10-sinf jahon tarixi 2017-yil darslik asosida mavzulashgan test savollari


-8 mavzu: 1918-1939 yillarda SSSR. (50 ta)


Download 444.5 Kb.
bet14/51
Sana08.01.2022
Hajmi444.5 Kb.
#248564
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51
Bog'liq
10 sinf jahon tarixi mavzulashgan

7-8 mavzu: 1918-1939 yillarda SSSR. (50 ta)

1.Halq Komissarlari Soveti kim tomonidan tuzildi?

A)I.Stalin B)V.Lenin C)F.Kolesov D)P.Krovichenko

2.Halq Komissarlari Soveti tuzilgan sana qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

A)1917 yil oktabr B)1918 yil mart C)1917 yil noyabr D)1917 yil mart

3. Shakllanayotgan bol`sheviklar totalitar tuzumning muhim belgisi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

A)Partiya va davlat tashkilotlari birikib ketdi.

B)Bol`sheviklar hokimiyatga kelgach, fuqarolar urushiga barham berildi.

C)Turli hil ijtimoiy guruhlar o’zaro muammo va ziddiyatlarini yechimi Sovet qarori orqali hal etila boshladilar.

D)Jamiyatni qayta qurishning ezgu maqsadlari bilan ularni amalga oshirishning radikal usullari o’rtasidagi nomutanosiblik kabi muammolar hal etildi.

4.1918 yil mart oyida…

A)Rossiyada davlat to’ntarishi amalga oshirildi

B)Rossiya Halq Komissarlari Soveti tuzildi

C)”Harbiy Kommunizm” dasturi ishlab chiqildi

D)Brest-Litovsk shartnomasi imzolandi

5.Qaysi sulh shartnomasida Rossiyani 5 mln. kishi yashaydigan hududidan mahrum bo’lishiga, Qora dengiz flotidan ayrilishiga va ………ga kontributsiya to’lashga majburligi aytilgan?

A)Brest-Litovsk shartnomasi. Germaniyaga

B) Brest-Litovsk shartnomasi Fransiyaga

C)Rapallo shartnomasi Germaniya

D)Versal shartnomasi Buyuk Britaniya

6.Rossiya uchun sharmandali sulh deb e’tirof etilgan shartnoma qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

A)Versal shartnomasi

B)Rapallo shartnomasi

C)Brest-Litovsk shartnomasi

D)Hech qanday sulh Rossiya uchun sharmandali deb e’tirof etilmagan.

7.Birinchi jahon urushidan keyin Rossiyada boshlanib ketgan fuqarolar urushining bosh sababi nimada?

A)1917 yil bol’sheviklarni hokimiyatga kelishi va “Harbiy Kommunizm”dasturini ishlab chiqilgani.

B)Jamiyatni qayta qurishning ezgu maqsadlari bilan ularni amalga oshirishning radikal usullari o’rtasidagi nomutanosiblik

C) Rossiya Brest-Litovsk shartnomasini imzolagani tufayli

D)1918 yil Rossiyaning ba`zi hududlarida interventlar bilan sovetlarning ichki dushmanlari birlashib, Sovet hukumatini ag’darib tashlaganligi

8.Buyuk davlatlar tomonidan Rossiyaga uyushtirilgan Interventsiyaning asosiy sababi nima edi?

A)Rossiyaning Birinchi jahon urushida buyuk davlatlardan olgan qarzlarini to’lashdan bosh tortganligi

B)Rossiyadagi fuqarolar urushiga barham berish

C)Rossiyada o’rnatilgan Sovet hokimiyatini ag’darish

D)Fuqarolar urushini qullab-quvvatlash uchun harbiy yordam ko’rsatish

9.Rossiyaga qarshi chet el interventsiyasi harakatlarini olib borgan davlatlar sovetlarning ichki dushmanlari bilan birlashib, qaysi hududlarda sovet hokimiyatini ag’darib tashladilar?

A)Volgabo’yi, Ural, Sibir, Uzoq Sharq hududlarida

B)Ukraina , Kavkazorti, Ural, Sibir hududlarida

C)Belorussiya, Ukraina, Volgabo’yi, Sibir hududlarida

D)Uzoq Sharq, Kavkazorti, Ural, Volgabo’yi hududlarida

10.Rossiyada fuqarolar urushi qaysi voqeadan keyin yakunlangan?

A)Chet el qo’shinlari ichki dushmanlar bilan biralshib, ma’lum bir hududlrda sovet hokimiyatini ag’darib tashlagandan keyin

B)Uzoq Sharqda “Oq gvardiyachilar”ning tor-mor etilishi, Qizil armiya Vladivostokni olib, Tinch okeaniga chiqishi bilan

C)Rossiyaning chekka o’lkalari – Kavkazorti, O’rta Osiyoda sovet hokimiyatini o’rnatilshi bilan

D)SSSRning tashkil topishi bilan

11.”Harbiy Kommunizm”siyosati qaysi yillari o’rnatildi?

A)1917-1922 yillari

B)1918-1923 yillari

C)1918-1922 yillari

D)1917-1923 yillari

12.”Harbiy Kommunizm” bu….

A)Ko’p partiyaviylik tizimining hukmronligi, iqtisodni boshqarishning ma’muriy- buyruqbozlik tizimi

B)Iqtisodni boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik tizimini yoq qilinishi, erkin bozor iqtisodiga o’tishnining favqulodda tizimi

C)Dehqonlardan oziq-ovqat mahsulotlarini 2/3 qismini olib qo’yilishi, hurfikirlilik ta’qib ostiga olinishi

D)Fuqarolar urushida g’alaba qozonish uchun mamlakat barcha resurslarini safarbar qilishning favqulodda tizimi

13.Rossiyada 1922 yil amalga oshirilgan muhim tadbirlardan birini qaysi voqea bilan izohlaysiz?

A)SSSRning tashkil topishi

B)SSSRning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi

C)Mamlakatda qishloq ho’jaligini jamoalashtirish dasturi ishlab chiqildi

D)Milliy-hududiy chegaralanish dasturi qabul qilindi

14.SSSRga dastlab qaysi respublikalar kirdi?

A)Volgabo’yi, Ural, Rossiya, Ukraina

B)Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Kavkazorti

C)Ukraina, Uzoq Sharq, Rossiya, Belorussiya

D)Kavkazorti, Ural, Rossiya, Volgabo’yi

15.SSSRning birinchi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?

A)1922 yil B)1923 yil C)1924yil D)1925 yil

16.Mamlakatda milliy-hududiy chegaralanish o’tkazilgandn keyin, milliy sovet respublikalari tashkil qilingan o’lkalar qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A)Kavkazorti, Ukraina

B)Kavkazorti, O’rta Osiyo

C)Volgabo’yi, O’rta Osiyo

D)Belorussiya, Uzoq Sharq

17.1933 yil SSSRni tan olgan davlat qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

A)Buyuk Britaniya B)Fransiyaiya C)Yaponiya D)AQSH

18.Rossiyada ro’y bergan 1921 yilgi ocharchilik qaysi o’lkalarni qamrab oldi?

A)Ukraina, Belorussiya, O’rta Osiyo

B)Ukraina, Kuban, Volgabo’yi

C)Volgabo’yi, Kavkazorti, Kuban

D)Kavkazorti, Volgabo’yi, O’rta O’siyo

19.Rossiyada ro’y bergan ocharchilikda amaliy yordam ko’rsatgan norvegiyalik sayyoh to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang?

A)T. Xeyerdal B)R. Amudsen C)F. Nansen D)J. Dupakye

20.G’arb davlatlari kimning qat’iy iltimosi bilan Rossiyadagi ocharchilik bo’layotgan o’lkalarga yordam ko’rsatishlari tufayli minglab odamlar hayoti saqlab qolindi?

A)T. Heyerdal B)J.Klemanso C)L.Jorj D)F. Nansen

21.”Harbiy Kommunizm” siyosati o’rnida sovet hokimiyati qaysi dasturni ilgari surdi?

A)Yangi Iqtisodiy Siyosat B)”Oziq-ovqat razvyorstkasi”

C)Qishloq ho’jaligini jamoalashtirish D) Mamlakatni industirlashtirish

22.NEP dasturi orqali sovet hokimiyati qanday natijalarga erishdi?

A)Ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruvi yanada mustahkamlandi

B)Dehqonlardan oshiqcha oziq-ovqat mahsulotlarini tortib olindi

C)Hurfikirlilik qattiq taqiqlanishi bilan tavsiflanadi

D)Hususiy tadbirkorlik rag’batlantirildi, og’ir iqtisodiy inqiroz holatidan chiqarildi

23.Bol’sheviklar o’tkazgan qaysi tadbir dasturi majburiy va vaqtinchalik bo’lib, mamlakat inqirozli holatdan chiqqanidan so’ng bekor qilinishi ko’zlangan edi?

A)”Harbiy Kommunizm”

B)”Oziq-ovqat razvyorstkasi”

C)NEP

D)Kollektivlashtirish dasturi



24.NEP dasturi qaysi yillar oralig’ida mavjud bo’lgan?

A)1927-1929 yillar B)1925-1927 yillar C)1929-1932 yillar D)1924-1927 yillar

25.Sovet hukumati tomonidan mamlakatni industirlashtirish dasturi qaysi yillari amalga oshirilgan?

A)1922- 1930 yillar B)1920-1935 yillar C)1920-1930 yillar D)1918-1928 yillar

26.Sovet Rossiyasi tomonidan mamlakatni industirlashtirish siyosatini birinchi besh yilligi qaysi yillarni o’z ichiga oladi?

A)1927-1931 yillar B)1926-1930 yillar C)1928-1932 yillar D)1925-1930 yillar

27.Sovet Rossiyasi yuritgan mamlakatni industirlashtirish siyosatini besh yillik tamoyilida ko’zda tutilgan asosiy vazifa nima edi?

A)SSSRni agrar mamlakatdan sanoati rivojlangan va kuchli harbiy davlatga aylantirish

B)SSSRni agrar mamlakatdan sanoat mamlakatiga aylantirish

C)Faqat og’ir sanoat turlarini rivojlantirish

D)Yengil sanot turlarini rivojlantirish

28.SSSRda industirlashtirish siyosatining besh yillik rejasiga ko’ra qancha yirik korhona qurildi?

A)1650 ta B)1500 ta C)1455 D)1640 ta

29.SSSRda mamlakatni kollektivlashtirish siyosati qaysi yillari amalga oshirildi?

A)1927-1931 yillar B)1926-1930 yillar C)1928-1932 yillar D)1928-1933 yillar

30.Sovetlar yuritgan mamlakatni kollektivlashtirish dasturi natijasida nimalar ro’y berdi?

A)Yer egalari mulklaridan mahrum etildi, quloq sifatida ko’pchiligi qamaldi, qatl etildi

B)Mamlakat oziq-ovqat tanqisligiga barham berildi, hususiy yer egaligiga barham berildi

C)Belorussiya, Kavkazorti, O’rta Osiyo o’lkalarida quloq qilish ishlari avjga chiqdi

D)Mamlakat ishlab chiqarish sohalari tiklandi, sakkiz soatlik ish soatlari joriy etilishiga erishildi, og’ir iqtisodiy tanglik holatidan chiqib olish imkonini berdi

31.Mamlakatni kollektivlashtirish siyosati oqibatida SSSRda qancha odam o’z joyidan mahrum etilgan?

A)15 mlnga yaqin B)14 mlnga yaqin

C)15 mlndan ortiq D)16 mln

32.1933 yillarda SSSRda ro’y bergan ocharchilik oqibatida qaysi o’lkalarda odamlar halok bo’lganligi qayd etilgan?

A)Ukraina, Kuban, Volgabo’yi , Belorussiya

B)Ukraina , Kuban, Volgabo’yi, Qozog’ison

C)Belorussiya, Kavkazorti, Ukraina

D)Belorussiya, Kuban, Qozog’iston, Volgabo’yi

33.1933 yilda SSSRda ro’y bergan ocharchilik tufayli qancha odam halok bo’lgan?

A) 6 mlnga yaqin B)7 mlndan ortiq

C) 6,5 mln D) 8mln

34.SSSRda olib borilgan mamalakatni sanoatlashtirish dasturini ikkinchi besh yilligi qaysi yillarni oz ichiga oladi?

A)1932-1936 yillar B)1933-1937 yillar C)1934-1938 yillar D)1935-1939 yillar

35.SSSRda sanoatni rivojlantirish dasturi orqali sanoati o’sishiga erishildi va dunyoda sanoati rivojlangan davlatlar qatorida nechanchi o’ringa chiqib oldi?

A)birinchi o’ringa B)ikkinchi o’ringa C)uchinchi o’ringa D) to’rtinchi o’ringa

36.SSSR sanoati rivojlanishining uchinchi besh yilligi qaysi yili amalga oshirilgan?

A)1933 yil B)1937 yil

C)1936 yil D)1938 yil

37.SSSR sanoatini rivojlantirishning uchinch besh yilligida asosan qaysi sanoat sohasi rivojlantirilishi rejalashtirildi?

A)yengil sanoat B)kimyo sanoati

C)harbiy sanoat D)tog’-kon sanoati

38.SSSRda majburiy boshlang’ich ta’lim qachon joriy qilingan?

A)1929 yil B)1930 yil C)1934 yil D)1932 yil

39.SSSRda “madaniy inqilob” amalga oshirilishi natijasda nimalar ro’y berdi?

A)ko’plab milliy ziyolilar qatag’on qilindi, milliy madaniyat zarar ko’rdi, lekin, savodsizlikka qarshi kurash ijobiy natijalarga olib keldi

B)san’at, adabiyot va fan sohalari rivojlantirildi, markscha-lenincha mafkura halqning turmush darajasiga singdirila boshlandi, milliy ziyolilar safi kengaydi

C)savodsizlikka to’liq barham berildi, diniy qarashlar nazariyasiga oid konsepsyalar ishlab chiqildi

D) mamlakat sanoati va qishloq ho’jaligi sohasida ko’plab yutuqlar qo’lga kiritildi, lekin ta’lim tizimi to’liq isloh etilmaganligi uchun usbu sohalarda kadrlar muammosi butun sovetlar o’lkasini qamrab oldi

40.1931-1932 yillarda……..

A)Yaponiya Manjuriyani bosib oldi

B)SSSRda kollektivlashtirish siyosati amalga oshirildi

C)SSSRda “madaniy inqilob”davri boshlandi

D)Yaponiya SSSR hududiga bostirib keldi

41.Yaponiya SSSR hududiga qachon bostirib keldi?

A)1932 yil B)1938 yil

C)1936 yil D)1934 yil

42.1939 yil Yaponiya hujum qilgan qaysi hududga SSSR harbiy qoshin jo’natib, yordam ko’rsatdi?

A)Mo’g’uliston B)Xitoy C)Shimoliy Koreya D)V`etnam

43.Halxin-go daryosi yaqinidagi jangda mag’lub bo’lgan davlat qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

A)SSSR B)Mo’g’uliston C)Xitoy D)Yaponiya

44.1941 yili……

A) Ikkinchi jahon urushi boshlandi

B)sovet-yapon shartnimasi imzolandi

C)Sovet ittifoqi Millatlar Ligasi a’zoligiga qabul qilindi

D)Rossiya va Germaniya o’rtasida o’zaro hujum qilmaslik haqidagi shartnoma imzolandi

45.Sovet ittifoqi Millatlar Ligasi ittifoqiga qachon a’zo bo’lgan?

A)1941 yil B)1938 yil C)1934 yil D)1940 yil

46.Rapallo shartnomasi qaysi davlatlar o’rtasida imzolangan?

A)SSSR va Yaponiya B)SSSR va Germaniya C)SSSR va Xitoy D)Germaniya va Yaponiya

47.Rapallo shartnomasi qaysi yili imzolangan?

A)1922 yil B)1924 yil

C) 1926 yil D) 1932 yil

48.SSSR va Germaniya o’zaro hujum qilmaslik haqidagi shartnoma qachon imzolandi?

A)1941 yil 20 mart B)1939 yil 23 avgust C)1941 yil 15 mart D)1938 yil 17 iyun

49.Molotov-Ribbentrop nomi bilan tarixga kirgan hujjatning nomi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

A)SSSR va Yaponiya B)SSSR va Germaniya C)SSSR va Xitoy D)Germaniya va Yaponiya

50.Germaniya va SSSR o’rtasidagi shartnomaning maxfiy protokolida SSSRga qaysi hududlar berilishiga kelishilgandi?

A)Pol’shaning shimoliy qismi, Bessarabiya, Finlandiya

B)Pol’shaning sharqiy qismi, Bessarabiya, Shvetsiya, Finlandiya

C)Bessarabiya, Finlandiya, Norvegiya, Boltiq bo’yi davlatlar

D)Pol’shaning sharqiy qismi, Finlandiya, Boltiq bo’yi davlatlari, Bessarabiya


Download 444.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling