Jizzax davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti tarix bakalavr yo


Download 217.94 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi217.94 Kb.
#1536571
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
sharof kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
TARIX BAKALAVR YO’NALISHI.
O’ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI


O’ZBEKISTON TARIXI FANIDAN
KURS ISHI


MAVZU:Rossiya imperiyasining Turkistondagi ko’chiruvchilik siyosati.
Bajardi: Tarix yo’nalishi 3-kurs talabasi Keldiyarov. Sh


Tekshirdi: Jumayev.J


JIZZAX- 2023
Mundarija
Kirish……………………………………………………………..3
1.bob:Rossiyadan Turkistonga aholini ko`chirish jarayoni va uning sabablari
1.1.Rossiyadan Turkistonga aholini ko’chirish sabablari va maqsadi. ………………………….…………………………….6
1.2. Rossiyadan Turkistonga aholini ko`chirish siyosatida ko’rilgan chora tadbirlarni mohiyati hamda oqibatlari…………………..10
2.bob: Rossiyadan ko`chirib kelingan aholining Turkistonda joylashuvi va turmush tarzi
2.1.Ko’chirilgan aholining moddiy maishiy ahvoli…………….18
2.2.Mehnat qishloqlarining tashkiliy-xo’jaligi jihatdan bir tizimga solinishi…………………………………………………………..
2.3.Ko’chirish siyosatidan so’ng turkiston aholisining ijtimoiy iqtisodiy ahvoli …………………………………………………23
xulosa………………………………………………………………
Adabiyotlar ro’yxati……………………………………………….


Kirish


Mavzuni dolzarbligi Yangi tarixiy davr ijtimoiy hayotda ro’y berayotgan yalpi manaviy yangilanish jarayoni tarixshunoslik sohasini ham qamrab oladi. Manaviy va ruhiy jihatdan yangilanishda tarixiy xotira masalasi muhim o’rin tutadi zero birinchi prezidentimiz I.A.Karimov takitlaganlaridek “o’z tarixini bilmagan va kechagi kunni unutgan millatni kelajagi yo’qdir”
Biz bilamizki XVI asr boshidan, Temur va temuriylar saltanati inqirozidan keyin boshlangan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy turg’unlik natijasida Turkiston XVIII-XIX asrlarga kelib dunyoning ko’pgina mamlakatlaridan orqada qolayotganligi sezilayotgandi. Bunga quyidagilar sabab bo’lmoqda edi:
Birinchidan, asrlar davomida bir butun bo’lib kelgan mamlakatning, bir iqtisodiy va madaniy makonda yashab kelgan xalqning uchga bo’linib ketishi, xonliklar o’rtasidagi to’htovsiz urushlar, har bir xonlik ichidagi boshboshdoqlik va hokimiyat uchun o’zaro tinimsiz davom etgan ichki nizo va yurushlar butun mamlakatni xonavayron qildi. Bu jarayon guruhbozlikni keltirib chiqardi, qabilalarning etnik aralashuviga, bir xalq bo’lib qovushishiga, jipslashishga halaqit berdi. Davlat darajasida ham, viloyatlar darajasida ham yagona xalq, yagona Vatan tushunchasining qadri anglab olinmadi.
Ikkinchidan, aholi xon va beklarning, turli lavozimdagi mansabdorlarning zo’ravonligidan, o’zboshimchaligidan, mansabni suiste’mol qilishidan, g’ayriqonuniy soliq va jarimalaridan himoya qilinmadi.
Uchinchidan, asosiy boylik bo’lgan yerga mulkchilikning eski usuli bir necha asrlardan beri o’zgarmadi. Xonliklarda oliy hukmdor yerning birdan-bir egasi bo’lib, yer ishlovchilarga – dehqonlarga ijara tarzida hatlab biriktirilgan edi. Dehqon yer egasi emas, yerda olinadigan hosilning egasi edi, holos. Shu bois dehqon yerni asrab – avaylashga, uning unumdorligini oshirishga intilmadi.
To’rtinchidan, xonliklarda sanoat rivojiga e’tibor bo’lmadi. Oltingugurt, rangli metallar, marmar, toshko’mir, neft kabi tabiiy boyliklarga serob konlar bo’lsada, ularni qazib olish, tog’-kon ishlarini rivojlantirish, kemasozlikni yo’lga qo’yish masalalari hal qilinmadi.
Beshinchidan, tovar-pul munosabatlari rivojlantirilmadi. Daromaddan, iste’mol va qo’shin harajatlari zo’rg’a kopanlar, kapitalga aylanmasdi. Pul, oltin-kumush xon va amaldorlarning xazina to’plash manbai bo’lib qolgan edi.
Oltinchidan, xonliklarning savdo munosabatlarida hamon ayirboshlash usuli davom etardi. O’rta Osiyo jahon bozoridan ajralib qolgani ustiga bu yerda ichki bozor ham tashkil topmadi.
Yettinchidan, eng muhimi, XIX asr ikkinchi yarmida O’rta Osiyo hududidagi xonliklarda o’z millati, xalqi va Vatani istiqboli uchun qayg’uradigan, odamlarni bir g’oya va bir ezgu maqsad yo’lida birlashtira oladigan hamda ortidan ergashtira oladigan yo’lboshchi ham topilmadi.
Rossiya imperiyasining Turkistondagi agrar siyosatidan ko’zlagan asosiy va bosh maqsadi o’lkani Rossiya manfaatlari uchun hizmat qiluvchi xom-ashyo bazasiga aylantirish va eng serhosil yerlar joylashgan hududlarga rus dexqonlarini keltirib o’rnashtirish edi. Shuningdek, Rossiya imperiyasi yer suv munosabatlari O’rta Osiyoda o’z hukmronligini mustahkamlash va uning imkoniyatlaridan o’z manfaatlari yo’lida foydalanishni ko’zda tutgan edi. 1886 yilgi nizomga ko’ra, rus dexqonlaring O’rta Osiyoga ko’chib kelishlari uchun katta imtiyozlar berildi. Shuningdek, bu nizomga ko’ra, «bo’sh yotgan davlat yerlariga» birinchi navbatda harbiy hizmatdan bo’shatilgan harbiy xizmatchilarni qo’yish ko’zda tutildi. Imperiyaning Turkistondagi yer suv masalalariga doir siyosatida quyidagi siyosat amalga oshirildi:Turkistonda barcha yerlar davlat mulki deb e’lon qilindi, o’troq mahalliy aholiga yer merosi yakka jamoa ekanligi tariqasida, ko’chmanchi aholiga esa azaliy dehqonchilik odatlariga rioya etilgan holda, muddati cheklanmagan holda jamoa bo’lib foydalanish uchun topshirildi;O’troq aholi yashaydigan joylarda yer, undan amalda foydalanganga biriktirib qo’yildi;Dastlab vaqf yerlariga soliq joriy etilgan bo’lsa, keyinroq bu mulklar butunlay tugatilib yuborildi;Shahar tashqarisida mahsus ko’chiruv fondlaridan tashqari rus aholisiga yer ajratish ta’qiqlandi;Yevropaliklar, xususan, ruslar tomonidan mahalliy aholi yerlarini sotib olish mutlaqo ta’qiqlab qo’yildi va bu qonun 90-yillarning oxirigacha saqlanib qolindi.Ko’chiruvchilik siyosati Turkiston general gubernatorligi tashkil etilgan 1867 yildayoq boshlab yuborildi.1869 yilda Yettisuvdagi dexqonlar manzilgohlari to’g’risida qoidalar ishlab chiqdi. Bu hududda 1869-1882 yillarda 25 ming kishilik aholisi bo’lgan 29 ta rus qishlog’i, Sirdaryo viloyatida esa 1300 kishilik aholisi bo’lgan 19 ta rus qishlog’i barpo etildi. 1886 yilig Nizomga ko’ra, o’lkaga rus aholisining ko’chib kelishiga siyosiy tus berildi va har bir ko’chib keluvchiga 10 desyatinadan kam bo’lmagan yer ajratilishi ko’zda tutildi. Yuqorida aytganimizdek, 1875 yilda Avliyootada ilk rus qishlog’i barpo etilgandan boshlab o’tgan 15 yil davomida, ya’ni 1890 yilgacha Turkiston o’lkasida 1300 oiladan iborat 19 ta rus qishlog’i barpo etilgan bo’lsa, Rossiyada ocharchilik yuz bergan 1891-1892 yillarda Turkistonga ko’chib keluvchilar soni keskin ortdi va shu ikki yil davomida 25 ta rus qishlog’i paydo bo’ldi. O’lkadagi rus deqonlarining soni ikki barobar ortdi.O’lkada rus dexqonlarining salmog’i bir oz ortgach, rus mustamlakachi ma’muriyati ularni qurollantirish va zurur bo’lgan hollarda mahalliy aholi noroziliklari, qo’zg’olonlari, isyonlarini bostirishda foydalanish siyosatini amalga oshira boshladi. Shu maqsadlar 1896 yilda Sirdaryo viloyatiga ko’chib kelgan kazaklarga 123 ta miltiq va o’q-dori, 1897 yilda yana 3000 ta miltiq, Yettisuvda 300, Farg’onada 131, Kaspiyortida 431 miltiq va o’q-dori taqsimlab berildi. Bu bilan Rossiya ko’chiruvchilik siyosati harbiy siyosiy maqsadlarni ko’zlab amalga oshirilganligini ko’rsatdi.Chor Rossiyasi O’rta Osiyoni bosib olgach, bu yerda o’z manfaatlarini oshirish borasida turli siyosatlar va tadbirlarni amalga oshira boshladi. Mustamlaka hukumatning amalga oshirgan ishlaridan biri Turkistonda temir yo’lning barpo etilishi bo’ldi. Turkistonda temir yo’l ikki asosiy maqsadni harbiy strategik va iqtisodiy maqsadlarni ko’zlab qurildi. Rus mustamlakachilarining o’lkaga rus aholisini ko’chirib keltirish siyosati yuritish maqsadida qurilgan degan dalillar ham yo’q emas .


Download 217.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling