Yevropa uyg‘onish davri ma’naviyati 1-dars
GUMANISTIK QARASHLAR VA ULARNING YEVROPA MA’NAVIYATI RIVOJIDAGI ROLI
Download 50.25 Kb.
|
7-8-MAVZU
GUMANISTIK QARASHLAR VA ULARNING YEVROPA MA’NAVIYATI RIVOJIDAGI ROLI. G‘arbiy Yevropada yuz berayotgan ma’naviy va madaniy qayta о‘zgarish turli harakterlarga ega bо‘lgan va turli bosqichlarda kechgan. Birinchi bosqich XIV—XV asrlarni о‘z ichiga oladi. Madaniyat eng avvalo «gumanistik» harakterga ega bо‘lib, asosan Italiyada namoyon bо‘lgan. XVI va XVII asrlardagi о‘zgarish esa kо‘proq tabiiy-ilmiy yо‘nalishga ega edi. Bu davrda gumanizm Yevropaning boshqa kо‘pgina davlatlariga ham tarqala boshlaydi. Gumanizm insonning dunyodagi о‘rni, mohiyati va vazifasi, borlig‘ining mazmuni va maqsadi haqida о‘ylay boshlashidan yuz beradi. Bu muloxazalar hamma vaqt aniq tarixiy va ijtim iy sharoitlardan kelib chiqadi. Umuman, gumanizm ma’lum ijtimoiy va umummilliy manfaatlarni aks ettiradi. Tor ma’noda gumanizm iborasi, Uyg‘onish davrida shakllangan g‘oyaviy harakterni anglatadi. Uning mazmuni va maqsadi antik davr adabiyoti, san’ati, madaniyati va tillarini tarqatishdir. Gumanistlar xizmati faqat falsafiy tafakkurni rivojlantirishdangina iborat bо‘lib qolmasdan, balki shu bilan birga qadimiy manbalarni о‘rganish buyicha tadqiqotlardan ham iboratdir. Shuning uchun ham Italiya gumanizmi adabiy-filologik (tilshunoslik) gumanizm bо‘lgan. Tarixshunoslik fanida ba’zi antik davr merosi bir tomonlama bо‘rttirib kо‘rsatiladi. Ularda «gumanizm» faqat yunon va Rim madaniyatining madaniy va ma’rifiy ta’sirigina qilib kо‘rsatiladi. Lekin gumanizmni bunday talqin qilishda uning ma’naviy tomonigina kо‘rsatilib, amaliy, kurashchan tomonlari inkor qilinadi. Bu tomonlarni hech mahal nazardan qochirmaslik keraq garchi ular har xil sharoitlarda namoyon bо‘lgan bо‘lsa ham. Bu narsa Italiya gumanizmiga ham taalluqiidir. Bu gumanizm ham о‘zining tarixiy cheklanganligiga qaramasdan, aniq ijtimoiy harakatning ifodasi bо‘lib, olg‘a tashlangan sal mokli qadam edi. Dante Alegyeri (1265—1321) о‘rta asrlarning sо‘nggi, yangi davrning birinchi shoiri sifatidagi ulkan siymodir.
Dante о‘zining gumanistik dunyoqarashini о‘lmas asari «Komediya», «Ziyofat» va «Monarxiya» risolalarida bayon etgan. Uning adabiy va g‘oyaviy ijodi bir butundir. Uning she’riy ijodida Uyg‘onish davrida tugalib kelayotgan dunyoqarashining kо‘rtaklari mavjudsir. Dante xristian dini aqidalarini о‘zgarmas haqiqat, deb tan oladi. Lekin u ilohiy va insoniy munosabatlarni yangicha talqin qilardi. U bularning har ikkisini ham bir-biriga zid kuymaydi, balki ularni о‘zaro birliqia deb biladi. Uningcha, xudoni insonning ijodiy kuchiga qarshi qо‘ymaslik kerak. Inson ikki tomonlama: birinchidan, xudo tomondan, ikkinchidan, tabiat bilan sababiy shartlangan. Shunday qilib, insonni rohat-farog‘atga ikki yо‘l olib boradi: falsafiy «ta’lim» yoki inson tafakkuri va muqaddas ruhdan kelib chikuvchi «ma’naviy ta’lim». Insonda ilohiylikning mavjudligini tan olish, о‘rta asr an’analaridan ogish hisoblangan. Shuning uchun Dante Foma Akvinskiy tarafdorlari tomonidan tanqid qilingan. Dante gumanizmi tarkidunyochilik (as-ketizm)ga qarshi qaratilgan, inson kuchiga tо‘liq ishonch bilan sug‘orilgan. Uningcha, inson о‘z farovonligi uchun о‘zi mas’ul. Bundagi hal qipuvchi omil boylik yoki meros qolgan nufо‘z emas, balki shaxsiy sifatlardir. Dantega lotin averroizmi ta’sir qilga n. U Siger Brabantskiy ta’limoti bilan tanish bо‘lgan, ma’lum darajada Psevdo Dionisiy, Areopaget talqinidagi о‘rta asr neoplatonizmining ta’siri ham bо‘lgan. Averroesning faol akq va uning imkoniyatlari haqidagi ta’limoti bilan tanishish natijasida Dante shunday xulosaga keldiki, insoniyatning vazifasi akl imkoniyatlarini rо‘yobga chivarish, uni amaliy faoliyatda qо‘llashdir. U о‘zining «Monarxiya» asarida cherkovga qarshi qaratilgan siyosiy nuktai nazarini ishlab chikadi. Uningcha, cherkov faqat «mangulik»ka xos, ya’ni «narigi dunyo» masalalari bilan shu- gullanishi keraq dunyoviy masalalar esa odamlarning tashvishidir. Odamlarning bu sohadagi faoliyati baxtga, farovonlikka, mustahkam tinchlikka asoslangan ijtimoiy tо‘zumni kо‘rishdir. Dante ta’limotida sodda va sxolastik dalillar kо‘p uchraydi, lekin undagi eng muxim jihat — har bir insonga xos narsa, siyosat inson tafakkuriga bо‘ysunishi kerak. Paduyalik Marsiliy (1278—1348) Italiyada shakllangan gumanistik oqim vakillaridan biri. U «Dunyo himoyachisi», degan risolasida о‘z siyosiy karashlarini, respublikachilik g‘oyalarini bayon etadi. Marsiliy ta’kidlaydiki, cherkov ham, davlat ham ilohiy tabiatga ega emas. Ularning har ikkalasi ham insoniy hokimiyatning turli shakllari va ijtimoiy tashkilotlarning kо‘rinishlaridir. U ham Dante kabi inson baxtining ikki asosiy omilini ta’kidlaydi; tinchlik va monarx hokimiyatida hal qiluvchi о‘rinni xalq egallaydi. Fuqarolar qonun chiqaruvchi hokimiyatga ega. Ular о‘z irodalarini ovoz berish yо‘li bilan majlislarda ifodalashlari mumkin. Xalq har qanday hokimiyatning manbaidir, degan g‘oya Marsiliy ta’limotini о‘rta asr sxolastik ta’limotlardan farqlantiradi va keyinroq vujudga kelgan ijtimoiy shartnoma haqidagi ta’limotga yakinlashtiradi. Marsiliy Aristotel asarlaridan о‘rta asr sxolastlaridan butunlay farq qilgan holda foydalanadi. Aristotel ta’limoti uning uchun ratsional bilimning yagona manbaidir. Garchi Marsiliy e’tiqodli katolik fransiskan ordenining monaxi bо‘lsa ham, uning davlat hokimiyatining tabiiy harakteri haqidagi ta’limoti jamiyatning tabaqalanishi, g‘oyalarining parchalanishiga xizmat kildi. Franchiska Petrarka (1304—1379) «birinchi gumanist», «gu-manizmning otasi», degan nomlar bilan mashhur bо‘lgan. Antik madaniyatning yirik targ‘ibotchisi sifatida juda kо‘p lotin matnlarini yiqqan. Uning mumtoz lotin tilidagi matnlar tо‘plami о‘z davrida yagona edi. U antik madaniyat va ma’rifatga tarixiy yondoshadi. Ularni qandaydir о‘tib ketgan oltin asr va yо‘qotilgan jannat deb hisoblaydi. U antik davr merosini о‘z zamondoshlariga aniq va tushunarli holda yetkazishga harakat kiladi. Rimni u Yunonistondan yuqori qо‘yadi. U Rim umuman sivilizatsiyaning mumtoz namunasi ekanligiga shubha bildirmaydi. Shuningdeq u о‘rta asr an’analari, xususan, Avgustin bilan ham qiziqadi. Dante «mangulik» (narigi dunyo)ni sxolastlar talqinidek tasavvur qilardi. Petrarka esa buni inkor qiladi. Uning munozarali harakterda bо‘lgan «О‘z shaxsiy bilimsizligi va о‘zgalar bilimsizligi haqida» nomli risolasi averroizmga qarshi qaratilgan. Uning ikki haqiqat haqidagi ta’limoti esa Foma Akvinskiy ta’limotidan tubdan fark kiladi. U avtoritet (nufuz)larga sig‘inishni inkor qilgan holda Aristotelni inkor kilmaydi. Lekin «Nodon aristotelchilar» ularning sxolastiq о‘ylab chiqarilgan munozara yuritish usullari ustidan kuladi. Uning ta’kidlashicha, sо‘nggi о‘rta asr universitetlari tanazzulga yuz tutdi, ularning о‘qituvchilari xudojuyliqian bexabardirlar, «cherkov otalari» davrida shuhrat qozongan ilohiyotning pok nomiga zarar keltirmoqdalar. Petrarka о‘z bilimsizligini ta’kidlash orqali о‘z tafakkurining sxolastik universitet olimligidan mustaqilligini kо‘rsatadi. U xristian dinini tan oladi. U insonning faol, о‘z-о‘zini namoyon kilishi mumkinligi g‘oyasini ilgari suradi. О‘rta asr teotsentizmiga qarshi chiqadi. Petrarka eng avvalo insonning ichki, axlokiy muammolariga e’tibor qaratadi. Bu narsa Uyg‘onish davri individualizmining muhim belgisi edi. «Mening sirim», degan falsafiy asarda Petrarka insonning eng chuqur ichki ziddiyatlari va ularni bartaraf qilish yо‘llarini kо‘rsatadi. Petrarka ijodi inson quvonchi va intilishlarini tо‘la anglash, ularning dunyoviy xususiyatga ega ekanligini kо‘rsatish bilan xarakterlanadi. Italiya gumanizmining yana bir vakili, Petrarkaning dо‘sti, florensiyalik Jovanni Bakkachodir (1313—1375). U о‘zining «Dekameron» «Nodon va qallob» asarida ruxoniylar ustidan kuladi. Aqlni, faol harakatni, yangi shahar axolisining ishtiyoqlarini maqtaydi. Uning ijodida Uyg‘onish davrining asosiy xususiyatlari ifodalangan. Bular — jismoniy his-tuygu, amaliy utilitarizm, yerdagi hayotni sevish va hokazo. Bularni u turli allegoriyalardan sof bо‘lgan sodda va tushunarli tilda bayon qiladi. Italiya Uyg‘onish davri gumanizmi kо‘p jixatdan Platon ta’limotiga murojaat qilgan. Antik davrning haqiqy asarlarini bilish imkoniyati kengaygandan keyin, sxolastik aristotelizmga qarshi kurashi, xususan, Aristotelning Akvins kiycha talqiniga qarshi kurashi bilan izohlanardi. Platon ta’limoti Uyg‘onish davrining antisxolastik falsafasida taraqqiyot ramzi sifatida tanilgan. Uning falsafasi ham о‘tmish falsafasining hamda ilohiyotining sintezi hisoblangan. Uyg‘onish davri platonizmi Platon ta’limotini Avgustin va Anuley qarashlari ruhida xristianlashtirilgan mazmuniga ega edi. Florensiyadagi Platon Akademiyasida Platon «faylasuflarning xudosi» hisoblangan. Uning g‘oyalari xristianlik uchun katta ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlangan. Jumladan, inson mohiyatining ikki tomonlama harakteri hakidagi, aqlda uchun falsafa va dinning munosabati masalasida Florensiya platonizmi falsafa inson haqida, xudo haqida ishonchli bilimdir, degan g‘oyani ilgari sо‘rgan. Bu g‘oyalar Platon va uning izdoshlari ijodida tо‘lik ifodalangan. Hamma platonchilar dinni falsafiy-ilohiy doktrina (nuqtai nazar) deb hisoblaganlar. XVT—XVI asrlarda Uyg‘onish davrining gumanistik g‘oyalari faqat Italiya bilan chegaralanib qolmasdan, Angliya, Niderlandiya, Germaniya, Shveysariya, Ispaniya, Polsha, Vengriya kabi mamlakatlarga ham yoyiladi. Italiya va Shimoliy Yev- ropadagi Uyg‘onish davri tafakkuri qator umumiy kо‘rinishi va jihatlarga ega bо‘lishi bilan birga о‘zining betakror xususiyatlariga ham egadir. Italiya Uyg‘onish davri tafakkuri nisbatan yaxlit bir butunlikni tashkil etadi. Uning asosiy mavzui tabiat falsafasi bо‘lgan. Boshlang‘ich pozitsiyasi (nuktai nazari) gumanistlar tomonidan qayta ishlangan neoplatonizm edi. Shimoliy Yevropa mamlakatlari gumanizmida esa mantiq, metodologiya, davlat va huquq falsafasi asosiy о‘rinni egallagan (garchi Italiyada ham metodologiyani ishlab chikkan Valla, davlat falsafasi nazariyotchisi Makiavellilar mavjud bо‘lgan bо‘lsa ham). Italiya gumanizmi asosan adabiy, metafizik harakterda bо‘lgan. «Shimoliy» gumanizm esa nisbatan jiddiyrok nuktai nazarda tо‘rgan. «Shimoliy» gumanizmning vujudga kelishi va rivojlanishiga faqat Italiya gumanizmigina ta’sir kо‘rsat masdan, о‘rta asr ijtimoiy-iktisodiy tanazzuli bilan boglik tarixiy sha- roitlar va ayrim Yevropa mamlakatlarida yangi ijtimoiy-ikti sodiy munosabatlarning kо‘rtak shaklida vujudga kela boshlashi ham katta ta’sir kо‘rsat ganligi ma’lum. Usha davr tafakku- ridagi muxim vokea — gumanistlarining xukmron mafkura va katolitsizm falsafasi bilan keskin tuknashuvidir. Xatto ay rim xollarda gumanistlar diniy ilohiyotchilik harakati va uning mafkurachilariga ham keskin qarshi chikkanlar. Bu gumanistlarning asosiy shiorlari inson, vijdon, din va tankid erkinligi kabilar edi. «Shimoliy» gumanizmning yirik vakillaridan biri Erazm Rotterdamskiy (1469—1536) edi. U gollandiyalik mutafakkir, iktidorli yozuvchi, filolog, faylasuf, ilohiyotchi bо‘lgan. Rot terdamskiy Deventer maktabida о‘qigan. Keyinchalik ruxoniy- lik mansabini egallagan. Yepiskoplik nafakasini olib, u Sor- bonnada о‘qigan, u yerda о‘rta asr falsafasi va ilohiyotini о‘rganadi. Usha davrdagi Akvinskiy tarafdorlari bilan Duns Skott tarafdorlari о‘rtasidagi kurash bir paytlar uni biroz chо‘chitadi. Keyinchalik u о‘zining «Tentaklikka hamdu sanolar» degan asarida ular ustidan kuladi. Uning ijodiga samarali ta’sir kо‘rsatgan omil о‘sha davrning buyuk gumanistlari bilan tanishuv va munozaralar edi. U Tomas Mor bilan dustona munosabatda bо‘lgan, keyinchalik unga о‘zining «Tentaklikka sharaflar» asarining muallifligini bergan. U sayohat qilgan, qadimiy qо‘lyozmalarni о‘rgangan. Qadimiy manbalar bilan, xususan, yunon manbalari bilan tanishib, ularni lotin tiliga tarjima qilish bilan mashg‘ul bо‘lgan. Uning qator risolalari satirik ruhda yozilgan. Ayniqsa, «Matal iboralari tuplami» uni butun ziyolilar jamiyatiga mashhur qilgan. Bu asar 1500 yilda Parijda nashr qilingan. Lekin unga eng katta shuhrat keltirgan asari «Tentaklikka hamdu sanolar» bо‘lgan. Bu asarda u о‘zining butun hayotiy tajribasini umumlashtirgan, о‘rta asrchilikka nafrat izhor qilgan, katolitsizmning soxta axlohi ustidan kulgan. Haqiqiy, sof xristian axloqiga qaytishni talab kalgan. Uningcha, xristianlik aqidaparastliqian, sxolastik soxta olimliqian voz kechishi kerak. Xristianlik haqiqiy Iso ta’limotiga suyangan axloq namunasi bо‘lmog‘i lozim. Tarkidunyochilik yerdagi hayotdan voz kechish — axloqsizliqiir. hayotning mazmuni hayotiy lazzatlardan foydalanishdir. Bu masalada xristianlik qadimiy qadriyatlardan о‘rganishi kerak. «Falsafa» osmondan yerga tushishi, inson tabiiy hayotining asosiy masalalari bilan shug‘ullanishi kerak. Ruhoniylarning parazit hayotini, cherkovdagi adolatsizliklarning tanqidi Erazmni Reformatsiya vakillari bilan yaqinlashtirgan. Lekin uning о‘zi xristian dini mazhablaridan biri — lyuteranchilar tomoniga о‘tgan. U islohchilikning ijtimoiy-siyosiy oqibatlaridan chо‘chigan va kelishuv tarafdori bо‘lgan. U cherkovni aqidaparastlardan tozalash katolitsizm an’analarini yuqotmasdan ham amalga oshishi mumkinligiga ishongan. Erazm jamiyatni insonparvarlashtirish va cherkov munosabatlarini о‘zgartirish, ma’rifatli hokim tomonidan ma’rifat tarkatish yо‘li bilan amalga oshishi mumkin, deb xisoblagan. Eng yirik fransо‘z gumanistlaridan biri Pyer de la Rame (1515—1572) bо‘lgan. U ajoyib fan islohchisi, matematik va mantiqshunos olim, sxolastik aristotelizmning tanqidchisi edi. U ilmiy faoliyatining dastlabki bosqichidayok Aristotel nima degan bulsa, hammasi sun’iy va g‘ayriilmiydir, deb e’lon keladi. Eng avvalo u Aristotel ta’limotining metodologiya va mantiqqa oid asarlarini tanqid qiladi. Aristotel mantig‘ining asoslanmaganligini isbot kqilishga urinadi. Yangi ilmiy metodologiyani yaratish zarurligini ta’kidlaydi. Xususan, bunda matematikaning ahamiyatini kо‘rsatadi. Uning fikricha, tafakkurni qadimiy an’analardan va Aristotel nufuzi (avtoritet)dan ozod qilish kerak. U yangi metod «tabiiy donolik» tamoyillariga asoslanishi keraq degan fikrni ilgari surgan. Lekin uning bu urinishi biron yangi g‘oyaga asoslanmagan. U mantiqni Sitseron ritorikasi bilan birlashtirgan. Lekin yukrridagi mulohazalardan qat’i nazar, uning g‘oyalari mantiqning yana ham rivojlanishiga ma’lum ta’sir kо‘rsatgan. Umuman, butun Uyg‘onish davri falsafasiga xos narsa bu nufuz, obru (avtoritet)larni inkor qilish bо‘lgan. Lekin yangi falsafiy an’analar vujudga kelayotgan paytda shunday hollar ham yuz berganki, Uyg‘onish davri ideallarining tarafdorlari kо‘pincha о‘zlarining yangi ideal (orzudagi)lariga hamdu sanolar aytganlar. Yangidan tug‘ilib kelayotgan madaniyatning keskin zavqu shavqi ayrim yuzakilikni ham keltirib chiqargan edi. Shuning uchun Uyg‘onish davrining ayrim mutafakkirlari buni anglab, tanqidiy fikrlarni bildirganlar. Bu tanqid kо‘pincha skepsis (tushkunliq ishonchsizlik) deb atalgan. Mana shunday Uyg‘onish davri spektitsizmining vakillari Mishel de Monten va Pyer Sharron edi. Ular eski va yangi «olimlik»ni inkor kilib, insonni tabiiy tarzda tushuntirish usuliga murojaat qildilar. Shuning uchun ularning gumanizmi ba’zan «naturalistik» deb ham atalgan. Ulug‘ fransuz gumanisti Mishel de Monten (1533—1592) kо‘p odamlarni umidsizlikka, harob bо‘lishga olib kelgan urushlarning guvohi bо‘lgan. Keyinchalik u dvoryanlik maqomini olgan. Monten ijtimoiy fanlarni, qadimiy madaniyatni mukammal bilgan va о‘z risolalarida ulardan foydalangan. Shahar magistrati sifatida Monten diniy fanatizm qurbonlari qanday adolatsizlarga duchor bо‘lganlarining shaxsan guvohi bо‘lgan. Sud jarayonlari «dalillar»ining yolg‘onligi, soxtaligini о‘z kо‘zi bilan kо‘rgan. Bularning hammasi uning inson va uning fazilati haqidagi ijodida о‘z aksini topgan. Inson hayotiga, jamiyatga, о‘z davri madaniyatiga bо‘lgan tanqidiy qarashlarini, о‘zining his-tuygu va kayfiyatlarini u kundaliklar, esdaliklar, lavhalarda bayon qilgan. Download 50.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling