Belorussiya (Belarus), Belorussiya Respublikasi
Cookie-файлы помогают нам предоставлять наши услуги
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Belarus — УзЭнц
- Bu sahifa navigatsiya:
- Cookie-файлы помогают нам предоставлять наши услуги. Используя наши сервисы, вы соглашаетесь с использованием cookie-файлов. Дополнительная информация
Cookie-файлы помогают нам предоставлять наши услуги.
Используя наши сервисы, вы соглашаетесь с использованием cookie-файлов. Дополнительная информация ОК Belarus hududida oʻrta paleolit davridan odam yashay boshlagan (100 — 35 ming y. muqaddam); neolit davrida (miloddan avvalgi 5-ming yillik oxiridan 3-ming yillik oxirigacha) dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanishga oʻtgan. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida hind-yevropa qabilalari koʻchib kelgach, ularning taʼsirida jez asriga oʻtiddi. Bu yerda temir davri miloddan avvalgi 8 — 6-asrlardan milodiy 8-asrgacha davom Sofiylik sobori Dunyo qasri Cookie-файлы помогают нам предоставлять наши услуги. Используя наши сервисы, вы соглашаетесь с использованием cookie-файлов. Дополнительная информация ОК etdi [5] . Milodiy 1-ming yillik 2-yarmida Belarus hududida 3 slavyan qabilalari: krivichi, dregovichi va radimichilar uyushmasi vujudga keldi, keyinchalik ular oʻrniga knyazliklar tashkil topdi. 10-asr oxiridan knyazliklar Kiyev Rusi tarkibiga kirdi. 13-asr 2-yarmida Rossiyaning gʻarbiy chekkalariga Buyuk Litva knyazligi hujum qila boshladi. Mamlakatdagi parokandalik va tatarmoʻgʻullarning hamlalari sharoitida bu knyazlik Gʻarbiy rus yerlarini osonlikcha zabt etdi. Shu paytdan boshlab bu yerlar „Belaya Rus“ („Oq Rus“) deb yuritiladigan boʻldi (belorus atamasi shundan kelib chiqdi). 15 — 16-asrlarda Belarusda xususiy yer egaligi rivojlandi. Beloruslarning Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari bilan munosabatlari jonlandi. Buyuk Litva knyazligi Belarus va Ukrainadagi hukmronligini mustahkamlash uchun 1569-yilda Polsha bilan ittifoq (Lyublin uniyasi) tuzdi. Shu tariqa Rech Pospolita federativ davlati iujudga kelib, Belarus uning tarkibiga kirdi. 16-asrda Yevropa Uygonishi Belarus madaniyatiga taʼsir oʻtkazdi. Reformatsiyaning turli oqimlari tarqaldi. Qishloq xoʻjaligi tez rivojlandi, uning mahsuloti Gʻarbiy Yevropa bozorlariga olib borib sotila boshladi. Koʻpchilnk shaharlar oʻzini oʻzi boshqarish huquqini oldi (Magdeburg huquqi). 1595-yilda S. Nalivayko boshchiligidagi ukrain kazaklari Belarusga yurishlar uyushtirdi. 1648 — 1651 yillarda ukrain xalqining ozodlik kurashi taʼsirida janubiy va sharqiy Belarusda yirik yer egalariga qarshi katta gʻalayonlar boʻlib oʻtdi. Rossiya davlatining Rech Pospolita bilan 1654 — 67 yillardagi urushi va 1700 — 21 yillardagi Shimoliy urush davrida Belarus qattiq aziyat chekdi. 18-asr oʻrtalaridan Belarus xoʻjaligi yuksala boshladi, ammo qoʻshni davlatlarning aralashuvi bunga xalaqit berdi. 1772- yilda Rech Pospolitaning birinchi boʻlinishi natijasida Belarusning sharqiy qismi Rossiya imperiyasiga qoʻshib olindi, 1793-yilda Rech Pospolitaning ikkinchi bor parchalanishi oqibatida Belarusning markaziy qismi ham Rossiyaga qaram boʻlib qrldi. T. Kostyushko boshchiligidagi qoʻzgʻolon (1794) bostirilgach, 1795-yilda Gʻarbiy Belarus Rossiyaga qoʻshib olindi. 1812-yilgi urushda polyaklarga xayrixoh boʻlgan belorus shlyaxtasi Buyuk Litva knyazligining tiklanishiga umid qilib, Napoleonni qoʻllab-quvvatladi. 19-asr boshlarida demokratik va milliyozodlik goyalari tarqala boshladi, yashirin jamiyatlar vujudga keldi, ular Polsha, Belarus va Litvadagi 1830 — 31 yillar qoʻzgʻoloniga zamin hozirladi. 1861-yilda Belarus dehqonlari krepostnoylikdan xalos boʻldi. 1863 — 64 yillarda boʻlib oʻtgan qoʻzgʻolon burjua islohotlari oʻtkazilishiga taʼsir qildi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling