KO’makchi – dtm savollar


Download 25 Kb.
Sana30.04.2020
Hajmi25 Kb.
#102490
Bog'liq
KO'MAKCHI DTM


KO’MAKCHI – DTM SAVOLLAR
1. Faqat vazifadosh ko'makchilar ishtirok etgan qatorni toping.

A) tomon, haqida, ko'ra

B) so'ng, singari, bo'ylab

C) tufayli, avval, to'g'risida

*D) qarab, keyin, ust

2. Faqat sof ko'makchilar berilgan qatorni toping.

*A) sayin, uzra, qadar B) kabi, bo'ylab, muvofiq

C) uchun, doir, so'ng D) sari, yarasha, tomon

3. Ko'makchilar qaysi kelishik shakllaridagi ismlar bilan qo'llanishi mumkin?

l)bosh kelishik; 2)qaratqich kelishigi; 3)jo'nalish kelishigi; 4)tushum kelishigi; 5)o'rin-payt kelishigi: 6)chiqish kelishigi

A) 1,2,3,4,5,6 B) 2,3,4,5,6

*C) 1,2,3,6 D) 3,4,5

4. Ko'makchilarga xos xususiyat qaysi qatorda noto'g'ri izohlangan?

A) Ko'makchilar harakat nomidan keyin kelib, ularni hokim so'zga bog'lash uchun xizmat qiladi.

B) Ko'makchilar sifatdoshlardau keyin kelib, ularni hokim so'zga bog'lash uchun xizmat qiladi.

*C) Ko'makchilar ravishdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so'zga bog'lash uchun xizmat qiladi.

D) Ko'makchilar olmoshlardan keyin kelib, ularni hokim so'zga bog'lash uchun xizmat qiladi.

5. Old, ost, ust singari vazifadosh ko'makchilar qaysi kelishik shaklidagi so'zlarga qo'shiladi?

A) bosh kelishigi *B) qaratqich kelishigi

C) jo'nalish kelishigi D) chiqish kelishigi

6. Qaysi qatorda vazifadosh ko'makchi otlashgan so'zdan keyin qo'llangan?

A) Insonning fe'l-atvoriga qarab unga baho berishadi.

*B) Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilarning ishi emas.

C) To'ydan keyin nog'ora chalmoq — nodonlar ishi.

D) Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqqat yotadi.

7. Qaysi qatordagi gapda vazifadosh ko'makchi ishtirok etgan?

A) Avval o'yla, keyin so'yla.

*B) Bu kitob qo'liga tushgandan keyin, bosh ko'tarmay mutolaaga tushdi.

C) Ish bilan ovora bo'lib, kunning o'tganini ham sezmay qolasan.

D) Xalqimiz faqat jisman emas, ruhan ham uyg'oq bo'lmog'i darkor.

8. Qaysi gapda ko'makchi mavjud emas?

A) Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilar ishi emas.

B) Fursat g'animatdir, shoh satrlar-la bezamoq chog'idir umr daftarin.

*C) Badia bilan Mas'uma beka arava tagiga kirib yashirindi.

D) Otni soy bo'yiga bog'ladi-da, o'zi yuqoriga chiqib ketdi.

9. Qaysi gapda vazifadosh ko'makchi ishtirok etgan?

A) Ukasining mantiqi qarshisida Hakimboyvachcha ham esankirab qoldi. (Oybek)

*B) Onasidan mash'um xabarni eshitgandan boshlab tinmay yig'ladi, suyaklariga qadar zirqirab og'riydi.

C) Sizning haqingizda ko'p yaxshi gaplar bo'ldi.

D) Adirdagi lolalar ko'm-ko'k maysa uzra chiroy kasb etgan.

10. Qaysi javobda sof ko'makchilar berilgan?

A) bilan, uchun, atab *B) qadar, uzra, sari

C) sayin, ko'ra, qadar D) kabi, tufayli, bo'ylab

11. Qaysi ko'makchilar maqsad ma'nosini ifodalaydi?

*A) sababli, tufayli, uchun

B) uchun, bo'ylab, sari

C) tomon, uchun, sababli

D) tufayli, qadar, tomon

12. Qaratqich kelishigi shaklidagi ismlarga qo'shilib keladigan vazifadosh ko'makchilarni aniqlang.

A) qadar, sayin, biri *B) old, ost, ust

C) bilan, kabi, tomon

D) haqida, to'g'risida, qarshisida

13. Sof ko'makchilar berilgan javobni toping.

A) sari, sayin, so'ng, boshida

B) singari, misoli, haqida, bo'yla

C) tomon, boshida, uchun, orqali

*D) uzra, tufayli, haqida, qadar

14. Sof ko'makchi qo'llangan gapni toping.

*A) Barchasidan qovun soz, paykal uzra dumalar.

B) Gap futbol o'yini ustida ketardi.

C) Gapirishdan avval yaxshilab o'ylash lozim.

D) Muxbirimiz telefon orqali xabar berdi.

15. Vazifadosh ko'makchilar berilgan qatorni toping.

A) ost, ro'para, bilan, kabi

*B) tomon, orqa, qosh, atab

C) avval, qadar, bo'ylab, deb

D) so'ng, qarab, orqali, sari

16. Yana ular futbol haqida nazariy bilimlarga ega bo'lishimizni talab qiladilar.Ushbu gapdagi ko'makchining ma'no turini belgilang.

A) maqsad ma'nosi B) yo'nalish ma'nosi

C) chegarama'nosi *D) fikr mavzusi ma'nosi

17. O'xshatish, qiyoslash ma'nosini ifodalovchi ko'makchini toping.

*A) yanglig' B) qarab C) qadar

D) to'g'risida

18. chog'li, bo'уlab kabi ko'makchilar qaysi kelishik shaklidagi so'zlarga qo'shiladi?

*A) bosh kelishigidagi

B) qaratqichkelishigidagi

C) jo'nalish kelishigidagi

D) chiqish kelishigidagi

19. O’zaro sinonim bo’lgan ko’makchilar qatorini ko’rsating.

*A) boshqa, tashqari, bo’lak

B) so’ng, keyin, nari

C) buyon, beri, burun

D) faqat, o’zga, boshqa

20. Qarab ko’makchisiga qaysi ko’makchi sinonim bo’lishi mumkin?


A) nigoh tashlab, tomon, yarasha

B) tomon, nazar, nigoh tashlab

*C) yarasha, tomon

D) tomon, doir, ko’ra

21.Qaysi qatorda ko’makchi vazifasida qo’llanuvchi so’zlar berilgan?
A) uchun, bilan B) sayin, sari

C) singari, qadar *D) keyin, avval

22. Ustida so’zi qaysi qatorda ko’makchi vazifasida qo’llangan?
A) Kitob stolning ustida turibdi.


B) Lolalar qirning ustida ochilgan.

C) Qo’ng’iz yaproqning ustida o’rmalardi.

*D) U kechgacha ish ustida o’tirdi.

23. Atash ma’nosini tamoman yo’qotib, faqat o’zi birikkan so’zni boshqa so’zga tobelantirib bog’lash uchun xizmat qiladigan so’zlarni toping.

A) lekin, shuning uchun, hamda

*B) sari, qadar, uzra

C) nahotki, menimcha, chamasi

D) tomon, keyin, misoli

24. Sof ko’makchilar berilgan qatorni toping.

A) sari, sayin, so’ng, boshida

B) singari, misoli, haqida, bo’ylab

C) tomon, boshida, uchun, orqali

*D) sayin, sari, haqida, qadar

25. Vazifadosh ko’makchilar berilgan qatorni toping.

A) ost, ro’para, bilan, kabi

*B) ust, oldin, avval, qosh

C) avval, qadar, bo’ylab, deb

D) so’ng, qarab, orqali, sari

26. Qaysi kelishik qo’shimchasini fikr mavzusi ma’nosini bildiruvchi ko’makchi bilan ma’nodosh holda almashtirish mumkin?
*A) chiqish B) qaratqich


C) o’rin-payt D) jo’nalish

27. Qaysi gap tarkibida vazifadosh ko’makchi qo’llangan?
A) Qalam-la men to’qiyman qo’shiq.


B) A.Oripovga adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun “O’zbekiston xalq shoiri” unvoni berilgan.

C) Devor usti yomg’irdan iviy boshladi.

*D) Bu ishga qadam qo’yishdan ilgari bir karra sizning oldingizdan o’tib, ra’yingizni bilishga to’g’ri keldi.

28. Qaysi qatorda vazifadosh ko’makchilar berilgan?


A) orqali, qadar B) uchun, sari

C) kabi, singari *D) keyin, ko’ra

29 Sof ko’makchilar berilgan qatorni toping.

A) oldin, avval B) ich, ost

C) so’ng, ko’ra *D) qadar, uchun

30. Sof ko’makchilar haqida bildirilgan fikrlarning qaysi biri noto’g’ri?
A) Tobe so’zni hokim so’zga bog’lashga xizmat qiladi.


B) Sof ko’makchilar urg’u olmaydi.

*C) Sof ko’makchilar so’zlarga kuchaytirish, qiyoslash kabi qo’shimcha ma’nolarni kiritishga xizmat qiladi.

D) Sof ko’makchilar o’zi bog’langan so’zdan hamisha ajratib yoziladi.

31. Qaysi qatordagi ko’makchi chegara ma’nosini ifodalagan?
A) Uygacha suhbatlashib bordik. *B) Kechga qadar tinimsiz ishladik.


C) Shu kichik yo’lak orqali o’tasiz. D) Maktab tomon yo’l oldik.

32. Quyidagi qaysi gapda sof ko’makchi ishtirok etmagan?
*A) Salim kitob ustida uzoq ishladi.


B) Barchasidan qovun soz, paykal uzra dumalar.

C) Temur tig’i yetmagan joyni,

Qalam bilan oldi Alisher.

D) A’zamjon qilmishi uchun undan uzr so’radi.

33. Vazifadosh ko’makchilar qaysi qatorda keltirilgan?
A) ko’ra, old, qadar *B) atab, ust, avval


C) oldin, bilan, uchun D) uzra, deb, qarab

34. Qaysi qatordagi o’xshatish qo’shimchasini ko’makchi bilan almashtirish mumkin?

A) Qanday xislatlarni rivojlantirish lozimligini kishi yaxshi bilmog’i va shunga intilmog’i zarur.

B) Jinday kuting, hozir majlis tugaydi.

*C) Bunday odamlarni kim yoqtirmaydi deysiz?
D) Unday demang, hamma ham birday emas.

35. Faqat vazifadosh ko’makchilar berilgan qatorni toping.



A) qoshida, uzra, qarab B) so’ng, ko’ra, tufayli

*C) deb, atab, deya D) qarshi, sababli, haqida

36. Jo’nalish kelishigidagi ismlarga birikuvchi ko’makchilar qatorini toping.

A) yarasha, bo’ylab, qarabB) qaramay, ko’ra, tufayli

*C) asosan, doir, muvofiqD) qarshi, yarasha, sayin

37. Bilan, singari, kabi ko’makchilari qaysi kelishikdagi so’zlar birga qo’llanadi?
*A) bosh kelishikdagi so’zlar bilan


B) bosh kelishik, jo’nalish, o’rin-payt kelishigidagi so’zlar bilan

C) jo’nalish, o’rin-payt va chiqish kelishigidagi so’zlar bilan

D) barcha kelishikdagi so’zlar bilan birga qo’llanishi mumkin.

38. Chiqish kelishigi shaklidagi so’z bilan qo’llana oladigan ko’makchini aniqlang.



A) binoan B) bo’ylab

C) qarab *D) avval

39. Ushbu gapda qo’llangan ko’makchilarni toping. Ra’no shu kunga qadar o’z hayoti to’g’risida, hatto do’stiga ham gapirmadi.

A) shu, hatto, qadar *B) qadar, to’g’risida

C) qadar, hatto, ham D) to’g’risida, hatto, ham

40. Qaysi qatorda sof ko'makchilar berilgan?

A) ust, ost B) oldin, avval

*C) qadar, uchun D) so'ng, ko'ra



41..Vazifadosh ko'makchi ishtirok etgan gapni toping.

*A) Bu kitob qo'liga tushgandan keyin bosh ko'tarmay mutolaaga tushdi.

B) Avval o'yla, keyin so'yla.

C) Ish bilan ovora bo'lib, kunning o'tganini ham sezmay qolasan.

D) Xalqimiz faqat jisman emas, ruhan ham uyg'oq bo'lmog'i darkor.

42. Tobe so'zni hokim so'zga bog'lashga xizmat qiluvchi so'zlar qanday nomlanadi?

A) bog'lovchilarB) modal so'zlar

*C) ko'makchilar D) yuklamalar

43. Berilgan qaysi gaplarda ko’makchi qatnashmagan?


1.Siz bilan hamsuhbat bo’lmasdan avval boshqacha hayolda edim.

2. Devor usti yomg’irdan iviy boshladi.

3. Avval o’yla, keyin so’yla.

4. Orqadan chuqur soyoqadi.

A) 1,2,3 B) 1,3,4 *C) 2,3,4

D) Barchasida ko’makchi qatnashgan.

44. Ko'makchilar qaysi kelishik shaklidagi so'zlarga birikib kelishi mumkin?

A) barcha kelishik shakllariga

B) qaratqich, jo'nalish, tushum va chiqish kelishik shakllariga

*C) bosh, qaratqich, jo'nalish va chiqish kelishik shakllariga

D) bosh, jo'nalish, o'rin-payt va chiqish kelishik shakllariga

45. Qaysi gap tarkibida vazifadosh ko'makchi qo'llangan?

A) Devor usti yomg'irdan iviy boshladi.

B) A.Oripovga adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun "O'zbekiston xalq shoiri" unvoni berilgan.

*C) Bu ishga qadam qo'yishdan ilgari bir karra sizning oldingizdan o'tib, ra'yingizni bilishga to'g'ri keldi.

D) Qalam-la men to'qiyman qo'shiq.

46. Sof ko’makchilar qatorini aniqlang.

A) tufayli, aslo, qadar B) qarab, so’ng,orqa

C) singari, haqida, deya *D) bilan, uzra, sari

47. Jo’nalish kelishigi shakli bilan birga qo’llanadigan vazifadosh ko’makchilarni aniqlang.

*A) tomon, ko’ra B) qaramay, boshlab

C) tomon, bo’ylab D) ko’ra, qadar

48. Bosh kelishikdagi ismlar bilan birga qo’llanadigan sof ko’makchilar berilgan qatorni toping.

*A) bilan, uchun, sari, sayin

B) sababli, tufayli, orqali, tomon

C) bo’ylab, bo’yli, chamasi, haqida

D) sayin, singari, holda, to’g’risida

49. Boyvachcha yer o'pib, tavba qilibdi va keksa ota-onasini rozi qilish uchun o'sha zahoti ularning huzuriga shoshilibdi.Ushbu gapdagi ko'makchi qanday ma'noni ifodalagan?

A) atalganlik B) yo'nalish

C) chegara *D) maqsad

50. Jarangli va jarangsizligiga ko'ra bir guruhga kiruvchi undoshlar qatnashgan vazifadosh ko'makchi mavjud bo'lgan gapni aniqlang.

A) Barchasidan qovun soz, paykal uzra dumalar.

*B) Temur tig'i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher.

C) Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqqatli mehnat yotadi.

D) Tinchlik deb kurashgan ota-bobolarimiz tufayli shu yorug' kunlarga yetib keldik.

51. Qaysi javobda tarkibidagi kelishik qo'shimchalarini ko'makchilar bilan almashtirish mumkin bo'lgan so'z birikmalari to'g'ri ko'rsatilgan?

1) olchaning guli; 2) shoshmasdan yurmoq; 3) chapga burilmoq; 4) mashinada kelmoq; 5) ukasiga olmoq; 6) uyalganidan kelmoq.

A) 2, 3, 4, 6 *B) 3, 4, 5, 6

C)1,2,4,5,6 D) 1, 4, 5, 6

52. Bosh kelishik shaklidagi ismlarga ergashib kela oladigan vazifadosh ko'makchilar qatorini aniqlang.

1) sari; 2) tomon; 3) bilan; 4) bo'ylab; 5) qaramay; 6) sayin; 7) kabi.

A) 2,4,5,6 B) 1,2,3,4

*C) 1,2,3,4,6,7D) 2,4

53. Quyidagilardan jo'nalish kelishigi shaklidagi ismlarga qo’shilib kela oladigan vazifadosh ko’makchilar sonini aniqlang.

ko'ra, asosan, qadar, muvofiq, yarasha, tomon, qaramay.

*A) 5 ta B) 7 ta

C) 4 ta D) 6 ta

54. Atash ma'nosini tamoman yo'qotib, faqat o'zi birikkan so'zni boshqa so'zga tobelantirib bog'lash uchun xizmat qiladigan so'zlarni toping.

A) lekin, shuning uchun, hamda

*B) uchun, singari, kabi, tufayli

C) axir, nahotki, menimcha, chamasi

D) tomon, keyin, misoli, qadar

55. 1. Devor usti yomg'irdan iviy boshladi. 2. Kitob ustida uzoq ishladi. 3. Nosir o'z ustida ko'p ishlardi. Ushbu gaplardagi usti so'zi qaysi javobda to'g'ri izohlangan?

A) 1- va3-gaplarda vazifadosh ko'makchi, 2-gapda mustaqil so'z

B) 1- va 2-gaplarda mustaqil so'z, 2-gapda vazifadosh ko'makchi

*C) 2- va 3-gaplarda vazifadosh ko'makchi, 1-gapda mustaqil so'z



D) 2- va3-gaplarda mustaqil so'z, 1-gapda vazifadosh ko'makchi



Download 25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling