Massa va uning birliklari
Download 312.19 Kb.
|
Massa va uning birliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 tonna (t) = 10 sentner (s) = 1000 kg. 1 kg = 1000 gramm = 1 000 000 milligram
Massa va uning birliklari Siz kundalik turmushda ota-onangiz bilan yoki o’zingiz bozorga borgansiz, albatta. Bozorda sotilayotgan ko’pgina oziq-ovqat mahsulotlarini tarozida o’lchab sotilishini ham bilasiz. Tarozi yordamida jismlar va narsalarning qanday kattaligi o’lchanadi? Buni tushunish uchun quyidagiga e’tibor beraylik. Qum ortilgan bolalar o’yinchoq avtomobilini joyidan qo’zg’atish osonmi yoki qum ortilgan rosmana avtomobilnimi? Bir tekis g’ildirab kelayotgan o’yinchoq avtomobilni ushlab to’xtatish osonmi yoki rosmana avtomobilnimi? Albatta, har biringiz savolga o’yinchoq avtomobilni deysiz. Boshqa misol olaylik. Sellofan xaltaga solingan shakarni ko’tarish osonmi yoki bir qop shakarnimi? Bunda ham xaltadagi degan to’g’ri javobni olamiz. Demak, jismlar tinch turgan bo’lsa uni bu holatdan chiqarish uchun ta’sir ko’rsatish kerak. Xulosa qilib aytsak, jismlar yoki narsalar tinch turgan holatini saqlashga intilar ekan. Jismlar xuddi shunday harakat holatini ham saqlashga urinadi. Lekin bu qobiliyat turli jismlarda turlicha. Bu qobiliyatni o’lchash uchun massa deb ataluvchi fizik kattalik o’ylab topilgan. Jism massasini o’lchashning usullari kop. Shulardan hammaga ma’lumi tarozi yordamida o’lchashdir. Yuqorida aytganimizdek, massa birligi 1 kilogramm bo’lib, namunasi Parij yaqinidagi Sevr degan shaharchada saqlanadi (1-rasm). 1 tonna (t) = 10 sentner (s) = 1000 kg. 1 kg = 1000 gramm = 1 000 000 milligram Jism massasini shayinli tarozida o’lchanadi. Buning uchun uning chap pallasiga o’lcha- nadigan narsani, o’ng pallasiga tarozi tosh- lari qo’yiladi. Pallaga toshlarni muvozanat- 1-rasm. ga kelguncha tanlab qo’yiladi (2-rasm). Shundan so’ng pallaga qo’yilgan tosh massalari qo’shilib hisoblanadi. Shayinli tarozida tortilgan jism massasi uning qizdirilgan yoki sovutilganligiga, qayerda va qachon o’lchanganligiga bog’liq emas. Shu sababli tajribalarda va hisoblashlarda berilgan jismning massasi o’zgarmas (m = const) deb qaraladi. Ko’pincha bozorlarda sabzavotlarni prujinali tarozida tortib sotayotgan stuvchilarni uchratamiz (3-rasm). Bunday tarozi ichida prujina bo’lib, osilgan yuk ta’sirida cho’ziladi. Tarozining ko’rsatishi prujinaning qattiq-yumshoqligiga, kuning issiq yoki sovuq bo’lishiga, normadan ortiq yuk osganda cho’zilib, avvalgi joyiga qaytib bormasdan qolib ketganligiga bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari, o’lchashlar Yerning Shimoliy qutbi yoki ekvatorga yaqin joylarda olib borilganligiga bog’liq bo’lganligidan aniq bo’lmaydi. Shu sababli jism massasini shayinli tarozida o’lchang! 2-rasm. Juda kichik zarralarni hamda ulkan jismlar (Oy, Quyosh) massalarini bevosita o’lchab bo’lmaydi. Ularning massasi bilvosita usullar bilan hisoblab topiladi. Bu haqda yuqori sinflarda gap boradi. 3-rasm. BAJARDI: ________________________ TEKSHIRDI:_______________________ Bo’ston - 2017 Download 312.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling