УзЭнц
Belarus
Belorussiya (Belarus), Belorussiya Respublikasi (
bel.
Respublіka Belarus) —
Yevropa
markazidagi davlat. Sharqiy Yevropa tekisligining gʻarbida joylashgan. Maydoni 207,6 ming
km
2
. Aholisi 9 463 300 kishi (2013). 6 viloyat, 118 tuman, 102 shahar, 109
shaharcha bor
(1996). Poytaxti —
Minsk
shahri.
Cookie-файлы помогают нам предоставлять наши услуги.
Используя наши сервисы, вы соглашаетесь с использованием
cookie-файлов.
Дополнительная информация
ОК
Belarus Respublikasi — unitar demokratik ijtimoiy huquqiy davlat.
1996-yilgi
referendumda
qabul qilingan Konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — aholi tomonidan 5
yil muddatga
saylanadigan prezident. Qonun chiqaruvchi vakolatli organi — Millat majlisi boʻlib,
u Vakillar
palatasi va Respublika Kengashidan iborat. Vakillar palatasining hamma 110
deputatini aholi
saylaydi. Respublika Kengashining 64 deputatidan 56 nafari mahalliy
kengashlar tomonidan
saylanadi, 8 nafari prezident tomonidan tayinlanadi. Millat majlisining vakolat muddati 4 yil
Ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat — Vazirlar Kengashi amalga oshiradi.
Bosh vazirni Vakillar palatasining roziligi bilann prezident tayinlaydi.