Bosh Assambleyasining nechanchi sessiyasida O‘zbekiston Afg‘onistonga qurol-yarog‘ kiritishga qarshi xalqaro embargo qo‘yish g‘oyasi bilan chiqdi?



10-sinf din tarixidan test 25 ta javobi

1.c 2.a 3.d 4.b 5.c 6.d 7. a 8.c 9.b 10. a 11.d 12.a 13.c 14.b 15.d 16.a 17. c

18. konservativ yahudiylik

19. Saduqiy

20. Mongoliya

21. Ayritom

22. Dalvarzintepa

23. 3000 dan

24.1054 yilda

25. Yan Gus


11-sinf din tarixidan test 25 ta javobi

1.a 2.d 3.c 4.b 5.a 6.c 7.b 8.d 9.c 10.a 11.b 12.d 13.c 14.b 15.a 16.c 17.a

18. 1994-yilda

19. 11-sammitda

20. Toshkent

21. 1996-yil 2-oktabrda

22. Buxoro

23. 128 kishi, 300 dan ortiq, 27 nafari bolalar.



24. 1975-yildan

25. 50-sessiyasida
Download 46.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling