Yevropa uyg‘onish davri ma’naviyati 1-dars


NIKOLAY KUZONSKIY (1405-1464) VA NIKOLA MAKSVELLINING (1469-1527) FALSAFIY –MA’NAVIY QARASHLARI


Download 50.25 Kb.
bet5/7
Sana29.12.2022
Hajmi50.25 Kb.
#1071968
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-8-MAVZU

NIKOLAY KUZONSKIY (1405-1464) VA NIKOLA MAKSVELLINING (1469-1527) FALSAFIY –MA’NAVIY QARASHLARI. Uyg‘onish davri yirik naturfaylasuflaridan biri nemis kardinali Nikolay Kuzanskiy (1401—1464)dir. U о‘rta asrlar va Uyg‘onish davri oralig‘idagi yangi davr tafakkuriga asos solgan birinchi mutafakkirlardan. Uning tabiat xaqidagi va kosmologik ta’limoti din chegarasidan chetga chiqqan emas. U cherkovning yuqori pog‘ona vakillaridan biri sifatida о‘rta asr tartiblariga rioya kilgan. Lekin uning dunyoga va insonga bо‘lgan qarashlari kelajakka qaratilgan edi. U ma’lumotni Gey­delberg shahridagi «Umumiy hqyot birodarlari» maktabida olgan. Turli mistik ta’limotlar, xususan, Master Ekkart ta’li­moti bilan qiziqqan. Shuningdek u Okkam ta’limotini о‘rgangan, matematik va tabiatshunoslik bilimlarini egallagan, Pa­duya shahrida huquqni о‘rganib, gumanizm g‘oyalari bilan tanishgan. Ularni mantikiy solishtirish va farqiash yо‘li bilan in­son narsalar mohiyatini chuqur anglab yetadi, deydi. Lekin fikrlash ham tо‘liq bilish imkoniyatini bermaydi. Insonning eng oliy fikrlash qobiliyati — aql intuitiv bilishga ega. Aql tafakkur faoliyatidan yuqori turadi. Tafakkur narsaning cheklangan dunyosini bilishdan nariga va yuqoriga о‘tolmaydi. Aqlning funksiyasi esa narsa va hodisalar mohiyatini oliy darajada bilishdir, cheksiz bilishdir. Tafakkur orqali dunyoning cheksiz moxiyatini bilish mumkin emas. Kuzanskiy bilishning predmeti haqida «Ruhiy va missiy kо‘rish uchun faqat bitta obyekt bor. Ularning birinchisi ruhiy kо‘rishdir, о‘zida u qanday mavjudligini kо‘radi, ikkinchisi esa, missiy kо‘rish — belgilar orqali qanday bilishni kо‘radi. Yagona obyekt — bu imkoniyatning о‘zi», — deb yozadi. Demak, bilishning yakka yо‘li xudo. Hissiy qabul qilinadigan dunyo bilan ajralmas birlikda, deb talkin qilinadigan xudo. His­siy bilish qobiliyati «qandaydir missiy predmet»ga qaratiladi. Shu bilan birga u shunday obyektni faqat sezgiga ma’lum bо‘lgan belgilar orqali biladi. Kuzanskiyning bu mulohazalari mohiyat va hodisa munosabatlari masalasini ham о‘z ichiga oladi. Uning fikricha, aqliy-ratsionalistik bilish orqali narsalarning mohiyati anglanadi. Bu mohiyat, Kuzanskiy iborasicha, «о‘zicha imkoniyat»ga, xudoga mos keladi. Narsalarning mohiyati — bu qarama-qarshiliklar mos keladigan cheksizlik bо‘lganligi uchun, bilish jarayoni bu mos kelishlikni yoritib berishdan iborat. Bu cheklangan narsalarni bilishdan ularning cheksiz moxiyatini bilishga karab, kо‘tarilib boruvchi jarayondir.
О‘rta asrlar va Uyg‘onish davri falsafiy tafakkurning eng muxim masalasi bо‘lgan bilim va e’tikod о‘zaro munosabatlari masalasida ham diqqatga e’tibor g‘oyalarni ilgari surgan. Kuzanskiy bu masalani ham о‘zining bilishning obyekti bо‘lgan xudo haqidagi ta’limoti orqali yoritib berishga harakat qil­gan. Uning fikricha, aqliy bilishning obyekta bо‘lgan «о‘ralgan xudo» va hissiy bilishning obyekti bо‘lgan «ochilgan xudo» bor. Bu masalada Kuzanskiyning nuqtai nazari haqiqatni aql yordamida inkor qiluvchi о‘rta asr mistik ta’limotlaridan farq qiladi. U aqliy bilimni ilohiyotning «xizmatkori»ga aylantirishni nazarda tutgan, e’tiqodning ustunligini tan oluvchi Foma Akvinskiyning kelishuvchanlik ta’limotidan ham farq qiladi. Shuningdeq akuliy haqiqatni diniy xaqikatga qarama- qarshi qо‘yuvchi Ibn Rushd (Avveroes)ning «ikki xaqiqat» xaqidagi ta’limotidan ham farq qiladi.
Kuzanskiyning e’tiqod va bilim munosabatlari masalasidagi qarashlari asosida kosmosga, koinotga, tabiatga «ilohiy kitob» sifatida qarash yotadi. Bu «kitob»da xudo inson bilimi orqali о‘zini «ochib kо‘rsatadi». Shuningdek, uning ta’limoticha, xudo koinotning «о‘ralgan» boshlang‘ichidir. Shuning uchun ayrim hollarda, Kuzanskiyning fikricha, e’tikodni bilishdan yuqori qо‘yish bilan cheklanib qolmaslik kerak. Uningcha, e’tiqod bu bilish yо‘lidir. Lekin «ochilgan», «yoyilgan» dunyoni, ya’ni xudoni bilish, bilim orqali amalga oshadi. Uning о‘rnini e’tiqod egallay olmaydi. Bunday bilish jarayonida in­son aqli cheklangan narsalardan ularning cheksiz mohiyatiga qarab borib obyektni biladi. Kuzanskiy e’tiqod va bilish obyekti bо‘lgan «ikki kitob» (ya’ni muqaddas kitob va tabiat) haqida alohida ta’limot yaratmagan. Lekin uning dunyoqarashida bu ta’limotning ma’lum tomonlari bor. Amalda uning falsafasida borliqni ikkiga bо‘lish mavjuddir. Bu hech kanday e’tiqodga tayanmagan xaqiqiy aqliy bilish yо‘lidir.
Kuzanskiyning fikricha, xaqiqat haqidagi insonning har qanday mulazalari faqat taxmindir, chunki xaqiqatni aniq bilish mumkin emas, deb ta’kidlashdan maqsadi aqliy bilishning ahamiyatini ishonchsizlarcha inkor etish yoki xaqiqatga erishish imkoniyati e’tiqod orqali amalga oshadi, degan xulosaga kelish emas, balki mutlaq xaqiqatni tо‘laligacha bilishga da’vo qilish asossizdir, degan xulosadir. Xatto xaqiqatni bilishni doimiy takomillashtirib borish ham bunday aniq bi­lim bermaydi. Kuzanskiyning bilish nazariyasida bilish—chek­siz jarayon. Kuzanskiy ta’limotida xudoni intuitiv bilishning yakuniy mahsuli bu insonni «ilohiylashtirish»dir. Kuzanskiy ta’limoticha, biz hamma narsani о‘zida mujassamlashtirgan yagona (mutlak)ga kо‘tarila borib, uning о‘ziga aylanib, ilohiylashib boramiz. Mana shu holatdagina oliy darajadagi yetuklik imkoniyatiga erishamiz. Bu holat esa xudoni bilishdir. Muhimi shundaki, Kuzanskiy о‘zining inson bilishining nisbiyligi xaqidagi tasavvurlarini odamlarning diniy tasavvurlariga nisbatan ham qо‘llaydi. Kuzanskiy xaqiqiy e’tiqodli katolik. XV asrning faol cherkov siyosiy arbobi bо‘lgan holda, dinlar va e’tiqodlar о‘rtasida «umumiy kelishuvga» eri­shish mumkin, deb hisoblaydi. Bunda u ularning о‘zaro tengligi, ular mazmunining bir xilligi, ular о‘rtasidagi tafovutni bartaraf qilish mumkinligidan kelib chiqadi. Kuzanskiyning ta’kidlashicha, har bir din bir-birlari bilan xuddi yuqorida eslatilgan kо‘pburchak burchaklarining doiraga yaqin kelishi holatiga о‘xshash holatda bо‘ladi, ya’ni tо‘liq haqiqatga yakinlashish holatida bо‘ladi. Bunday nuktai nazar amalda diniy fanatizmni bartaraf qilish va din erkinligiga erishishga xizmat qiladi. Xudo tabiatda о‘zini qanday namoyon qilgan bо‘lsa, ochilsa, odam ham о‘zining dunyoni bilishga qaratilgan faoliyatida shunday yо‘ldan bormog‘i shart. Xudo esa, Kuzanskiy ta’kidlashicha, dunyoni arifmetika va matematik fanlar yordamida yaratgan. Shunday ekan, xaqikatga yakinlashishning zaruriy sharti — bu bilimni matematikalashtirish. Bu yerda pifagorchilarning raqamlarni ilohiylashtiruvchi ta’limotining ma’lum darajada ta’siri bо‘lishiga Karamasdan, dunyoni bilishda matematik usul (metod)ning zarurligi haqidagi chukur g‘oya yotadi. Shu munosabat bilan Kuzans­kiy tabiat hodisalarini о‘rganishda aniq о‘lchovlarning zarurligini alohida ta’kidlaydi, tabiatni о‘rganishning tajriba­viy usuliga murojaat kilishga da’vat etadi. Uning о‘zi ayrim kashfiyotlar yaratishga muyassar bо‘lgan. Matematika tarixi ay­rim mutaxassislarining ta’kidlashicha, Kuzanskiy asarlarida cheksiz hisoblab chiqarish nazariyasini ixtiro qilishga yaqin keluvchi g‘oyalar mavjud bо‘lgan. Kuzanskiy tomonidan e’lon qilingan bilish jarayonini matematikalashtirish g‘oyasi ulkan metodologik ahamiyatga ega. U dunyoni ilmiy о‘rganishning yangi usulini ishlab chiqishda katta xizmat qiladi. U о‘z mohiyati jihatdan tabiiy-ilmiy izlanishlardan butunlay uzoq bо‘lgan sxolastik bilish usuliga qarshi qaratilgan edi. Oliy birlikda qarama-qarshiliklar mos kelishi mumkin. Shu bilan birga Kuzanskiy falsafasida sonlar simvolikasi kabi mistik element mavjuddir.
3-dars
REJA:
Tomas Mor (1478-1535) va Tomazo Kamponelloning (1568-1630) falsafiy –ma’naviy qarashlari.
Nikolay Kopernik (1473-1543), Jardano Bruno (1548-1600), Galileo Galiley (1564-1642)larning Uyg‘onish davri ma’naviyatiga qo‘shgan hissasi.



Download 50.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling