Litva Respublikasi
Download 91.5 Kb.
|
Litva
- Bu sahifa navigatsiya:
- Poytaxt Vilnyus Rasmiy til(lar)
- Pul birligi Litva Litasi ( LTL ) Vaqt Mintaqasi
- Qisqartma LT Internet domen
- Litva (Lituania , Litovia
Litva Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Litva (Lituania, Litovia, Litova, Litva, Lithuania, (litovski) Lietuva) — Sharqiy Yevropada, Boltik, dengizi boʻyida joylashgan davlat. Mayd. 65,2 ming km². Aholisi 2,986 ming kishi (2012). Poytaxti — Vilnyus sh. Maʼmuriy jihatdan 44 tuman (rajonas)ra boʻlinadi. Mundarija [yashirish] 1 Geografiya 2 Internat. Organizasiyalar 3 Poytaxt 4 Kishilar 5 Shaharlari 6 Sport 7 OʻzMEdan maʼlumot 8 Manbalar 9 Havolalar Geografiya[tahrir] Litva Yevropada joylashgan boʻlib, Boltiq dengizi, Latviya, Polsha, Rossiya,Belarus bilan chegaradoshdir. Internat. Organizasiyalar[tahrir] Union Europa, 2004 Europa Consil NATO UN Poytaxt[tahrir] Litvaning poytaxti - Vilnius shahri. Litvaning davlat tili - litovskig tili. Kishilar[tahrir] Dalia Grybauskaitė, Union Evropa Kommission, 2004-2009. Vytautas Landsbergis, Sing Revoliution SAJUDIS, Vilnius, 1989-1993;Union Evropa Parlament, 2004-2009. Shaharlari[tahrir] Kaunas Klaipeda Siauliai Panevezys Palanga Nida Sventoji Druskininkai Jonava Sport[tahrir] Arvydas Sabonis, Basket, Kaunas Zalgiris. Sarunas Jasikevicius, New Orleans, AQSh. OʻzMEdan maʼlumot[tahrir] Davlat tuzumi. L. — mustaqil demokratik respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992 y.da qabul qilingan (1996 y.da oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident (2003 y.dan Rolandas Paskas). U umumiy teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi. Konun chiqaruvchi oliy organi — seym (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Tabiati. L. hududi Sharqiy Yevropa tekisligida, Boltiq dengizining jan.-sharqiy sohillarida, Nyamunas (Neman) daryosining oʻrta va quyi oqimi havzalarida joylashgan. Yer yuzasi pasttekislik va kirlardan iborat. Markazida Oʻrta L. pasttekisligi joylashgan. Sharqi va jan.da Boltiq qator tepalari boʻlib, L. qududida Z qirga boʻlinadi: Aukshtayts, Dzuk va Suduv. Dengiz sohilida qum tepa va plyajlar koʻp. L.da neft, ohaktosh, dolomit, shisha qumlari, gil, torf, bur, gips, kahrabo va shifobaxsh buloklar (Druskininkay, Palanga, Birshtonas, Likenay) bor. Buloklar atrofida kurortlar barpo etilgan. L.da dengiz iqlimi kontinental iqlim bilan almashinib turadi. Kontinentallik gʻarbdan sharqqa orta boradi. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —3° dan — 6° gacha. Iyulning oʻrtacha t-rasi 16,5°— 17,6°. Oʻrtacha yillik yogʻin 750 mm. Daryolari Boltiq dengizi havzasiga mansub. Eng yirik daryosi — Nyamunas. Kaunas sh.dan quyilish joyigacha kema katnaydi. Asosiy irmoqyaari: Nyaris, Nyavejis, Dubisa va b. Ular bahorda sersuv. 3000 ga yaqin koʻl bor, eng kattasi — Drisvyati. Koʻllar baliqchilik va suv parrandachiligida foydalaniladi. Tup-roqlari podzol, chimli-podzol, podzol-botqoq, chimli-karbonatli, botqoq, podzollashgan-borli, allyuvial tuproqlar. L. hududining 25% (1,6 mln. ga) oʻrmon. Igna barglilar — 65%, keng barglilar — 35%. Qaragʻayzorlar, qoraqaragʻayzorlar bor. Hududining 17% yaylov va oʻtloq; 7% ga yaqini botqoqlik. Hayvonot dunyosida sut emizuvchilardan malla tovushqon, tulki, boʻri, los, asl va xoldor bugʻular, toʻngʻiz, norka, silovsin, suvsar, suv qunduzi va b. yashaydi. Daryo va koʻllarda baliq turi koʻp. Qoʻriqxonalari: Juvintas va Chyapkyalyu. L. milliy bogʻi bor. Aholisining 81% litvalar, shuningdek, ruslar, polyaklar, beloruslar ham yashaydi. Rasmiy til — litva tili. Dindorlarning aksariyati — katolik. Shahar aholisi 68,5%. Yirik shaharlari: Vilnyus, Kaunas, Klaypeda, Shyaulay. Tarixi. L. hududidan topilgan arxeologik yodgorliklar bu yerda odam tosh asridan yashab kelayotganini koʻrsatadi. Aholi oʻsha davrda urugʻ jamoalari tarzida yashagan, temirchilik, ovchilik va balikqchilik bilan shutullangan. Mil. boshlarida yirik kabila va kabila uyushmalari (jemaytlar, yatvyaglar va b.) ajralib chiqa boshladi. 5—6-a.larda jamoalar yemirilib, sinfiy tabaqalanish boshlandi. 9— 10-a.lardan xunarmandchilik, savdo-sotiq ishlari avj oldi. 10—12-a.lardaL. hududida Deltuva, Karshuva, Letuva va b. knyazliklar paydo boʻldi. 1240 y.da Buyuk L. knyazligi vujudga keldi. 13-a.dan L.ga ne-mis ritsarlarining bosqinchilik yurishlari boshlandi. 200 y. davomida L. bilan nemis ritsarlari oʻrtasida harbiy toʻqnashuvlar boʻlib turdi. 1236 y. nemis ritsarlari Saule yonida magʻlubiyatga uchradi. 1260 y. L. qoʻshinlari nemis salibchilari ustidan Durbe koʻli yaqinida boʻlib oʻtgan jangda gʻalaba qozonib, Livon hamda Tevton ordenlarining bosqinchilik yurishlarini vaqtincha toʻxtatdi. 13-a. oʻrtalarida rus yerlarining feodal tarqoqligidan foydalanib, L. knyazlari belorus, ukrain, rus yerlarini qoʻshib oldi. Gedi-min, Olgerd va Keystut knyazliklari davrida Buyuk L. knyazligi ancha kengaydi. 14a. oʻrtalarida Minsk, Sharqiy Volin, Podolye, Kiyev L.ga koʻshildi. Knyaz Vitovt Dnepr va Dnestr oraligʻidagi Qora dengizgacha boʻlgan yerlarni qoʻshib oldi. Bu davrga kelib L. Sharqiy Yevropada eng yirik davlatga aylandi. 1340—1410 y.larda Tevton va Livon ordenlari yana hujumga oʻtdi, Sterva daryosi (1348) va Kaunas (1362) yonida yirik janglar boʻldi. 1401—09 y.larda salibchilarga karshi jemaytlar qoʻzgʻo-lon koʻtardi. Ichki va tashqi kurash sha-roitida L. Polsha bilan Krevo ittifoqini tuzdi (1386). 1410 y. 15 iyulda L. va Polsha qoʻshinlari Gryunvald jangida (1410) Tevton ordeni ustidan gʻa-laba qozondi. 1435 y. Sventa yaqinida magʻlubiyatga uchragan Livon ordeni ham oʻz bosqinchilik yurishlarini toʻxtatdi. 14-a. 2-yarmidan shaharlarda xunarmandchilik, keramika, oyna i. ch., zargarlik rivoj topdi. Kaunas, Trakay va b. shaharlarda qasrlar qurildi. 15a. oʻrtalarida Buyuk knyazlar kengashi asta-sekin Panlar radasiga aylandi. 16-a.dan Panlar radasi va seym davlat hokimiyatining asosiy organlari boʻlib qoldi. 1558 y. Rossiya bilan Livoniya urushi boshlandi. Bu urush L. uchun muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. L. hukmron doiralari Rossiyaga qarshi urushda yordam olish niyatida Polsha bilan yaqin aloqa oʻrnatdi. 1569 y. Lyublin ittifoqi tuzilib, Polsha bilan L. Rech Pospolita davlatiga birlashdi. 1654—67 y.lari rus qoʻshinlari L. ning sharqiy qismini, 1655 y. Vilnyus va Kaunas sh.larini bosib oldi. 1667 y. Smolensk yaqinida Rech Pospolita va Rossiya oʻrtasida Andrusov sulhi imzolandi (Belorussiya yerlari va Ukrainaning Dnepr daryosi oʻng qirgʻoq tomonidagi yerlar L. tarkibida qoldi). Shim. urush (1700—21) yillarida Rech Pospolita Rossiyaning it-tifoqsoshi boʻldi. 17—18-a.larda Rech Pospolita siyosiy inqirozga uchradi va 1772,1793, 1795 y.larda Prussiya, Avstriya, Rossiya oʻrtasida boʻlinib ketdi. L. Rossiyaga qoʻshildi. 19-a. 2-yarmida podsho hukumati L.da millatchilik siyosatini kuchaytirdi. Oʻlkada milliy ozodlik harakati boshlandi. 1888 y. Vilnyusda L. kasaba uyushma harakatiga asos solgan Oʻzaro yordam kassasi va L. sotsial-demokratiyasi tashkil topdi. l-jahon urushi yillarida L. xududi harbiy harakatlar maydoniga aylandi. 1915 y. kuzida L. hududini Germaniya qoʻshinlari bosib oldi. 1918 y. 16 fev. da L. davlatining mustaqilligi eʼlon qilindi. 1918 y. dek. da L. hududining katta qismida shoʻro hokimiyati oʻrnatildi va 1919 y. fev.da Litva-Belorussiya shoʻro respublikasi eʼlon qilindi. 1919 y. avg . da nemis qoʻshinlarining hujumidan soʻng Qizil Armiya boʻlin-malari L.dan chiqib ketishga majbur boʻldilar. 1920 y. L. bilan RSFSR oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, shoʻro hukumati L. mustaqilligini tan oldi. 1940 y. iyunda L. hududiga shoʻro qoʻshinlari kiritildi. 1940 y. iyulda Xalq Seymiga saylovlar boʻlib oʻtdi. 1940 y. 21 iyulda L. shoʻro respublikasi eʼlon qilindi. 1941 y.da L.ni nemis-fashist qoʻshinlari bosib oldi, 1944 y. iyul —1945 y. yanv.da shoʻro armiyasi tomonidan ozod qilindi. 1990 y. 11 martda respublika Oliy Kengashi L. davlatini qayta tiklash haqidagi hujjatni qabul qildi va mamlakat L. Respublikasi deb atala boshladi. 1990 y. mayda L. Oliy Kengashi L.ning davlat mustaqilligi haqidagi deklaratsiyami qabul qildi. L. 1991 y.dan BMT aʼzosi. 1992 y. 5 avg .da OʻzR bilan diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 16 fev. — L. davlati kayta tiklangan kun (1918). Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. L. demokratik partiyasi, 1989 y.da tuzilgan, 1902—20 y.larda shu nomda faoliyat koʻrsatgan partiyaning vorisi; L. sotsial-demokratik partiyasi, 2001 y.da asos solingan; Vatan ittifoqi, 1993 y.da tuzilgan; Markaz ittifoqi, 1992 y.da tuzilgan; L. xristian demokratik partiyasi, 1990 y.da asos solingan; L. erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1990 y.da tuzilgan. Xoʻjaligi. L. — industrial-agrar mamlakat. Yalpi milliy mahsulotda sanoatning ulushi — 51,2%, q.x. ning ulushi — 24,7%, qurilishning ulushi — 9,8%, transportning ulushi — 3,6%, boshqa tarmoqlarning ulushi - 10,1%. Sanoatning asosiy tarmoqlari — mashinasozlik va metall ishlash, yogʻochsozlik, kimyo va neft kimyosi sanoati, binokorlik materiallari i.ch., toʻqimachilik va oziq-ovqat, neftni qayta ishlash sanoati. Energetika xoʻjaligida gidroenergiya va torf ikkilamchi ahamiyatga ega. L. issiklik elektr st-yasi va Vilnyus issiklik elektr markazi keltirilgan gaz, mazut, koʻmir bilan ishlaydi. Kaunas GES, Ignalina AES bor. L.da yiliga 18,7 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi xrsil qilinadi. Vilnyus, Rokishkis, Radvilish-kisda q.x. mashinalari, Kapsukasda oziq-ovqat korxonalari uchun asbob-uskunalar, Shyaulyayda velosiped, moped dvigatellari, Panevejisda avto-kompressorlar ishlab chikariladi. Kedaynyayda kimyo kti (sulfat kislota va superfosfat), Ionavada azotli oʻgʻit z-di, Kaunasda sunʼiy tola z-di, Vilnyusda plastmassa buyumlar z-di, Plungeda sunʼiy charm z-di bor. Mahalliy xom ashyo asosida yuqori sifatli sement, gʻisht, ohak, yirik silikat bloklar, drenaj quvurlari, cherepitsa, shifer, yigʻma temir-beton va beton konstruksiyalar hamda detallar tayyorlanadi. Panevejisda yirik oyna z-di deraza oynasi va oyna bloklari ishlab chikaradi. Ionava, Klaypeda, Kaunas, Shyaulyay, Vilnyus sh.larida mebel k-tlari bor. Qogʻoz sanoatining asosiy markazlari — Kaunas, Grigishkes. Kaunasdagi qogʻoz f-kasi yuqori sifatli qogʻoz, Klaypeda, Grigishkes, Pabra-dada karton, Klaypedada sellyuloza va faner, Kaunasda gugurt, Klaypeda, Vilnyus, Grigishkes, Kazlu-Rudada yogʻoch plitalar ishlab chiqariladi. Yengil sanoatda toʻqimachilik va trikotaj, tikuvchilik, poyabzal tarmoqlari rivojlangan. Yengil sanoatning yirik markazlari: Kaunas, Vilnyus, Shyaulyay va Klaypeda. Utenada trikotaj f-kasi va Alitusda ip gazlama kti mavjud. Badiiy hunarmandchilik (kahrabo, keramika va b.dan buyum yasash) rivojlangan. Goʻsht, sut, baliq sanoati L. oziqovqat sanoati mahsulotining 3/4 semiki beradi. Klaypeda — baliq ovlash va balik, sanoati markazi. Baliq Boltik, Barens dengizlaridan va Atlantika okeanidan ovlanadi. Qand-shakar, un, konditer, spirt-araq, pivo sanoati hamda meva va sabzavotni qayta ishlash, oʻsimlik moyi olish rivojlangan. Qishloq xoʻjaligi. L.da iqtisodiy faol aholining 35% ga yaqini q.x.da band Q. x.ga yarokli yerlar 3,4 mln.ga. Gʻalla, kartoshka, sabzavot, yem-xashak, suli, zigʻir, qand lavlagi ekiladi. Chorvachilik — q.x.ning yetakchi tarmogʻi. Qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, yilqi, parranda boqiladi. Asalarichilik, darrandachilik (qora tulki va norka), baliqchilik rivojlangan. Transportining asosiy turlari — t. y. va avtomobil transporti. T. y. uz. 3 ming km. Avtomobil yoʻllari uz. 44,5 ming km, jumladan qattiq qoplamali yoʻllar 80%. 1986 y.dan Klaypeda — Mukran (Germaniya) solda kechuv yoʻli ishlay boshladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 374 ming t dedveyt (1992). Asosiy dengiz porti — Klaypeda, daryo porti — Kaunas. Vilnyus aeroporti xorijiy mamlakatlarning 65 shahari bilan bogʻlangan. L. chetga mashinasozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mashina-uskunalar, xom ashyo oladi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Germaniya, Polsha, Belorussiya, Latviya, Estoniya va Skandinaviya mam-lakatlari. Pul birligi — lit. Tibbiy xizmati. Tibbiyot mutaxassislari Kaunas tibbiyot in-tida, Vilnyus un-tining tibbiyot f-tida va 6 tibbiyot bilim yurtida tayyorlanadi. Druskininkay, Birshtonas, Likenay, Palanga, Neringa va b. balneologiya kurortlari mashhur. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. L.da oʻrta umumiy taʼlim deyarli toʻla amalga oshirilgan. 12 oliy oʻquv yurti bor. Eng yiriklari: Vilnyus un-ti, Vilnyus ped. un-ti, Vitautas Magnus un-ti, Vilnyus texnika un-ti, Kaunas texnologiya un-ti, Kaunas tibbiyot akademiyasi, Klaypeda un-ti. Q.x. akademiyasi, L. fanlar akademiyasi bor. L. davlat kutubxonasi, FA kutubxonasi, klub muassasalari, muzeylar va b. madaniy-maʼrifiy muassasalar mavjud. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. L.da bir necha gaz. va jur. nashr etiladi. Eng muhimlari: "Letuvoye aydas" ("Litva aks sadosi", litva tilidagi kundalik gaz., 1917 y.dan), "Letuvos ritas" ("Litva tonggi", litva va rus tilidagi kundalik gaz., 1919 y.dan), "Gimtine" ("Ona diyor", litva tilidagi oylik jur., 1989 y.dan), "Atgimimas" ("Uygʻonish", litva tilidagi haftanoma, 1988 y.dan), "Bichyuliste" ("Doʻstlik", litva tilidagi haftalik gaz., 1990 y.dan). ELTA telegraf axborot agentligi 1995 y.dan aksiyadorlik jamiyati, 1920 y.da asos solingan; L.da radioeshittirish 1926 y.dan, telekoʻrsatuv 1957 y.dan ishlaydi. L. radio va televideniyesi 1940 y. Vilnyus sh.da tashkil etilgan. Adabiyoti. L. xalqi oʻz qarashlari va orzu-umidlarini boy ogʻzaki ijodiyotida — qoʻshiqdar, ertaklar, afsonalar, maqolalarda ifoda etgan. Kds. yozma yodgorliklari 14—16-a.larda (yilnomalar, huquq mavzuidagi va tarbiyaviy asarlar) yaratilgan. 16—17-a.larda, asosan, diniy adabiyotlar nashr qilingan (M. Dauksha, Y. Bretkunas va b.)- 17— 18-a. larda litva tilida epigrammalar, dostonlar, sheʼriy maktublar yuzaga keldi (A. Shimelpenigis, K. Milkus va b.). 19-a. 1-yarmida L. adabiyoti rivojiga shiorlar D. Poshka ("Jemaytiya va Litva mujigi"), A. Baranauskas ("Anikshchyay qaragʻayzori"), yozuvchi M. Valanchyus ("Palangalik Yuze") kabilar munosib hissa qoʻshdilar. 19-a. 2-yarmi va 20-a. boshlarida adabiyotda turli janrlar yuzaga keldi. V. Kudirka, P. Vaychaytis, Mayronis (I. Machyulis taxallusi), G. PyatkyavichayteBite va b. ijod qila boshladi. L. adabiyotida tanqidiy realizmning shakllanishi yozuvchi Yu. Jemaytening ijodi bilan bogʻliq ("Kelin", "Pyatras Kurmyalis"). Realist yozuvchilardan V. Kreve, Vayjgantas va b. ijodida romantik anʼanalar namoyon boʻldi. 40—60-y.larda P. Svirka, Y. Shimkus, S. Neris kabi yozuvchilar yetishib chiqdi. 2-jahon urushi yillarida E. Mejelaytis, V. Reymeris va b. yosh shoirlar voyaga yetdi. Urushdan keyingi yillarda Stuoga, Simonaytite, Y. Avijyus va Y. Gribas kabi yozuvchilar samarali ijod qildilar, 50—70-y.larda yaratilgan Ye. Simonaytitening "Vilyuye Karalyus", A. Belyauskausning "Kaunas romani", Y. Avijyusning "Yoʻqotilgan boshpana" romanlari, E. Mejelaytisning "Inson" sheʼriy toʻplami, Yu. Marsinkyavichyusning "Qon va kul", "Devor" dostonlari, Yu. Grushasning "Gerkus Mantas" dramasi L. adabiyotining yutugʻi boʻldi. 1957—68 y.larda "Litva adabiyoti tarixi"ning 4 jildligi eʼlon qilindi. K. Ambrasas, A. Buchis, L. Gineytis kabi adabiyotshunoslar L. adabiyotining dolzarb muammolari ustida tadqiqot olib bordilar. Keyingi yillarda G. Korsakene, Y. Doviday-tis, A. Baltakis, Yu. Vaychyunayte, P. Shirvis, S. Ged, Yu. Grushas, K. Say va b. yozuvchilarning asarlari shuhrat qozondi. Oʻzbek va L. xalqlari oʻrtasidagi adabiy aloqalar rivojlangan. L. adabiyotining eng yaxshi namunalaridan M.Slutskisning "Jasorat" romani, E.Mejelaytisning "Inson" sheʼriy toʻplami, K.Donyalaytisning "Yil fasllari" dostoni va b. asarlar oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Oʻzbek adiblaridan Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon", Oybekning "Navoiy", Gʻafur Gʻulomning "Shum bola", Abdulla Qahhorning "Sinchalak", Asqad Muxtorning "Chinor" romani va b. asarlar litva tiliga tarjima qilingan. Meʼmorligi. L. hududida mil. av. 4— 2-ming yilliklarga mansub turar joy qoldiqlari topilgan. Ular aylana, oval shaklida qurilgan. 5—8-a. larda atroflari chuqur qilib, yogʻochlar bilan oʻralgan qarorgoxlar, 9—12-a.larda yogʻoch qoʻrgʻonlar vujudga kelgan. 14-a. da muhim joylarda mudofaa inshootlari qurilgan, qoʻrgʻonlar qurilishida minoralarga ahamiyat berilgan. 15-a. dan boshlab L.da shaharlar qurilishi tez oʻsdi (koʻpincha, uylar ikki qavatli qilib, birinchi qavatda savdo doʻkonlari, ikkinchi qavatda esa turar joylar qurilgan). 16-a.dan Uygʻonish davri madaniyati taʼsiri kuchaydi. 17—18-a.larda barokko uslubida serhasham katolik cherkovlar, saroylar qurildi. 18-a.ning oxiri va 19-a.ning 1-yarmida klassitsizm tamoyillari yoyildi (Vilnyusdagi katta butxona, hoz. rasmlar galereyasi, shahar ratushasi, hoz. Badiiy muzey). 19-a.ning 2-yarmida va 20-a. boshlarida L. meʼmorligida oʻtmishdagi uslublarga taqlid kuchaydi, 20—30-y.larda xalq sanʼati va neoklassika anʼanalari taʼsirida binolar qurildi (Kaunasdagi bank, meʼmor M. Songayla). 2-jahon urushidan key-in shaharlar bosh reja asosida qayta tiklandi, yangi shaharlar vujudga keldi, yirik panelli uylar qurilishi avj oldi. Binolarning old tomonlarini bezatishda yogʻoch, keramika, vitraj, metalldan foydalanishga eʼtibor berildi ("Nyaringa" mehmonxonasi va qahvaxonasi, meʼmorlar A. va V. Nasvitislar va b.). Litvalik meʼmorlar loyihasi asosida Toshkent (Chilonzor)da ham bir necha uy qurilgan. Tasviriy sanʼati. L. hududida neolit davriga mansub odamlar va hayvonlarning juda sodda kahrabo, yogʻoch haykalchalari, keramika idishlari topilgan. 9—12-a.larda metallni badiiy ishlash rivoj togan (qurol, zargarlik buyumlari). 16—17-a.larda portretlar koʻp yaratilgan. Kitob nashr qilishning yoʻlga qoʻyilishi bilan ksilografiya rivojlangan. 17—18-a.larda saroy va cherkovlarni bezashda haykaltaroshlik va rassomlik sanʼatidan keng foydalanilgan. 19-a.da yangi davr milliy sanʼati shakllandi. 20-a. boshlarida milliy rassomlik shakllanishiga Adabiy-badiiy jamiyat faoliyati taʼsir oʻtkazdi. Haykaltaroshlardan Yu. Zikaras va P. Rimsha realistik anʼanalarni davom ettirishdi. Rassom M. Chyurlenis ijodida adabiy folklor fantastikasi simvolika bilan hamohang boʻlib ketgan. Zamonaviy rassomlar orasida A. Savitskas, S. Veyverite, Y. Shvajas, V. Yurkunas va b. ajralib turadi. Kahraboga sayqal berish, yogʻochsozlik, qoʻlda toʻqish sanʼati rivoj topgan. Musiqasi. Adabiy folklori laparlar, asosan, ishqiy qoʻshiq (dayna)larga boy. Koʻpchilik boʻlib aytiladigan qad. qoʻshiqlar sutartine deb ataladi. Xalq raqslari turli shakllar yasab, mayin tushiladi. Musiqa asboblari orasida torli sozlardan kankles, puflama so-zlardan ragas (burgʻu), daudite (uzun truba), skuduchay, lumzdyalis (fleyta turlari), urib chalinadigan sozlardan skrabalay va b. keng tarqalgan. Professional musiqa 14-a.dan rivojlandi. 16-a.dan cherkov xor musiqa maktablari vujudga keldi, zodagonlarning saroylarida kapella, opera va balet truppalari tashil etildi. 18-a.da Vilnyus teatrida Gʻarbiy Yevropa kompozitorlarining opera va baletlari sahnalashtirildi. 1803 y.da Vilnyus un-tida musiqa kafedrasi ochildi. 1906 y.da "Vilnyaus kankles" jamiyatining kuchi bilan birinchi milliy opera (M. Petrauskas, "Birute") sahnaga qoʻyildi. M. Chyurlenis ilk milliy simfonik va kamer musiqa asarlarini yaratdi. 1920 y.da Kaunasda opera teatri, 1921 y.da balet studiyasi, 1933 y.da konservatoriya ochildi. 1940 y.da Vilnyusda filarmoniya, xalq ijodiyoti uyi, musiqa bilim yurti tashkil etildi. 1948 y.da opera va balet teatri Kaunasdan Vilnyusga koʻchirildi. Keyingi yillarda mahalliy mualliflarning "Marite" operasi, "Dengiz sohilida" baleti, "Oltin dengiz" operettasi tomoshabinlarga taqdim etildi. Simfoniya va kamer janrlari rivoj topdi. Kompozitorlardan A. Rachyunas, Yu. Yuzelyunas, A. Belazaras, V. Yugova, B. Dvarionas va b. barakali ijod qildi. Vilnyus konservatoriyasi, ped. in-tining musiqa boʻlimi, Shyaulyay ped. in-tining musiqa f-ti, 5 musiqa bi-lim yurti, musiqa va xoreografiya maktablari musiqadan taʼlim beradi. Dirijyorlardan — B. Dvarionas, I. Shvya-das, S. Sondyaskis, xonandalardan — K. Petrauskas, Y. Stasyunas, V. Noreyka va b. mashhur. Teatr sanʼati unsurlari litva xalq hangomalari va turli marosimlarida koʻp uchraydi. 16—18-a.larda maktab teatrlari faoliyat koʻrsatgan. 1785 y.da Vilnyusda tuzilgan professional truppa L.da birinchi xalq teatriga asos boʻldi. 1905—07 y.larda va undan keyin Vilnyus, Kaunas, Shyaulyay va b. shaharlarda havaskorlik teatrlari, drama toʻgaraklari tashkil topdi. 1919—40 y.larda Kaunas teatr hayotining markazi boʻldi. Bu yerda Milliy teatr (1919 va 1923—25), "Vilkolakis" satira teatri (1919—25) faoliyat koʻrsatib, K. Glinskiye, Yu. Vay-chkus, A. Sutkus kabi rej. lar samarali ijod qilib, muvaffaqiyatga erishdilar. Keyingi yillarda Vilnyus davlat teatri va b. bir kator teatrlarda ja-hon va litva dramaturgiyasining eng yaxshi asarlari sahnaga qoʻyildi (Yu. Marsinkyavichyusning "Qon va kul", Yu. Grushasning "Gerkus Mantas" va b.). Sahna sanʼati rivojiga B. Dauguvetis, Yu. Siparis, D. Banionis, B. Babkauskas, S. Yukna va b. aktyor hamda rej.lar katta hissa qoʻshdilar. Vilnyus drama teatri,, Yoshlar teatri, Kaunas drama teatri, Shyaulyay, Panevejis, Klaypeda teatrlari, Vilnyus va Kaunasda qoʻgʻirchoq teatrlari bor. Aktyor va rej.lar Vilnyus kon-servatoriyasida tayyorlanadi. Kinosi. Dastlabki "Nyamunas oldida" filmi 1909 y.da yaratilgan (operator va rej. V. Staryavichyus). 1940 y.da Kaunasda hujjatli va xronikal filmlar studiyasi tashkil qilindi. 50-y.larning oʻrtalarida studiya bazasi kengaytirilib, badiiy filmlar ham ishlab chiqarila boshladi. V. Jalakyavichyus, V. Mikalauskas (rej.lar), I. Gritsyus (operator) va b. L. kino sanʼatida muhim rol oʻynay boshladilar. Rej. va ssenariychi V. Jalakyavichyusning "Bir kun voqeasi", "Hech kim oʻlishni istamas edi", rej. R. Vabalasning "Tungi odamlar", "Osmonga narvon", A. Jebryunasning "Qizaloq va aks sado", "Goʻzal" filmlari L. kino sanʼatida muhim voqea boʻldi. L.da huj-jatli kino sanʼati rivoji V. Staro-shas, L. Tautrimas. L. Matsulevichyuslarning "Oʻz Vatanida", "Polshada 10 kun", "Nyaringa" va b. kino ocherklari bilan bogʻliq. Oʻzbekiston — L. munosabatlari. Oʻzbekiston Respublikasi bilan L. Respublikasi oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarga OʻzR Prezidenti I. Karimovning 1995 y. iyunda L.ga qilgan safari vaqtida imzolangan savdo-iqtisodiy hamkorlik haqidagi bi-tim asos qilib olingan. Shu bitimga binoan, ikkala mamlakat savdo-sotiqda bir-biriga eng koʻp qulaylik yara-tib berishi va bevosita xoʻjalik aloqalari oʻrnatish koʻzda tutilgan. Na-tijada mamlakatlar oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1994 y.dagi 23,692 mln. AQSH dollaridan 2001 y.da 29,9 mln. dollarga yetdi. L. prezidentining 1997 y. fev.dagi OʻzR ga tashrifi chogʻida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada chuqurlashtirish haqida kelishib olindi. Nihoyat, OʻzR Prezidenti I. Karimovning 2002 y. sent.da L .ga tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy va madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi, bir qancha muhim shartnomalar imzolandi. Jumladan, transport, q.h., yoqilgʻi sanoati, oziq-ovqat va yengil sanoat sohalarida hamkorlik qilinadigan boʻldi. Oʻzbekiston-Litva savdoiqgisodiy hamkorlik qukumatlararo komissiyasi ish boshladi. OʻzR dan L.ga paxta tolasi, neft va neft mahsulotlari, rangli metall, tomat mahsuloti, meva va sabzavot konservasi, oʻgʻit, ip gaz-lama, qimmatbaho toshdan yasalgan mahsulotlar yuborib turiladi. L.dan OʻzR ga esa mashina, asbob-uskuna, sut, goʻsht va baliq mahsulotlari, qand-shakar va qandolat, yogʻoch va mebel, trikotaj, poyabzal va bosh kiyimlar, sariyogʻ va oʻsimlik yogʻi kabilar yuboriladi. "Oʻzbeksavdo" tashkilotlari L.dagi "Avokado", "Vekta", "Klaypedos Balday prekiba", "Liora", "Inkaras" singari aksiyadorlik jamiyatlaridan sovitkichlar, mebel, roʻzgʻor asboblari, kiyim-kechak, poyabzal, attorlik buyumlari, zigʻir tolasidan toʻqilgan gazlama, deraza parda, moʻynali bosh kiyimlar oladi. Yuk tashish sohasidagi hamkorlik OʻzR uchun ayniqsa ahmiyatlidir. Klaypeda portidan oʻzbek tovarlari Germaniya, Polsha, Niderlandiya, Belgiya, Shvetsiya, Finlyandiya, Daniya va Fransiyaga yuboriladi. "Oʻzbekmebel" davlat aksiyadorlik jamiyati L.ning "Audeyas", "Avokado" korxonalari bilan tuzgan shartnomalarga binoan, yuqori sifatli mebelbop gazlama, yogʻoch tolali plitalar va yelim oladi. OʻzR da litvalik sarmoyadorlar ishtirokida tashkil etilgan 22 qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatmoqda. Madaniy hamkorlik sohasida ham dastlabki qadamlar qoʻyildi. Jumladan, 1992 y. Toshkentda tuzilgan L. madaniyati jamiyati, 1994 y. Vilnyusda tuzilgan oʻzbek milliy jamiyati samarali ish olib borayotir, ikkala xalqning madaniy merosini saqlash va targʻib qilishga, tilini oʻrganish va adabiy asarlarini tarjima qilib nashr etishga hissa qoʻshayotir.[1] Download 91.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling