Yevropa uyg‘onish davri ma’naviyati 1-dars


Buyuk geografik kashfiyotlarning boshlanishi


Download 50.25 Kb.
bet3/7
Sana29.12.2022
Hajmi50.25 Kb.
#1071968
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-8-MAVZU

Buyuk geografik kashfiyotlarning boshlanishi. Buyuk geografik kashfiyotlarning tashabbuskorlari Portugaliya va Ispaniya dengiz sayyohlari bo’lishdi. Tabiiyki, buyuk geografik kashfiyotlarni dovyurak dengizchi-sayyohlargina amalga oshira olar edilar. Shunday dengiz sayyohlaridan biri admiral Xristofor Kolumb (1451-1506) edi. 
Buyuk geografik kashfiyotlar ayni paytda Yevropa davlatlarining mustamlakachilik siyosati uchun ham yo’l ochdi. Ispaniya bayrog’i himoyasi ostida yangi ochilgan yerlar Ispaniya qiroli mulki deb e’lon qilindi. Shu tariqa Yevropa davlatlarining mustamlakachilik siyosati boshlandi. Mustamlakalar bosib olgan hududlarda paxta va shakarqamish ekinzorlari barpo etildi. Ispaniya qiroli 1512-yilda mahalliy hindularni qulga aylantirishni taqiqlab qoyuvchi qonun chiqargan bo’lsa-da, u mahalliy aholini shafqatsiz ekspluatatsiya qilishga xalaqit bermagan. Shafqatsiz ekspluatatsiya va yevropaliklar «olib kelgan» kasalliklar tufayli ularning soni keskin kamayib ketdi. Mustamlakachilar XVI asr o’rtalaridan boshlab endi Afrikada yashovchi aholini qullarga aylantirib, Amerikaga olib kela boshlaganlar. Tekin ishchi kuchiga ega bo’lgan mustamlakachilar 1510-yildan boshlab konkista siyosatini yurita boshladilar. Bu jarayon XVII asrning o’rtalarigacha davom etdi. XVI asrning dastlabki 50 yili ichida Ispaniya mus­tamlakalarida aholi soni 4,5 mln dan 1 mln ga tushib qoldi. 1679-yilgacha bo’lgan davr oralig’ida Ispaniya Amerika sivilizatsiyasi­ning markazi bo’lgan Mayya davlati-(bugungi Meksika)hududlarini to’la boysundirdi. XVI asrning 20-40-yillari oralig’ida Kolumbiya, Ekvador, Peru va Boliviya, keyinchalik esa Chili va Argentina hududlari ham zabt etildi. 1503-yildan 1565-yilgacha Amerikadan Ispaniyaga 181 tonna oltin va salkam 17000 tonna kumush tashib ketildi. Bosib olingan mustamlakalarni boshqarish uchun ikkita vitse-qirollik tashkil etildi. Ulardan biri Yangi Ispaniya vitse-qirolligi (Meksika, Markaziy Amerika, Venesuela va Karib dengizi orollarini o’z ichiga olgan), ikkinchisi esa Peru vitse-qirolligi (Braziliyadan tashqari, deyarli butun Janubiy Amerika hududi) edi. Vitse-qirollarga o’z hududlarida to’liq harbiy va sud hokimiyatini amalga oshirish huquqi berilgan. Vitse-qirollar ispan jamiyatining oliy tabaqasidan 3 yil muddatga tayinlangan. Ularga o’zi bilan oila a’zolarini olib ketish, u yerda ko’chmas mulk sotib olish va tadbirkorlik bilan shug’ullanish taqiqlangan. Vitse-qirollar faoliyati Ispaniyaning o’zida faoliyat ko’rsatuvchi «Hindiston kengashi» deb ataladigan kengash tomonidan nazorat qilingan. Kengashning vitse-qirolliklar boyicha qabul qilgan qarorlari qonun kuchiga ega bo’lgan. Mustamlakalar bilan olib boriladigan savdo esa «Sevilya savdo palatasi» tomonidan nazorat qilingan. 


2-dars
REJA:

          1. Gumanistik qarashlar va ularning Yevropa ma’naviyati rivojidagi roli.

          2. Nikolay Kuzonskiy (1405-1464 ) ning falsafiy –ma’naviy qarashlari.



Download 50.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling