Zichlik va uning birliklari


Download 0.79 Mb.
bet1/5
Sana26.11.2020
Hajmi0.79 Mb.
#153560
  1   2   3   4   5
Bog'liq
zichlik va uning birliklari



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYAT

XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI
Chortoq tumani xalq ta`limi

bo`limiga qarashli 53-IDUM fizika fani o‘qituvchisi

Boymirzayeva Zuhraning fizika fanidan 6-sinflar uchun “ZICHLIK VA UNING BIRLIKLARI”

mavzusidagi 1 soatlik


Dars ishlanmasi




Darsningmavzusi: Zichlik va uning birliklari .Beruniy va Xozinning Zichlikni aniqlash usullari.

Darsning ta`limiy maqsadi:o‘quvchilarga modda zichligi haqida va zichlikni XBSdagi o‘lchov birligiga oid bilimlar berish; buyuk allomalarimizning zichlik va uni o‘lchash uchun yaratgan asboblari bilan tanishtirish ;zichlik, massa va hajmni bog‘lovchi formulaga oid masalalar yechish ko nikmasini shakllantirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi:buyuk allomalarimiz Abu Rayhon Beruniy va Abdurahmon Xozinning ishlarini tushuntirish orqali o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o‘quvchilarda do‘stlik, bir- birini o‘zaro hurmat qilish kabi yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalash.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirib, mustaqil fikrlashga, egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish.O`quvchilarda kasbiy tayyorgarlik sifatlarini shakllantirish.

Darsning tayanch kompetensiyalari:

Kommunikativ kompetensiya:Zichlik tushunchasi vauni mohiyatini tushunadi, uning XBS dagi o`lchov birligini , uni aniqlash formulasini , Qattiq ,suyuq va gaz moddalarning zichliklari orasidagi farqni tushunadilar;

O’z-o’zini rivojlantiruvchi kompetensiya: o’zini jismonan hamda ruhan chiniqtira oladilar;

Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: Qo`shimcha adabiyotlardan mavzuga oid qo’shimcha ma’lumotlarni aniqlaydilar;

Milliy va umummadaniy kompetensiya: Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli, buyuk allomalarning ibratli hayotidan o’rnak oladilar va ularni tahlil qila oladilar;

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiya: sinfda, oilada, maktabda o’tkaziladigan jamoat tadbirlarda faol ishtirok etadilar;

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuzish, fizikani o’rganishda turli formulalardan, darslikda berilgan jadval va ma`lumotlardan foydalana oladilar;



Dars turi: o‘quvchilarga yangi bilimlar berish va bilimlarni mustahkamlash darsi

Dars uslubi:”Sayohat “darsi, “tarozi’ o`yini, ”to‘ g‘`risini top” treningi, namoyish -tajriba o`tkazish , ” aqliy hujum”, faol ma’ruza, guruhlarda ishlash, fizik diktant, o`z-o`zini tekshirish orqali baholash.

Dars jihozi:6-sinf fizika kitobi, multimediya elektron darslik. Kompyuter, slaydlar, namoyish uchun jihozlar:2 ta menzurka ,suv, yog`,chizg`ich,elektron tarozi “tarozi o‘yini, ”to‘g‘risini top”treningi tarqatmalari, fizik diktant materiallari, Kalit so`zlar yashiringan xarflar to‘lami.

Darsning blok chizmasi:

T/r

Darsbosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliyqism

3minut

2

O‘tilgan mavzularni “tarozi”o‘yini, ”to‘g‘risini top” treningi orqali takrorlash

10minut

3

Yangi mavzuni “aqliyhujum”, namoyish –tajribava faol ma’ruza orqali tushuntirish

18minut

4

Yangi mavzuni ”fizikdiktant” va masalala r yechish orqali mustahkamlash

10 minut

5

Darsni xulosalash va o‘quvchilar ishtirokini baholash

2 minut

6

Uyga vazifalar berish va tushuntirish

2minut






Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling