Yevropa uyg‘onish davri ma’naviyati 1-dars
Download 50.25 Kb.
|
7-8-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- UYG‘ONISH DAVRI VA UNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI.
YEVROPA UYG‘ONISH DAVRI MA’NAVIYATI 1-dars REJA: Uyg‘onish davri va uning o‘ziga xos jihatlari. XV-XVI asrlarda G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridagi ijtimoiy-siyosiy hayot va uning Yevropa xalqlari ma’naviyatiga ta’siri. UYG‘ONISH DAVRI VA UNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI. Uyg‘onish davri yangi davr arafasida о‘ziga xos qadriyatlarga ega bо‘lgan g‘oyaviy va madaniy rivojlanishni о‘z ichiga olgan tarixiy jarayondir. Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida XII va XIII asrlarda savdo va hunarmandchilik rivoji bilan shaharlarda о‘sish va ishlab chiqarish jadal tus oldi. Shaharlar shunday kuchga aylandiki, ular tufayli eski tо‘zum о‘z iqtisodiy rivojining yuqori chо‘qqisiga kо‘tarildi. Shu bilan birga shaharlar rivojida eski tо‘zum kobig‘idan tashqariga chiqib ketadigan jarayonlar ham yuz berdi. Shaharlarda tobora avj olayotgan iqtisodiy ravnaq savdo va sudxо‘rlik sarmoyasining tezlashuviga olib keldi. Natijada kо‘rtak shaklida cheklangan, mustahkam bо‘lmagan sanoat ishlab chiqarishi munosabatlari shakllana boshladi. Dastlab, manufakturalar kо‘prok mustasno sifatida yuzaga keldi. Mohiyat jihatidan Uyg‘onish davri о‘tmishda о‘zoq davom etgan ishlab chiqarish kuchlarining turg‘unligini yengib о‘tgan davr bо‘ldi. О‘rta asrlar davrida Yevropa shaharlarining iqtisodiy-siyosiy va madaniy rivojlanishida katta farqlar mavjud edi. Shuning uchun Uyg‘onish jarayoni birdaniga hamma mamlakatlarda emas, avvalo eng rivojlangan mamlakatlarda yuz berdi. Dastlab uning beshigi Italiya bо‘lgan. Uyg‘onish jarayonining birinchi davri «Italiya hodisasi» bо‘lgan, faqat ikkinchi davrga kelibgina, Yevropaga tarkalgan. Uyg‘onish davri mafkurasining yalovbardorlari shaharning oliy tabakalari, meshchanlar, monastir va cherkov ziyolilari edi. Ular shahar aholisining о‘rta va quyi tabakalari bilan raqobatda bо‘lganlar, kambag‘al va faqirlarga nafrat bilan qaraganlar. U davrda hali meshchanlar va dvoryanlar о‘rtasida qarama-qarshilik mavjud emasdi. Aksincha, dvoryanlar hatto cherkovning oliy vakillari va meshchanlar tabaqalariga xayrixohlik bilan qaraganlar. Ularning hayot tarzi о‘ziga jalb qilgan. Uyg‘onish davri mafkurasi ikki yо‘nalishda bо‘lgan. Bir tomondan antifeodal, ikkinchi tomondan esa antiplebey harakterda bо‘lgan. Meshchanlarning yuqori tabaqalari davlat apparati va cherkovni isloh qilish yо‘li bilan tovar-pul munosabatlarini kengaytirish va mustahkamlashga harakat qilganlar. Shuning uchun ham bu harakatni «renessans» deb ataganlar. Renessans iborasi — qayta tirilish, ya’ni antik madaniyat, fan, falsafaning yangidan qayta tirilishi, jonlanishi ma’nosini ang-latadi. Lekin bu ibora tarixiy jarayon mazmuni va asosiy xususiyatining lug‘aviy ma’nosini aks ettirmaydi. Balki bu jarayonning antifeodal harakterdaligi, cherkovga, dvoryanlarga va umuman eski tartiblarga qarshi qaratilganligini aks ettiradi. Uyg‘onish davri madaniyati, mafkurasi va tafakkurining muhim tamoyil va an’analaridan biri—dunyoni teotsentrik (dunyo asosiga xudoni qо‘yish) tushunishdan antropotsentrik (olamning asosiga odamni qо‘yish) ga о‘tishdir. Bu jarayon murakkab, qarama-qarshi harakterda bо‘lib, u asta-sekinlik bilan turli shakllarda amalga oshgan. Uyg‘onish davri tarixning shunday bosqichini о‘z ichiga oladiki, unda xristian dini yaxlit bir mavqeni egallamaydi. Bunday о‘zgarish eng avvalo diniy tashkilotlar qatlamlarida yuz beradi. Falsafada, san’atda, adabiyotda yuz yillar davomida odat kuchiga ega bо‘lgan an’anaviy tafakkur usuli tugatilgan emasdi. О‘rta asr teokratizm (ilohiy hokimiyat) bilan kurashda Uyg‘onish davri madaniyatida birinchi о‘ringa gumanistik (insonparvarlik), insonni diqqat markaziga qо‘yuvchi g‘oyalar chiqadi. Hayotda faqat insonning ijodiy qobiliyatlarini, aqlni tan olish yerdagi baxtga intilish bilan almashinadi. Bu maqsadni ruyobga chiqarish о‘tmish madaniyati yutuqlarini о‘zlashtirishni taqozo etardi. Shuning uchun Uyg‘onish davri gumanizmi antik madaniy merosga qiziqishni, qadimgi falsafaning boyliklaridan foydalanishni taqozo qilardi. Endi Platon va Aristotel ta’limotlari, neoplatoniklar, stoiklar va epikurchilar falsafasi, Sitseron va boshqalar merosiga yangicha yondoshildi va talqin qilindi. Ularning falsafiy-tarixiy talqini qayta kо‘rib chiqildi. Uyg‘onish davri bu eng avvalo antik davr asarlarini erkin tafakkur qilish, tayyor va о‘zgarmas deb hisoblangan haqiqatlardan voz kechishni anglatardi. Bu esa о‘z navbatida nima haqiqat va nima haqiqat emas, degan masalani hal qilish huquqini berardi. Qadimgi faylasuflar «oliy pogonada turuvchilar» deb emas, ittifoqchilar deb qaralardi. Olimlar va faylasuflar ayrim tadqiqotchilar vakillari sifatida qaralardi. Bunga yangicha falsafiy talqinlar, shaxsiy yondoshish, adabiy talqinlar mos kelardi. Sxolastik bachkanalik va murakkablikka qarama-qarshi eng tushunarli, sodda izohlashga intilish kо‘zatilardi. Avvalgi sxematiklik tushuntirishlar о‘rniga amaliy ahamiyatga ega bо‘lgan foydali masalalarga e’tibor qaratilardi. Lekin Uyg‘onish davri gumanizmini ideallashtirib, undagi ichki qarama-qarshilikni e’tibordan chetda qoldirish ham mumkin emas, albatta. Bu qarama-qarshiliklar XIII—XIV asrlarning tarixiy sharoitlari bilan bog‘liq edi. Bunda avvalo, gumanizmning zodagonliq oqsuyaklikka moyilligi namoyon bо‘lar edi. Masalan, axlokiylikning insonparvarlik g‘oyalari ma’lumot olish imkoniyatlariga ega bо‘lgan yuqori ijtimoiy toifa va tabaqalar uchun mо‘ljallangandi. Insonparvarlikni shior qilib olganlar antik davr madaniyati va falsafasi bilan tanishish imkoniyatiga ega edilar, tillarni yaxshi bilardilar. Lotin tili va adabiyotini bilish, Uyg‘onish davri insonparvarligining muhim talablaridan biri edi. Shuni ham unutmaslik kerakki, Uyg‘onish davri gumanizmi vujudga kelgan vaqtidan boshlaboq averroizm (Ibn Rushd ta’limoti)ga qarshi tо‘rgan. Xatto ayrim tadqiqotlarda Italiya gumanizmi averroizm donoligiga qarshi qaratilgan katolitsizmga javob bо‘lgan, deb ham ta’kidlanadi. Bu gumanistlar birinchi navbatda bilishning subyektiv faol amaliy tomonlarini ta’kidlab о‘tganlar. Bundan tashqari, insonni diqqat markaziga qо‘yishni sodda tushunmaslik kerak. Birdaniga g‘olib bо‘luvchi harakat yoki falsafiy qarashlarning qandaydir «sof, tiniq» ifodalanishi, deb tushunmaslik kerak. Gap shundaki, Uyg‘onish davri gumanizmi shunday g‘oyalarga qaratilgan ediki, ular insonning ichki, subyektiv tomonlariga qaratilgan edi. Ular insonni hayotiy faollikka jalb kiluvchi, о‘ziga ishonchni mustahkamlovchi g‘oyalar emas edi. Lekin yangi, shubhasiz ijobiy bо‘lgan g‘oyalar ham tarixiy cheklanganlik tufayli diniy qobiq bilan chegaralangan holda u yoki bu shaklda ifodalangan edi. Tadqiqotlarda Uyg‘onish va Reformatsiya munosabatlari masalasi atrofida kо‘pincha bahslar yuritilgan. Ba’zi tadqiqotlarda ta’kidlanadiki, ular о‘rtasida qarama-qarshilik bor. Masalan, Uyg‘onish (Renessans) xalsaro, umumevropa vokeligi bо‘lsa, Reformatsiya esa faqat milliy (nemislarga xos) voqeliqiir. Bu yerda eng muhimi shundaki, ularning har ikkisi zamirida ham eski tо‘zumga qarshi qaratilgan harakat yotadi. Bu harakatning asosiy kuchlari esa inqirozga uchrayotgan eski jamiyatning shahar tabaqalari edi. Agar Uyg‘onish tarafdorlari jamiyatni о‘zgartirishni ma’rifat yо‘li bilan amalga oshirishni talab qilgan bо‘lsalar, Reformatsiya tarafdorlari о‘rta asrlar tafakkuri chegarasida qolishni, bu chegarada turib, xudoga ishonishning yangi, yengil yо‘lini nazarda tutganlar. Uyg‘onish tarafdorlari g‘oyalari yuqori ijtimoiy tabakalarni faollashtira oldilar. Ularning g‘oyalarida, amalda о‘rta quyi tabaqalarning manfaatini ifodalovchi hech qanday namunalar yuk edi. Download 50.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling