O‘rta Osiyoning bronza va ilk temir davri mudofaa inshootlari tarixi


Download 29 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi29 Kb.
#1598268
Bog'liq
Mardona xulosa 2021


Tilovboyeva Mardona Aybekovnaning “O‘rta Osiyoning bronza va ilk temir davri mudofaa inshootlari tarixi (arxeologik ma’lumotlari asosida)” mavzusidagi 70220301-Tarix (yo’nalishlar va faoliyat turi bo’yicha) mutaxassisligi bo’yicha magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasiga ilmiy rahbar PhD.,dots. X.X.Matyakubovning
XULOSASI
O`rta Osiyoda qishloqlarning vujudga kelishi, shakllanish va rivojlanish bosqichlari odamzodning migrasion jarayonlari bilan bog`liq edi. Geografik xususiyat va iqlim sharoit, antropogen landshaft ta’sirida tabiiy -iqtisodiy hududlar madaniy-xo`jalik tiplarining obyekti bo`lib xizmat qilgan. Aholining ma’lum hududda joylashishi natijasida cheklangan geografik xolati vujudga kelgan.
Xududiy geografik jihatidan joylashgan istexkomli turar -joylar Tajan daryosi xavzasi sohili etagiga ulangan pasttekislikda xo`jalik sohalarini olib borgan aholi faoliyatlari bilan izohlanadi. Mudofaa tizimga ega bo`lgan mitti -mitti aholi markazlari vujudga kelib eneolit davri jamiyati manzarasini namoyon qilgan. Aynan shu dolzarb masala, O`rta Osiyoda mudofaa tizimga oid muammolari tarixi arxeologik va tarixshunoslik nuqtai – nazaridan tahlil qilingan. Dissertant oldiga qo’ygan maqsad asosida bir qancha vazifalarni qo’ygan va bu vazifalar talabga muvofiq bajarilgan.
Magistrant ilmiy ishi davomida har xil manbalardan foydalanish asosida eng so’nggi arxeologik tadqiqotlar ma’lumotlarini ilmiy va qiyosiy tahlil qilishga harakat qilgan. Bu o’z navbatida dissertatsiyani faktik materiallar bilan boyitishga xizmat qilgan. Har bir bob oldiga qo’ygan vazifalar to’liq asoslangan va ilmiy – amaliy xulosalar chiqarilgan. Ishning yakuniy qismida xulosa va tavsiyalar berilgan.
Bronza davrida xo`jalik soxalarini olib borgan qabilalar O`rta Osiyoda hajmi kichik turar -joylarning qurilishini davom ettirganlar. Mazkur jarayonda aholining joylashgan hududida faoliyatlarini davom ettirgan bo`lib, iqtisodiy manbalar zaxirasi yakuniy xolatga kelgan hududlaran aholi qo‘shni yoki uzoq hududlarga ko‘chib borib, etnik makonlarni vujudga keltirib, turar -joylar qurilishidagi bilimlarini yangi geografik sharoitda amalga oshirganlar. Masalan, Tajan daryosidagi eneolit davri qabilalari Kopetdog’ oldi etaklari,, Zarafshon vohasi shimoli-g’arbiy hududlariga ko‘chishga majbur bo`lganlar. Murg`ob daryosi xavzasida, Quyi Zarafshon, janubiy Orolbo‘yi, Toshkent va Farg’ona vodiylari, janubiy Qozog’iston, Qirg’iziston va janubiy Tojikistonning Bishkent vodiysi aholi chorvachilikka urg’u berganlar.
Dissertatsiyadagi umumlashtirilgan ma’lumotlardan O’zbekiston tarixini qadimgi davrini o’rganish va yoritishda, oliy o’quv yurti talabalari uchun yangi avlod darslik yaratishda, muzeylarda yangi ekspozitsiyalarni tashkil etishda hamda tarixiy-madaniy merosni targ’ib qilishda foydalanish mumkinki, bu ishning to’liq yakunlangan degan xulosa chiqarishga asos bo’ladi hamda uni himoyaga tavsiya qilish mumkin.
Ilmiy rahbar: PhD., X.X.Matyakubov
Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling