Belarus Respublikasining Bayroq va Gerbi


Download 479.22 Kb.
Sana16.04.2023
Hajmi479.22 Kb.
#1359347
Bog'liq
Belarussiya tar-WPS Office


Belarussiya tarixi
Belarus (Belorussiya), Belarus Respublikasi (belaruscha: Рэспубліка Беларусь) — Yevropa markazidagi davlat. Sharqiy Yevropa tekisligining gʻarbida joylashgan. Maydoni 207,6 ming km2. Aholisi 9 463 300 kishi (2013). 6 viloyat, 118 tuman, 102 shahar, 109 shaharcha bor (1996). Poytaxti — Minsk shahri.
Belarus Respublikasining
Bayroq va Gerbi
  • Poytaxt
  • Minsk
  • Rasmiy til(lar)
  • Belaruscha
  • Ruscha
  • Hukumat
  • Prezidentlik Respublika
  • Prezident
  • Aleksandr Lukashenko
  • Mustaqillik
  • Rossiyadan
  • 25-mart 1918
  • • Sovet Ittifog`idan
  • 25-avgust 1991
  • Maydon
  • • Butun
  • 207 600 km2 (84-oʻrin)

Belarussiya tarixi🇧🇾
Belarussiya
Belarus hududida oʻrta paleolit davridan odam yashay boshlagan (100 — 35 ming y. muqaddam); neolit davrida (miloddan avvalgi 5-ming yillik oxiridan 3-ming yillik oxirigacha) dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanishga oʻtgan. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida hind-yevropa qabilalari koʻchib kelgach, ularning taʼsirida jez asriga oʻtiddi. Bu yerda temir davri miloddan avvalgi 8 — 6-asrlardan milodiy 8-asrgacha davom etdi[5]. Milodiy 1-ming yillik 2-yarmida Belarus hududida 3 slavyan qabilalari: krivichi, dregovichi va radimichilar uyushmasi vujudga keldi, keyinchalik ular oʻrniga knyazliklar tashkil topdi. 10-asr oxiridan knyazliklar Kiyev Rusi tarkibiga kirdi.
13-asr 2-yarmida Rossiyaning gʻarbiy chekkalariga Buyuk Litva knyazligi hujum qila boshladi. Mamlakatdagi parokandalik va tatarmoʻgʻullarning hamlalari sharoitida bu knyazlik Gʻarbiy rus yerlarini osonlikcha zabt etdi. Shu paytdan boshlab bu yerlar „Belaya Rus“ („Oq Rus“) deb yuritiladigan boʻldi (belarus atamasi shundan kelib chiqdi). 15 — 16-asrlarda Belarusda xususiy yer egaligi rivojlandi. Belaruslarning Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari bilan munosabatlari jonlandi. Buyuk Litva knyazligi Belarus va Ukrainadagi hukmronligini mustahkamlash uchun 1569-yilda Polsha bilan ittifoq (Lyublin uniyasi) tuzdi. 
Shu tariqa Rech Pospolita federativ davlati iujudga kelib, Belarus uning tarkibiga kirdi. 16-asrda Yevropa Uygonishi Belarus madaniyatiga taʼsir oʻtkazdi.
Reformatsiyaning turli oqimlari tarqaldi. Qishloq xoʻjaligi tez rivojlandi, uning mahsuloti Gʻarbiy Yevropa bozorlariga olib borib sotila boshladi. Koʻpchilnk shaharlar oʻzini oʻzi boshqarish huquqini oldi (Magdeburg huquqi). 1595-yilda S. Nalivayko boshchiligidagi ukrain kazaklari Belarusga yurishlar uyushtirdi. 1648 — 1651-yillarda ukrain xalqining ozodlik kurashi taʼsirida janubiy va sharqiy Belarusda yirik yer egalariga qarshi katta gʻalayonlar boʻlib oʻtdi. Rossiya davlatining Rech Pospolita bilan 1654 — 67 yillardagi urushi va 1700 — 21 yillardagi Shimoliy urush davrida Belarus qattiq aziyat chekdi. 18-asr oʻrtalaridan Belarus xoʻjaligi yuksala boshladi, ammo qoʻshni davlatlarning aralashuvi bunga xalaqit berdi.
1772-yilda Rech Pospolitaning birinchi boʻlinishi natijasida Belarusning sharqiy qismi Rossiya imperiyasiga qoʻshib olindi, 1793-yilda Rech Pospolitaning ikkinchi bor parchalanishi oqibatida Belarusning markaziy qismi ham Rossiyaga qaram boʻlib qrldi. T. Kostyushko boshchiligidagi qoʻzgʻolon (1794) bostirilgach, 1795-yilda Gʻarbiy Belarus Rossiyaga qoʻshib olindi. 1812-yilgi urushda polyaklarga xayrixoh boʻlgan belarus shlyaxtasi Buyuk Litva knyazligining tiklanishiga umid qilib, Napoleonni qoʻllab-quvvatladi. 19-asr boshlarida demokratik va milliyozodlik goyalari tarqala boshladi, yashirin jamiyatlar vujudga keldi, ular Polsha, Belarus va Litvadagi 1830 — 31 yillar qoʻzgʻoloniga zamin hozirladi. 1861-yilda Belarus dehqonlari krepostnoylikdan xalos boʻldi. 1863 — 64 yillarda boʻlib oʻtgan qoʻzgʻolon burjua islohotlari oʻtkazilishiga taʼsir qildi.
XIX asrning 2-yarmi.
Belarus mustaqilligiga qarshi boʻlgan bolsheviklar 1917-yil Minskda Belarus davlati tuzilishini talab qilib chiqqan Umumbelarus sʼyezdini tarqatib yubordi. 1918-yil Fevral—martda nemis qoʻshinlari Belarusning deyarli barcha hududini egallab oldi. 1918-yil 25-martda Umumbelarus sʼyezdi delegatlari Belarusni mustaqil Belarus Xalq Respublikasi deb eʼlon qildilar. Bunga javoban Smolensk shahrida bolsheviklar Belarus Sovet Sotsialistik Respublikasi (BSSR) tuzilganligini eʼlon qildilar. 
XIX asrning 2-yarmida Belarusda kapitalizm jadal rivojlandi, temir yoʻllar qurildi, banklar ishlay boshladi. 1905 — 07 yilgi inqilob belarus milliy ozodlik harakatini kuchaytirdi. 1914 — 1918-yillardagi Birinchi jahon urushi davrida Belarus yerlari harbiy harakat maydoniga aylandi. 1915-yilda uning gʻarbiy qismini Germaniya qoʻshinlari bosib oldi. 1917-yil Oktabr toʻntarishidan soʻng Minskda ham sovet hokimiyati eʼlon qilindi (1917yil 8-noyabr).
1918-yil noyabr — 1919-yil boshlarida Belarus nemis kushinlaridan ozod etilgach, 1919-yil 1-yanvarda Belarusning Muvaqqat ishchi-dehqon sovet hukumati oʻz manifesti bilan BSSR tashkil etilganligini eʼlon qildi. 1922-yil SSSR tashkil boʻlgach, BSSR ham SSSR tarkibiga kirdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida nemis bosqinchilari Belarus hududini egallab oldi. Belarus aholisining chorak qismiga yaqini halok boʻldi, milliy boylikning yarmidan koʻprogʻi yoʻq qilib tashlandi, yuzlab shahar va qishloqlar vayron boʻldi.
Urushdan keyingi yillarda Belarus sanoati va qishloq xoʻjaligi tiklandi. 1986-yilgi Chernobil falokati oqibatlari belarus xalqi uchun fojiali boʻldi. 1990-yil 27-iyulda BSSRning davlat mustaqilligi haqidagi Deklaratsiya qabul qilindi. 1991-yil 19-sentabrdan mamlakat Belarus Respublikasi deb atala boshladi. 1991-yil dekabrdan MDH tarkibida. 1995-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlari 1993-yil yanvarda oʻrnatilgan. Milliy bayrami — Mustaqillik kuni (3-iyul).
E'tiboringiz uchun raxmat
Download 479.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling