10-sinf Geоgrafiya 1-variant


Download 35.6 Kb.
bet3/4
Sana03.02.2023
Hajmi35.6 Kb.
#1154879
1   2   3   4
Bog'liq
10-синф география

10-синф II variant
1. O‘rta Osiyoning shimoliy va janubiy chekka nuqtalari koordinatalari o‘rtasida necha daraja farq mavjud?
A) 22,80 B) 21,80 C) 20,80 D)19,80

2. Yangi yerlarni o‘zlashtirish, qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlovchi sanoat negizida vujudga kelgan shaharlar guruhini toping.


A) Yangiyo‘l, Guliston, Yangiyer B) Yangiyo‘l, Guliston, Namangan
C) Jizzax, Bekobod, Kogon D) Zafarobod, Bekobod, Taxiatosh

3. J. Kuk 1771-1775-yillarda Hind okeanida qanday tadqiqot ishlarini olib borgan?


A) Okean suvining sho’rligini o’rgangan B) Okean chuqurligini o’rgangan
C) Okean osti qazilma boyliklarini D) Okean hayvonot va o’simlik dunyosinini

4. Zond bo`g`izi qaysi orollarni ajratib turadi?


A) Sumatra va Yava B) Sumatra va Kalimantan C) Kalimantan va Yava D) Floris va Timor

5.Qaysi andozada tayyorlangan xaritada materik, davlat, dengiz va orollarning maydonlari xatosiz tasvirlanadi?


A) Teng maydonli B) Teng burchakli C) Azimutli D) Ixtiyoriy

6. Krit, Azov, Karib, Lazarev dengizlari qaysi okeanga tegishli.


A) Atlantika B) Tinch C) Hind D) Shimoliy Muz

7. Yangi sutkaning boshlanishi qaysi soat mintaqasining o‘rtasi deb qabul qilingan?


A) 24-mintaqaning B) 18-mintaqaning C) 12-mintaqaning D)1-mintaqaning

8. Quyidagilardan eng uzoq – 70 mln yil davom etgan davrlarni aniqlang.


1. Kembriy; 2. Ordovik; 3. Silur; 4. Devon; 5. Toshko‘mir; 6. Perm; 7.Trias;
8. Yura; 9. Bo‘r; 10. Paleogen; 11. Neogen; 12. Antropogen.
A) 2,5,7; B) 3,6,8; C) 10,11,12; D) 1,4,9.

9. O‘rta Osiyoning eng baland va eng past nuqtalari o‘rtasida necha metr farq borligini aniqlang.


A) 7558 metr B) 7822 metr C) 7719 metr D) 582 metr

10. Quyidagilardan O‘zbekistonda qisqa masofaga eng ko‘p yuk tashuvchi transport turini aniqlang.


A) Temir yo‘l transporti B) Quvir transporti C) Daryo transporti D) Avtomobil transporti

11. Quyidagi javoblardan qaysi biri to’g’ri berilgan?


A) Niger del’ta hosil qiladi
B) Oranj daryosi Afrikaning shimolida joylashgan
C) Oranj daryosining o’rta oqimida suv cho’llarni o’zlashtirishga sarflanadi
D) Kongo delta hosil qiladi

12. O‘rta Osiyoning shimoliy va janubiy qismlarida qanday tabiat komplekslari mavjud?


A) Chalacho‘l va savannalar B) Cho‘l va doimiy yashil o‘rmonlar
C) Dasht va mavsumiy o‘rmonlar D) Dasht va subtropik cho‘llar

13.Quyidagilardan mamlakatimizdagi qorako‘l qo‘ylari boqilmaydigan viloyatlar ko‘rsatilgan variantni toping.


1. Buxoro, 2. Xorazm, 3. Qashqadaryo, 4. Toshkent , 5. Jizzax , 6. Andijon,
7. Samarqand, 8. Farg‘ona, 9. Sirdaryo, 10. Namangan, 11. Navoiy,
12. Surxondaryo, 13. Qoraqalpog‘iston.
A) 1,5,9,13 B) 2,7,10,12 C) 3,6,9,11 D) 4,6,8,10

14. Kongo daryosiga xos bo'lmagan xususiyatni aniqlang.


A) Gvineya qo’ltig’ida yirik delta hosil qiladi. B) Lukuga irmog'i Tanganika ko'lidan boshlanadi
C) Livingston sharsharalar guruhi mavjud D) Yillik suv sarfi deyarli o'zgarmaydi

15. Mamlakatimizning Hind okeaniga chiqishiga imkon beruvchi avtomobil yo‘lini aniqlang.


A) Andijon-O‘sh-Qashqar B) Termiz-Hirot-Karachi
C) Toshkent-Termiz-Qobul D) Toshkent- Hirot-Islomobod

16. Hududlarga xos iqlim mintaqalarni aniqlang.


1) Apennin yarim oroli; a) subtropik
2) Hindiston yarim oroli; b) arktika
3) Shpisbergen arxipelagi; v) mo‘tadil
4) Saxalin oroli; g) subekvatorial
A) 1- a, 2- g, 3-b, 4- v B) 1- b, 2-v, 3- a, 4- g
C) 1 -v, 2- a, 3- g, 4- b D) 1- g, 2-b, 3- v, 4- a

17. O‘rta Osiyo iqlimiga xos xususiyatlarni ajrating.


1. Iqlimning mo‘tadilligi, 6. Quyoshli kunlarning ko‘pligi
2. Iqlimning keskin kontinentalligi 7. Yozda haroratning pasayib ketishi
3. Iqlimning sernam ekanligi 8. Yozda haroratning yuqoriligi
4. Iqlimning qurg‘oqchilligi 9. Yil fasllari davomiyligi bir xil bo‘lishi
5. Quyoshli kunlarning kamligi
A) 3.7.8.9. B) 1.3.5.6. C) 2.4.6.8. D) 4.5.7.9.
18. Afrikaning shimol va janubida joylashgan tog‘larni yozing.
Javob: ______________________________
19. Topografik xaritada aholi manzilgohlari nomi ostidagi raqamlar nimani ifodalaydi?
Javob: ___________________________________________________
20. Daryo suvida cho‘kindi jinslarning cho‘kish qonuniyatini birinchi bo‘lib kim aniqlagan?
Javob: ____________________________________________________
21. O‘zbekistonda dastlabki elektrlashtirilgan temir yo‘l qaysi shaharlarni bog‘laydi?
Javob: ___________________________________________________
22. Dеngiz sathidan 420 mеtr balandlikdagi normal atmosfеra bosimi qanchaga teng bo‘ladi?
Javob:___________________________________________________________
23. Chirchiq metallurgiya kombinati qaysi konlar bilan bog‘liq holda mahsulot ishlab chiqaradi?
Javob:_____________________________________________________________________
24. Meksika hududini egallab turgan katta yarim orollarni yozing.
Javob:___________________________________________________________
25. Hijriy Shamsiy yilda Aqrab oyi nechchi kunga teng bo‘ladi?
Javob: _________________________

Download 35.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling