Belorussiya (Belarus), Belorussiya Respublikasi


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana07.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1173583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Belarus — УзЭнц

XIX asrning 2-yarmi
Cookie-файлы помогают нам предоставлять наши услуги.
Используя наши сервисы, вы соглашаетесь с использованием
cookie-файлов.
Дополнительная информация
ОК


XIX asrning 2-yarmida Belarusda kapitalizm jadal rivojlandi, temir yoʻllar qurildi, banklar ishlay
boshladi. 1905 — 07 yilgi inqilob belorus milliy ozodlik harakatini kuchaytirdi. 1914 — 1918
yillardagi 1-jahon urushi davrida Belarus yerlari harbiy harakat maydoniga aylandi. 
1915-yilda
uning gʻarbiy qismini 
Germaniya
 qoʻshinlari bosib oldi. 
1917-yil
Oktyabr toʻntarishidan soʻng
Minskda ham sovet hokimiyati eʼlon qilindi (
1917-yil
8-noyabr).
[6]
. Belarus mustaqilligiga
qarshi boʻlgan bolsheviklar 
1917-yil
 Minskda Belarus davlati tuzilishini talab qilib chiqqan
Umumbelorus sʼyezdini tarqatib yubordi. 
1918-yil
 Fevral—martda nemis qoʻshinlari
Belarusning deyarli barcha hududini egallab oldi. 
1918-yil
25-martda Umumbelorus sʼyezdi
delegatlari Belarusni mustaqil Belarus Xalq Respublikasi deb eʼlon qildilar. Bunga javoban
Smolensk shahrida bolsheviklar Belarus Sovet Sotsialistik Respublikasi (BSSR) tuzilganligini
eʼlon qildilar. 1918-yil noyabr — 
1919-yil
boshlarida Belarus nemis kushinlaridan ozod
etilgach, 
1919-yil
1-yanvarda Belarusning Muvaqqat ishchi-dehqon sovet hukumati oʻz
manifesti bilan BSSR tashkil etilganligini eʼlon qildi. 
1922-yil
 
SSSR
tashkil boʻlgach, BSSR ham
SSSR tarkibiga kirdi. 
Ikkinchi jahon urushi
yillarida nemis bosqinchilari Belarus hududini
egallab oldi. Belarus aholisining chorak qismiga yaqini halok boʻldi, milliy boylikning yarmidan
koʻprogʻi yoʻq qilib tashlandi, yuzlab shahar va qishloqlar vayron boʻldi. Urushdan keyingi
yillarda Belarus sanoati va qishloq xoʻjaligi tiklandi. 
1986-yilgi
Chernobil falokati oqibatlari
belorus xalqi uchun fojiali boʻldi. 
1990-yil
27-iyulda BSSRning davlat mustaqilligi haqidagi
Deklaratsiya qabul qilindi. 
1991-yil
 19-sentyabrdan mamlakat Belarus Respublikasi deb atala
boshladi. 1991-yil dekabrdan MDH tarkibida. 
1995-yildan
 
BMT
 aʼzosi. 
Oʻzbekiston
Respublikasi
 bilan diplomatiya munosabatlari 
1993-yil
 yanvarda oʻrnatilgan. Milliy bayrami —
Mustaqillik kuni (3 iyul).
Xoʻjaligi

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling