Qorovulbozor tuman xalq ta’limi bo’limida Xalq ta’Iimi vazirining yagona elektron tizlmini erp maktab uz platformasi hamda kumdalik com platformasida kundalik
Download 27.35 Kb.
|
йиғилиш баён
- Bu sahifa navigatsiya:
- BAYONNOMASI. 2022 yil 30 avgust Qorovulbozor sh 5-sonli O’quv seminari yig’ilishida qatnashdilar: Tuman xalq ta‘limi bo‘limi TSM
- O’quv seminari yig’ilishi KUN TARTIBI
- TAVSIYALAR1
- M.Yashuzoqova Tuman XTB TSM bosh inspektor-metodisti
Qorovulbozor tuman xalq ta’limi bo’limida Xalq ta’Iimi vazirining yagona elektron tizlmini erp.maktab.uz platformasi hamda kumdalik.com platformasida kundalik elektron sinf jurnallaridan foydalanish bo’yicha o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlari ishtirokida o’tkazilgan o’quv-seminari yig’ilishi BAYONNOMASI. 2022 yil 30 avgust Qorovulbozor sh 5-sonli O’quv seminari yig’ilishida qatnashdilar: Tuman xalq ta‘limi bo‘limi TSM bosh-inspektor metodist M.Yasuzoqova, АКТ sho’basi mutaxassisi J.Mirzayev, umumta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish bo’limi mutaxassisi D.Halimov 7 nafar umumiy o’rta ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlari. Yig’ilish tuman XTB majlislar zalida bo’lib o’tdi. O’quv seminari yig’ilishi KUN TARTIBI: Xalq ta’limi vazirining yagona elektron tizimi erp.maktab.uz platformasidan foydalanish tartibi haqida. Tuman АКТ sho’basi mutaxassisi J.Mirzayev “Kumdalik.com” platformasida kundalik elektron sinf jurnallaridan foydalanishni xalq ta’limi vazirining 2022 yil 24 iyundagi 205-sonli buyrug’i talablari asosida tashkil etish haqida. TSM bo‘limi bosh-inspektor metodist M.Yashuzoqova. Kun tartibi bo’yicha 1-masala yuzasidan АКТ sho’basi mutaxassisi J.Mirzayev J.Mirzayev - yig’ilish qatnashchilari o‘z vakolatlari doirasida hududlarda YaET tizimini joriy etish bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy masalalarga shaxsan mas’ul va javobgar ekanligi belgilanganligi aytildi. 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab doimiy ravishda umumta’lim maktablari hamda tegishli tashkilotlarda buyruqlami YaET orqali elektron tarzda QR-kod bilan tasdiqlangan holda, amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. O’zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 0202/2-1794-sonli “1 sinfga qabul qilingan va adm.maktab.uz elektron platfonnasiga kiritilgan o’quvchilar soniga mos ravishda “Prezident sovg’asi”ni umumta’lim maktablariga yetkazish to’g’risidagi xatidan kelib chiqadigan vazifalar haqida gapirdi. Shuningdek mazkur masala yuzasidan so’zga chiqqan tuman umumta‘lim muassasalari faoliyatini tashkil etish bo’limi mutaxassisi D.Halimov yig’ilish qatnashchilarini Xalq ta’limi vazirligining “Barcha umumta’lim maktablari rahbarlariga yo’llangan erp. Bazasi bo’yicha 02.08.2022 yildagi 02-02/2-1603-sonli xatidan kelib chiqadigan vazifalar bilan tanishtirdi. Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan TSM bo‘limi bosh-inspektor metodist M.Yashuzoqova so’zga chiqib 2021-2022 o’quv yilida kundalik.com tizimida faoliyat yuritgan maktablar elektron davomat kundalik va sinf jurnallarini yuritilishida yo’l qo’yilgan kamchilik va ularni bartaraf etish hamda kelgusida bu kamchiliklarga yo’l qo’ymaslik bo’yicha o’z tavsiyalarini berdi. Bundan tashqari Sh.Afaqov O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2022 yil 24 iyundagi 205-sonli “Umumta’lim maktablarida o’quvchilar bilimini baholash jarayonini raqamlashtirish va ta’lim jarayonida shaffoflikni ta’minlash to’g’risida”gi buyrug’iga asosan joriy o’quv yilidan boshlab tumandagi barcha umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilar bilimini baholash, ularning davomati, kundaliklari, sinf jurnallarining yuritilishi kundalik.com elektron platformasi asosida amalga oshirilishi joriy etilganligi munosabati bilan bunda maktab direktorining, o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlarining, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosarlarining fan o’qituvchilarining, psixologning vazifalari haqida gapirib, kundalik.com platformasi bilan ishlari mexanizmini yana bir bor yig’ilish qatnashchilariga slaydlar orqali tushuntirib o’tdi. Seminar yig’ilishi yakunida D.Halimov va J.Mirzayevlar o’quv-seminari ishtirokchilarining savollariga javob berdilar. O’quv-seminari davra suhbati va bahs- munozara shaklida mazmunli tashkil etildi. O’quv seminarining maktab rahbarlariga TAVSIYALAR1: 1. Xalq ta’limi vazirining 24 iyundagi 205-sonli “Umumta’lim maktablarida o’quvchilar bilimini baholash jarayonini raqamlashtirish va ta’lim jarayonida shaffoflikni ta’minlash to’g’risida”gi buyrug’I hamda 2022 yil 2 avgustdagi 02/2- 1603-sonli xatining mazmun-mohiyati va ulardan kelib chiqadigan vazifalar bilan pedagogik jamoani tanishtirish; Qisqa muddat ichida o’qituvchilarni kundalik.com platformasiga ishlashga tayorlash; Erp bazasiga kiritilgan barcha ma’lumotlarni qayta tekshirib ko’rish; Erp bazasida o’qituvchilarning malali toifalarini kiritishdagi muammo va kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish; O’quvchilar bilimini “Kundalik.com” tizimida baholanishi haqidagi yangiliklarni ota-onalarga yetkazish. Bayonnoma rasmiylashtirildi. M.Yashuzoqova Tuman XTB TSM bosh inspektor-metodisti Download 27.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling